Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
GTA San Andreas 2

📆 Tasavvur qiling, o'yin qahramoni CJ 30 yildan keyin o'zi katta bo'lgan Grove ko'chasiga qaytsa, qanday bo'lardi?

😊 Videoni GTA'chi do'stlaringizga ham ulashib, nostalgiyaga solib qo'ying...

© @hashtaguz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #game / #gta
Gamer'lar uchun foydali sayt:

https://howlongtobeat.com/

🎮 Sayt yordamida biron-bir video-o'yinni o'ynab tugatish uchun qancha vaqt ketishini bilib olishingiz mumkin.

Masalan, Call of Duty: Black Ops Cold War'ning asosiy qismini tugatish uchun 5 soat yetarli ekan.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #game / #sayt
Fayllarni butunlay o'chirib yuborish

🗑 Agar bir faylni o'chirmoqchi bo'lsangiz, siz u faylni belgilaysiz va Delete tugmasini bosasiz. Shunda siz o'chirgan fayl Recycle Bin (Корзинка) ga tushadi.

Ammo, siz belgilangan faylni Shift + Delete kombinatsiyasi orqali butunlay (Корзинка-ga tushirmasdan) o'chirib yuborsangiz bo'ladi va bu sizni qanchadir vaqtingizni tejashi mumkin.

Takrorlaymiz, shift + delete bilan o'chgan fayllar butunlay o'chib ketadi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #fayl / #lifehack
Har qanday audio faylning matn transkripsiyasi kerakmi?

🔄 WriteoutAI - bu istalgan audio faylning matn transkripsiyasini olish imkonini beruvchi xizmatdir. Ushbu xizmat yordamida siz nutqni matnga osongina aylantirishingiz va ushbu transkripsiyadan eslatma olish, maqola yozish, videolarga subtitrlar qo'shish va boshqa ko'plab maqsadlarda foydalanishingiz mumkin.

📤 Transkripsiyani olish uchun siz audio faylni saytga yuklashingiz va transkripsiya jarayoni tugashini kutishingiz kerak. Xizmat ko'plab audio fayl formatlarini, jumladan mp3, wav, m4a va boshqalarni qo'llab-quvvatlaydi.

🔗 Manzilhttps://writeout.ai/

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #sayt / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🥳 Dasturchilar, buyog'i mazzaku-a?!

Endi GPT-4 koddagi xatolarni tuzatadi va yechimlarni tushuntiradi. Bu taxminan bir daqiqadan ko'proq vaqtni oladi holos!

© @ITMastersUz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #gpt4 / #news
Katta fayllarni izlash
#info

ℹ️ Diskdagi joyni bo'shatish uchun har xil vaqtinchalik ma'lumotlarni o'chirishdan tashqari biz katta hajmdagi fayllarni ham o'chirib tashlaymiz yoki joyini o'zgartiramiz. Ushbu operatsiyani nafaqat maxsus dasturlar yordamida, balki Windows Explorer (Проводника Windows yoki Win+E) yordamida ham amalga oshirish mumkin.

Kerakli joyni oching yoki "Этот компьютер" ga kirib (Win+E) izlash maydonchasiga quyidagi buyruqlarni kiritish mumkin:

1️⃣ размер: гигантский - 1Gb dan katta hajmli fayllarni izlash.

2️⃣ размер: большой - 1Mb dan katta hajmli fayllarni izlash.

3️⃣ размер: >300Мб - 300 Mb dan katta hajmli fayllarni izlash. Istalgan hajmni kiritib izlash mumkin.

Kerakli faylni topgandan so'ng faylni belgilab sichqonchani o'ng tugmasini bosib "Расположение файла" ga kirish orqali fayl joylashgan joyni osonlik bilan topish mumkin.©️@Kompyuter_akademiyasi

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #foydali
GodMode haqida

🤐 Siz Windows-ning yashirin GodMode deb nomlanuvchi papkasi haqida bilarmidingiz? Bu papkani ochish uchun sizga maxsus kod kerak. Unda siz kompyuteringizdan qidirib topa olmaydigan ko'plab sozlamalarni topishingiz mumkin.

📂 Istalgan joydan, deylik, Desktop (Рабочий стол)-dan bir papka yarating va uning nomini GodMode.{ED7BA470-8E54-465E-825C-99712043E01C} ga o'zgartiring. Shunda papkani ko'rinishi o'zgaradi va uning ichida bir dunyo sozlamalarni ko'rishingiz mumkin.

⚙️ Bu ko'plab Windows sozlamalari jamlangan menyu bo'lib, uni maxsus xususiyati yo'q. Shuningdek, tushunmasangiz uning ichidagi sozlamalarga tegmaganingiz ma'qul.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #windows
🔎 Microsoft Edge brauzerlarida kriptovalyuta hisoblarini yaratish va boshqarish mumkin bo'lgan yangi funksiyasini sinovdan o'tkazayotgan ekan.

🤔 Menimcha, avval Edge'ni internet brauzeri sifatida mukammallashtirib olish kerak, deb o'ylayman. Sizning fikringiz qanday?

👉🏻 #internet | Birinchi raqamli IT-Blog
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kompyuter "xarakteristika"sini ko'rish

⚙️ Windows 10 operatsion tizimida kompyuter ma'lumotlarni ko'rish uchun: Settings (Настройки) > System (Система) va eng pastida About (О системе) bo'limiga o'ting.

💾 Agar sizga yanada to'liqroq ma'lumot kerak bo'lsa, Win + R tugmalarini bosing va chiqqan oynaga msinfo32 deb yozing. Shunda sizga kompyuteringiz haqida to'liq ma'lumot ko'rsatiladi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #foydali / #bilib_oling
🌌 Google-ning "osmon" bo'limiga o'tishni istaysizmi?

🔗 https://www.google.com/sky/

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #google / #lifehack
Virtual Ish stoli - Task View

🖥 Windows 10 va undan yuqori operatsion tizimlarda ajoyib xususiyat mavjud. Siz o'zingiz uchun istagancha virtual ish stoli yaratishingiz mumkin.

Win + Ctrl + D — yangi ish stoli ochish uchun
Win + Ctrl + F4 — ish stolini yopish uchun
Win + Ctrl + o'ng-chap strelka — bir ish stolidan boshqa biriga o'tish uchun
Win + Tab — ish stollarini ko'rish, tanlash uchun

💻 Agar siz noutbukda bo'lsangiz touchpad'ni to'rt barmoq bilan o'ng yoki chapga surish orqali bir ish stolidan boshqasiga o'tishingiz ham mumkin.

🧑‍💻 Virtual ish stoli sizga bir nechta ishlarni bajarayotganingizda ishingizga fokus, e'tibor qilishingizda yordam beradi.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #hotkeys
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ish stolingizni qanday tez va samarali tozalash mumkin.

😂 Kimga shunaqa fon kerak?

©@the_windows

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #kayfiyat
Masofadan turib kompyuterni yoki telefonni boshqarish

↔️ Anydesk
- bu bir qurilmadan turib boshqa qurilmani boshqarish imkonini yaratib beruvchi dastur hisoblanadi.

🖥 Anydesk ishlashi uchun masofadan boshqarmoqchi bo'lgan va o'zingizning qurilmangizda AnyDesk o'rnatilgan va internetga ulangan bo'lishi kerak.

📥 Kompyuter uchun anydesk.com saytidan, telefon uchun Play Store yoki App Store-dan AnyDesk-ni yuklab olishingiz mumkin.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #dastur / #foydali
Ijtimoiy tarmoqlardagi faollik qanday?

📊 2022-yilgi statistik maʼlumotlarga koʻra, Oʻzbekistonda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish koʻrsatkichi quyidagicha:

Telegramdan 18 million;
Odnoklassnikidan 16,7 million;
Facebookdan 4,7 million;
Instagramdan 3,7 million;
VKontaktedan 2,6 million;
Linkedindan 288 ming;
Twitterdan 51,6 ming nafar kishi foydalanadi.

📆 2022-yilda siz eng ko'p foydalangan ijtimoiy tarmoq qaysi?

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #statistika / #internet
#operatsion_tizim

⚙️ Operativ (tezkor) xotiradagi ziyon ko‘rgan sektorlarni qanday aniqlash mumkin?

ℹ️ Kompyuter ishlab turgan paytda operativ xotirada operatsion tizim, ishga tushirilgan dasturlar ma’lumotlari, shuningdek protsessor tomonidan ishlov beriluvchi kiruvchi, chiquvchi va oraliq ma’lumotlar joylashgan bo‘ladi. Operativ xotira bilan bog‘liq muammo mavjud bo‘lsa, bularning barchasi yomon ishlaydi.

MemTest86 - kompyuter yoki noutbukdagi operativ xotirani xatoliklar va ishlashidagi muammolarga qarshi tekshirish imkonini beruvchi bepul dastur. Yordamchi dasturning o‘ziga xosligi shundaki, u operatsion tizim tarkibida emas, balki fleshkaga yozib olib, BIOS orqali ishga tushiriluvchi alohida obraz ko‘rinishida kelishidir.

Bunday ishga tushirish usuli o‘z afzalliklariga ega: dastur operativ xotirani butunlay sinovdan o‘tkaza oladi va operatsion tizim unga xalaqit bermaydi. Operatsion tizim ishga tushmasa yoki uzilishlar bilash ishlagan taqdirda, siz xotira bilan bog‘liq muammolar bor yoki yo‘qligini aniqlab ko‘rishingiz mumkin.

Dastur butun xotirani oldindan mavjud ma’lumotlar bloklari qaytarilishlari bilan yozib to‘ldiradi, so‘ngra ikki o‘tishda: kichik manzillardan kattalariga qarab o‘tgan holda yozilgan ma’lumotni o‘qib solishtiradi. Mavjud bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha xatoliklarni aniqlash uchun protsedura turli xil ma’lumotlar namunalari uchun takrorlanadi.

Xotiraning alohida modulini tekshirganingiz maqsadga muvofiqdir, ya’ni bunda biz kompyuterni o‘chiramiz, uni ochamiz, operativ xotiraning bittadan boshqa barcha modullarini ajratib olamiz va kompyuterni ishga tushirgan holda uni tekshiramiz. Jarayon yakunlanganidan so‘ng – joriy modulni uzib, keyingisini ulaymiz va tekshirishda davom etamiz. Shunday qilib, muammolar aynan qaysi modulda yuzaga kelayotganini aniqlash mumkin.

📥 MemTest86 dasturini yuklab olish.

📝 Manba: @itspecuz

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ram / #foydali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🖥 Zamonaviy kasb egalarining ekran dizayni qanday bo'ladi?

K.B: Sizning ekraninggiz dizayni qanaqa va siz qaysi kasbda faoliyat yuritasiz?

©NajotTa'lim

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #ekran / #dizayn
"Samsung" so'zining ma'nosi qanday?
Anonymous Quiz
14%
Kreativlik
27%
Koreya yulduzi
50%
Uch yulduz
9%
Kichik kompaniya
O'zingizga kerakligini belgilang

Ko'pchilik uchun kerak bo'ladigan funksiyalardan biri bu "donalab" belgilashdir. Aytaylik, bir necha musiqalar yoki rasmlar orasidan o'zingizga keraklisi belgilashinigiz kerak. Bunday belgilash vaqtida sizga ShIFT tugmasi emas, CTRL yordam beradi.

🖱 CTRL + sichqoncha chap tugmasini bosib bir dunyo narsalar orasidan o'zingizga kerakligini tanlang.

P.S. Comment-ga "buni bilardim" deb yozganlarga maqtov yorlig'i berilsin!

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #lifehack / #bilib_oling
Noutbukni quvvatlantirayotganda ham ishlatsa bo'ladimi?

Ortiqcha so'zlarga o'rin yo'q va javob: Ha

🤔 Nimaga? Chunki hozirgi noutbuklar zamonaviyligini hisobga olsak, ular buni o'zlari hal qila olishadi ya'ni quvvatlantirishni noutbukning o'zi boshqara oladi.

🔌 Albatta bu usulning zarari ham bor bo'lishi mumkin, ammo, zarari bo'lganda ham bu 100 foizdan 5 yoki undan kam foizga to'g'ri kelishi mumkin.

🔋 Xulosa: noutbukingiz holatiga qarab quvvatlantirayotganda ham ishlatish mumkin.

💡 Agar noutbukingizni har doim quvvatlagich bilan ishlatadigan bo'lsangiz, noutbukingizdan batareyani olib qo'yishingiz ham mumkin. Buning uchun kompyuter ustaxonasiga murojaat qiling.

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #notebook / #batareya
Google ChatGPT raqobatchisini ishga tushirdi

Bard chatboti hozircha cheklangan miqdordagi foydalanuvchilar uchun ochiq boʻladi.

📃 Manbahttps://kun.uz/25956001

👉🏼 Birinchi raqamli Windows Blog | #google / #news
2024/10/02 22:33:56
Back to Top
HTML Embed Code: