Telegram Web Link
Forwarded from IT Blog
Yoshlarga va ITni o’rganayotgan talabalarga maslahat.

Professionallargina yaxshi daromad topishadi. Juniorlarga aslida ish yo’q. Junior bo’lib turib juda kam oylik olayotgan bo’lsangiz sabr qiling. Yaxshi pul topish uchun professional bo’lish kerak. Junior holatingizda ishga kirgan bo’lsangiz boshlig’ingizga rahmat ayting. Ustingizda ko’p ishlang. Junior bo’lib turib ish vaqti tugashi bilan uyga ketmasdan ishda qolib ustingizda yanada ko’proq ishlang. Birovga hasad qilmang. Omma oldida tanqid qilmang. Gapingiz bo’lsa o’sha odamga yoki oʻsha tashkilot mas’ullariga murojaat qiling. Xullas yigit kishi bo’lsangiz erkak bo’ling. Bir narsani biling o’zingiz uchun o’zingiz harakat qilasiz. Toki o’zingiz uchun harakat qilmas ekansiz o’qituvchi bo’ladimi boshliq bo’ladimi ularni berayotgan bilimi sizga yetmaydi. Kamchilik hamma joyda bo’ladi. Lekin siz o’zingiz uchun o’zingizni kashf qiling va tinimsiz bilim oling.

Bir maktabni va bir oliygohni tugatib muvaffaqiyatga erishgan va erishmagan ikki insonni ham farqi shunda bo’ladi do’stlarim.


Hurmat bilan Abdusattor Abdurahimov.
Sberbank Sber brendi ostida aqlli televizor taqdim etdi

Rossiyada tashkil topgan Sberbank byudjetli smart televizorlar lineykasini taqdim etdi. Boshlang'ich narxi — 32999 rubl (taxminan 3,3 mln so'm).

Televizorlar «Салют ТВ» operatsion tizimida ishlaydi, tasvir sifati — 4K UHD, diagonallar — 43, 50, 55, 65.

Film va seriallar uchun televizorga Okko onlayn kinoteatri o'rnatilgan, musiqa uchun esa SberZvuk ilovasi mavjud. Televizorni pult yoki smartfon orqali ilova bilan boshqarish mumkin.

👉 @ITMavzu
​​Hearts of Russia «otmen»

MDH davlatlarida mashhur bo'lgan Euro Truck Simulator 2 o'yini uchun mo'ljallangan Hearts of Russia nomli qo'shimcha kontent to'plami noma'lum muddatga qoldirilmoqda. SCS Software studiyasi ushbu to'plamni bir necha oydan beri reklama qilayotgandi.

Vortex jurnalistlari bilan suhbatda SCS Software asoschisi va rahbari Pavel Shebor kompaniya qiyin ahvolda qolganini tan oldi. O'yinchilarning bir qismi hozirgi vaziyatda Hearts of Russia ("Rossiya yuraklari") ning chiqarilishini og'riqli qabul qiladi, garchi ko'pchilik "Rossiyadagi daraxtlar va yo'llarning hech qanday aybi yo'qligini" tushunib turibdi. Shu bilan birga, qo'shimcha kontent deyarli tayyor, lekin, ehtimol, u bir muddat qutida yotishi kerak bo'ladi.

Qancha muddatga? Sheborning ishonchi komil emas. Ehtimol, hatto o'n yildir — studiya rahbari shunday dedi. Endi jamoa qanday qaror qabul qilishidan qat'i nazar, har qanday holatda ham yo'qotishlarga duchor bo'ladi. Boshqa tomondan, studiya Euro Truck Simulator 2 uchun boshqa kengaytmalar ustida ishlamoqda, shuning uchun yuk tashish simulyatori muxlislari ularning sevimli o'yini yangi kontentsiz qolishi haqida tashvishlanishlari shart emas.

👉 @ITMavzu
Spotify «Barsa» ga homiylik qiladi

Musiqa va podkastlar strimingi bilan shug'ullanuvchi Spotify kompaniyasi «Barselona» futbol klubi bilan homiylik shartnomasini imzoladi. OAV ma'lumotlariga ko'ra, kompaniya klubga $300 mln dan ortiq to'lagan.

Spotify keyingi to'rt mavsumda Kataloniya klubining titul homiysi bo'ladi. Brend nomi o'yinchilar futbolkasida paydo bo'ladi va "Barselona"ning uy stadioni nomi Camp Nou dan Spotify Camp Nouga o'zgartiriladi.

Spotify — bu musiqiy kompozitsiyalar, audio kitoblar va podkastlarni qurilmangizga yuklab olmasdan qonuniy ravishda tinglash imkonini beruvchi striming xizmati.

👉 @ITMavzu
​​Ochiq kodli dasturiy paket Rossiya va Belorussiyalik dasturchilarning ma'lumotlarini «kasha» ga aylantirib tashladi

📌Butun dunyo dasturchilarini jamlagan, ularning ishini osonlashtiruvchi ochiq kodli bepul loyihalar joylanadigan GitHub platformasidagi mashhur node-ipc kutubxonasiga uning muallifi tomonidan virus yuklanganligi ma'lum bo'ldi.

Virus avval foydalanuvchining IP manzilini aniqlaydi, agarda u Rossiya yoki Belarusga tegishli bo'lsa, foydalanuvchining diskdagi barcha ma'lumotlarini o'chirib tashlab, ularni ❤️ belgisiga almashtirib tashlaydi. Juda ko'p dasturchilar ushbu hodisa tufayli o'z proyektlaridan ayrilganini ta'kidlashmoqda. Aytish joizki, bizdagi ayrim provayderlar beradigan IP adreslar ham turli servislar tomonidan Rossiya Federatsiyasi deb adashtiriladi (shaxsan o'zim shunaqa holatni ISTV va Turon Telecom provayderlarida kuzatganman, hozir ularda vaziyat qanaqaligidan xabarim yo'q).

📌Kutubxona muallifi amerikalik Brendon Miller o'z qilmishini «tinch namoyish» deb atadi. Ammo deyarli hech kim uning harakatlarini qo'llab-quvvatlamadi. AQSh, Xitoy, Turkiya, Germaniya davlatlaridan turli dasturchilar uning bu qilmishini qattiq tanqid qilishdi, uning o'zini oqlashga bo'lgan urinishlariga "minus"lar qo'yib tashlashdi va xavfli kutubxonani ma'muriyat tezda o'chirib tashladi.

Foydalanuvchilar bu kabi «namoyishlar"»ni boshqa kutubxonalarda ham payqagach, ularni bitta ro'yxatga jamlashni boshladilar: https://docs.google.com/spreadsheets/d/1H3xPB4PgWeFcHjZ7NOPtrcya_Ua4jUolWm-7z9-jSpQ/htmlview

👉 @ITMavzu
Forwarded from DiziPro
Renderlashni chuqur oʻrganishga nima deysiz?

🔥 Diziproda yangilikni biri! Asosiy maqsadi renderlashni chuqur oʻrgatishga qaratilgan Rendering kursimizga qabul boshlandi.

Ushbu kursimizga nafaqat yangi oʻquvchilarni, balki bizning kurslarimizda oʻqigan va oʻz yoʻnalishini yanada chuqurlashtirmoqchi boʻlgan oʻquvchilarimizni ham qabul qilamiz.

Rendering kursi davomiyligi 1 oy boʻlib, darslar haftada 3 marta, oflayn shaklda olib boriladi.

💰 Kurs narxi: 1,5 mln soʻm.

Murojaat uchun:
📞 Telefon: +998994008800
👨‍💻 Aloqa: @dizipro_edu

⚡️ Shoshiling, joylar soni cheklangan, qabul esa 1-aprelgacha davom etadi.

@Dizipro
​​Telegram vs. Braziliya

18-mart kuni Braziliya Oliy sudi Telegram messenjerini davlat hududida bloklash haqida farmon chiqardi. Bunga sabab qilib, Braziliyada saylov oldi feyk xabarlar tarqatuvchi kanallarning avj olganligi va Telegram jamoasining bu kanallarni bloklash murojaatini javobsiz qoldirganligi deb ko'rsatilmoqda.

Ko'p o'tmay, Pavel Durov o'z kanalida «tushunmovchilik» yuzaga kelganligini ta'kidlab o'tdi: Braziliya sudi bloklash haqidagi so'rovlarni Telegramning eski elektron pochtasiga yuborganligini, Ukrainadagi urush tufayli moderatorlar jamoasi reportlar ostida qolib ketganliklarini dalil qilib, suddan "barchasini to'g'rilash" uchun yana biroz vaqt berishini so'radi. Sud 24 soat vaqt berdi, agar shu vaqt ichida Telegram barcha talablarni bajarsa, Braziliyada cheklovlarsiz ishlashi mumkinligi qayd etildi.

Bugun esa Telegram jamoasining Braziliya Oliy sudiga yuborgan xati nusxasi tarqaldi. U yerda bloklangan kanallar ro'yxati, kanal adminlarining yuzerneymlari hamda shularga o'xshash kanallar keyinchalik paydo bo'lsa, darhol o'chirilishi haqida ma'lumotlar berilgan.

👉 @ITMavzu
Meta rasman Rossiyada ekstremistik tashkilot deb tan olindi. Endi Rossiyaliklar va u yerdagi vatandoshlarimiz ushbu ijtimoiy tarmoqlar bilan bog'liq qanday harakatlar uchun jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkin?

21-mart kuni Rossiya sudi Meta (Facebook, Instagram, WhatsApp) kompaniyasini ekstremistik tashkilot deb tan oldi. Facebook va Instagram davlat hududida bloklanadigan bo'ldi, WhatsApp esa cheklovlarsiz ishlashi mumkin.

Yuristlar qanday holatlarda Rossiya fuqarolari jinoiy javobgarlikka tortilishlari mumkinligi haqida aytib o'tishdi:

— Facebook va Instagram ilovlaridan foydalanish, u yerda postlar joylashish. Siyosatchilar va prokuratura bu uchun jazo tutilmagan deyishmoqda, biroq yuristlar aslida bunga hech kim kafolat berolmaydi deb aytishmoqda;

— Facebook va Instagram da reklama va boshqa xizmatlarni sotib olish, kompaniya aksiyalari savdo-sotig'i bilan shug'ullanish. Bu ekstremistik faoliyatni moliyalashtirish sifatida ko'riladi;

— Meta da har qanday lavozimda ishlash. Hattoki chet eldagi Meta kompaniyasida ishlovchi Rossiya fuqarolari ham javobgarlikka tortilishi mumkin;

— O'z sayt yoki bloglarida Facebook, Instagram, FB Messenger logotiplarini namoyish qilish, ularning saytlariga link berish, do'kon, kafe, vizitkalarda logotip va QR kodlar ham jinoiy javobgarlik uchun sabab bo'ladi.

Oldinroq nima uchun Meta Rossiyada ekstremistik tashkilot deb tan olinishi haqida yozgan edik.

👉 @ITMavzu
Internetdagi daromadli .io domen zonasiga egalik qilish huquqi Mavrikiy va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi Chagos orollariga egalik qilish bo‘yicha kelishmovchilikning bir qismiga aylandi.

Orol aholisining fikricha, Buyuk Britaniya ularga koloniya kabi munosabatda bo‘lishda davom etmoqda: Britaniya domen zonasini litsenziyalash uchun millionlab dollar daromad oladi. .io domeni ayniqsa, texnologik kompaniyalar va kripto birjalar orasida mashhur (opensea.io, gate.io, codepen.io hamda .io zonasidagi minglab o'yinlar)

Hind okeanini bildiruvchi manzil Britaniya Hind okeani hududiga (BIOT) ajratilgan va nominal ravishda Britaniya va AQSh harbiy bazasi joylashgan Diego Garsiya orolidagi tijorat firmasi tomonidan boshqariladi. .io domeni ostida saytlarni litsenziyalashdan tushgan foyda Britaniya rasmiylari tomonidan taqsimlanadi.

👉 @ITMavzu
Samsung va Microsoft’ni buzgan Lapsus$ xakerlar guruhi rahbari 16 yoshli o‘smir bo‘lib chiqdi.

London politsiyasi Janubiy Amerikada joylashgani taxmin qilinayotgan Lapsus$ xakerlar jinoiy guruhiga aloqador yetti nafar o‘smirni hibsga olganini aytdi. Uning "White" va "Breachbase" laqablari bilan tanilgan rahbari londonlik 16 yoshli o'smir bo'lib chiqdi. U xakerlik veb-saytlaridan birida sheriklari bilan janjaldan keyin fosh qilindi: ular ijtimoiy tarmoqlarda uning ismi, manzili va fotosuratlarini oshkor qilishdi. Sobiq sheriklarining xabar berishicha, xaker 300 bitkoin – taxminan 14 million dollar boylik to'plashga ulgurgan.

O‘smirning ota-onasi hech qachon ularning o'g'li xakerlik bilan shug'ullanmoqda deb o'ylashmagan. Ular uning kompyuterni juda yaxshi tushunishini va monitor qarshisida ko‘p vaqt o‘tkazishini bilishardi, lekin o'smir faqat o'yin o'ynash bilan band deb o'ylashardi.

Lapsus$ kiber-tovlamachilar guruhi ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi tufayli qisqa vaqt ichida shuhrat qozondi. Xususan, uning nomidan telegram kanal ochilib, unga 50 ming kishi obuna bo'lgan. Unda xakerlar NVIDIA, Samsung, Ubisoft, Okta va Microsoft’dagi yirik xavfsizlik buzilishlariga mas’ul ekanliklari bilan maqtanishgan.

👉 @ITMavzu
Forwarded from LIME BOOK
“Atom Odatlar” kitobida yomon odatlar sizni falokatga yetaklashi haqida ko’p yozilgan. Keling shuni dasturchilar misolida ko’ramiz.

Siz yosh dasturchisiz! Sizda bir yomon odat bor. Har kun kechasi 3 da uhlaysiz. Balki ertalabgacha ishlab chiqarsiz. Inson organizmi uchun Melatonin juda zarur. Melatonin maksimal konsentratsiyasi esa kechki soat 2 ga to‘g‘ri keladi. Siz kechasi uhlamas ekansiz uzoq muddat bu odat sizga o’ta jiddiy tasr qiladi.

Endi Senior darajaga chiqib davringizni suradigan vaqt kelganda, kompyuterda mazangiz qochib, ishga yaroqsiz insonga aylanib qolishni istamasangiz ertalabgacha ishlab asrgacha uhlashni to’xtating. Aslida 23:00 da uhlab 05:00 da ish boshlash samarali bo’ladi.

👉 @limebook
IT-MAVZU pinned a photo
«Pivo istayman»

Bu 2019-yildan beri tanasiga “qulflangan” falaj nemisning birinchi so‘zlari – u hatto ko‘zini ham qimirlata olmaydi. Endi u ong impulslarini qabul qiluvchi va ularni kompyuterga uzatuvchi miya implantatsiyasi yordamida “gapiradi”.

Eksperimental texnologiya tufayli (nemis — hozircha yagona foydalanuvchi) bemor oilasi va shifokorlar bilan muloqot qila oladi, masalan, u tanasining holatini o'zgartirishni so'radi, musiqa qo'yib berishlarini iltimos qildi va o'g'li bilan multfilmlar tomosha qilishni xohladi. U bir daqiqada faqat bitta belgi tezligida jumlalarni yozishini hisobga olganda, ushbu iltimoslarni ifoda etish uchun bemorga bir necha kun kerak bo'ldi (nemis tilida so'zlar juda uzun).

Hozircha germaniyalik bemor yangi texnologiyaning yagona foydalanuvchisi – olimlar xuddi shunday dard bilan kasallangan yana bir necha kishiga mazkur implantlarni o‘rnatish uchun mablag‘ izlamoqda. Ularning hisob-kitoblariga ko'ra, bunday tizim taxminan 500 ming dollar turadi.

👉 @ITMavzu
Kitoblar ichidagi eng mazmunli va foydali joylarini sizlar uchun yozib boramiz.

Iqtibos olib ularni yanada jozibador qilamiz!

Kanal nima haqidaligini to’liq anglash uchun kanaldagi ikkitagina maqolani o’qib chiqing.

Obuna bo’ling 👉 @limebook
Ilon Mask 2024-yilga kelib dunyoning birinchi trillioneriga aylanishi mumkin

Biznesmenning boyligi yiliga 129%ga ortib bormoqda. Daromadning asosiy qismi SpaceXʼdan kelmoqda.

Yahoo maʼlumotlariga koʻra, Ilon Maskning shaxsiy boyligi 1 trln ga yetgan dunyoda birinchi boʻlish uchun barcha imkoniyat bor.

Tahlilchilar dunyodagi eng boy odamlarga tegishli aktivlar miqdoridagi yillik oʻzgarishlarni solishtirdi. Ushbu maʼlumotlarga asoslanib, ular oʻrtacha yillik oʻsishni hisoblab chiqdilar.

“2017-yildan beri Maskning boyligi har yili 129% ga oʻsdi. Bu degani, u ikki yildan soʻng “trillionerlar klubi"ga kirishi mumkin — 2024-yil, 52 yoshida u $1,38 trln ga egalik qiladi, — deyiladi xabarda.

👉 @ITMavzu
Savob piramidasi

Ushbu bot dasturchilarimizdan tortib sizgacha savob olib keladi. Siz shu botni do’stingizga ilinar ekansiz, u siz orqali bu botni ishlatsa yoki buni boshqa bir do’stiga ilinsa sizga ham savob kelib turadi.

Alloh shu botni kamida birgina do’stingizga jo’natib qo’yishingizni qalbingizga solsin.

— 200 dan ortiq qorilar qiroati
— Oyatlarni alohida tinglash imkoniyati
— Qur'on arabiy va o'zbek matni (4 tilda)


P.s. Kanalga obuna so'ralmaydi!

BOT 👉 @QuranAll_bot
Ramazon tuhfasi

Barchamiz ko'pdan beri kutgan, qalblarga nur ulashuvchi Ramazonga ham sanoqli kunlar qoldi. "Osmondagi bolalar" loyihasi esa hali ayyom kirmasdanoq ilmli insonlardan biri - Ikrom Sharif akamiz bilan suhbat qilishga ulguribdi.

Loyihaning bu galgi mehmoni "Ko'kaldosh" o'rta maxsus islom bilim yurtini, Turkiyadagi "YARMUK" universitetini tamomlab, hozirda "Sakinat" oila maktabida ham rahbar, ham tarbiyachi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan ekanlar.

👉 Suhbat premyerasini bugun, soat 20:30 da, quyidagi havola orqali tomosha qiling.

Barchani Ramazon oldi oila davrasida ushbu manfaatli va unutilmas suhbatni korishga chorlab qolaman!

📌 Havola: https://youtu.be/1K2EbBZ_lxg
Facebook Tiktok'ni qoralash uchun pul to'lagan

Meta odamlarning e'tiborini o'z muammolaridan chalg'itishga va Facebookning eng katta raqobatchisi TikTokni yo'q qilishga harakat qilganligi ma'lum bo'ldi. Buning uchun kompaniya Targeted Victory piar tashkilotiga jamiyatni TikTok’ga qarshi qayrash uchun pul to'lagan.

WP gazetasiga Targeted Victory marketing kompaniyasining ichki hujjatlari kelib tushgan. Ularda ta'kidlanishicha, piar xodimlari Tiktok'ni amerikalik bolalar uchun «haqiqiy tahdid» sifatida yoritishga hamda e'tiborni Meta muammolaridan chalg'itishga mas'ul bo'lishgan.

Turli OAVlarda maktablardagi vandalizm holatlari va o'qituvchilarni kaltaklash kabi mavjud bo'lmagan "xavfli" trendlar haqida materiallar chiqqan (aslida bu kabi mish-mishlar Facebook'ning o'zida tarqalgan), siyosatchilar esa ularga tayanib, rasmiy shikoyatlar yozishgan.

«Orzuimizdagi sarlavha “Raqsdan to xatargacha: qanday qilib TikTok bolalar uchun eng zararli ijtimoiy tarmoqqa aylandi” kabi bo‘lardi», — deb yozgan Meta yollagan kompaniya xodimlaridan biri.

👉 @ITMavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Onaxon kuryer-robotga yo'ldan o'tishga yordam bermoqda. Moskva, 2022 (via tjournal)

👉 @ITMavzu
AQSh «Kaspersky Laborotoriyasi» ga qarshi sanksiyalar qo'llashdan xavfsiramoqda

Bayden ma'muriyati Kasperskiy Laboratoriyasi va uning asoschisi Yevgeniy Kasperskiyga qarshi sanksiyalar bo'yicha kelishuvga erishmadi, deb yozdi The Wall Street Journal. AQSh rasmiylari kompaniya Kreml tomonidan o'z mijozlari ustidan josuslik qilish uchun foydalanishi mumkinligidan xavotirda.

AQSh va Yevropaning ayrim rasmiylari Kasperskiy Laboratoriyasiga qarshi sanksiyalar jamoaviy G‘arbga kompaniya dasturiy ta’minotidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalangan holda yangi kiberhujumlar ehtimolini oshiradi deb hisoblaydi. Kasperskiyning dunyo bo'ylab yuz milliondan oshiq mijozlari bor.

👉 @ITMavzu
2024/09/24 21:32:05
Back to Top
HTML Embed Code: