Telegram Web Link
Mart oyining oxirida Quyoshda bir qator kuchli chaqnashlar sodir bo'ldi, buning natijasida yerliklar ko'zni qamashtiruvchi shimoliy yog'dular guvohiga aylanishdi.

Odamlar ijtimoiy tarmoqlarda hayratlanarli hodisaning suratlari va videolarini baham ko'rishdi, NASA esa Quyoshdagi portlashlarning noyob kadrlarini ko'rsatdi

👉 @ITMavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Shanxay ko‘chalari bo‘ylab orqasiga ovoz kuchaytirgich yopishtirilgan to'rt oyoqli robotlar yugurib, shahar aholisiga «vovullamoqda». Bu yo'l bilan rasmiylar fuqarolarni karantin choralariga rioya qilishga chaqirib, ularning buzilishi nimalarga olib kelishi haqida ogohlantirmoqda.

Robokuchuklar quyidagi ko'rsatmalarni takrorlashmoqda: «Niqob taqing, qo'lingizni yuving, haroratingizni tekshiring». Shuningdek, ular biroz qo'rqinchli xabarlarni ham «vovullashlari» mumkin, masalan: «sizning xatti-harakatlaringiz pandemiya bilan kurashish qoidalarini buzdi» yoki «iltimos, darhol uyingizga boring, aks holda siz qonunga muvofiq jazolanasiz».

👉 @ITMavzu
Yil davomida IT mutaxassislarining maoshi 3,5 barobarga oshdi

Ularga boʻlgan talab bir vaqtning oʻzida 79% ga ortgan. HeadHunter sohada kadrlar yetishmasligini qayd etmoqda.

Yil davomida hh.uz saytida ushbu sohadagi boʻsh ish oʻrinlari soni 79% ga oshdi, deya xabar bergan saytning PR xizmati.

Bundan tashqari, IT xodimlari uchun ish haqi takliflari 24% ga oshdi. Endi ish beruvchilar ularga oyiga oʻrtacha 6 mln soʻm toʻlashga tayyor. Oʻz navbatida, IT-mutaxassislarining ish haqiga boʻlgan umidlari yil davomida 3,5 baravarga (+256%) oshdi.

Bungacha hh.uz IT sohasiga qiziqish ortganini qayd etgan edi. 2021-yil mart oyida oʻzbekistonliklar bu sohada bir yil oldingiga nisbatan 65% ga koʻproq rezyume joylashtirgan va dasturchi kasbi mashhurlik boʻyicha ikkinchi oʻrinni egallagan.

👉 @ITMavzu
​​Toronto — yangi Kremniy Vodiysi

🇨🇦Kanadaning yirik shahri Toronto navbatdagi Kremniy vodiysiga aylanishi mumkin, deb yozmoqda The New York Times. Ostin va Mayami atrofidagi shov-shuvlarga qaramay (marketologlar ushbu shaharlarni nohaq yangi texno poytaxt deb atashmoqda), Toronto ularni ortda qoldirdi. U tezroq rivojlanmoqda va Shimoliy Amerikadagi uchinchi yirik texnologik markaz hisoblanadi.

Birinchidan, bu tadqiqot va muhandislik sohasida eng yaxshi mutaxassislarni chiqaradigan nufuzli universitetlarning xizmatlari. Ikkinchidan, bu yerda texnologik gigantlar o'z ofislarini ochishgan va faol ishlamoqda. Shaharda Toronto universiteti professorlari bilan hamkorlikda Uber’ning dron laboratoriyasi va Google’ning neyron tarmoqlari laboratoriyasi tashkil etilmoqda. Yana bir muhim sabab - soddalashtirilgan immigratsiya siyosati.

Immigrantlar uchun Kanadaga ko'chib o'tish AQShga qaraganda ancha oson. To‘g‘ri, kanadaliklar yangi Kremniy vodiysigacha hali ko‘p yo‘l bosib o‘tishlari kerak – o‘tgan yil davomida Torontodagi kompaniyalar bor-yo‘g‘i 5,4 milliard dollar yig‘ishgan.Taqqoslash uchun, xuddi shu davrda Vodiylik startaplar 132 milliard (!) dollar sarmoya olgan. Agar siz qayerga surishni o'ylayotgan bo'lsangiz, Toronto yaxshi variant. Shaharda IT rivojlanishi davom etadi, bu aniq.

👉 @ITMavzu
Ethereum kriptovalyutasi dasturchisi Virjil Griffit Shimoliy Koreyaga kriptovalyutalar bilan noqonuniy yordam bergani uchun besh yillik qamoq va 100 ming dollar jarimaga hukm qilindi.

Tergov ma'lumotlariga ko'ra, 2018 yilda Griffit Shimoliy Koreyada o'z konsultatsiyalarini olib borgan. KXDRga kirish taqiqlanganiga qaramay, u Xitoy orqali Pxenyanga borgan va kriptovalyutalar va blokcheyn bo‘yicha konferensiyada ishtirok etgan. Dasturchi Shimoliy Koreyaga pul yuvish va AQSh sanksiyalarini chetlab o‘tish uchun kriptovalyuta va blokcheyndan qanday foydalanish bo‘yicha darslar o'tgan. Prokurorga ko'ra, bu bilan u AQSh xavfsizligini xavf ostiga qo'ygan.

👉 @ITMavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ganalik tobutchilar auksionda o'zlarining raqslari aks etgan gifni NFT ko'rinishida million dollarga sotishdi — tushumning chorak qismi Ukraina xayriya jamg'armasiga o'tkazildi.

Auksionda Dubayda joylashgan 3F Music musiqa studiyasi g'olib bo'ldi. Ularning egaligida allaqachon o'nlab NFT lar mavjud.

“Oxirgi ikki yil davomida biz sizga tabassum berib keldik. Endi siz uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlash vaqti keldi”, — deb yozgan video qahramonlaridan biri. Raqqoslarning o'zlari taxminan yarim million dollar foyda ko'rishdi.

👉 @ITMavzu
iBeer ilovasining yaratuvchisi kuniga 2000 dollardan ishlab topgan

🍏Apple 2008-yilda AppStore do'konini ishga tushirganida, mashhur fokuschi Stiv Sheratonga murojaat qilib, undan endi chiqqan iPhone'ning imkoniyatlarini namoyish etuvchi ilova yaratishni so'ragan. Fokuschi ilova animatsiyasini akselerometr ma'lumotlari asosida smartfon harakati bilan bog'langan haqiqiy video tasvirlar bilan almashtirdi. Natijada, foydalanuvchi go'yoki telefonga quyilgan suyuqlikni ichayotganday illyuziya hosil bo'lar edi.

💲Ilova darhol katta shuhrat qozondi, chunki hamma o'z do'stlariga bunday hiylani ko'rsatishni xohlardi. Uning narxi 2,99 dollar bo'lgan. Qisqa vaqt ichida iBeer o'z yaratuvchisiga kuniga 2000 dollargacha olib kela boshlagan va birinchi chiqqan iPhone'ning xit ilovalaridan biri bo'lgan.

👉 @ITMavzu
Windows XP yangi Windows 11 ga qaraganda mashhurroq bo'lib chiqdi

Lansweeper tomonidan o'tkazilgan so'nggi tadqiqotga ko'ra, Windows 11 hozirda barcha ro'yxatdan o'tgan shaxsiy kompyuterlarning atigi 1,44 foizida ishlaydi, bu esa yangi operatsion tizimni hatto Windows XP kabi eski platformalardan ham ortda qoldiradi. XP ning ulushi 1,71 foizga to'g'ri kelishi ma'lum bo'ldi.

Boshqa versiyalarga kelsak, Windows 7 operatsion tizimida ishlaydigan shaxsiy kompyuterlarning umumiy soni 4,7% ni tashkil etdi, Windows 10 esa 80,34% bilan mutlaq yetakchi bo'ldi.

👉 @ITMavzu
EPAM oʻz xodimlarini Rossiya va Belarusdan Oʻzbekistonga koʻchirdi.

Gap yuzlab xodimlar haqida bormoqda - taxminan 800-900 ta dasturchilar.

Kompaniya xodimlariga ularni ko'chirishda ham moliyaviy (kunlik nafaqa, chiptalar), ham amaliy (uy-joy qidirish) yordam berdi.

EPAM dunyodagi eng yirik dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchilardan biridir. Kompaniya S&P 500 reytingidan joy olgan va butun dunyo bo'ylab 60 000 ga yaqin xodimga ega. O'zbekistonda 2019-yildan beri o'z ofisi bor.

EPAM o'tgan yili 3,7 milliard dollar daromad ko'rgan.

👉 @ITMavzu
AQSh hukumati Shimoliy Koreya xakerlari haqidagi ma'lumot uchun 5 million dollar taklif qilmoqda

🇰🇵Pxenyan manfaatlarini ko‘zlab, “butun dunyo bo‘ylab moliyaviy institutlar va kriptovalyuta birjalari kiberxavfsizligiga putur yetkazmoqchi bo‘lganlar haqidagi ma’lumotlar” uchun AQSh hukumati 5 million dollar mukofot kafolatladi.

🇺🇸Shuningdek, AQSh Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In manfaati uchun “xorijiy jismoniy shaxslar, hukumatlar yoki boshqa shaxslarga qarshi kompyuter tarmoqlari yoki tizimlaridan foydalanish orqali kiberxavfsizlikka putur yetkazuvchi faoliyatni bila turib amalga oshirgan” har qanday shaxs haqidagi maʼlumot uchun toʻlaydi.

Qizig'i shundaki, katta mukofotlar haqidagi e'lon FBI Shimoliy Koreyani tarixdagi eng yirik kriptovalyuta o'g'irlashlaridan biri uchun javobgar deb hisoblaganidan ko'p o'tmay paydo bo'ldi: o'tgan oy Ronin blokcheyni buzilib, 600 million dollardan ortiq kriptovalyuta o'g'irlangan.

👉 @ITMavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xitoylik bloger o‘zining shaxsiy iPhone-ini yaratdi.

Blogger yangi korpusga iPhone SE 2022 ichki qurilmalarini o‘rnatdi. Qo'lda yasalgan iPhone MIX 2.0 modelida qalqib chiquvchi selfi kamerasi, USB-C porti, naushnik uyasi va orqada Touch ID mavjud. Ekrani esa 6 dyuym va og‘irligi iPhone SE 3 ning og'irligidan 25 gramm kamroq.

Natijada klassik iPhone-ning yoqimli va funktsional yangilanishi hosil bo'ldi

👉 @ITMavzu
2024/09/24 23:13:34
Back to Top
HTML Embed Code: