Telegram Web Link
Forwarded from IT Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1 soat 40$ ishlash mumkin!

3Dmax ni biz bilan o’rganing!

👉 @dizipro
Navbatdagi ultra-og'ir OS yoki "qariyalar" uchun yangi hayot? — Chrome OS Flex by Google.

Google Fuchsia OSdan so'ng Chrome OSni yaratishga qaror qildi. Ammo bu safargi OS kutganimizdan a'lo. Nega?

— Chrome OS Flex haqida.
Chrome OS Windows, Mac va Linux OSlarini «ko'tara oluvchi» barcha kompyuterlarga mos kelaveradi. Buning ustiga OS bepul, va eng qizig'i Apache 2.0 litsenziyasiga ega.

— «Mening kompyuterim eski, Chrome OSni torta oladimi?»
2-Jahon urushini ko'rgan kompyuterlar, albatta, Windows 7dan nariga o'ta olishmasada, quyidagi xarakteristikalar ushbu OSga to'g'ri keladi:

64-bitli Intel yoki AMD protsessori
4 Gb OZU

Shuni qayd etish lozimki, OS ARM-arxitekturani qo'llab-quvvatlamaydi.

Сhrome OS Linuxga asoslangan, shu tariqa Linux ilovalarini ham ishga tushurish mumkin. Google ayni damda OSda Windows ilovalarini ham ishga tushurish ustida ish olib bormoqda. Ammo bu hammasi emas, OSda Android-ilovalarni hech qanaqa qo'shimcha dasturlarsiz ham ishga tushurish mumkin.

— OS bepul. Google'ga bundan qanday foyda?
Bu haqida Google hozircha birorta ham izoh bermadi. Ekspert-analitiklarning fikricha, Google OS bozorida o'z foizini ko'tarmoqchi. Chunki Statcounter statistikaga e'tibor qiladigan bo'lsak, Chrome OSning dunyo bo'yicha ulushi atigi 2.6%, lekin Linuxdan 0.41% ga ko'p. O'zbekiston bo'yicha esa Windowsning ulushi 88.54%, Chrome OS esa 0.06%.

Ammo butunlay Chrome OSga o'tishni maslahat bermaymiz, negaki OS hali "xom", baglar, xatoliklar va kamchiliklar istisno emas. Agarda Chrome OSni yaqin 1-2 yil ichida to'liq optimizatsiya qilishsa, sizning qariya kompyuteringiz uchun ayni muddao bo'ladi.

👉 Chrome OS Flex

👉 @ITMavzu / #chromeos #google #OS
Forwarded from DiziPro
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inernet orqali mehnat qilib daromat topish shunaqa bo’ladi!

3Ds MAX dasturini o’rganmoqchi bo’lganlar + belgisini @dizipro telegram kanalida qoldirsin!

👉 @dizipro
Forwarded from DiziPro
3D'dan Meta olamgacha

Xabaringiz bor, Facebook meta olam yaratish loyihasi ortidan oʻz nomini oʻzgartirgan edi. Yaqinda Abdusattor Abdurahimov ham barcha loyihalarini yopib, bor diqqat-eʼtiborini 3D sohalariga qaratdi. Xoʻsh, bugun dunyo qayerga qarab ketmoqda? 3D'ga aloqador kasblar — kelajak kasblarimi?

💥 Agarda sizda ham ushbu savollar tugʻilgan boʻlsa, sizni 27-fevral soat 11:00 da bo'lib o'tadi bepul ochiq darsimizga taklif etamiz! Ochiq darsda siz ushbu sohaga aloqador barcha savollaringizga javob olasiz.

🎙 Spiker: Abdusattor Abdurahimov
🗓 Sana va vaqt: 27-fevral, 11:00 da
📍 Manzil: Yoshlar Ijod saroyi

👨‍💻 Administrator bilan bog'lanish

📞 Telefon raqam: +998994008800
AQSh uyali aloqa operatorlari 3G tarmoqlaridan voz kechishni boshladilar — ulardan hech kim foydalanmayapti

Qo'shma Shtatlarda uchinchi avlod (3G) aloqalari paydo bo'lganidan 20 yil o'tib, mamlakat ushbu mobil aloqa standartidan rasman voz kechishni boshlaydi. AT&T operatori allaqachon 3G tarmoqlarni o'chirib qo'ygan va boshqa uyali aloqa operatorlari ham yil oxirigacha eski tarmoqdan qutulishlari kutilmoqda.

Ushbu chora-tadbirlar AQSh Federal Aloqa Komissiyasining (FCC) 4G va 5G ehtiyojlari uchun foydalanishda 2G va 3G aloqalari egallagan chastotalarni bo'shatish rejasi doirasida amalga oshirilmoqda.

Maʼlum qilinishicha, 99% trafik 4G va 5G tarmoqlari orqali oʻtadi. FCC ma'lumotlariga ko'ra, 3G texnologiyasi 2001 yildan beri joriy qilingan va allaqachon eskirgan. Biroq, hali ham bir qator uyali telefonlar, shuningdek, signalizatsiya tizimlari, tibbiy asbob-uskunalar va boshqa masofadan boshqariladigan qurilmalar ushbu chastotada ishlamoqda.

👉 @ITMavzu
​​Shved IT kompaniyasi O'zbekistonga kirib kelmoqda

Shvetsiyaning Sigma Software kompaniyasi oʻzining ishlab chiqarish ofisini ochadi va Oʻzbekistonda taʼlim loyihasini ishga tushiradi, deya xabar bermoqda Spot nashri.

Mart oyi boshida kompaniya Toshkentda Ochiq texnologiyalar kunini oʻtkazadi.

Kompaniya keng miqyosda mutaxassislarni ishga olish haqida eʼlon qiladi, unga koʻra Toshkentdagi ofisda ham yoki Oʻzbekistonning istalgan nuqtasidan ham masofadan turib ishlash mumkin boʻladi. Shuningdek, Sigma Software kompaniyasi Toshkentdagi Inha universitetida oʻquv laboratoriyasini ishga tushirishni rejalashtirmoqda.

Kompaniyaning Oʻzbekiston bozoriga kirishi 5-mart kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan Open Tech Day texnologik konferensiyasidan boshlanadi. Uning doirasida oltita yevropalik IT-mutaxassis taqdimot qiladi.

Sigma Software (2014 yilgacha — Eclipse Software Programming) Shvetsiyada joylashgan dasturiy taʼminot ishlab chiqish va IT-konsalting kompaniyasi hisoblanadi. 2002-yilda ukrainalik tadbirkorlar tomonidan yaratilgan va 2006-yilda Shvetsiya Sigma guruhiga qoʻshilgan. Kompaniyaning AQSh, Avstriya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada va Polshada vakolatxonalari mavjud.

👉 @ITMavzu
Forwarded from IT Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Usha kungi buyurtmani 15 yoshli Murodjon degan shogirdimiz yasab 350 000 ishlab oldi. Uni VISA 32$ qilib o’tkazib oldik :)

Shunday shogirdlar shu yerdan chiqadi
👉@dizipro
🍏 rasman 8-martda yangi taqdimotini oʻtkazishini eʼlon qildi!

Taqdimot Toshkent vaqti bilan 8-mart, 23:00 da onlayn boʻlib oʻtadi va unda yangi

• iPhone SE
• iPad Air
• Mac qurilmalari va boshqalar taqdim qilinishi kutilmoqda.

• Taqdimotni kompaniyaning rasmiy YouTube sahifasida jonli koʻrishingiz mumkin boʻladi👇

https://youtu.be/CUwg_JoNHpo

Yana nima taqdim etilishi mumkin deb o'ylaysiz? 😉

👉 @ITmavzu - #apple
Activision Blizzard Davlat soliq qoʻmitasidan roʻyxatdan oʻtdi

Activision Blizzard oʻyin kompaniyasining Britaniya boʻlimi Oʻzbekistonda QQS toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtdi. Bu haqda Davlat soliq qoʻmitasi saytida maʼlumot paydo boʻldi.

Kompaniya Call of Duty, World of Warcraft va Overwatch kabi mashhur oʻyin seriyalariga ega. Bundan tashqari, 2016 yildan u Candy Crush Saga mobil o'yinlar liniyasiga egalik qiladi.

2022-yil yanvar oyida Microsoft kompaniyasi Activision Blizzard’ni 68,7 milliard dollarga sotib olish niyatini e’lon qilgan edi.

👉 @ITMavzu
Rossiyani internetdan uzilish xavfi bor. O'zbekistonga ta'siri bormi?

AQSHning magistral aloqa operatori Cogent Rossiyaning Ukrainaga hujumi fonida rossiyalik mijozlar bilan aloqalarni uzishga qaror qildi, ular orasida Yandex, VimpelCom, VK, MegaFon va boshqa yirik kompaniyalar bor.

Bu shuni anglatadiki, Rossiyadan tarmoqning Amerika va Yevropa segmentlariga kirish juda sekinlashishi yoki butunlay to'xtatilishi mumkin. Va bu kabi harakatlar, The Washington Post nashriga ko'ra, tushunarsiz. Birinchidan, bu harakat xalqaro tarmoq barcha uchun bir xilda ochiq bo'lish prinsipiga xavf tug'diradi. Ikkinchidan esa bu doimo betaraflikni saqlagan sof texnik sohani siyosiy vositaga aylantiradi.

@the_bakiroo yozmoqda: «Rossiyada internet uzilishi ehtimoliy oqibatlari bizni ham tashvishga solishi kerak. Oʻzbekistoning global internet bilan bogʻlovchi aloqa tugunlari faqat Rossiyaga bogʻliq emasmi?

Rossiyaga bogʻlanmagan muqobil aloqa tugunlari (sharqdan yo gʻarbdan) mavjudmi?

P.S. 4,5 yil avvalgi gap: Oʻzbekistonga yetkazib berilayotgan internet aloqasi rus kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan «Kazaxtelekom» AJ stiklaridan oʻtadi.

6 yil oldin: Qozog‘istondagi kabel nosozligi o‘zbek internetini "qulatdi

👉 @ITMavzu
​​Avval NVIDIA, keyin Samsung...

Janubiy Amerikalik LAPSUS$ nomli xakerlar guruhi mana bir haftadan buyonki kiberxavfsizlik ekspertlari e'tiboridan tushmayapti.

Avvaliga ular fevralning oxirida videokartalar ishlab chiqaruvchi kompaniya NVIDIA ning ichki tarmoqlarini buzib kirishdi. 1 terabayt hajmdagi sirli korporativ ma'lumotlarni o'g'irlashgach, shantajga o'tishib, kompaniyadan videokarta drayverlarining birlamchi kodlari barcha uchun ochiq bo'lishini talab qilishdi, chunki ularning fikricha, kodlar yopiqligi NVIDIA ni monopol bo'lishiga sharoit yaratib beradi.

Faqatgina bu bilan chegaralanmay, ular videokartalarda kriptovalyuta "qazib olish"ga o'rnatilgan texnik cheklovlarni aylanib o'tuvchi vositani sotuvga qo'yishdi.

Kuni kecha esa, ular navbatdagi "vzlom" haqida e'lon qilishdi. Bu safar Janubiy Koreyalik gigant Samsung ulardan jabr ko'rdi. Xakerlar 190 GB hajmdagi Samsung ga tegishli dasturiy to'plamlar birlamchi kodini ommaga tarqatib yuborishdi.

Bu ko'lamdagi kiberjinoyatlar oqibati o'zini uzoq kuttirmaydi. Qora bozorda Samsung va NVIDIA mahsulotlarini xavfga qo'yuvchi turli viruslar, dasturiy vositalar va shaxsiy ma'lumotlar uchun turli takliflar paydo bo'laveradi.

👉 @ITMavzu
IT-MAVZU
​​Avval NVIDIA, keyin Samsung... Janubiy Amerikalik LAPSUS$ nomli xakerlar guruhi mana bir haftadan buyonki kiberxavfsizlik ekspertlari e'tiboridan tushmayapti. Avvaliga ular fevralning oxirida videokartalar ishlab chiqaruvchi kompaniya NVIDIA ning ichki…
Samsungning aynan qanday ma'lumotlari o'g'irlangan

— maxfiy operatsiyalar uchun foydalaniladigan Samsung TrustZone muhitida o'rnatilgan barcha Ishonchli appletlar (TA) uchun manba kodi;

— barcha biometrik qulfni ochish operatsiyalari uchun algoritmlar;

— barcha yangi Samsung qurilmalari uchun yuklovchi ("zagruzchik")ning manba kodi;

— Qualcomm'ga tegishli noaniq maxfiy manba kodlar;

— Samsung aktivatsiya serverlarining manba kodi;

— Samsung akkauntlari, jumladan API va xizmatlarni avtorizatsiya qilish va autentifikatsiya qilish uchun foydalaniladigan texnologiyaning toʻliq manba kodi;

— Knox (mobil xavfsizlik tizimi);

190 GB ma'lumot uchta arxivga bo'lingan va torrent orqali tarqatilmoqda.
​​Tarixdagi eng birinchi dasturchi

Ada Avgusta Lavleys (1815 – 1852, Britaniya imperiyasi) — ingliz matematigi. Loyihasi Charlz Bebbidj tomonidan yaratilgan hisoblash mashinasi (kompyuter) ning tavsifini yaratish bilan mashhurdir. Ushbu mashina uchun dunyodagi birinchi dasturni tuzgan. Qo'llanilishga «tsikl» (takrorlanishlar) va "ish yacheykasi» atamalarini kiritgan, tarixdagi eng birinchi dasturchi hisoblanadi.

Xush ko'rilmagan qizaloq

Qizi Ada tug'ilishidan oldin uning otasi lord Bayron farzandining "yaxshi o'g'il" bo'lishini kutgan va 1815 yil 10 dekabrda xotini Anna Izabella qiz tug'ganida qattiq tushkunlikka tushgan. Keyingi yilning 16 yanvarida Lordning buyrug'i bilan Anna Izabella besh haftalik qizini o'zi bilan olib, ota-onasining uyiga ketdi. Garchi o'sha paytda Britaniya qonunlari ajrashish masalasida otaga bolalarni to'liq vasiylik qilish huquqini bergan bo'lsa-da, Bayron hatto farzandini o'zi uchun da'vo qilishga ham urinmadi, lekin singlisidan qizining ishlaridan xabardor bo'lishini so'radi.

Yubkadagi Leonardo da Vinchi

Adaning onasi qizi otasining yozuvchilikka bo'lgan ishtiyoqini meros qilib olishi va xuddi shunday g'alati va tez jahldor bo'lib ulg'ayishidan xavotirda edi. Shuning uchun u yoshligidanoq qizning nasr va she'r o'qishga bo'lgan ishtiyoqini olqishlamadi, har tomonlama uning e'tiborini aniq fanlarga qaratdi. Xususan, matematik Avgust de Morganni Bayron xonim qiziga dars berish uchun taklif qilgan. Natijada,13 yoshida Ada allaqachon bir nechta uchar apparatlar chizmalarini yaratgan.

Taqdir uchrashuvi

Ma'lumki, Ada o'z davrining nasriy yozuvchisi Charlz Dikkens, fizik Maykl Faraday, Devid Bryuster (kaleydoskop ixtirochisi) kabi taniqli shaxslar bilan tanish edi. Biroq, ko'p jihatdan uning hayot yo'lini belgilab bergan uchrashuv yuz berdi. U mashhur matematika professori Charlz Bebbij bilan tanishdi. Bir necha yil oldin u yigirmata belgigacha hisob-kitoblarni amalga oshirish qobiliyatiga ega bo'lgan logarifmik mashinasini ixtiro qilgan edi. Aynan shu mashina keyinchalik dunyodagi birinchi kompyuter sifatida tan olinadi.

Eng birinchi dasturiy ta'minot

Ada Lavleysni dunyodagi birinchi dasturchi deb atashga uning yaratgan ishi, Bebbij ixtirosini ta’riflovchi maqolaning ingliz tiliga tarjimasidan iborat bo‘lgan asari sababdir.

Bebbij mashinasini tavsiflashda aynan Ada tsikl va yacheyka kabi kompyuter atamalarini kiritgan. Shuningdek, u ushbu mashinada Bernulli sonlarini hisoblash uchun operatsiyalar to'plamini tuzdi. Aynan shu operatsiyalar to'plami tarixdagi birinchi kompyuter dasturi deya tan olingan. Bebbij hech qachon o'z mashinasini yaratmagan, u uning o'limidan keyin yig'ilgan va hozirda Londondagi Ilm-fan muzeyida saqlanadi.

Xotira

Ada Lavleys 1852 yil 27 noyabrda 37 yoshida vafot etdi. Aynan shu yoshda uning otasi ham vafot etgan. U hech qachon tanimagan otasi bilan birga oilaviy qabristonga dafn etilgan.

Uning sharafiga 1980-yillarda AQSh Mudofaa vazirligi Ada nomli dasturlash tilini yaratgan.

👉 @ITMavzu
Pavel Durov Telegram ukrainaliklar uchun xavfsiz ekanligini kafolatladi va urushga munosabati haqida gapirdi

"Ukrainada ko'p qarindoshlarim yashaydi. Shuning uchun bu fojiali to'qnashuv men uchun ham, Telegram uchun ham shaxsiydir.

Bir paytlar Rossiyada yashaganim uchun ba'zilar Telegramning ukrainaliklar uchun xavfsizligiga shubha bildirishmoqda. Shu insonlarga Rossiyadagi karyeram qanday yakun topganini aytib beray.

To'qqiz yil oldin men Rossiya va Ukrainadagi eng yirik ijtimoiy tarmoq bo'lgan VK kompaniyasining bosh direktori edim. 2013 yilda Rossiya xavfsizlik xizmati xodimlari mendan Rossiya manfaatlariga xizmat qiluvchi prezidentga qarshi norozilik bildirgan ukrainalik VK foydalanuvchilarining shaxsiy maʼlumotlarini berishimni talab qilishdi.

Men bu talablarni bajarishdan bosh tortdim, chunki bu bizning ukrainalik foydalanuvchilarimizga xiyonat qilishni anglatardi. Shundan so‘ng meni o‘zim asos solgan kompaniyadan haydashdi va men Rossiyani tark etishga majbur bo‘ldim.

Men kompaniyamni va uyimni yo'qotdim, lekin hech ikkilanmasdan bu ishimni yana takrorlardim.

Oradan ko'p yillar o'tdi. Ko'p narsa o'zgardi: men endi Rossiyada yashamayman, bu yerda na kompaniyalarim, na xodimlarim bor. Lekin bir narsa o'zgarmadi — men nima bo'lishidan qat'iy nazar foydalanuvchilarimiz uchun turib beraman. Ularning shaxsiy daxlsizlik huquqi muqaddasdir. Ayniqsa hozir".


👉 @ITMavzu
Google’ning yangi funksiyasi doimiy xotira yetishmasligi muammosini hal qiladi

Google "archived APK" nomli yangi funksiya ustida ishlayotganini eʼlon qildi. Ushbu funksiya smartfonda anchadan beri foydalanilmayotgan, biroq foydalanuvchi o'chirishni xohlamagan ilovalarning telefon xotirasida egallagan joyini qisqartirish imkonini beradi. Kompaniya hisob-kitoblariga ko'ra, bu imkoniyat tufayli ishlatilmaydigan ilovalar egallaydigan joy 60% ga qisqaradi. Muhim joyi shundaki, bu jarayonda foydalanuvchining hech qanday ma'lumoti o'chib ketmaydi.

Ilovani to'liq o'chirish o'rniga uning ba'zi qismlari vaqtincha o'chiriladi va yangi paket turi — arxivlangan APK yaratiladi.

Foydalanuvchilar o'zlari ishlatmayotgan, ammo o'chirishni xohlamagan ilovalarini "arxivlash", yaʼni vaqtinchalik joy boʻshatish, shuningdek, kerak bo'lganda ularni tez va oson tiklash imkoniyatlariga ega boʻladilar.

Google yangi imkoniyatni ommaviy foydalanuvchilar uchun taxminan yil oxirida ochiq qiladi.

👉 @ITMavzu
​​MDH mamlakatlaridagi PlayStation egalari PS Store'ning mavjud emasligidan shikoyat qilishdi — Sony qo'llab-quvvatlash markazi yordam bermayabdi

10-mart kuni Sony Interactive Entertainment Rossiya Federatsiyasiga yetkazib berish to‘xtatilgani va rossiyalik foydalanuvchilar uchun PlayStation Store'ning vaqtinchalik yopilishi haqida e’lon qildi. Shundan so'ng darhol tarmoqda Qozog'iston, Gruziya, Armaniston, O'zbekiston, Ozarbayjon, Moldova va boshqa MDH davlatlari konsol egalaridan ularning onlayn-do'koni ishlamay qolgani haqida shikoyatlar paydo bo'la boshladi.

SIE cheklovi nafaqat Rossiya Federatsiyasida yashovchi PlayStation foydalanuvchilariga, balki o'z akkaunt sozlamalarida Rossiya hududini tanlagan barcha foydalanuvchilarga ta'sir qilgan. Gap shundaki, MDHning ko'plab aholisi akkaunt yaratishda o'z davlati sifatida Rossiyani tanlashga majbur bo'lishgan, chunki ularning davlatlari PSN ro'yxatida yo'q bo'lgan.

PS4 va PS5 egalarining gaplariga ko'ra, Sony bu vaziyatda hozircha biron-bir yordam bera olmasligini aytgan.

👉 @ITMavzu
​​Meta kompaniyasi Ukraina hududida Rossiya harbiylariga nisbatan nafrat va zo'ravonlikni targ'ib qilishga ruxsat berdi

Buning ortidan kompaniya Rossiyada ekstremistik tashkilot deb topildi.

Meta kompaniyasi o'ziga tegishli bo'lgan Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida Rossiya harbiylari hamda Rossiya va Belarus prezidentlariga nisbatan "nafrat tili"ga ruxsat berdi. Kompaniyaning aytishicha, bu qoida faqat Ukraina hududida amal qiladi va foydalanuvchilarga o'z "g'azablarini to'kib-sochish" uchun qaratilgan. Shuningdek, kompaniya rossiyaliklarni kamsitish va har qanday rusofobiyaga qarshi chora ko'rishini aytgan.

Buning ortidan Rossiya bosh prokuraturasi kompaniyani ekstremistik tashkilot deb tan oldi. Hozirda, Roskomnadzor foydalanuvchilarga o'z suratlarini saqlab olish uchun 14-martgacha vaqt bergan, shundan so'ng, Instagram tarmog'i Rossiya hududida bloklanadi. Facebook bundan oldin boshqa sabab tufayli blokka tushgan edi, WhatsApp esa ma'lumot joylashtirish emas, balki aloqa vositasi bo'lganligi sababli bloklanmaydi.

👉 @ITMavzu
​​🗞Yakshanba. Xabarlar:


Janubiy Amerikalik LAPSUS$ nomli xakerlar guruhi video-o'yinlar kompaniyasi Ubisoftga hujum uyushtirdi. Bu ularning uchinchi yirik o'ljasi.

*

AQShda yuk va yo'lovchi tashuvchi lunoxod (Oyda yuruvchi mashina) taqdim etildi

*

Dasturiy ta'minot ishlab chiqaruvchisi JetBrains hamda hamkorlikda ishlash servisi Miro Rossiya va Belarus bozorlarini tark etmoqdalar

*

Paypal to'lov xizmati 18-martdan Rossiyada o'z faoliyatini to'xtatishga qaror qildi


👉 @ITMavzu
Eski Windows'ning ajoyib onlayn emulyatori. Dasturlar, turli interaktiv kichik hazillar va hatto o'z qidiruv tizimiga ega turli sahifalar bilan to'ldirilgan web-brauzeri bor. Bekorchilik paytida chuqalab o'tirish uchun yaxshi ermak 👍

LINK 👉 windows93.net

@ITMavzu
“Samsung” payshanba kuni Galaxy A seriyasidagi yangi smartfonlarni taqdim etadi

Kompaniya Awesome Galaxy A Event taqdimotiga taklifnomalar yuborishni boshladi.

Samsung taqdimotda aynan qaysi qurilmalar namoyish etilishiga aniqlik kiritmadi – mish-mishlarga ko‘ra, bular 6,7 dyuymli displey va Snapdragon 750G protsessorli Galaxy A73 modellari, shuningdek, Exynos 1200 mobil platformasi asosidagi Galaxy A53 smartfonlari bo‘ladi.

Yangi qurilmalarning premyerasi Samsung veb-sayti va kompaniyaning YouTube kanalida namoyish etiladi.

👉 @ITMavzu
2024/09/24 23:14:49
Back to Top
HTML Embed Code: