Telegram Web Link
Kickstarter da dumaloq Android-smartfon loyihasi ishlab chiqarishga kerak bo'lgan summasining ($10000) 127% ini bir kunda yig'di.

Loyiha Cyrcle Phone 2.0 nomini olgan va uning muallifining aytishicha bu telefon kaftga ideal ravishda joylashadi.

Smartfon 13 megapiksel kamera, 3 GB RAM, 32 GB asosiy xotira, 4G (LTE) aloqa standarti va 2000 mA•h quvvatga ega batareya bilan jihozlangan bo'lib, u Android 10 operatsion tizimida ishlaydi.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring
Amazon va boshqa kompaniyalar xodimlarining universitetlarda o'qish pulini to'lab beradi

Amazon korporatsiyasi 2022-yildan boshlab 750 mingga yaqin bakalavriyatda o'qiydigan amerikalik ishchilarining o'qishini to'lab beradi. 2025-yilga kelib korporatsiya xodimlarining ta'limi uchun $1.2 mlrd. sarflamoqchi. Bundan maqsad qilib, kadrlar oqimini qisqartirish hamda yangi ishchilarni jalb qilish deya ta'kidladi Amazon rahbariyati.

Xuddi shu kabi imtiyozlarni boshqa kompaniyalar ham taklif qilmoqda: Walmart 1.5 mln xodimining o'qish pulini to'liq to'lab berishini, Target supermarketkar tarmog'i esa 340 mingta xodimiga grantlar taqdim qilishini bayon qilishgan.

AQSH da aholining ta'lim maskanlaridan umumiy qarzi $1.73 trln ni tashkil qiladi va bu summa o'sishda davom etmoqda. Ekspertlarning fikricha, ta'limiy imtiyozlar biznesda odatiy holga aylanadi. Bu choralardan ham ishchilar, ham ish beruvchilar yutadi.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
Spot nashrining xabar berishicha, iyul boshidagi Tiktok ijtimoiy tarmog'ini cheklash ilovani o'rnatishni bor yo'g'i kichik pasayishiga olib kelgan. Boshqa tomondan, mobil VPN ning mashhurligi keskin oshdi.

Birinchi grafikda ko'ringanidek, cheklovning ilk kunlarida ilovaning yuklanishlar dinamikasi keskin qulashga uchragan, biroq keyinchalik vaziyat o'nglangan va hozir, 2 oydan so'ng Tiktok O'zbekistonda eng ko'p yuklanadigan TOP-5 ilovalar ro'yxatiga kiradi.

Hozircha bu cheklovlarning eng katta natijasi — VPN xizmatlariga bo'lgan talabning keskin oshishidir. Ikkinchi grafikda Thunder VPN ilovasining oxirgi 90 kun ichida Google Play da yuklanishlar dinamikasini ko'rishingiz mumkin.

Tiktok va boshqa ishi cheklangan tarmoqlarning 2 ta yo'li bor — serverlarni mahalliylashtirish yoki O'zbekiston hukumatining talablarini e'tiborga olmaslik. Hozircha bloklangan servislarning hech biri serverlarini O'zbekistonga ko'chirish niyatini bildirishmagan.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
iPhone Index 2021: yangi iPhone 13 Pro (128 GB) sotib olish uchun turli davlatlarda necha kun ishlash kerak.

Picodi.com jamoasi turli davlatlar o'rtacha maoshlarini yangi iPhone 13 Pro narxi bilan qiyoslab, uni sotib olish uchun talab etiladigan mehnat kunlarini ko'rsatuvchi infografika tayyorlashdi.

Yangi flagmanni sotib olish uchun eng ko'p Turkiya va Filippin fuqarolari ishlashi kerak — 3 oy. Eng kam esa Shveytsariya — 4.4 kun. AQSH fuqarolari yangi ayfonni olish uchun 6 kun ishlashlari kerak ekan.

Eslatib o'tamiz, ushbu smartfonning AQSH dagi rasmiy narxi $999 ni tashkil etadi. Infografika har bir davlatdagi mahalliy narxlarga qarab tayyorlangan.

P.S Ro'yxatda faqat Apple ning rasmiy diler va do'konlariga ega mamlakatlar keltirilgan.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
Ehtimol, bu odamning yuzi sizga tanishdir. Barselonalik jurnalist Nikkolo Massaryello o'z suratlarini stok fotolar saytiga sotgach, juda ko'p antiqa va nojo'ya reklamalar qahramoniga aylandi.

«Ozroq puli va interneti bor har qanday odam rasmlarni sotib olib, ular bilan xohlagan ishini qilishi mumkin edi. Meni sigaret sotuvchisi, otlarni yo'q qilish bo'yicha umummilliy harakat yuzi yoki erta bo'shalish haqidagi maqola uchun illyustratsiya qilishlari mumkin edi».

Nikkoloning aytishicha, uning fotograf do'sti unga fotosessiyada ishtirok etishni taklif qilgan. Jurnalist bundan qancha daromad ko'rganini ochiqlamagan.

«Suratga tushishni tugatgach, men rasmlar endi do'stimga tegishli va u ularni sotish huquqiga ega ekanligini tasdiqlovchi hujjatga qo'l qo'ydim. Tushunishincha, bu hayotimdagi eng katta xato bo'lgan ekan».

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
Kaliforniyada inson huquqlari bo'yicha faoliyat yuritadigan guruh Eron fuqarolari uchun hukumatning internet ustidan nazoratini cheklab o'tuvchi Nahoft dasturini yaratdi, deb xabar bermoqda VICE nashri.

Ilova forschadagi xabarlarni oddiy rasm yoki boshqa forscha yozuvga shifrlaydi. Asl xabarni ko'rish uchun suhbatdosh kriptografik kalitdan foydalanishi kerak, ya'ni Nahoft faqat oldindan kalitlar bilan almashgan foydalanuvchilar o'rtasida aloqa qilish imkonini beradi.

Eron internetni qattiq nazorat qiladigan davlatlar sirasidan. Bu yerda 500 ga yaqin ommabop saytlarning yarmidan ko'pi, xususan, Youtube, Facebook, Twitter, Netflix, Instagram va Telegram bloklangan.

Suratda eronlik deputat onlayn-senzurani yanada kuchaytirish haqidagi qonun muhokamasida VPN dan foydalanmoqda.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
Litva mudofaa vazirligi o'z fuqarolariga Xiaomi smartfonlarini sotib olmaslikni, agar bor bo'lsa, tashlab yuborishni tavsiya qildi.

Hammasi telefonlarga o'rnatilgan senzura mexanizmlari sabablidir. Kiberxavfsizlik markazining aniqlashicha, qurilmalarda «Tayvan mustaqilligi yashasin», «demokratik harakat» kabi xitoycha jumlalarni aniqlab, ularni foydalanuvchi ruxsatisiz bloklash imkoni bor. Taqiqlangan jumlalarning umumiy soni esa 449 taga teng, va u doimo yangilanib boradi.

Idoraning aytishicha bu funksiya Yevroittifoq davlatlari uchun o'chirilgan, ammo uni har qanday vaqtda masofadan turib yoqish mumkin.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
YouTube endi videolarni internetsiz ko'rish uchun yuklab olish funksiyasini desktop brauzerlarga ham qo'shmoqchi

Hozirda kompaniya sinov tariqasida cheklangan sonli foydalanuvchilar uchun ushbu imkoniyatni yoqib qo'ygan. Videolarni yuklab olish 3 ta brauzerda mavjud: Chrome, Edge, Opera.

Bu funksiya xuddi mobil ilovadagidek, videolarni to'g'ridan-to'g'ri qurilmaga emas, aksincha, faqat brauzerda ochiladigan shifrlangan fayl ko'rinishida yuklaydi. Sinov 19-oktyabrgacha davom etadi, deb yozmoqda The Verge.

@ITMavzu
Telegram asoschisi Pavel Durov Yevropada 2 ta yirik antivaksinaviy kanallar bloklanganini ma'lum qildi

Pavel Durov o'z blogida Telegram platformasi foydalanuvchilari vaksinalarga nisbatan o'z fikr va xavotirlarini erkin tarzda bildirishlari mumkinligini aytib o'tdi.

Ikkita italyan va nemis kanallari tibbiyot xodimlariga nisbatan zo'ravonlikni targ'ib qilganlari uchun bloklangan.

Birinchi bo'lib, @stopdittatura italyan kanali bloklandi. U yerda vaksina qiluvchi mediklarga nisbatan zo'ravonlik targ'ib qilingan hamda doktorlarning shaxsiy ma'lumotlari joylangan. Ikkinchi bo'lib @menschenreise_diskussion nemis kanali bloklangan, u yerda ham mediklarga nisbatan zo'ravonlikka chaqirilgan. Ikkala kanalda ham 40 mingtadan obunachi bo'lgan.

«O'z huquqlaringiz uchun kurashish yaxshi. Boshqa odamlarga ziyon yetkazish yaxshi emas» deya Durov o'z postini tugallagan.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
Forwarded from Абдуллох Абдуназаров
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biznesda moliya texnologiyalaridan foydalanish vaqti kelmadimi?😳

Hozirgi kunda ko'plab biznes egalari uchun Fintech nima ekanligini va biznesimiz uchun qanchalar foyda keltira olishini bilmaslik achinarli holat hisoblanadi.

Fintech bu moliyaviy resurslarni boshqaruvchi tizim bo'lib, zamonaviy texnologiyalar rivojlangan davrda busiz ishlash, tosh davrida ishlagan bilan barobar desak ham bo'ladi.

🔥Hatto Fintech nimaligini bilmaydigan tadbirkorlar ham yo'q emas.

Mana shu kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida, 1-oktyabr juma kuni, soat 18:30 dan 22:30 gacha "Biznesda moliya texnologiyalaridan foydalanish" mavzusida tadbir bo'lib o'tadi.

Spiker: Abdulaziz Sattorov - Unired, Innovatsion Ferma, FinTech Innovatsion Hub asoschisi va Universalbank kengashi a’zosi.

Ro'yxatdan o'tish uchun link 👇 http://www.tg-me.com/mfaktorbot?start=MFP-87

👉 Murojaat uchun: +998998020088
Stack Overflow dasturchilar forumi hamda Drop dizayn-studiyasi bor yo'g'i 2 ta buyruqga ega klaviatura taqdim qilishdi — nusxalash va joylash (копировать, вставить). Uning narxi $29.

Qurilma Stack Overflow saytida 1-aprel kuni hazil sifatida reklama qilingan edi. Forum foydalanuvchilari g'oyani iliq kutib olishib, uni ishlab chiqarilishini talab qilishgan. Klaviaturaning 3700 nusxaga ega birinchi partiyasi bir kun ichida sotilib ketdi.

👉 @ITMavzu
Shu yilning 30-sentyabrida Pro Evolution Soccer (PES) seriyasining merosxo'ri, shartli bepul bo'lgan yangi eFootball 2022 o'yini dunyo yuzini ko'rdi. O'yin foydalanuvchilarning o'ta negativ reaksiyasiga sabab bo'ldi.

Chala ishlangan animatsiyalar, futbolchilarning «noodatiy» yuzlari, o'yin davomidagi ko'plab xatoliklar tarmoq foydalanuvchilari orasida memlarga aylanib ketdi.

Konami kompaniyasi 1-oktyabr kuni bergan ma'lumotida o'yinda muammolar borligini tan oldi, hamda keyingi yangilanishlarda ularni tuzatishga va'da berdi.

👉 @ITMavzu
2024/09/25 09:12:40
Back to Top
HTML Embed Code: