Telegram Web Link
Android 12 taqdim etildi

5-oktyabr kuni Google kompaniyasi Android operatsion tizimining yangi 12 versiyasini taqdim etdi. Yangi dizayn, maxfiylik sozlamalari markazi, ilovalarga taqdim qilingan ruxsatlarni nazorat qilish, ilovalarni noaniq lokatsiya bilan aldash, kamera va mikrofonni to'liq o'chirish va boshqa yangi imkoniyatlar qo'shilgan.

Yil oxiriga qadar Samsung Galaxy, OnePlus, Oppo, Realme, Tecno, Vivo va Xiaomi smartfonlari turli modellariga yangi Androidni yetkazish rejalashtirilgan.

👉 @ITMavzu
Stiv Jobs xotirasi yod etildi

5-oktyabr kuni Apple asoschisi Stiv Jobsning vafot etganiga 10 yil to'ldi. Kompaniya bu sana uchun o'z rasmiy saytining bosh sahifasini bag'ishladi.

U yerda Jobsning rasmlaridan iborat slayd-shou hamda uning iqtiboslari va xotiraviy lahzalaridan tashkil topgan 3 daqiqali film joylangan.

«Vaqt o'tishi bilan Stivning barcha iste'dodlaridan eng muhimi uning o'qituvchilik qobiliyati bo'ldi. U bizga dunyoning go'zalligini ko'rishni, yangi narsalarga qiziqishni, kelajakka nazar tashlashni va eng muhimi, har qanday yo'lni qalbimizda kamtarlik bilan boshlashimiz kerakligini o'rgatdi» deyilgan Jobs oila a'zolarining murojaatida.

Stiv Jobs 2011-yil 5-oktyabrda oshqozon osti bezi saratonidan 56 yoshida vafot etgan.

👉 @ITMavzu
Windows 11

Microsoft taqdim etgan yangi operatsion tizimda qanday o'zgarishlar mavjud:

•Yangi dizayn: endi "Пуск" tugmasi va masalalar paneli ekran markazida joylashgan

•Provodnik, Sozlamalar va boshqa tizim dasturlari yangi dizayn, "yumshoq" soyalar hamda animatsiyalarga ega bo'ldi

•Microsoft Store do'koni yanada shaffof bo'lmoqda: endi developerlar u yerda odatiy .exe va .msi fayllarni hamda boshqa do'kon ilovalarini joylashlari mumkin.

•Android ilovalarini endi Windows ning o'zida ochish mumkin. Biroq, hozirda bu imkoniyat mavjud emas, Microsoft 2022-yili bu funksiyani qo'shishni va'da bermoqda.

To'liq o'zgarishlar va yangiliklar ro'yxati: docs.microsoft.com/en-us/windows/whats-new/windows-11-whats-new

Keyingi postlarda Windows 11 ning talablari haqida, uni qanday qilib to'g'ri kelmaydigan qurilmalarga o'rnatish va umuman o'rnatish kerakmi degan savollarga javob beramiz.


👉 @ITMavzu
Pavel Durov 37 yoshga to'lgani munosabati bilan yangi hayotiy maslahatlar bilan bo'lishdi. O'z blogida u 3 ta qadri nomunosib past va 7 ta qadri nomunosib baland narsalar haqida gapirdi.

3️⃣ Qadri nomunosib past

1.
Uyqu. Uyqu immunitet, kreativlik hamda ruhiy sog'liqqa ijobiy ta'sir qiladi.

2. Tabiat. Tabiat shunday muhitki, biz biologik jihatlarimiz tufayli unda o'zimizni yaxshi his qilamiz.

3. Yolg'izlik. Yolg'izlik bizga ruhan va aqlan yuksalishga erkinlik yaratib beradi.

7️⃣ Qadri nomunosib baland

1. Katta shaharlar
. Katta shaharlar atrof-muhitning ifloslanishi, jinoyat va shovqin manbayi hisoblanadi. Ularning qulayliklariga ega bo'lish yaxshi, lekin ulardan tashqarida yashash yaxshiroqdir.

2. Restoranlar. Ovqatlanishning eng sekin va samarasiz usulini taklif qilishadi. Uyda pishirish sizga sog'lom ovqatlanishni saqlash va masalliqlarni nazorat qilish imkonini beradi.

3. Issiq havo. Quyoshli ob-havo nafaqat charchashga, balki saraton va tezroq qarish xavfiga olib kelishi mumkin. Sovuqroq harorat esa ruhni, tanani va idrokni kuchaytiradi.

4. Moda. Doimiy o'zgaruvchan trendlarga moslashishga erishish qimmat va keraksizdir. O'zingizga qulay tarzda kiyinish hayotingizni osonlashtiradi va muhimroq narsalar uchun vaqt qoldiradi.

5. Ko'chmas mulk. Ko'chmas mulk sotib olish ko'pincha tanlovni cheklaydi va shubhali sarmoyadir. Ijarada turish yangi joylarni kezish va o'rganish uchun erkinlik yaratadi.

6. Ijtimoiy tarmoqlar. Ongimizni chalkashtirib yuboradigan keraksiz ma'lumotlarning doimiy oqimi baxt va ijodkorlikka salbiy ta'sir qiladi. Bu servislardan voz kechish — har kuni qilishimiz mumkin bo'lgan eng yaxshi ishdir.

7. Mashhurlarning maslahatlari. Mashhur insonlar ko'pincha o'z vakolatlariga kirmaydigan asossiz maslahatlar berishadi. Hayotdagi barcha muhim narsalar uchun ilmiy dalillarga va mutaxassislarning fikriga tayanish yaxshidir.

👉 @ITMavzu
Facebook oddiy dasturchiga sud bilan tahdid qilib, uning 15 yillik akkauntini o'chirib tashlagan

2020-yil iyul oyida dasturchi Lui Barklay "Unfollow Everything" nomli brauzer kengaytmasini taqdim etdi, uning yordamida foydalanuvchi Facebook'dagi barcha guruhlari, sahifalari va do'stlaridan bitta klik orqali obunani bekor qilish va yangiliklar lentasini tozalash imkoniga ega bo'ladi.

Dasturchining fikricha, cheksiz yangiliklar lentasi foydalanuvchilarni soatlab Facebookdan chiqmaslikka majbur qiladi — uni tozalash orqali siz "o'z hayotingizni nazorat qilish tuyg'usini qaytarib olishingiz" va ijtimoiy tarmoq ta'sirini keskin kamaytirishingiz mumkin.

Obunalarni bitta-bitta bekor qilish mumkin, lekin bu bir necha soat davom etadi, Barklay bu jarayonni avtomatlashtirdi. U Chrome Store'da kengaytmani e'lon qildi va uning so'zlariga ko'ra, "minglab odamlar yangiliklar tasmasidan qutulishdi" va minnatdor foydalanuvchilar bu kengaytma ularning hayotini yaxshi tomonga o'zgartirdi, deb aytishdi.

Bir yildan so'ng Facebook dasturchiga xat yuborib, undan kengaytmani 48 soat ichida o'chirishni talab qiladi, aks holda kompaniya sudga murojaat qilishini aytadi. Shuningdek, kompaniya Luidan uning Facebook'dagi barcha akkauntlari, kengaytmaning kodlarini va boshqa ma'lumotlarni talab qiladi.

Shundan so'ng dasturchi "Unfollow Everything" ni o'chirib tashladi. Lui buni juda katta xavf bilan izohlaydi - agar u sudda yutqazsa, sudning barcha harajatlarini o'zi qoplashi kerak bo'ladi.

Ammo kengaytma olib tashlanganidan keyin ham, Facebook Barklayning 15 yillik akkauntini o'chirib tashladi.

Barklayning fikricha, "Unfollow Everything" ning o'chirilish sababi bu Facebook'ning daromadiga tahdid bo'lganligidir. Foydalanuvchi ijtimoiy tarmoqda qancha vaqt o'tirishi, reklamalar ustiga bosishi kompaniyaning daromadiga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq.

Manba

👉 @ITMavzu
Forwarded from IT Blog
IMORART interyer dizayn ofisimiz "remontiga" qancha pul ketdi?

Videoni ko‘ring va izoh qoldiring :)

VIDEO 👉 youtu.be/zK12VsXK0RM

👉 @abdusattor
Facebook birinchi marta developerlarga tahdid qilayotgani yo'q

Ushbu postda Unfollow Everything kengaytmasi ishlab chiquvchisiga Facebook tomonidan sud bilan tahdid qilingani haqida gapirilgan edi. Qiziqarlisi, kompaniya bunday holatlarga birinchi marta aralashayotgani yo'q.

Shu yilning iyul oyida Instagram uchun mo'ljallangan Barinsta dasturi muallifi Ostin Xuang Facebook yuristlaridan o'xshash xat olgan. Barinsta Instagramdan ro'yxatdan o'tmasdan turib uning kontentini ko'rish hamda yuklab olish imkonini beradi. Facebook Xuangni servis qoidalarini buzishda ayblab, dasturni 48 soat ichida ochiq manbalardan o'chirishni talab qilgan. Xuang bo'ysunishga majbur bo'lgan, chunki uning so'zlariga ko'ra «qudratli transmilliy korporatsiya bilan kurashishni iloji yo'q».


Taslim bo'lmaganlar ham bor
2020-yil noyabr oyida Facebook yuristlari reklama va kuzatuvchilarni blokirovka qila oladigan, fotosuratlar va videolarni yuklashni soddalashtiradigan va Facebook lentasini xronologik tartibda ko'rsatadigan "xavfsiz" Friendly brauzerini yopishni talab qilishgan. Dasturchiga Electronic Frontier Foundation huquqiy tashkiloti ko'maklashgan. U Facebookning da'vosiga sudda qarshi e'tiroz bildirib, g'alaba qozongan. Brauzer hamon ishlamoqda.

👉 @ITMavzu
Xitoylik Syu Vey mustaqil ravishda farmokologiyani o'rganishni boshlab, o'z uyida 2 yoshli o'g'li uchun dori sintez qilish maqsadida laboratoriya qurgan.

30 yoshli Syu Veyning ikki yoshli o'g'li Xaoyan kamdan-kam uchraydigan Menkes kasalligi bilan tashhis qilingan. Ushbu kasallikka chalinganlar odatda 10 yildan ko'p yashashmaydi. Bola har kuni misli gistidin ichishi kerak, lekin bu dorini topishni butkul iloji yo'q: koronavirus cheklovlari tufayli AQSH dan Xitoyga dori yetkazib berilishi to'xtatilgan.

Vey dorini uy sharoitida sintezlashga qaror qildi. U dori ishlab chiqishni o'rganish uchun 3 ming dollarga laboratoriya jihozlarini sotib olib, mahalliy OTMlardagi farmokologiya va kimyo ochiq kurslariga yozilgan. Preparatni esa Amerika ilmiy jurnallaridagi qo'llanmalar yordamida sintezlay boshlagan. Vey ingliz tilini bilmaydi, shuning uchun tarjimon dasturlardan foydalanadi.

Barcha sinovlardan keyin Vey dorini o'g'liga yubordi, keyinchalik uni klinikaga olib bordi. Shifokorlar salbiy yon ta'sirlar ehtimolini istisno qilishib, dorining xavfsizligini tasdiqlashdi.

«Men universitetda o'qimaganman, lekin bu men bilim ololmayman degani emas. O'g'lim menga kerak va men uni qutqarish uchun har tomonlama harakat qilaman. Men ishonamanki, har qanday qiyinchilikni yengib o'tish mumkin va umid qilamanki, vaqt o'tishi bilan o'g'lim tuzaladi. Men shunchaki qo'limdan kelganicha harakat qilaman» — Syu Vey.

Manba

👉 @ITMavzu
Dunyodagi KERAKSIZ KASB qaysi?

Sariq Mikrofon | 26-SON

TO'LIQ VIDEO 👉 youtu.be/0tX1hruUoh4

👉 @sariq_mikrofon
Google o'zi ishlab chiqargan Tensor protsessori asosida yangi smartfonlarni taqdim etdi.

Pixel 6 — $599, Pixel 6 Pro — $899.

Ikkala smartfon ham Android 12 o'rnatilgan holda sotiladi va 5 yil davomida dasturiy ta'minot yangilanishini qabul qiladi.

Smartfonlarning asosiy xususiyati — bu ularning Tensor protsessoridir. Google uni 4 yil davomida ishlab chiqqan va o'z smartfonlaridagi eng yaxshi protsessor deb ta'kidlamoqda.

https://pixelevent.withgoogle.com/

👉 @ITMavzu
Innovatsiya?

Apple narxi $19 bo'lgan displey va monitorlarni artish uchun salfetka taqdim etdi. Uning Rossiyadagi narxi 1990 rubl (299 000 so'm) ni tashkil etmoqda.

Ta'rifiga ko'ra, ushbu salfetka yumshoq, abraziv bo'lmagan materialdan qilingan. U har qanday Apple qurilmalarining displeylarini, shu jumladan nano to'qimali oynalarni tozalash uchun qo'llaniladi.

Bu mahsulot 18-oktyabrdagi Apple taqdimotida ko'rsatilmagan edi, taqdimot tugashi bilanoq salfetka Apple ning rasmiy saytida paydo bo'ldi.

👉 @ITMavzu
Forwarded from IT Blog
Maqsadga yarasha harakat qiling!

To'liq videoning 1-qismini YouTube kanalimda tomosha qilishingiz mumkin.

LINK 👉 https://youtu.be/tEfjX9ZLjI4
Forwarded from IT Blog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
3d visualization by Dizipro 😊

Malibu 2 | 3ds Max | VRAY

👉 @abdusattor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Aql lazzatiga tashnalar uchun!

“Bir kuni kamerani stol ustiga qo‘ydim-da: “Ey Alloh, menga shunday bir ish berginki, o‘tirib pul topay!”, dedim. Oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas, ish taklifini aytishdi...”

“Dastxat” dasturining bu galgi mehmoni – o‘zining bir necha muvaffaqiyatli loyihalari bilan nom qozongan yosh dizayner Abdusattor Abdurahimov.

Abdusattor Abdurahimov suhbat davomida:
🔸internet uchun pul topa olmagan kunlari;
🔸arzimagan haq evaziga logotiplar yaratgani;
🔸qanday qilib muvaffaqiyatga erishgani;
🔸internetda halol pul topish yo‘llari;
🔸jamoa bo‘lib ishlashning o‘ziga xosligi;
🔸yangi loyihalari va hayotda suyangan “formula”si;
🔸yoshlarga maslahatlari va tavsiyalarini aytib o‘tdi.

Do‘stlar! O‘z oldingizga qandaydir maqsadni qo‘yganmisiz, hamisha aql lazzatini sog‘inuvchi insonga aylanish istagingiz bormi, u holda, premyerani o‘tkazib yubormang!

Havola;
https://youtu.be/y5Su_mJydw8
2024/09/25 11:17:04
Back to Top
HTML Embed Code: