Telegram Web Link
Forwarded from Temurbek Adhamov
Rivojlanishni istaydigan, yuragida o'ti bor, qadriyatli, maqsadlari ulkan yoshlar uchun ajoyib xushxabarim bor!

Najot Ta'lim, Abutech, TechJobs, Osmondagi bolalar va bir qancha endi boshlanadigan loyihalar uchun yangi jamoa a'zolarini qo'shish niyatidamiz.

Qanday insonlarni izlayapmiz?

O'z ishini yaxshi ko'radigan, yuragida o'ti bor, o'z ishini bilib qiladigan, farosatli, motivatsiyasi tushib ketmaydigan intizomli yigit-qizlarni izlayapmiz.

Bilimim bor, tajribam yo'q, ishga olasizlarmi?

Kuchli xohish bo'lsa, o'ylab ko'rsa bo'ladi?

Amaliyot o'tash mumkinmi?

Ha, mumkin.

***

Qisqasi biz sizni kutyapmiz! Agar maqsadingiz bo'lsa quyidagi so'rovnomani to'ldiring!

So'rovnomani to'ldirish
👨‍💻 Dasturchilar va boshqa IT-mutaxassislari uchun foydali saytlar

— IT'shniklar uchun foydali bo'lgan, ruscha va inglizcha saytlar ro'yxatini taqdim qilamiz.

tproger.ru
itProger.com
medium.com
habr.com
sql.ru
codewars.com

P.S. Ro'yxat to'ldirib boriladi.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
💻 IT-kompaniyalarida beriladigan TOP-3 savollar

— Beysbol topishmog'i
Koptok va bita — 13$. Bita koptokdan 3$ qimmat. Har bir buyumning narxi qancha?

— Bochka topishmog'i
Bochka bor. Uni naqd 50% ga to'ldirish kerak. Hech qanaqa ortiqcha idishlarsiz.

— Kofe apparati
3 ta ichimlik avtomatlari bor. Biri kofe, biri choy, biri kofe yoki choy, tasodifga bog'liq. 1 ta tanga orqali ishlatish mumkin. Apparatlar tepasida nakleyka bor, kofe yoki choyligini bilish uchun. Lekin apparatlarni nakleykalarini adashib, aralashtirib yuborishdi. Savol — qaysi apparatdan qaysi ichimlik chiqishini aniqlash uchun, kamida bizga nechta tanga kerak?

@ITMavzuBot ga javoblarni yozing. To'g'ri javoblar bugun 23:59 da kanalda e'lon qilinadi.

👉 @ITMavzu — kanalini kuzatib boring.
Kechagi savollarning javoblari

1. To'g'ri javob — Bita 8$, koptok 5$.

2. To'g'ri javob — Bochkani yarmidan sal ko'proq to'ldirib, uni 45° ostida ushlash kerak. Shunda ortiqcha suv chiqib ketadi va 50% to'laligicha qoladi.

3. To'g'ri javob — 1 ta.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
🤖 Sun'iy intellekt kod yozyapti?

— Sberbankning Sber AI loyihasi ishlab chiqqan ruGPT-3 neyrotarmog'i Java va C++ dasturlash tillarida dastur yozdi. Bu Rossiyada birinchi o'zi kod yozgan SI bo'ldi.

— Bu orqali Sber 10 dan ziyod dasturchilarning ishini qisqartirib, 30 million rublgacha foyda qilmoqchiligini ta'kidlab o'tdi.

Dasturchilar? Assalomu alaykum 😐

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
OVOZLI CHAT 0.1

— Zamonaviy kasblarni o‘rganish.
— Ish va daromad topish.
— Internet orqali ishlash.

ASOSIY MAVZU:
3ds max dasturi orqali pul topishning yo‘llari haqida.

Spiker: Abdusattor Abdurahimov
P.s. Kursga shogird qabul qilish haqida ham gaplashamiz.

2-avgust soat 20:00

Manzil
👉 @abdusattor
Forwarded from IT Blog
Ertaga 4-avgust Buxoroda bo'lamiz!

Yoshlar bilan uchrashuv tashkillashtirilsa inshaAlloh yaxshi va foydali narsalar o'rgatib ketardim.

👉 @abdusattor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Najot Taʼlim markazining telegram kanalida grafik dizayn guruhi oʻquvchilari kursni yakunlaganliklari haqidagi xabarni oʻqib qoldim.

⚡️ Eʼtiborimni tortgan tomoni shunda boʻldiki, oʻquv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan barcha oʻquvchilar oʻz ish oʻrniga ega boʻlibdilar. Aniqlashtirishimcha, o'quvchilar kursni tugallamasdan avval ish bo'yicha so'rovnomalar olishni boshlashgan.

Oʻquvchilar ish oʻrniga ega boʻlgan joylar ham chakana joylar emas. Yigitlarning qayerlarga ishga kirganini bu yerda koʻrishingiz mumkin.

Hozirda grafik dizaynerlarga talab yuqori boʻlgani uchun, yoshlar oʻz ish oʻrnini allaqachon naqd qilganliklarining ajablanarli tomoni ham yoʻq aslida.

🎯 Aytmoqchi bo'lganim, imkoningiz bo'lsa grafik yoki web dizaynni o'rganinglar, ayni paytda talab yuqori kadr esa kam. Quyidagi link orqali Najot Ta'limning grafik yoki web dizayn kurslariga ro'yxatdan o'tishingiz mumkin

Kursga ro'yxatdan o'tish: https://clck.ru/SUsKJ

📞 Tel: +998712001123
📈 Freelance saytlarida ishlashda nimalarga e'tibor berish kerak?

— Muomala
Har doim mijoz bilan gaplashishda muomalaga e'tibor qarating. Lekin muomalarni «oshirib» ham yubormang. Savollariga to'laqonli javob bering. Mijoz ishingizdan shubhalanmasin.

— Qo'shimcha kontaktlar
Mijozning telefon raqamini va telegram-akkauntini oling. Sababi ba'zi holatlarda saytning o'zida gaplashish noqulay yoki telefonni ko'tarmay qolish holatlar bo'ladi.

— Avans olib ishlang va deadline kelishini kutmang
Buyurtmani olganda avans oling. Ammo shuni biling-ki, loyihani bajarishga ko'zingiz yetmasa yoki deadline tugashiga 1 kun qoladigan bo'lsa, avans olib o'tirmang. Sababi uni yeb ichib yuborishingiz mumkin va loyiha bitmasa pulni qaytarish kerak bo'ladi.

👉 @ITMavzu
Forwarded from IT Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O'qishga kira olmasangiz tushkunlikka tushmang )

Men ham 3 yil o'qishga kira olmasdan IT kasblardan biri bo‘lgan 3Dmax dasturini o‘rganib 2 yil ichida ishlagan pulimga Malibu 2 sotib olganman ). Hozirda jamoamiz bilan internet orqali yaxshi daromad topamiz.

Qisqasi 9-avgust 20:00 da @abdusattor telegram kanalida shu haqida BOMBA ovozli chat bo‘ladi. Judayam foydali va manfaatli ma‘lumotlarni aytaman.

Obuna bo‘ling 👉 @abdusattor
🎨 Grafik dizayn haqida.

Bir necha yillardan beri talabgirlikdan tushmagan yana bir soha — grafik dizayn: Uni qayerdan o'rgansa bo'ladi?

Javob — bepul kurslar orqali.

1. Grafik dizayn asoslari — Ellen Lupton

2. Ish beruvchi tipografika

3. Canva dizayn maktabi

P.S. Ushbu kurslar orqali professional grafik dizayner bo'lish mumkin. Asosiysi mehnat!

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
5 daqiqaga feysbukka kirib chiqaman, choy damlab, telegramda yozganlarga javob beraman — va darhol ishlashga kirishaman. Bu kabi marafondan keyin bir necha soat vaqtimiz behuda ketganini sezmay qolamiz.

Freedom ilovasi mana shu muammoni yechishga yordam beradi. Nomi «erkinlik» deb tarjima qilinsada, erkinlikdan u aynan mahrum qiladi.

Dastur ilova va vebsaytlarni bloklash, birato‘la internetni cheklash, blokirovka jadvalini tuzish, oq va qora ro‘yxatlar kabi imkoniyatlarga ega.

Yuklab olish: freedom.to

👉 @ITMavzu
Yahoo'ning to‘g‘ri qaror qabul qilmasligi, uning kelajakni ko‘rolmasligi va oxir oqibatda past natijaga erishishi.

— 1998 yilda Yahoo Google kompaniyasini 1 mlnga $ sotib olishdan voz kechadi

— 4 yildan so‘ng 3 mlrd $ taklif qiladi, ammo Google 5 mlrd $ so‘raydi va kelishuv imzolanmaydi.

— Keyingi yillarda Yahoo Google'ga raqobatni boy beradi. Va Yahoo'ning obrusi internet olamida keskin tushib ketdi.

— 2008 yilda esa Microsoft Yahoo uchun 40 mlrd $ taklif qiladi va rad javobini oladi.

— 2016 yil, Yahoo Verizon tomonidan 4.8 mlrd $ evaziga sotib olinadi.

— Hozir esa Google kompaniyasining bozor qiymati 1,2 trln $ dan ortiq.

Yahoo kompaniyasining misolida, bizga to‘g‘ri qarorni vaqtida qabul qilmaslik oqibatini yaqqol isbotlab berildi!

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
😶 «Mehribon» xaker

— Bir vaqtlar Poly Network platformasini buzgan va 600 mln dollarlik kriptovalyutani o'g'rilagan xaker bugun barcha narsani joyiga qo'ydi va olgan narsalarini qaytarib berdi.

— Kompaniya vakillari xakerga muammoni topishda yordam bergani uchun 500 ming dollar berishini aytishgan, ammo xaker buni rad qildi va bularni barchasini zerikkanidan qilganini aytdi.

P.S. Xaker aniq o'zbek emas.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
Forwarded from IT Blog
3ds Max dasturini o'rganib qanday ish topish mumkin?

1. 3ds Maxni o'rganib chet elda ish topsa bo'ladimi?

2. Interyer dizaynerlar qancha topyapti?

3. 3d model sotib qancha daromad topsa bo'ladi?

4. Frilanserlik qilib oyiga qancha topish mumkin?

5. Jamoamizga shogird tushganlar nimalarni o'rganadi va nima yutadi?

Shu savollarga bugun soat 22:00 da ovozli chatda javob beraman.

Ovozli chatga manzil 👉 @abdusattor
Telegramning kechagi tug'ilgan kuni munosabati bilan Pavel Durov foydalanuvchilarga loyihaga bo'lgan ishonchi uchun minnatdorchilik bildirdi.

«Bu o'zi uchun yangi cho'qqilarni kashf qilish uchun boshqa cho'qqilarni zabt etishga o'xshaydi. Shu sabab ham bu sayohatlar o'zgacha zavqli»

Shu bilan birga, Durov Telegramni 2020-yilda eng ko'p yuklashlar soni bo'yicha 7-o'ringa chiqib olganini aytdi.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
Forwarded from Foydali LINK
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men — xatolarimni yutuqlarimga almashtira olgan insonman

🎯 Har birimiz xato qilishdan holi emasmiz. Ammo shunday insonlar borki, ular bir xatoni qayta-qayta takrorlayveradilar. Aqlli, omadli insonlar xatoga yo‘l qo‘ymaslikdan kafolatlanmagan, faqat ular o‘z xatolaridan xulosa chiqara olishadi.

''Osmondagi bolalar'' loyihasining navbatdagi mehmoni, Turkiyaning Kastamonu universiteti jurnalistika bo'limi magistranti, ''Registon TV'' madaniy-ma'rifiy, onlayn telekanali bosh rejissyori Abdukarim Mirzayev bilan birga bo'lib o'tdi.

💡 Intervyuni to'liq ko'rish davomida, yoshlar mashaqqatlarga qaramasdan ilm olishdan to'xtamasliklari, harakatlar ortidan maqsadga erishilishi, ayol-qizlarning ta'lim olishi va bir qancha jamiyatga oid masalalar to'g'risida bilib olishingiz mumkin.

Premyera bugun soat 21:00 da boʻlib oʻtadi!

🔗 Link: https://youtu.be/q1at4hm-6ok
No Code platformalar haqida gaplashamiz. Bunday platformalar sizga ortiqcha harajat va kodsiz o'z ilovalaringizni yasashga yordam beradi.

Albatta, dasturlashni bilmasdan turib siz bunday saytlar orqali Facebook, Twitter yoki Windows OS kabi dasturlarni qurolmaysiz. Lekin kichik internet do'kon, blog, sayt-vizitka, yoki chatbot va shunga o'xshash vositalar uchun bunday servislar ayni muddao.

Quyida shunday platformalar ro'yxati bilan tanishing:

Bubble — kuchli vositalar va xilma-xil shablonlar orqali har qanday web-ilova yaratish imkonini beradigan platforma. Bir necha soatlarda o'z saytingizni yasab, uni daromad manbayiga aylantiring.

Glide — Google Sheets (Google jadvallari) orqali mobil yoki web-ilova qurish imkonini beruvchi platforma. Yuzlab shablonlar orqali o'zingizga kerakli ilovani yasang: chat, do'kon, forum, onlayn kinoteatr, musiqa portali, jurnal, trekerlar, viktorina va hokazo.

botCommerce — 5 daqiqada Telegram bot ko'rinishidagi o'z internet-do'koningizni oching. Do'konni boshqarish paneli, mahsulot, buyurtma, mijozlar, aqlli analitika hamda Payme va Click to'lov tizimlarini ulash funksiyalari bor.

Carrd — ortiqcha tashvishlarsiz bir sahifali saytlar, «landing page»larni tezkor yaratishga mo'ljallangan servis.

Landbot — chat-botlar konstruktori. Albatta, bu konstruktor orqali murakkab sun'iy intellekt yasolmaysiz, lekin foydalanuvchilarni qo'llab-quvvatlash tizimini avtomatlashtirish va mijozlar murojaatini kompaniyaning turli bo'limlari bo'ylab taqsimlashni bemalol amalga oshirish mumkin.

Bu kabi platformalardan ko'proq kerak bo'lsa, Google sizga yordam beradi.

👉 @ITMavzu
Bitkoinda nima gaplar

Salvador bitkoinni rasmiy to'lov vositasi deb tan olgan duyodagi birinchi davlatga aylandi. Bu haqidagi qonun 7-sentyabrdan kuchga kirdi. Davlat prezidentining aytishicha, bitkoinning rasmiy ishlashi mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy ta'sir qiladi, bankda hisob raqami yo'q fuqarolarga (70% aholi) moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkonini beradi, yangi ish o'rinlari yaratilib, har yili o'z oilalariga pul o'tkazmalari uchun komissiya to'laydigan chet elda mehnat qiluvchi salvadorliklarning 400 million dollargacha mablag'ini tejaydi.

Qonun kuchga kirish arafasida, davlat 30 mln. dollarga 400 ta bitkoin sotib oldi. Shundan so'ng bu kriptovalyutaning kursi avval 52 ming dollarga ko'tarildi, keyin esa 43 mingga tushib ketdi. Prezident bu qulash Xalqaro valyuta fondi aybi tufayli bo'ldi deb ta'kidladi.

Salvador aholisining 34% i internetdan foydalanmaydi. So'rovnomalarga ko'ra, aholining katta qismi bu islohotni qo'llab-quvvatlamaydi, bitkoindan qanday foydalanishni bilmaydi va bu qonundan faqat amaldorlar, chet ellik investorlar va boylar yutadi deb hisoblashadi. Salvadorga qarz tadim qilgan Xalqaro valyuta fondi ham kriptovalyuta pul yuvish, terrorizmni moliyalashtirish va soliqlardan qochish uchun ishlatilishi mumkin deya havotir bildirmoqda.

Ayni damda 1 bitkoinning narxi 46000 AQSh dollarini tashkil etmoqda.

👉 @ITMavzu — Kanalini kuzatib boring.
2024/09/25 11:20:25
Back to Top
HTML Embed Code: