Telegram Web Link
Winamp qaytmoqda

2000-yillarning eng mashhur musiqa pleyeri Winamp o'zining sayti va logotipini yangiladi hamda dastur beta-sinovi uchun ro'yxatdan o'tishni ochdi.

Aslida yangilanish 2 yil oldin sodir bo'lishi kerak edi. 2018-yilda Winamp ga egalik qiluvchi Radionomy Group keyingi yildan dastur qaytadan ishga tushadi deya xabar bergan edi. Ammo noma'lum sabablarga ko'ra bu yuz bermadi.

Winamp pleyeri 1997-yilda Nullsoft kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan. 1999-yilda uni AOL mediaholdingi, 2014-yilda esa Radionomy Group sotib olgan. Dastur oxirgi marta 2013-yilda yangilangan.

👉 @ITMavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturchilar uchun soft skills kerakmi?

IT mutaxassislariga talab kundan-kunga ortib borayotgani hech kimga sir emas. Lekin, shu bilan birga raqobat ham oshib bormoqda. Yaxshi kompaniyada ishlash uchun endi hard skills'ning o'zi yetarli bo'lmaydi.

Ish beruvchilar soft skills ya'ni, moslashuvchan ko'nikmalarga ham e'tibor berishni boshladilar. Bu dasturlash sohasiga to'g'ridan-to'g'ri aloqador bo'lmagan, ko'proq shaxsiy fazilatlarga (muloqot qobiliyatlari, ijodkorlik, jamoaviy ishlash va boshqalar) tegishli bo'lgan ko'nikmalardir.

Qizig'i, bu kabi ko'nikmalarni rivojlantirish mumkin. Bir necha hafta avval Najot Ta'lim markazi "Amazon", "DHL", "xLTee" kabi loyihalarda ishlagan o'zbek yigiti Abdulla Xaydarov bilan shu mavzu doirasida master-klass o'tkazgan edi. Unda qanday qilib yuqoridagi ko'nikmalarni rivojlantirish borasida ham so'z borgan.

Master-klassning premyerasini bugun, 23-noyabr, soat 20:00 da ko'rishingiz mumkin.

Havola: https://youtu.be/wGWimf63e1E

👉 @ITMavzu
Shvetsiyalik ota-onalar noqulay maktab onlayn platformasidan charchashib, o'zlarining variantini yaratishdi. Hukumat ularga bosim uyushtira boshladi.

2013-yilda Stokgolm shahri ma'muriyati 117 ta maktab va 600 ta maktabgacha ta'lim muassasalarini qamrab oluvchi Skolplattform kompyuter tizimini joriy etishni boshladi.

Biroq byudjeti $116 mln bo'lgan loyihaning ishga tushishi cho'zilib ketdi. Nihoyat, 2018-yilda tizimning mobil versiyasi ishga tushdi va tezda murakkab va chalkash interfeysi hamda doimiy «otib» yuborishlari tufayli ota-onalar, o'qituvchi va o'quvchilarning nafratiga uchradi. Google Play da ilova reytingi — 1.0.

2021-yilda uchta dasturchi hamda farzandlarning otasi 2 oy ichida dasturning soddalashtirilgan varianti — Öppna Skolplattformen ni taqdim etishdi. Google Playda uning reytingi — 4.2. Shuningdek, dastur kodi ochiq litsenziya asosida Github ga joylashtirildi. Bu degani hukumat ushbu dasturdan o'z tizimini yaxshilash uchun qonuniy ravishda foydalanishi mumkin.

Hamkorlik o'rniga bosim

Öppna Skolplattformen ommaga taqdim etilgach, amaldorlar unga nisbatan tish-tirnog'i bilan qarshi chiqa boshlashdi. Avvaliga, ular dastur o'quvchi va o'qituvchilarning shaxsiy ma'lumotlarini xavf ostiga qo'yadi deb bayonot qilishdi. Dastur mualliflari bu bayonotga nisbatan, ular faqat ochiq manbalardagi ma'lumotlar bilan ishlashini aytishib javob qilishdi. Keyinchalik, amaldorlar dastur xavfsizligini tekshirish uchun mustaqil kompaniyaga tekshiruv buyurtma berishdi. Tekshiruv tizim butunlay xavfsizligini ko'rsatdi, ammo ma'muriyat uning natijasini taqdim qilmadi.

Va nihoyat, hukumat oxirgi chora sifatida politsiyaga murojaat qildi. Ular arizani iloji boricha qo'rqinchli qilib yozishdi. Shundan so'ng, politsiya dastur mualliflarini so'roq qila boshladi. Ushbu vaqtda Öppna Skolplattformen ustida 40 ga yaqin odam ishlayotgan edi — dasturchilar, dizaynerlar, yuristlar va tarjimonlar.

180 gradusga burilish

Politsiya o'z hisobotini e'lon qildi. Unga ko'ra, Öppna Skolplattformen foydalanuvchilar ma'lumotlarini xavf ostiga qo'ymaydi hamda uchinchi shaxslarga yetkazmaydi. Hisobotga shuningdek, hukumat e'lon qilishni xohlamagan tekshiruv ham kiritilgan edi. Politsiya amaldorlarni dasturchilarga nisbatan har qanday bosimni tugatishga chaqirdi.

Qisqacha qilib aytganda

$116 millionlik muvaffaqiyatsiz davlat loyihasi o'rniga ota-onalar birlashishib, o'zlarining bepul va qulay variantini taqdim qilishdi. Bu esa hukumatga yoqmadi va ular ota-onalarga nisbatan bosim o'tkaza boshlashib, ular ustidan politsiyaga murojaat qilishdi. Politsiya tekshiruv o'tkazib, ota-onalar tarafini oldi.

Manba: wired.com/story/sweden-stockholm-school-app-open-source/

👉 @ITMavzu
Yangi PUBG o'z mualliflariga bir necha kun ichida $2.6 mln olib keldi

Krafton studiyasi PUBG o'yinining kelajak janglariga asoslangan New State deb nomlanuvchi yangi versiyasini taqdim qildi. Birinchi haftaning o'zida o'yinchilar unda $2.6 mln sarflashdi.

Eng ko'p AQSH, Yaponiya va Turkiya o'yinchilari pul sarflashgan. Shunda o'yinning 23 millionta yuklanishidan 7 milliontasi Hindistonga to'g'ri keladi.

Yaxshi startga qaramay, 11-noyabrda chiqarilgan New State, PUBG franshizasidagi avvalgi o'yin — PUBG Mobile'ning muvaffaqiyatiga yetishiga hali ancha bor. Analitiklarning, hisob-kitobiga ko'ra, butun 2021-yil davomida PUBG Mobile kuniga $8.1 mln foyda olib kelgan.

👉 @ITMavzu
Oʻzbekistonga asosan qaysi davlatlardan telefonlar olib kelinayotgani maʼlum boʻldi

Spot nashri Davlat statistika qo'mitasiga tayanib xabar berishicha, 2021-yilning yanvar-oktyabr oylarida Oʻzbekiston xorijdan qiymati $154,2 mln ga teng boʻlgan 2,2 mln dona mobil telefon import qilgan.

Mobil telefonlar yurtimizga, asosan, 14 ta davlatdan import qilingan. Xususan:

• Xitoy — $79,5 mln;
• Vyetnam — $60 mln;
• Hindiston — $7,2 mln;
• Qozogʻiston — $5,3 mln;
• BAA — $1,4 mln;
• Germaniya — $647 ming;
• Rossiya — $175,8 ming.

Telefon importi oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 1,5 mln donaga oshgan.

👉 @ITMavzu
Microsoft Chrome'ning ustidan kulmoqda

Microsoft'ga tegishli Edge brauzeri Google'ga tegishli Chrome brauzerini o'rnatishdan oldin foydalanuvchilarga turli xabarnomalar ko'rsatmoqda. Masalan:

«Microsoft Edge ham Chrome ishlaydigan texnologiyalar asosida ishlaydi, biroq Microsoft unga ko'proq ishonadi»

«Bu brauzer xuddi 2008-yildan kelgandek. Kim yangiligini bilasizmi? Microsoft Edge!»

«"Men pul tejashni yomon ko'raman" — hech kim hech qachon bunday demaydi. Microsoft Edge — onlayn xaridlar uchun eng zo'r brauzer».

Internet foydalanuvchilari ham qolishmadilar: «Edge aslida juda qulay brauzer. Ayniqsa, Windows o'rnatgandan so'ng, Chrome'ni yuklab olish uchun».
O'zbekistonda uchinchi to'lov tizimi ro'yxatdan o'tdi

Markaziy bank yangi to'lov tizimi — United Fintech ni ro'yxatdan o'tkazdi. Markaziy bank litsenziyasi 27-noyabr kuni "Qulay Pul" MCHJ ga berilgan.

Kompaniya UZCARD va HUMO dan keyin uchinchi to'lov tizimi bo'ladi. Xizmat 2022 yil I choragida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

HeadHunter agentligi maʼlumotlariga koʼra, United Fintech – UnitedBanks xalqaro kompaniyalar guruhi tomonidan amalga oshirilayotgan fintex-bank hamkorlik loyihasi. Jamoa eng soʼnggi moliyaviy texnologiyalarni — hisob va telefon raqamlari boʼyicha p2p oʼtkazmalari hamda blokcheyndagi kreditlarni raqamlashtirish texnologiyalarini Oʼzbekiston bozoriga moslashtiradi.

👉 @ITMavzu
Forwarded from IT Blog
Najot Ta'lim rahbarining shaxsiy ofisi

TO'LIQ VIDEO 👉 youtu.be/v7SR8d_lSQ4

Design by ImorArt

👉 @abdusattor
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Tesla o'z avtomobillarida harakat davomida o'yin o'ynashga ruxsat bergani uchun tanqidga uchradi

Kompaniyani «odamlarning hayoti bilan o'ynashni» bas qilishga chaqirishdi.

AQSh Transport departamenti (NHTSA) qoshidagi milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi Tesla elektromobillarida haydovchi va yo'lovchilar uchun o'yin o'ynash imkonini beruvchi yangilanish ustidan tekshiruv boshlaganini e'lon qildi.

O'yin boshlangach, Tesla faqatgina yo'lovchi o'yinni o'ynashi mumkinligi haqida ogohlantiradi, ammo haydovchi o'ynashiga ham hech qanday sun'iy to'siq yo'q.

Gizmodo nashrining fikricha, bu funksiyani Tesla o'zining to'liq avtonom, o'zi boshqariladigan elektrokarlar rejasiga muvofiq qo'shgan. Biroq, jurnalistlarning ta'kidlashicha, hozircha uning elektromobillari bunga "yaqin ham emas".

👉 @ITMavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Google Android ilovalarini Windows kompyuterlari va planshetlarida ishga tushirish imkonini beruvchi Google Play Games dasturini chiqaradi

Dastur 2022-yilda taqdim etiladi

Google rasmiylarining aytishicha, Google Play Games o'yinchilarga telefon, planshet yoki Chromebookda oʻynashi bilanoq oʻyinlarni kompyuterda to'xtagan joyidan davom ettirish imkonini beradi. Ilova Windows 10 va undan yuqori versiyalarda ishlaydi.

👉 @ITMavzu
Forwarded from IT Blog
Diqqat ish! Jamoamizga quyidagi mutaxassislar kerak:

- Middle/Senior react frontend
- Middle/Senior nodejs backend dasturchilar

CV/Resume uchun - @bdevpro

👉 @abdusattor
Xakerlar kompyuterlarni masofadan boshqarish uchun 1,2 mln dan ortiq hujum uyushtirdilar

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, Java kutubxonasidagi zaiflik “yuz minglab foydalanuvchilarga” taʼsir koʻrsatdi.

Xakerlar turli kompaniyalarning xizmatlari va ilovalariga bir daqiqada 100 ga yaqin hujumlarni takrorlash uchun Apache Log4j logging kutubxonasidagi ilgari sezilmagan zaiflikdan foydalanadilar. Bu haqida Spot xabar bermoqda.

AQSh Kiber va infratuzilma xavfsizligi agentligi (CISA) direktori Jen Isterlining aytishicha, Log4j zaifligi “eng jiddiylaridan biri” ekanligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, bu tajribali oʻgʻrilar tomonidan keng qoʻllaniladi va qurbonlar soni yuz minglab odamlarga yetadi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, koʻp hollarda xakerlar kompyuterlardan kriptovalyuta chiqarish yoki tizimlarni spam yoki DDoS hujumlarini yuborishda ishlatiladigan tarmoq botnetlariga aylantirish uchun foydalanish maqsadida nazoratni qoʻlga olgan. CISA tashkilotlarni Log4j kutubxonasini yangilashga chaqiruvchi ogohlantirish chiqardi. Patchlar allaqachon Amazon, Apple, IBM, Microsoft va Cisco tomonidan kiritilgan.

👉 @ITMavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Avvalgi davr "photoshopchilari"

Hozirda eng ko'p foydalaniladigan Adobe Photoshop juda ham boy grafik muharriri hisoblanadi. 34 yil avval dunyo yuzini ko'rgan bu dastur yordamida kuniga millionlab rasmlar tahrirlanadi.

2015-yilgi statistikalarga qaraganda, Facebook'da bir kunning o'zida 350 million rasm yuklangan ekan. Albatta, bu rasmlarning ko'p qismida yuqoridagi kabi dasturlarning o'z imzosi mavjud.

Eng qizig'i, bir necha asr oldin ham o'z davrining "photoshopi" hamda "photoshopchilari" bo'lgan ekan. Bu faqat tabiiy yo'l, ya'ni inson tomonidan bajarilgan. Hattoki, o'sha davr "photoshopchi"larining maxsus ish qurollari ham mavjud bo'lgan ekan.

Keling, bu haqida to'liqroq ma'lumotni bugun, 21-dekabr, soat 20:00 da Magnit loyihasining navbatdagi premyerasi orqali bilib olamiz.

Havola: https://youtu.be/4s0TCiuuCUE

👉 @ITMavzu
​​Chrome OS dunyodagi eng tez rivojlanayotgan tizimga aylandi. Qanday qilib va ​​nima uchun?

2021-yil fevral oyida desktop operatsion tizimlarining yetakchi rahbarlari birinchi marta o‘zgardi. Ilgari birinchi ikki o'rinni Windows va MacOS egallagan. Biroq, tez orada, IDC ma'lumotlariga ko'ra, Chrome OS MacOS'ni uchinchi o'ringa siqib, reytingda ikkinchi o'rinni egalladi. Umuman olganda, Google operatsion tizimi bozorning 10,8 foizini egallagan.

Uning mashhurligining sabablaridan biri xrombuklarga Android ilovalarini o'rnatish imkoniyatidir. Kompaniyaning ta'kidlashicha, 2021 yilda Chrome OS foydalanuvchilari «yashil robot» dasturiy ta'minotidan 50 foizga ko'proq foydalanishgan. Chromebook'larning boshqa afzalliklarini ta'kidlash kerak: avtonomiya, ixchamlik va Chrome brauzeri bilan qattiq integratsiyalashuvi.

Uchinchi tomon ekspertlarining fikricha, Chrome OS tarqalishida ta’lim segmenti asosiy rol o‘ynagan. Pandemiya sharoitida masofaviy ta’limga o‘tish zarurati keskin sezilmoqda. Arzon, ammo funktsional Chromebook'lar tezda o'z auditoriyasini topdi.

👉 @ITMavzu
Pavel Durovning xabari ortidan Toncoin kriptovalyutasining qiymati oshib ketdi

Kun davomida kriptovalyutaning narxi 20,3% ga oshib, bir birlik uchun $2,85 ni tashkil qildi

23-dekabr kuni Pavel Durov oʻzining Telegram-kanalida TON loyihasining yangi egalari haqida oʻz fikrini eʼlon qildi. Uning aniqlik kiritishicha, endi kriptovalyuta Toncoin deb nomlanadi va u Telegramga aloqasi boʻlmaydi. Shunday boʻlsa-da u loyiha jamoasiga muvaffaqiyatlar tilagan.

Telegram dasturlash tanlovlari chempionlari ochiq kodli TON loyihasini ishlab chiqishda davom etishi meni mamnun qildi, endilikda u Toncoinʼga oʻzgardi. Biz yaratgan texnologiya tirik va rivojlanib borayotganligidan faxrlanaman. Kengaytirish va tezlik haqida gap ketganda, TON hali ham barcha blokcheyn loyihalaridan oldinda. Loyihaning insoniyatga foyda keltirmasligini koʻrish uyat boʻlardi”, dedi Pavel.

Shu postdan keyin, kun davomida kriptovalyutaning narxi 20,3% ga oshib, bir birlik uchun $2,85 ni tashkil qildi.

Manba

👉 @ITMavzu
Samsung boshqa operatsion tizim foydasiga Androiddan voz kechishi mumkin. Bu nima bo'ladi?

Insayderlarning ta'kidlashicha, yaqin kelajakda Samsung smartfonlarda Android operatsion tizimi bilan xayrlashishi mumkin. Uning o‘rnini boshqa Google tizimi — Fuchsia OS egallaydi.

Fuchsia nima?

Google 2016 yildan beri Android-ga ushbu muqobil tizimni yaratmoqda. Bu Zircon mikroyadrosida qurilgan ochiq kodli operatsion tizim. Ushbu arxitektura tufayli tizim turli xil qurilmalar uchun yaxshiroq moslashtirilgan, tezroq yangilanadi va kamroq resurslarni sarflaydi.

To'g'ri, hozirda istiqbolli ishlanma "yashil robot"ni almashtirishga hali tayyor emas. Fuchsia hozirda beta-sinovda. U faqat birinchi avlod Google Nest Hub’ning smart-ekranlarida to‘liq ishlaydi.

👉 @ITMavzu
2024/09/25 07:26:46
Back to Top
HTML Embed Code: