Telegram Web Link
26-oktyabrdan sotuvga chiqqan yangi MacBook Pro noutbuklari ko'p foydalanuvchilarni ajablantirdi. Gap shundaki, Apple ushbu noutbuklarni xuddi iPhone kabi cholka bilan jihozlagan.

Tarmoq foydalanuvchilari bu kabi "innovatsiya"dan norozi bo'lishdi. Twitterda esa bu cholka ekrandagi kontentning bir qismini to'sishi, dasturlarning menyularini yopib turishi aks etgan videolar tarqalmoqda.

👉 @ITMavzu
Forwarded from IT Blog
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishga kira olmayotganlar va endi kirmoqchi bo'lganlar uchun maxsus video

— Ishsiz qolganingizda turli joylardan ish qidirasiz, turli joylardan ish topiladi, so'ng esa suhbatga chaqirishadi. Suhbat qanday o'tadi deb hayajonlanasiz va "Suhbatdan o'ta olmasam kerak" degan fikr ham kelishi mumkin, ba'zida.

Najot Talim markazida Muhammadjavohir Sur'atov bilan birgalikda, ishga kirish va suhbatda o'zini taqdim qilish bo'yicha master-klass tashkil qilinibdi. Bugun soat 20:00 da Najot Ta'limning YouTube sahifasida, ushbu master-klass videosining premyerasi bo'lib o'tadi.

Premyerani ko'rish uchun havola: https://youtu.be/tU5F2bJvnds

👉 @google_bilan
Hayot kalendari

Ushbu bot insonning 90 yoshigacha necha hafta qolganligini eslatib turadi. Uning asosiy maqsadi vaqtni behuda sarflamaslik kerakligini eslatib turish. Qizil kvadratlar — siz yashab bo'lgan haftalar, bo'yalmagan kvadratlar soni esa 90 yoshgacha hali necha hafta borligini anglatadi.

Bot sizning qancha umringiz qolganini hisoblamaydi va hayotingizni "o'lchamaydi".

Botga o'z tug'ilgan sanangizni kiriting (kun.oy.yil formatida) va shaxsiy hayot kalendaringizga ega bo'ling. Har hafta bot sizga bitta bo'yalgan kvadrat bilan yangi kalendarni jo'natadi.

Link: @life_table_bot

👉 @ITMavzu
iFixit mutaxassislari Apple taqdim qilgan salfetkani ochib ko'rishib uni ta'mirga layoqatligini tekshirishdi.

Maqolaning boshi hazilomus boshlanadi: ekspertlar 20 dollarlik banknota bilan smartfon ekranini artishib, hammasini to'g'ri qilyapmizmi o'zi deb savol berishadi.

Keyinchalik, ular salfetkaning qanday xususiyatlari borligini aniqlash uchun uni kesib ko'rishdi va aniqlashdiki, Apple ning yangi mahsuloti bu shunchaki bir-biriga yopishtirilgan ikkita latta bo'lib chiqdi.

Natijada, Polishing Cloth salfetkasi remontga layoqatliligi bo'yicha 10 balldan 0 ballni qo'lga kiritdi.

www.ifixit.com/News/54122/macbook-pro-2021-teardown

👉 @ITMavzu
Telegram reklama platformasi haqida ayrim faktlar

E'tibor bergan bo'lsangiz, ruscha kanallarda sinov tariqasida Pavel Durovning kanaliga eltuvchi reklama xabarlar chiqa boshladi. Quyida esa ma'lum bo'lgan faktlar:

Reklamalar faqat kanallarda ko'rinadi. Guruhlar, shaxsiy yozishmalar va chatlar ro'yxatida ular ko'rinmaydi.

Reklamada faqat bot yoki kanalga link bo'lishi kerak, tashqariga link qo'yish mumkin emas.

Reklama platformasidan foydalanish uchun boshlang'ich ravishda 2 mln yevro (25 mlrd. sum) depozit kiritish kerak. Shunda agar, reklama beruvchi 1 yil davomida 10 mln yevrodan kam harajat qilsa, depozitning yarmi Telegram hisobiga o'tib ketadi.

Tez tayyorlanadigan taomlar, ya'ni fastfudni reklama qilish mumkin emas. Telegram uni giyohvand moddalar, spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlar bilan bir qatorga kiritgan.


Xulosa

Reklama berish uchun 2mln yevro kiritish bu yaxshi o'ylangan harakat. Chunki, turli xil firibgarlar va titangellar sotuvchilarida bunaqa pul yo'q. Lekin, kazino va «iksbet»lar uchun bu katta summa deb bo'lmaydi. Albatta, xotdog reklama qilish mumkin bo'lmagan joyda qimorbozlikka ham joy bo'lmaydi degan umiddamiz.

@ITMavzu
O'zbekistonlik dasturchilar Rossiyada ko'proq ish izlashni boshladilar

Kommersant nashrining xabar berishicha, o'zbek dasturchilarining Rossiya kompaniyalariga qiziqishi va u yerda ishlash talabi o'tgan yilgidan 62% ga oshgan. Xususan, Qozog'istondan talab 36%, Ukrainadan esa 22% ga oshgan. Bu haqda Spot xabar berdi.

Rossiya IT bozorida kadrlar yetishmasligi va maoshlarning baland bo'lganligi qo'shni davlatlardagi mutaxassislarni o'ziga jalb qilmoqda.

Solvery IT maktabi mentori Viktor Pavlov bu vaziyat dasturchilarning vatanida yuqori maoshli takliflar kam bo'lganligidan kelib chiqqan bo'lishi mumkin degan fikrni ilgari surmoqda.

Biroq, boshqa kuzatuvchilarning ishonchi komilki, dasturchilarning salmoqli qismi hali ham Rossiyaga ko'chmoqchi emas, ularga ko'proq AQSH va Yevropa qiziq. U yerdagi oyliklar Rossiya bozoridan kamida 2 baravar ko'p.

👉 @ITMavzu
Youtube dizlayklar sonini ko'rsatishni tugatadi

Foydalanuvchilar keyinchalik ham dizlayk qo'yishlari mumkin, ammo ularning soni faqat video muallifiga ko'rinadi.

Youtube jamoasining aytishicha, dizlayklar soni ko'rishlar soniga asosan ta'sir o'tkazmagan va bu imkoniyat ko'pincha video mualliflariga nisbatan hujum sifatida ishlatilib kelingan. Aytish joizki, Tiktok va Instagram kabi yirik tarmoqlarda dizlayk tugmasi boshidan umuman bo'lmagan.

Youtubening bu xabar haqidagi rasmiy videosi hozirda 12 mingta layk va 79 mingta dizlayk yiqqan.

👉 @ITMavzu
Android, iOS... Bo'ldimi?

Smartfonlar operatsion tizimlari haqida gap ketganda faqat Android va iOS tilga olinadi. To'g'ri, ular smartfonlar bozorining 99% ini egallab olishgan, lekin boshqa tizimlar ham hamon ishlamoqda va ishlab chiqarilmoqda.

KaiOS (1-rasm): 2017-yilda ishlab chiqarilgan bo'lib, asosan "knopkali" telefonlar uchun mo'ljallangan. 2018-yilda Google ushbu tizimga $22 mln investitsiya kiritgan.

Lineage OS (2-rasm): Android asosida 2017-yilda yaratilgan OS. Oldindan o'rnatiladigan yopiq Android proshivkalarini almashtirishga mo'ljallangan. Ochiq kodli hamda Google xizmatlarining to'liq o'chirib tashlangani smartfonning xavfsizligini ta'minlaydi.

Sailfish OS (3-rasm): 2012-yilda yaratilgan, Jolla kompaniyasi (Finliyandiya) tomonidan ishlab chiqarilgan. Android ilovalar bilan ishlay oladi hamda Intel arxitekturasini qo'llab-quvvatlaydi. Qanaqadir sezilarli jihati yo'q.

Tizen (4-rasm): juda keng tarqalgan OS. Smartfonlar, planshetlar, aqlli tevizorlar, avtomobil bort-kompyuterlari, kameralar va boshqa qurilmalarda ishlatiladi. Samsung va Intel korporatsiyalari tomonida rivojlantirib kelinmoqda.

Bu ro'yxat albatta to'liq emas. Biz faqat hozirda ham rivojlanib kelayotgan OS larni sanab o'tdik. «Oborot»dan chiqib bo'lgan mobil OS lar ro'yxati ham kichik emas: Symbian, Windows Mobile, Meego va h.k. Keyingi postda shular haqida ma'lumot bo'ladi.

👉 @ITMavzu
Tosterlari va boshqa maishiy texnikasi bilan mashhur bo'lgan Yaponiyaning Balmuda kompaniyasi o'zining birinchi smartfonini ishlab chiqardi. Qurilma noyabr oxirida Yaponiya bozorida $920 narx bilan sotuvga chiqadi.

Kompaniya direktorining, aytishicha, smartfonlar oxirgi yillarda juda kattalashib ketgan, shuning uchun Balmuda Phone o'zining kompakt va qulayligi bilan ajralib turadi.

Ekran — 4.9 dyuym, qalinligi — 13.7 mm. Orqa panelning o'ng qismi — 48 megapikselli kamera, chap tarafi — barmoq izlari uchun skaner. Frontal kamera — 8 megapiksel. Telefonga Qualcomm Snapdragon 765 protsessori o'rnatilgan, xotira hajmi — 6GB x 128GB. Simsiz zaryadka imkoniyati bor. OS — Android 11.

👉 @ITMavzu
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hadeb noliyverish bu yechim emas

Hayot bizga berilgan eng katta ne'matdir. Kimdir undagi mashaqqatlarni yengishga irodasi yetmasdan, vaqtini keraksiz narsalarga sarflashga o'tishadi. Boshiga tushgan sinovlardan noliy boshlashadi.

Biroq, shunday kuchli iroda egalari borki, ular bu sinovlarga qaramasdan olg'a qadam bosishadi va maqsadlariga birin-ketin erisha boshlashadi.

Yoshlar ishlari agentligi va Najot Ta'lim markazi hamkorligida tashkil etilgan IMKON loyihasi doirasida bilim olayotgan Muhammadqodir ham ana shunday insonlardan biridir.

IMKON loyihasining navbatdagi premyerasi orqali, hayotning past-u balandliklaridan sabr ila o'tib kelayotgan qahramonimizning hayot hikoyasi haqida bilib olishingiz mumkin. Premyera bugun, 19-noyabr, soat 20:00 da bo'lib o'tadi.

Havola: https://youtu.be/ImFu0T4sgBQ

@ITmavzu
2024/09/25 05:15:23
Back to Top
HTML Embed Code: