Telegram Web Link
Tarmoqda Netflix, Disney + va boshqa onlayn kinoteatrlardan videolarni yuklab olish uchun mo'ljallangan vositalar tarqalib ketdi

Onlayn kinoteatrlarning ko'plab egalari foydalanadigan Widevine DRM texnologiyasini chetlab o'tish uchun kod uzoq vaqtdan beri «qaroqchilar» orasida aylanib yurgandi, biroq dekabr oyining oxirida u ommaviy saytlarga joylandi.

Tegishli repozitoriy GitHub’ga widevinedump nomli foydalanuvchi tomonidan yuklangan. Ularning nomlaridan ko'rinib turibdiki, Netflix, Amazon Prime Video, HBO Max, Disney+, Paramount+ va Apple TV+ kabi turli onlayn-kinoteatrlardan videolarni bevosita yuklab olish imkonini beruvchi maxsus skriptlar mavjud.

TorrentFreak manbalariga ko'ra, GitHub'da joylashtirilgan barcha skriptlar ishlaydi, ammo ular Widevine'ning so'nggi versiyasiga asoslanmagan. Onlayn kinoteatrlar egalari sizib ketgan koddan foydalangan foydalanuvchilarni osongina aniqlashlari va bloklashlari ehtimoli katta.

👉 @ITMavzu
​​Amazon Alexa yosh bolaga halokatli chellenj taklif qildi

Bleeping Computer nashri Twitter foydalanuvchisi Kristin Livdalning baham ko'rgan dahshatli hikoyasiga e'tibor qaratdi. Aleksa virtual yordamchisi Kristinning 10 yoshli qiziga hayoti uchun xavfli bo'lgan "chellenj" (vazifa) taklif qilgan.

Gap shundaki, aqlli kolonkaga “Tell me a challenge to do” degan savolni berish mumkin va bunga javoban u odatda qandaydir oddiy masalani hal qilishni yoki viktorina savoliga javob berishni taklif qiladi. Biroq, qiz Alexadan qiyinchilik so'raganidan so'ng, sun'iy intellekt unga quyidagicha javob berdi: «Vazifa oddiy: telefon zaryadkasini elektr rozetkasiga yarmigacha tiqing va "vilka"ning qolgan ochiq joyiga tanga bilan teginib ko'ring».

Qiz onasi bilan birga bo'lganligi sababli hech qanday ko'rgilik sodir bo'lmagan.

Jurnalistlarning tushuntirishicha, virtual yordamchilar odatda qidiruv tizimlari va turli xil saytlardan bunday chellenjlar uchun kontent to'playdi va har doim ham saytlar o'z ma'lumotlarini nazorat qilishmaydi. Yuz bergan vaziyatda esa, maslahat TikTok xavfli chellenjlarini muhokama qilgan ourcommunitynow.com saytidan olingan.

👉 @ITMavzu
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YouTube’dagi The Brick Wall kanali muallifi LEGO konstruktor to‘plami va undan turli qurilmalarni yig‘ish haqidagi videolarni joylashtirib boradi. Videolardan biri LEGO-fabrika yordamida kichik bodring kulbasini yig'ishga bag'ishlangan.

Muallifning so‘zlariga ko‘ra, g‘oyani amalga oshirish uchun unga 18 ta bodring kerak bo‘lgan, ulardan oltitasi qurilish jarayonida singan. Fabrikaning o'zi uchun 23 mingdan ortiq konstruktor detallari, 21 dvigatel va yettita BuWizz dasturlashtiriladigan kontrollerlari ishlatilgan. Hammasi bo'lib, chizmalarni tuzish, fabrika va bodring uyni qurish va suratga olish uchun 83 kun kerak bo'lgan.

Shuningdek, The Brick Wall kanali xuddi shu LEGO-fabrika orqali pitsa, takos, ispan yeguligi tapasni tayyorlash va kartoshka tozalash haqidagi ko'plab videolarga ega.

Muallifning kanali | Xabar manbasi

👉 @ITMavzu
AQSHda kam ta'minlangan oila uchun 3D-printerda uy bosib chiqarishdi

Uy Alquist kompaniyasi tomonidan chop etilgan — u qurilish va infratuzilma xarajatlarini kamaytiradigan "maxsus dizayn" uchun 3D bosib chiqarish texnologiyasidan foydalanadi. Kelajakda kompaniya nafaqat yakka tartibdagi uylar, balki butun Qo'shma Shtatlar bo'ylab ko'p xonadonli, aralash va qariyalar uylarini qurishni rejalashtirmoqda.

Eypril Stringfild va uning 13 yoshli o'g'li kam ta'minlangan oilalarni qo'llab-quvvatlash uchun xayriya dasturi doirasida o'zlarining birinchi 3D-bosma uyining kalitlarini olishdi.

111 kvadrat metrlik inshoot Virjiniya shtatining Uilyamsburg hududida odatiy 4 hafta o'rniga 12 soat ichida qurib bitkazilgan.

Uch xonali va ikki hammomli konstruksiya tez qotuvchi beton karkasiga asoslangan. Quruvchilarning fikriga ko'ra, material uzoq muddatli foyda keltiradi — u haroratni yaxshi saqlaydi va shikastlanishga chidamli. Printerlar qurilish xarajatlarini 15 foizga kamaytirgan.

👉 @ITMavzu
Frilansermisiz? Quyidagi 3 maslahat siz uchun.

1. Kun grafigini tuzib oling

Kunning har bir soatini biror narsa uchun ajrating. Grafik ayni muddao. Besaranjom, tartibsiz kunda ishning mahsuldorligi tushib ketadi. Asosiysi, hobbingiz uchun kamida 2 soat ajrating.

2. Charchadingizmi? Dam oling.

Ko'pchilik frilanserlar buyurtmani olishib, unga ulgurmay qolishsa, tuni bilan ham ishlab chiqadi. Bu nafaqat ishning mahsuldorligiga, balki organizmga ham ta'sir o'tkazadi. Agar ish jarayonida charchasangiz, dam oling! Kuch to'plab, kofe ichib, yana ishga qayting.

3. Deadline (muddat) tugashini kutmang
Siz buyurtma olayotgan payt, byudjet bilan birga, ish muddatini ham kelishasiz. Frilanserlar muddat ko'p bo'lsa, ishni bemalol, xohlasa bugun, xohlasa ertaga bajarishadi. Bu oxirgi kunlar ishning ko'payishiga olib keladi. Siz muddat tugashini kutmang, grafik asosida, ish uchun nechi soat ajratganingizga qarab, ishni bajarib ketavering — oxirida esa natijaga erishasiz!

👉 @ITMavzu
Pavel Durov oʻzining kanalida katta post qoldirdi. U yana nimadan norozi

Telegram asoschisi Pavel Durov oʻzining kanalida post qoldirdi. Unda bugungi kunda maʼlumotlar xavfsizligini uchinchi tomonga uzatadigan ilovalar va bu narsaga eʼtiborsizlik bilan qaraydigan kompaniyalar haqida soʻz boradi. Pavel mana shu vaziyatdan Telegramning pozitsiyasi hamda oʻsha kompaniyalarni Telegram bilan tenglasha olmasligi haqida oʻz fikrini bildirgan.

Spot nashri ushbu postni o'zbek tiliga tarjima qilibdi:

«Yaqinda eʼlon qilingan
hisobot Telegram oʻz foydalanuvchi maʼlumotlarini maxfiy saqlash vaʼdasiga sodiqligini isbotladi, WhatsApp kabi ilovalar esa real vaqt rejimida foydalanuvchi maʼlumotlarini uchinchi shaxslarga beradi va “E2E shifrlash” haqidagi koʻplab daʼvolariga qaramay, xabarlar mazmunini ham oshkor qilishi mumkin.

Hisobot Telegram foydalanuvchilarning ishonchini buzmaydigan kam sonli xabar almashish ilovalaridan biri ekanligini tasdiqladi.

Men unchalik ham hayron emasman. Koʻplab boshqa ilovalar oʻz foydalanuvchilari xohlasa ham, ularning maxfiyligini kafolatlay olmaydi. Ularning injenerlari AQShda istiqomat qilishlari sababli, AQSh hukumati ularga buyruq berganida, ular oʻz ilovalarida yashirincha “bekdor” oʻrnatishlari kerak. Agar injener bu haqda omma oldida oshkor qilsa, “gag order“ni buzgani uchun qamoqqa tushishi mumkin.

Aksariyat hollarda agentliklarga WhatsApp kabi xabar almashish ilovalaridan shaxsiy maʼlumotlarni olish uchun sud qarori ham kerak emas, boshqa hollarda esa sud hujjatlari maxfiylik saqlanadi. U ayrim xavfsiz ilovalar yaratilganidan beri davlat idoralari tomonidan moliyalashtirilgan (masalan, Anom, Signal).

Koʻp yillar davomida Milliy xavfsizlik agentligi (NSA) xalqaro shifrlash standartlari NSA shifrlashi mumkin boʻlgan narsaga mos kelishiga ishonch hosil qilib keladi va shifrlashning boshqa barcha yondashuvlari “nostandart” yoki “home-brew” deb etiketlanadi. NSA shifrlash sanoatidagi proksi-serverlari orqali (masalan, shunga oʻxshash) butun dunyo tomonidan ishlatiladigan shifrlash uchun notoʻgʻri standartlarni oʻrnatdi va boshqalarni “oʻz shifrlashini tarqatishdan” ogohlantirdi.

AQShda joylashgan WhatsApp kabi ilovalarning “bekdor” sababli qiynalayotgani ajablanarli holat emas.

Eshitishimcha, AQShdagi raqobatchilarimiz marketingga katta sarmoya kiritganiga qaramay (Telegram hech qachon investitsiya qilishga majbur boʻlmagan) Telegram oʻsishiga tenglasha olmayotganidan norozi. Ammo bizning oʻsishimizga teng kelish uchun ular birinchi navbatda oʻz xatti-harakatlari marketing daʼvolariga mos kelishiga ishonch hosil qilishlari kerak. Ungacha, afsuski, ularning ilovalaridagi maʼlumotlar buzilishi va xavfsizlik muammolari muqarrar boʻlib qoladi
».


👉 @ITMavzu
​​Firibgarlar va frilans.

Firibgarlik savdo-sotiq bo'lgan joyda, albatta, bo'ladi. Lekin ular shunaqangi rolga kirishadi-ki, siz ularni aldayotganini sezmay ham qolasiz. Aynan shunday «mijozlar» haqida gaplashamiz.

1. «Qilgan ishingizni avval boshliqqa ko'rsataman, yoqsa sotib olamiz».
Bunday gap bo'ldimi, o'ylab o'tirmay kechvoring buyurtmadan. Bunaqalar shu yo'l bilan frilanserni aldaydi, ishni olib «suradi». To'lovni 100% oldindan oling, yoki «предоплата» bilan ishlang (50% oldindan)

2. «Biz sizga sinov tariqasida topshiriq beramiz, bajarsangiz buyurtma beramiz.»
Odatda, bu gap har doim ham firibgarlikka tortmaydi. Ammo shunday holatlar bo'lgan-ki, test topshiriq aslida haqiqiy topshiriq bo'lgan, uni olganda «to'g'ri kelmadingiz» deb surishgan.

3. «Hozir faqat shuncha qismini beraman, qolganini ertagayoq beraman»
Bu narsa ham oxiri aldash bilan tugashi mumkin. 100 minglik ishni 30ming so'mini berishini, qolganini ertaga pul tushishi bilan berishini ta'kidlab, g'oyib bo'lib qoladi. Shaxsan menda bu holat kuzatilgan. 30% ini berib, ertasiga na telefoniga tushib bo'ladi, na unga yozib bo'ladi. Ehtiyot bo'ling, eng ishonchli mijoz — potensial mijoz!

👉 @ITMavzu
IT-MAVZU kanalining ushbu tugayotgan yil bo'yicha statistikasi.

Jami 637 ta post chiqqan, umumiy ko'rishlar soni — 8.5 mln.

Eng ko'p ko'rilgan post — Telegram kanal menejerlari (80 mingta ko'rish).


Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!

Biz bilan bo'lganligingiz uchun katta rahmat! Postlarimizni o'qib, kommentlar qoldirib borayotganingiz uchun sizdan minnatdormiz! Bu bizga qilayotgan ishimiz behuda emasligini anglatadi. Kelasi yilda ham IT-MAVZU texnologiyalarni targ'ib qilishdan to'xtamaydi!

Kirib kelayotgan yil siz uchun barakali bo'lsin. Doimo harakatda bo'ling va o'z maqsadlaringizga erishing!


Hurmat bilan,

👉 @ITMavzu
«Telegram’da shunday muammo borki, kanal egalari hamma xavfsiz deb hisoblagan, lekin aslida umuman bunday bo‘lmagan ishni qilish orqali o'z kanallarini yo‘qotishi mumkin.

Bir qator kanal adminlari minimal huquqlargagina ega bo'lgan bot (masalan, faqat odam qo'shish) hech narsa qila olmasligiga ishonishadi. Bu ma'lumot hatto ba'zi botlarning ko'rsatmalarida ham yozilgan bo'ladi.

Kanal adminlaridagi istalgan bot sizning kanalingizni bir necha daqiqada oʻchirib tashlashi mumkin desam nima boʻladi? Aniqrog'i, aynan kanal emas, balki kanalingizning barcha obunachilarini. Muammoni ko'rsatish uchun men quyida mavjud bo'lgan videoni yozdim.

Demak, to'g'ri kelgan botlarni kanalingizga qo'shishda doimo ehtiyot bo'ling. Faqatgina o'zingiz ishongan yoki ommaviy hamma ishlatadigan botlarnigina qo'shing.

Telegram ma'muriyatidan esa kanallarda a'zolarni o'chirish uchun xuddi guruhlardek kabi alohida huquq tashkil qilinishini so'rab qolamiz.

Bonus sifatida men videodagi kabi amallarni bajaradigan bot yaratdim. @ccBoomBot ni test kanalga istalgan huquqlar to'plamiga ega bo'lgan administrator sifatida qo'shing va kanalga ixtiyoriy xabar joylashtiring. Tayyor, obunachilaringiz bilan xayrlashishingiz mumkin»

Manba

👉 @ITMavzu
Norton 360 va Avira antiviruslari foydalanuvchilar kompyuterlariga kriptovalyuta maynerini o'rnatishni boshladi

Funksiya kompyuter quvvatidan foydalangan holda Ethereum kriptovalyutasini «qazib olish» imkonini beradi. Ushbu parametr faqat tizim talablariga javob beradigan va kamida 6 GB xotira hamda NVIDIA yoki AMD videokartasiga ega bo'lgan shaxsiy kompyuterlarda ishlatilishi mumkin.

Norton 360 foydalanuvchilar mayningdan oladigan barcha daromadlarining 15% ini o'ziga olib qolishini ma'lum qildi. Avira qancha olishi hozircha aniq emas.

Yangilik antiviruslar mualliflariga nisbatan tanqidlar oqimini keltirib chiqardi. Foydalanuvchilarga kriptovalyuta maynerining ogohlantirishsiz o'rnatilishi yoqmadi. The Verge mualliflari Norton 360 antivirusi haqiqatan ham NCrypt.exe dasturini o'rnatish haqida foydalanuvchiga hech qanday ma'lumot bermasligini tasdiqladilar.

Norton 360 va Avira antiviruslari ikkalasi ham bitta kompaniya — NortonLifeLock tomonidan ishlab chiqariladi.

👉 @ITMavzu
Firefox butun dunyo bo'ylab ishlamay qoldi

13-yanvar kuni Firefox brauzerining desktop versiyasi ishida jiddiy xatolik yuzaga keldi, bu tufayli brauzer hech qanday sahifani yuklamay qo'ydi.

Foydalanuvchilarning qayd etishicha, brauzer barcha operatsion tizimlarda – Windows, Linux va MacOS da ishlashni to‘xtatgan. Shuningdek, ular muammolar faqat Firefox 96.0 da kuzatilganini aytishdi.

Xatoni tuzatish uchun siz manzil satriga about:config ni kiritishingiz va network.http.http3.enabled parametrini false ga almashtirishingiz kerak.

Mozilla brauzeri yaratuvchilari dasturdagi muammolar haqida hozircha izoh berishmagan.

👉 @ITMavzu
IT Park rezidenti tomonidan dasturlangan ilova Islandiyadagi TOP-2 ilovalar qatoriga kirdi

IT Park rezidenti “SmartChain”
mobil ilovasi “UnoAR” bilan Islandiyadagi Appstore’ning eng ommabop ilovalar ro‘yxatida yuklab olishlar bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egalladi.

Ilova haqida:
“UnoAR”
– foydalanuvchilarga video, 3D-modellar va tovush ko‘rinishidagi qiziqish obyektlari haqida qo‘shimcha ma’lumotlarni olish imkonini beruvchi ilova.

Bu “SmartChain” ishlab chiqqan yagona mahsulot emas. Kompaniya, shuningdek, kengaytirilgan reallik elementlarini har qanday moddiy vositaga integratsiya qilish imkonini beruvchi “Nazzar” ilovasining yaratuvchisi hisoblanadi.

👉 @ITMavzu
Nega Abdusattor Abdurahimov barcha loyihalarini yopib, diqqat-eʼtiborini 3D loyihalariga qaratdi?

Astrum Academy
va Abdusattor Abdurahimov hamkorligida oʻzbek yoshlarini hozirda rivojlanayotgan 3D sohalariga jalb qilish maqsadida ushbu soha boʻyicha kurslar tashkil etilmoqda.

Ushbu kurslar haqida 30-yanvar, soat 10:30 da boʻladigan bepul ochiq darsda toʻliq maʼlumot olishingiz mumkin. Aytgancha, ochiq darsda shaxsan Abdusattor Abdurahimov nutq soʻzlaydilar.

Ochiq dars vaqti: 30-yanvar, soat 10:30 da

📍 Manzil: Astrum - IT akademiyasi

🔰 Roʻyxatdan oʻtish: forms.gle/eojGZz88yBH6ms1v5
​​Steyblkoin nima va nima uchun kerak

Kriptovalyutalar kursi juda yuqori tebranishlar xususiyatiga ega. Masalan, bitkoin kursining o'zgaruvchanligi oltin, birjalardagi indeks fondlari va boshqa moliyaviy aktivlarning kursi o'zgarishidan yuqori darajada turadi. Bu kriptovalyutalarning ommaviy qo'llanilishini keskin cheklaydi. Kriptovalyutalar kursini oz bo'lsa-da tartibga solish uchun ularni iqtisodda uzoq vaqtdan beri o'rnatilgan aktivlar qiymatiga bog'lashga qaror qilindi.

Shundan, kriptovalyutalar neft, qimmatbaho metallar va hatto oddiy pullar bilan bog'lana boshlandi. Jismoniy aktivlarga bog'langan kriptovalyutalar kamroq o'zgaruvchanlikni ko'rsatadi, shuning uchun ular stabil, keyin esa steyblkoinlar (ingliz. «stablecoin») deb atala boshlandi.

Bugungi kunda mashhur steyblkoinlar

• Tether — 2014 yilda yaratilgan eski kriptovalyuta bo'lib, rivojlanayotgan kripto bozori va barqaror valyutalarni birlashtirish uchun yaratilgan. U fiat pullar tomonidan qo'llab-quvvatlanadi, ularning xavfsizligi uchun Gonkongdagi bank javobgardir.

• Tiberius — moliyaviy aktivlarni boshqaradigan Shveytsariya kompaniyasi tomonidan chiqarilgan steyblkoin. Kursi yettita qimmatbaho metallarning narxiga bog'langan.

• TrueUSD — bu AQSh dollari qiymatiga bog'langan steyblkoin. Ethereum asosida amerikalik dasturchilar tomonidan yaratilgan.

• Binance USD (BUSD) — Yana bir AQSh dollariga 1:1 nisbatda bog'langan steyblkoin. Nyu-York Davlat Moliyaviy Xizmatlar Departamenti (NYDFS) tomonidan tasdiqlangan va tartibga solingan, Binance (Paxos bilan hamkorlikda) tomonidan ishlab chiqarilgan.

Vikipediya hamda vc.ru ma'lumotlaridan foydalanildi.

👉 @ITMavzu
Forwarded from IT Blog
META OLAM, VR, NFT — 3D uchun kelajak kafolati!

30-yanvar, soat 10:30 da Astrum akademiyasida shu haqida gaplashamiz!

📍 Manzil: Astrum - IT akademiyasi

🔰 Roʻyxatdan oʻtish: forms.gle/eojGZz88yBH6ms1v5

👉 @abdusattor
Forwarded from IT Blog
25000$ deb turilgan Tingla audio kitoblar Startupi joyi bilan birga srochna sotiladi! (Ertaga pul kerak).

Android va iOS ilova bor! Joy bor! Rasmda ko’rinmagan texnikalar, kolonka stoylakalar, konditsioner televizor bor! Ovoz yozisha aloqador hamma sharoit bor. Tayyor g`oya! Jamoam qilgani uchun arzon sotyapman, aslida juda qimmat proekt. Men esa 15000 $ ga sotib yuboraman!

Sotib olgan inson syomka uchun avfon mediadan foydalanishi mumkin va loyiha rivojlanishi uchun yordam beramiz!

Jiddiy sotib olmoqchi bo’lgan insonlar telefon qilsin!

+998906666660
2024/09/25 09:20:55
Back to Top
HTML Embed Code: