Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuyov tanlashda adashganda nima qilish kerak?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hozirgi kunda ham telefon, telegram ishlatmaydigan ayollar haqida o'qib qolaman. O'zlari rozi bo'lib, fitnadan saqlanish uchun ishlatmasa, qanday yaxshi! Lekin erning ishonmagani uchun ishlatmaslik ruhan zarba bo'lsa kerak.

Albatta, ijtimoiy tarmoqlardan foydalansa-da, ma'lum tartib-me'yorlarga amal qilinsa, buning yomon joyi yo'q deb bilaman. Albatta, bu ayol bo'lsa ham, erkak bo'lsa ham, o'zini asray oladimi, boshqara oladimi, iroda-e'tiqodi mustahkammi — shunga bog'liq.

#Ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oddiy ota-ona va dono ota-ona 💡

🎈 Oddiy ota-ona bolasining uyga vazifalarini qilish ustida soatlab vaqt ketkazadi. Dono ota-ona esa bola o‘zi ularni qilishi kerak deb hisoblaydi va faqat yordam kerak bo‘lgan o‘rinlardagina aralashadi, muammoning yechimiga yo‘l ko‘rsatadi, bolasining o‘rniga uni bajarmaydi.

🎁 Ko‘plab ota-onalar aybini sovg‘a-salomlar bilan yuvishga harakat qiladi. Dono ota-ona esa bolaga mayda pullarni berishdan cho‘chimaydi, bola o‘zi pulni taqsimot qilish va kattaroq o‘yinchoq olish uchun yig‘ish ko‘nikmasini shakllantirishga imkon beradi. Ota-ona jarayonni kuzatishi, boshqarishi va o‘rgatishi kerak, xolos.

Ko‘pincha ota-onalar bolaning yomon xulq-atvori sababini qidirishga vaqti yo‘q. Muammo tezroq hal bo‘lsa, uyda tinchlik bo‘lsa bo‘lgani. Dono ota-ona avvalo sababiga qaraydi, tahlil qilishdan va muammoga to‘g‘ri yondashishdan erinmaydi.

🔈 «Baqiroq» onalar o‘z aybini vaqt o‘tib shirin taomlar yoki boqqa sayr uyushtirish bilan yuvmoqchi bo‘ladilar. Ammo hech bir amal bolaga baqirgan, kamsitgan, qo‘l ko‘targan vaqtingizda uning ruhiyatiga yetgan shikastni xotiradan ketkaza olmaydi. Dono onalar o‘zni qo‘lga olish mushkuldek ko‘ringan holda ham o‘zini jilovlaydi, baqir-chaqirlarga ruju qo‘ymaydi.

📚 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muhabbat mahbub boridagi har narsani boricha saqlab qolishga urinishdir!

— Abu Bakr Usomani qo'mondon qilgani kabi.

Muhabbat mahbub yo'qligida ham u yoqtirmagan ishdan tiyilishdir!

— Abdulaziz ibn Umarning ayoli uning uchun qimmatbaho taqinchoqlaridan kechib, uning vafotidan keyin ham taqinchoqlarini olmagani kabi.

Muhabbat mahbub uchun o'zdan kechishdir!

— Uhud jangida yetmishdan ortiq joyidan yaralangan Talha ibn Ubaydulloh kabi!

Alloh barchalaridan rozi bo'lsin!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Ayoli yo'q kishi miskindir".

Doktor Oiz Qarniy

Bo'ydoqlar, xafa bo'lish yo'q! 😁

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oilada harbiydagidek tartib-intizom bo'lishi shart emas, muhimi, rozilik va halovatdir. Tartibli bo'lish kerak, albatta, ammo shuning uchun dilxiralik bo'lmasin demoqchiman.

Masalan, ovqat biroz kechikkani uchun, tuzi pastroq bo'lgani uchun yoki erning yakshanba kuni ishi chiqib qolgani uchun janjal qilish kerak emas. Shuningdek, bola bor uy to'zg'iydi, buning uchun ularni koyish shart emas.

— Mayli, o'yinchoqlaringni uy yuziga to'kib o'ynayver, faqat keyin yig'ishtirib olish yodingdan chiqmasin, — deyish mumkin.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Og‘riqli bog‘liqlik 💔

🔗 Ona va bola o‘rtasida og‘riqli bog‘liqlik hosil bo‘layotganini ona qayerdan bilishi mumkin? Bu ona-bola o‘rtasidagi odatiy, muvozanatdagi bog‘liqlikdan nimasi bilan farq qiladi? Onaning yo‘qligi sabab bolaning uxlay olmasligi, ovqatlanishdan bosh tortishi, yig‘lab injiqlik qilishi, o‘yinchoqlar yoki o‘yinlarga chalg‘imasligi, ovunmasligi ona uchun o‘rtada og‘riqli bog‘liqlik paydo bo‘lganini bildiruvchi ilk belgilardir.

📎 Ba’zi onalar buni ona-bola o‘rtasidagi mehr-muhabbatga yo‘yishi mumkin. Ammo aslida, bu chegaradan chiqqan bog‘liqlik onaga signal bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, bir yoshli bola uchun onasining biroz muddatga bo‘lsa-da qayergadir ketib qolishi fojia bo‘lib tuyulishi mumkin, ammo 3-4 yoshda bu holat oldingidek qo‘rqinchli tuyulmasligi kerak. Aynan ona-bola o‘rtasidagi bog‘liqlikni to‘g‘ri boshqarish orqali bolani real hayotga, sabrga, mustaqil bo‘lishga, chidamga, yo‘qotishlarga bardoshli bo‘lishga, boshqalar bilan til topishishga o‘rgatiladi. Bu xuddi kichik dozalarda emlashga o‘xshaydi.

☀️ Agar bola kichik «ko‘ngilsizlik»larni yengishni o‘rgansa, kelajakda katta zarbalarga ham bardoshli bo‘ladi. Agar bolani har qanday frustratsiyalar (omadsizliklar)dan saqlashga, hamisha onasining yonida bo‘lish istagini qondirishga harakat qilinsa, unda qiyinchiliklarni yengish tajribasi bo‘lmaydi, u atrofdagilarning o‘rinli yoki o‘rinsiz munosabatiga, tanqidiga, buyruqlariga qanday munosabatda bo‘lish kerakligini bilmaydi, unda ayriliq hissi va uni yengish kuchi shakllanmaydi.

📚 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos #tarbiya

Kitobni xarid qilish

✍️
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Yosh boladekman, oila qurishga tayyor emasdekman. Oila qursam bo'ladimi?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolalarga bolalik qilishiga imkon beryapsizmi?

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Shunday otalar bor: yakshanbani farzandlari bilan o'ynab charchoğini chiqaradi.

Yana shunday otalar bor: farzandlaridan qochib, do'stlari bilan dam olib charchoq chiqaradi.

Ummu Fotih

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🤎 Kitоbni o‘qib tugatishingiz kerak bo‘lsa yoki uzоq vaqt uxlamasdan kitоb o‘qishni istasangiz, quyidagi 8 usuldan fоydalanganingiz ma’qul:

🤎 Kitоb o‘qish uchun qulayrоq jоy tоping, lekin juda qulay bo‘lmasin. Yotоqda kitоb o‘qigandan ko‘ra kreslоga suyaning. Shunda ham uxlab qоlsangiz, stulda o‘tirib o‘qing.

🤎 Kitоb o‘qiyotganingizda xоna yorug‘ligini оshiring.

🤎 Xоnani shamоllating, u birоz salqin bo‘lishi kerak. Issiq havоda tez uxlab qоlasiz.

🤎 Kitоbni o‘qib tugatishingiz zarur bo‘lsa, o‘qishga kirishishdan оldin tetiklashishga harakat qiling. Badantarbiya mashqlarini bajaring, qahva iching, sоvuq dush qabul qiling va h. k.

🤎 Tanaffuslar qiling, “pоrsiyalar” bilan o‘qing. Bir sоatdan оrtiq davоmiy o‘qimang. Turing va birоz qadam bоsing, qоningiz yurishib tetiklashadi.

🤎 Оldingizda suv, sharbat yoki chоy bo‘lsin.

🤎 Faоl o‘qing: iqtibоslarni belgilang, qaydlar qiling. Elektrоn kitоb o‘qiganda ham iqtibоslarni belgilash diqqatingiz kоnsentratsiyasi (jamlash) uzоq vaqt davоm etishiga yordam beradi. Tana faоl bo‘lsa (qalam ushlash, sahifalarga stikerlar yopishtirish, fikrlarni yozib qo‘yish) miya ham faоllikni saqlaydi.

🤎 Kitоb o‘qish vaqtingizni o‘zgartiring. Agar har dоim kechqurun uyqudan оldin kitоb o‘qisangiz, kitоb va uyquni bоg‘lоvchi shartli refleks hоsil bo‘ladi. Kunduzi o‘qishni sinab ko‘ring.

🤎 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oila qurishdagi uch xato

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum! Qur’onni yodlayotganda tomoq bo‘g‘inlari og‘risa nima qilsa og‘rimasligi uchun yordam beradi?

Shifokor:

– Va alaykum assalom! Quron o‘qilganda tomoq og‘rishi xarflarni o‘z maxrajlaridan chiqarmaslik natijasida  zo‘riqishdan bo‘lishi mumkin, aslida Qur’onni soatlab o‘qilsa ham  mad xarflari og‘izdan emas, javfdan chiqarilsa, tovush paylari zo‘riqmaydi. Ba’zan nutq apparatidagi nuqsonlar ham bunga sabab bo‘lishi mumkin (jag‘ tishlarining yo‘qligi, xalqumdagi patologiyalar) Tajvid qoidalariga itqon darajasida rioya qilishga harakat qiling. Qur’on o‘qiyotganingizda orada iliq suyuqlik ichib turing va LOR, stomatolog ko‘rigidan o‘ting. Vallohu a’lam!

Manba: muslimaatuz

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Erkak kishi ayoliga nega xiyonat qiladi?

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Erkak ishdan ko'plab sabablar tufayli g'azablanib qaytadi, lekin oqila rafiqa to'fon alomatlarini vaqtida payqab, hovuridan tushmaguncha uni tinch qo'yadi".

Roald Dalning "Matilda" kitobidan #iqtibos

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida

Qizingizni turmush yoshigacha tarbiyalamasangiz, kuyovingizga bir umrlik ish hozirlaysiz.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bu narsaga ko'pchilik e'tibor qilmaydi. Afsuski, keyin kech bo'lishi mumkin. 😕

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Odamlar sizni tushunmasa, siqilishga hojat yo'q. Axir ular sizni tushunishga majbur emas. Siz ularning oldidagi burch va majburiyatlaringizni bajaring, so'ngra Allohga havola qiling. Tushunsa ham, tushunmasa ham birovning sizda haqqi qolmaydi. Siz Yaratganning huzurida yuzingiz yorug' bo'ladi. Zotan, hammani rozi qilish imkonsiz, buning uchun bir joningizni mingga bo'lib yuborsangiz ham kimlardir norozi bo'lib qoladi.

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 19:32:00
Back to Top
HTML Embed Code: