Telegram Web Link
❤️ E’TIBOR BERISHI KERAK ❤️

Erkak kishi avvalo ayoliga g‘amxo‘rlik qilishi, uni begona ko‘zlardan asrashi, himoya qilishi, hurmat qilishi zarur. Bunday muomala juda ko‘p ayollar uchun orzu...

Shuningdek, er kishi ayolining yurishi, kiyinishi, uning muomala madaniyatiga ham qattiq e’tibor berishi va o‘z o‘rnida unga maslahat berishi kerak.

Erkak kishi faqatgina oilani boqish uchun mas’ul emas, ayoliga, bolalariga mehr-e’tibor, ta’lim-tarbiya berish uchun ham mas’uldir. Bularning ham ajri, hisobi bor.

🌷 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sizga ishlari tushganda tezda topishadi, ammo sizning ishingiz tushganda qo'ng'iroqlaringizga javob berishmaydi, ishlari chiqib qoladi, pullari tugab qoladi...

Kerak bo'lganingizda qadrlanashingiz qadr emas!

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
— Topganim doktorga ketyapti! 😔
— Nimaga, kasal bo'lib qoldingmi?
— Yo'q, doktorga uylandim!

#Tabassum #Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ona ota va bola o'rtasidagi munosabatlar mustahkamlanishi uchun ular birga o'tkazadigan vaqtlarini tashkillashtirib turishi foydalidir. Masalan, birgalikda qayergadir borib kelish, birga dars qilish, birga yugurishga chiqish yoki uxlayotganida kichik bolalarga qarab turish kabi.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolali bo'lish xotinni 50 % "yo'qotish" demakdir.

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
AVVAL O‘YLANG 💡

Erkaklar, hamma gapni ayolingizga aytishga odatlanmang. Ko‘chada, ishda, do‘stlaringiz bilan va boshqa hollarda turli gap-so‘zlar bo‘ladi. Bularning hammasini uyga tashish shart emas. Bir ma’ruzada ayol kishi bilan muzlatkich olish emas, muzlatkichni qayerga qo‘yish maslahat qilinadi deyiladi. Xuddi shunga o‘xshab, nimani aytish, nimani maslahat qilishni biling. Unutmang, tilni tiygan kishi albatta yutuqqa erishadi.

🤎 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bolaga ism qo'yishga kim haqli?

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
ERKAK BAXTI

1. Erga hamfikr xotin;
2. Esli farzandlar;
3. Sodiq birodarlar;
4. Yaxshi qo‘shnilar;
5. Rizqini o‘z yurtida topishi.

Hazrati Ali ibn Abu Tolib

🤎 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Биз Ҳуббуна кидс лойиҳасида болалар билан ўнга яқин китоблар ўқидик. Биргаликда муҳокама, савол-жавоблар қилдик.

Душанба куни Эркин Малик домланинг "Чумолилар салтанати" китобларини ўқишни бошлаймиз, иншааллоҳ.

5 ёшдан 15 ёшгача бўлган болалар иштирок этиши мумкин, бепул.

Каналга ўтиш: @Hubbuna_kids
Oila qurishdan oldin bularni bilishingiz shart! (bosing)

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oqila ayol turmush o'rtog'iga shu darajada e'tiborli, hurmat qiladigan bo'ladiki, hatto uning biror buyumini ham oyoq ostida turishini istamaydi. Eriga hurmat yuzasidan uni yuqoriga olib qo'yadi!

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Ayollar, agar juftingiz bilan orangizda biror gap o'tib qolsa, buni yaqinlaringizga aytish u yoqda tursin, tushkun kayfiyatingiz tarqamaguncha ular bilan gaplashmay turing. Oyingiz, opangiz yoki biror yaqiningiz qizim siqilib qolibdi, oilasi notinch shekilli degan xayolga bormasin.

Xo'p, ular oilangizdagi kelishmovchilikni bilsa, nima bo'ladi? Ular sizning yaqinlaringiz, mehribonlaringiz. Ular albatta sizga yon bosadi, siz taraf bo'ladi. Xato kimdan o'tgan, kelishmovchilik qanday yuzaga kelganidan qat'iy nazar turmush o'rtog'ingizga nisbatan hurmatlari pasayadi. Siz esa eringiz bilan "doka ro'mol quriguncha" yarashib olasiz!

Shuningdek, xojangizga ham buni tayinlab qo'yavering: "Xo'jayin, oramizda kelishmovchilik bo'lib qolsa, o'zaro ochiq gaplashaylik, birgalikda muammoga yechim izlaylik. O'zingizning yaqinlaringizga ham, mening yaqinlarimga ham aytib yurmang", — deng.

Albatta bu narsani erkak kishi o'zi bilishi kerak, siz eslatma qilib qo'yasiz-da.

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
MUHIM TAVSIYA ❤️

Erkaklar, ayolingiz va bolalaringizni jamlab, kitob o‘qib bering yoki o‘zingiz biror mavzuda gapirib bering, ilm o‘rgating. Bu orqali ularni ham ilmga qiziqtirasiz, ham o‘rnak bo‘lasiz. Ular oldidagi martabangiz, haybatingiz yanada ortadi.

Ulfatchilik yoqimli narsa, lekin oila qolib ketmasligi kerak. Do‘stlar bilan yig‘ilib ma’ruza tinglab, muhokama qilib, kitob o‘qiganimiz kabi oila davrasida ham ilmiy suhbatlar qilib turish kerak. Bundan tashqari, shunchaki suhbatlar ham kerak: ilmiy emas, u yoq-bu yoqdan, va’z-nasihatsiz.

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kiyim insonning tanasini yopib turishi bilan birga, uning ma'naviy dunyosi, madaniyati, fahm-farosati va ruhiy holatidan atrofdagilarni boxabar qilish vazifasini ham bajaradi.

Shunday ekan, oʻzingizga libos tanlayotganda faqat koʻrinishiga qarab emas, balki bu kiyim sizga mos keladimi yoki yoʻqmi shu haqida ham bir oʻylab koʻring.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Farzand — bu farzand! Er-xotin munosabatlari unga bog'liq bo'lmasligi kerak. Ya'ni

— farzandiz bo'lmasa ham uni seving!
— farzandiz bo'lganda ham uni seving, qadrlang, parvarish, e'tibor qiling;
— xotiningiz faqatgina farzand tarbiyalovchi ayol bo'lib qolmasin!
— eringizga faqatgina bolalariningizning ta'monotchisi deb qaramang!
— juftingiz bilan orangizda sovuqchilik bo'lganda bolalarga ham sovuq munosabatda bo'lmang;
— farzandlarimiz bor, ajrashib keta olmaydi deb juftingizni qiynab yashamang;
— mabodo taqdir bo'lib ajrashib ketsangiz ham erkaklar ayoli bilan ajrashganini unutmasin, bolalari bilan emas!

Xullas, farzandizga qiladigan yaxshiligingiz, uning oldidagi burchlaringiz uning ota(ona)sining sizga munosabatiga bog'liq emas. Shuningdek, juftingizga qiladigan e'tiboringiz ham orangizda farzand bor-yo'qligiga bog'liq emas.

Shunday ekan, Gersin "Oila farzanddan boshlanadi" deganda xato qilgan edi.

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mutоlaa qalbni yumshatadi 📚

Kitоb o‘qish jarayonida o‘quvchi qahramоnlar bilan birga bo‘ladi. Ularning quvоnch va tashvishlariga sherik bo‘ladi. Tadqiqоtlardan ma’lum bo‘lishicha, badiiy asar o‘qigan оdam hayotda ham bоshqalarning his-tuyg‘ularini yaxshi tushunar ekan.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum. Urf-odatlarimiz, qadriyatlarimizda erning ko'ziga tik qarama deyiladi, lekin erning ko'ziga qaramasa, er boshqaga qarab ketishi mumkin. Shu holatda nima qilish kerak?

G'iyosiddin Yusuf:

— "Erning ko'ziga tik qarama" deganda unga hurmatsizlik qilmaslik, itoatsizlik qilmaslik nazarda tutiladi. Erning ko'ziga mehr-muhabbat bilan, ehtiros bilan qarash mumkin. Shu bilan birga, er boshqaga qarab ketib qolmasligi uchun boshqa tavsiyalarga ham amal qilish kerak.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Meni hech bir erkakka qiyoslama, kimgadir teng ham ko'rma — mendan uni ustun ko'rish u yoqda tursin!

Men sen uchun hayot bo'lgan erkaklarning eng afzali bo'lishni istayman. Bundan zarra qadar past martabada emas. Illo qiblagohingni mendan ustun ko'rishing o'rinlidir. Zotan, sening dunyoga kelishingga sababchi inson men uchun sendan ham azizdir!

Albatta, hayotingda senga mahram bo'lmagan erkakka hargiz o'rin yo'q! U ustoz bo'lsa ham yoki mashhur bir shaxs bo'lsa ham. Ular ustoz yoki mashhur degan maqomdadir, aslo menga mengzaydigan shaxslar emas!

#onajonisi #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
ERKAK RASHK QILADI 😒

Erkaklar, rashkli bo‘ling. Ayolingizni begonalar bilan bemalol aralashib yurishiga yo‘l qo‘yish u yoqda tursin, ular yonida ismini ham aytmaslikka harakat qiling. Yoshi ulug‘larimiz ayolini bosh farzandining ismi bilan chaqirishlari ham shu sababdan edi. Arablar avvaldan “Falonchining onasi”, “Falonchining otasi” ma’nosida kunyalangan. Ya’ni Abu Abdulloh, Ummu Abdulloh kabi.

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erkaklar, ayolingiz bemor ekanida undan tez-tez hol so'rab turing. Ko'ngli nima tusashini so'rang. Uni urintirmay, ba'zi zarur ishlarini o'zingiz qilib qo'yavering. Xususan, bolalarning osh-ovqatidan xabardor bo'lish, ularga qarab turing, uy tozaligi kabi ishlarni o'zingiz qilib tursangiz bo'ladi.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 22:31:33
Back to Top
HTML Embed Code: