Telegram Web Link
⚜️ Ko'pgina ota-onalar farzandlari uchun hamma narsani berishga tayyor,lekin ular uchun berishi kerak bo'lgan eng muhim narsa - bolalarning bola bo'lishlariga ruxsat berishmaydi.

Banksy

⁉️Bu qanchalik haqiqat? Bilasizmi nima, farzandingizga bera oladigan eng yaxshi sovg'a bu o'z baxtingizdir. Ularni tuzatishga urinmang - o'zingizni tuzating. Ularni baxtli qilishga urinmang — o'zingiz ich-ichingizdan baxtli bo'lishni o'rganing.

🍄 Farzandingiz uchun xursandchilik va doimiy ravishda qulay hayot ta'minlashga harakat qilib, siz doimo shoshgan va asabiy holatda bo'lasizmi? Agar siz doimo tashvishli, yugur-yugur, baqir-chaqir, stress holatida bo'lsangiz — bu ularga qanday energiyani beradi?

⚜️Yosh ona bo'lgan paytimga boqib, o'zimga o'zim nima der edim, hozir ham deyman ba'zan: “Iroda, tinchlan. Ko'proq o'zingning ichki dunyoing bilan ishla. Chuqur nafas olishni mashq qil, Qur'on o'qi, uzoq duo qil, foydali darslar tingla.

Farzandlaringni juda ko'p narsaga majburlama, shunchaki yaxshi namuna bo'l va nasihat qil. Asosiysi ularni bola ekanligini unutma va bola bo'lishiga ruxsat ber”.

Iroda Ahmed

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Shaxsiy hayotingizni ommaga ko'z-ko'z qilavermang. Eng muhim narsalarni pinhon tuting! Chunki hasad o't misoli xavflidir.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uch yoshida o'qishni o'rgangan bola!

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Har bir erkakda ona, opa, singil, xotin, qiz kabi eng kamida beshta g‘ururi, sharmi bo‘lgan ayollar bor. Bundan tashqari, xola, amma kabi yaqin qarindoshlar ham bor. Har bir erkak o‘nlab ayollar uchun so‘ralishi mumkin!

Mediada ro‘molda bo‘la turib intim mavzularda gapirayotgan ayollar qaysi erkakning uyidan chiqyapti?! Yaqinlaringizga diqqatli bo‘ling!

Ha, balki so‘zingizni olmayotganlari bordir. Lekin buning uchun avvalo odatiy kunlarda ham yonida bo‘ling, hol so‘rang, yo‘qlab turing. "O‘roqda yo‘q, mashoqda yo‘q, xirmonda hozir" bo‘lgan kabi faqat nasihat qilish, taqiq qo‘yish uchun ko‘rinsangiz, albatta, gapingiz o‘tmaydi!

#Ayollar #erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
E’TIROF ETING 🎁

Erkaklar, ishdan uyga qaytganda ayolingizga diqqat qiling, agar u siz uchun yasanib olgan bo‘lsa, buni sezmasligingiz uni ranjitadi. Kelasi safar bu ishga hafsala qilmasligi mumkin. Shuning uchun undagi o‘zgarishni darhol payqang, e’tiborli bo‘ling.

“Tinchlikmi? Biror joyga bormoqchimisan?” – deya ko‘rmang, u siz uchun yasangan.

“Ha, endi biroz ozsang bo‘larkan”, – demang! Hammasini bir pul qilasiz.

Mabodo undagi o‘zgarishni sezmasangiz, u sezdirishga harakat qiladi, shunda ham bo‘lmasa, so‘raydi! Shunda siz “Ha, sezmabman” demang! “Men buni eshikdan kirgan zahotim sezgan edim, azizam, atay sen bilan hazillashish uchun aytmay turgan edim. Juda go‘zalsan!” deng.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mendan faqat ota-onangizni ustun ko'rishingizga rozi bo'la olaman!

#Rashk

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kechirish qiyin emas, qayta ishonish qiyin.

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sizning ham «krasofkangiz» bormi?

Bu ishni shunday qilingki, ikkinchi tomondan biror manfaat kutmang.

Yuqoridagi hayotiy lavha ibrat olishingizga va yaqinlaringizga ulashishingizga arziydi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qanchalar olislab ketganingiz qaytishda bilinadi: yo'llarda ham, munosabatlarda ham.

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
KENGLIK QILING 🎁

Erkaklar, do‘st-u ulfatlar ila ko‘cha-ko‘yda tansiq taomlar yeganda uyga – oilangizga, ota-onangizga ham olib kelishni unutmang. Ta’minotini qilib qo‘yganman deb xudbinlik qilmang. O‘zingiz yegandan ularni ham yediring, kiyganingizdan kiydiring. Ya’ni yangi ust-bosh olganda ularga ham olib bering.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum! Men bo‘ydoqman. Allohning taqdiri bilan sudlanib, qamalib chiqdim 2 yil. Xavflimas, odam o'ldirmadim, narkatamas, buzuqlik, o‘g‘irlik qimadim. Uylansam, qizga aytishim kerakmi, aytishim shartmasmi?

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Shart emas. Ammo so‘rasa yolg‘on gapirishingiz mumkin emas. Vallohu a’lam!

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
ERKAKNING VAZIFALARI 📝

🤎 Erkak kishi ayoli bilan:

🤎 Suhbatlashishi;
🤎 Ko‘nglini olishi;
🤎 O‘rtacha kiyintirishi;
🤎 O‘rtacha ta’minot qilishi;
🤎 Ilm o‘rganishiga sharoit yaratishi;
🤎 Farzandlar tarbiyasida ko‘maklashishi;
🤎 Ayolining nafsini qondirishi;
🤎 Yuziga urmasligi;
🤎 Yomonlikka buyurmasligi kerak.

🤎 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bizdan xavotir olganlardan xavotir olib holimiz yaxshi deymiz, xavotir olmaydiganlarga holimizning ahamiyati yo‘q...

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Ixcham to'y qilishni istayman, lekin ota-onam dabdaba, hashamatni xohlaydi. Qanday yo'l tutay?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Yettinchisi: doimo oddiylik tarafdori bo‘lish.
Oddiylik – bu insonga hech qanday qiyinchilik tug‘dirmaydigan, gunohga boshlamaydigan, maqtanchoqlik kasaliga giriftor qilmaydigan narsa bo‘lib, kattayu kichik bundan faqat foyda oladi.

Kiyim tanlashda, uy, mashina va hayotda kerak bo‘ladigan boshqa ehtiyojlarda ham oddiylikka tayanish, muvaffaqiyat kalitlaridan biri hisoblanadi. O‘sib kelayotgan yosh avlodni sog‘lom fikrlaydigan inson bo‘lib yetishishi uchun, ularning on gini «Odamlar nima deydi?» qabilida kim nima kiysa kiyib, kim nima yesa yeb, kim nima olsa olib, modaning ortidan quvgan holda zaharlamasligimiz kerak.

Nafs tarbiyasida nafaqat ichki olam, balki tashqi olam ham muhim rol o‘ynaydi!

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

✍️
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Bo‘ydoq ikkinchi yarmi yo‘q qaychi kabidir!

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Sakkizinchisi: oilaviy dars.
Har kunlik oilaviy dars, ya’ni ota-ona galma-galdan ovoz chiqarib kitob o‘qishi, bolalar esa eshitishi va o‘qilgan ma’lumotlar bo‘yicha har kim o‘z fikrini ifodalashi, barchaga birdek manzur bo‘ladigan, nafsimizga esa og‘ir kelib, shaytonni g‘azablantiradigan narsa.

Boshlanishiga 5-10 daqiqa, keyinchalik esa vaqtini uzaytirish ham mumkin. Shunchaki ko‘nikma hosil bo‘lgunicha, oz bo‘lsa-da davomli bo‘lgani ma’qul. Bu albatta ota-onaning tashabbusiga bog‘liq!

❤️Oilaviy darsdan olinadigan foydalar esa talaygina:
• o‘zaro hamjihatlik;
• er-xotin bir-birini eshitishi;
• ota-ona bolalarning fikrini tinglashi;
• ong o‘sishi, fikrlashning ijobiy tomonga o‘zgarishi;
• kitobga bo‘lgan muhabbatning ortishi;
• uyda kitobxonlik muhitining yaralishi;
• nafsni yengish.

Tong mahali judayam barakali vaqt bo‘lib, agar oilaviy darsni o‘sha paytda qilsangiz, nur ustiga nur bo‘lardi!

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos #tarbiya

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Meni ezgu amallarga targ'ib qilib tur, toki senga ham bundan savob bo'lsin!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Saodat kaliti"ni yutib oling!

Abdulkarim Hasan domlamizning oila va farzand tarbiyasiga doir "Saodat kaliti" nomli kitoblari bor. Kitob mo'jazgina bo'lsa-da, qimmatbaho tavsiyalarga boy. Ushbu va boshqa kitoblarini muallif dastxati bilan uyingizga yetkazib bersak, elektron variantini ham bepul bersak, nima deysiz?

Buning uchun 5 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan farzandingiz biz bilan Hubbuna kids kanalida muallifning "Virtual olam bolalari" kitoblarini o'qishda faol ishtirok etishi va eng ko'p ball to'plagan beshlikdan joy olishi kerak.

Shartlar juda oson: har kuni kitobdan 10-12 bet o'qish, bitta iqtibos yuborish va 1-2 ta savollarga javob berish.

Musobaqada farzandingiz kitobxon bo'lishga qadam tashlaydi, ilm o'rganadi, kitob muallifi bilan ovozli chatda suhbat qiladi — hatto g'olib bo'lmasa ham!

Shunday ekan, shoshilamiz: 👉 @Hubbuna_kids
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/01 22:40:48
Back to Top
HTML Embed Code: