Telegram Web Link
#Ayollar, erkaklarning gap-so'zlari, harakatlarini murakkablashtirmang. Ular uchun hammasi shunchaki oddiy. Ular nimani xohlasalar qiladilar, xohlamagan ishini umuman qilmaydilar.

Shuningdek, nimadir demoqchi bo'lsa, o'sha gapning o'zini aytadi, siz bir gap gapirganda "Bu bilan bunday demoqchimisiz?" deb gap tagidan gap izlamang!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
UCH TOIFA AYOLLAR 📝

Juftiga munosabatidan kelib chiqib, ayollarni uch toifaga ajratish mumkin:

1⃣ Eshitmaydigan ayollar. Bunday ayolga juftining gapi ahamiyatsiz, uni eshitmaydi, itoat qilmaydi, qisqasi, uning bir tiyinlik qadri yo‘q. Tamomila erining boshiga chiqib olgan. Albatta, bunday ayol bilan yashash azob.

2⃣ Eshitadigan ayollar. Bunday ayol eriga itoat qiladi, uni eshitadi, undan maslahat so‘raydi, ruxsat so‘rab ish qiladi. Tashqaridan qaraganda hammasi risoladagidek, o‘zi ham o‘zidan qoniqadi, eng yaxshi ayolman deb biladi, ammo bunday ayol bilan yashash qiyin. Sababi unga aytmasang, o‘zidan bilib qilishi qiyin. Undan “Ko‘ylagim qayerda?” deb so‘rasang, “Qayerda yechgan edingiz?” deb so‘raydi. Qayerda yechganingni bilsang, undan so‘rashga ne hojat?! Bu vaqtda u qayerdan bo‘lmasin shimni topishga oshiqishi lozim edi.

3⃣ His qiladigan ayollar. Bunday ayol ko‘zlaringdan qalbingni o‘qib oladi. Unga bir og‘iz so‘z ila butun bir voqeani anglatish mumkin. Uning farosati kuchli bo‘ladi. Uning yoniga intilasan, suhbatlashib to‘ymaysan. U senga nima kerakligini har dam anglab, muhayyo qilib turadi. Shuning uchun bunday ayol bilan yashash rohat. Uni sevmoq, unga fido bo‘lmoq sharaf!

🤎 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Payg‘ambar alayhissalom suyukli qizlari Fotimai Zahroni turmushga bergach, uni hazrati Ali xonadoniga kuzatayotganlarida qilgan nasihatlari.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” kitobidan #iqtibos


✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar hayotingizda o'tmishingizni unuttiradigan inson paydo bo'lsa, bu sizning kelajagingizdir!

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qobiliyatidan kelib chiqib kasb tanlasin

Farzandingiz sizning davomchingiz boʻlishi uchun aynan sizning kasbingizda boʻlishi shart emas.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yomg'ir seni xursand qilar ekan, bir umr yomg'irpo'sh ko'tarishga tayyorman!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rashk qilaman

Senga boqqan har bir koʻzdan rashk qilaman,
Sen eshitgan har bir soʻzdan rashk qilaman.

Kim bilandir suhbat qursang, holim xarob,
Sen qaragan har bir yuzdan rashk qilaman.

Fasllarga oshiqsanki, toqatim toq –
Qishu koʻklam, yozu kuzdan rashk qilaman.

Togʻga borsang, togʻ ham yomon, tosh ham yomon,
Yursang, yoʻlda qolgan izdan rashk qilaman.

Ohlarimni tinglamaysan, beshafqatim,
Senga boqqan har bir koʻzdan rashk qilaman.

Tong-la oʻlsam, ahli olam, biling shuni,
Rashk oʻldirdi, barchangizdan rashk qilaman.

Akrom Malik

#Шеър

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingiz – sizning ko'zguyingizdir

Koʻzingiz qarosi boʻlgan farzandingizda qanday yaxshi fazilatlar boʻlishini istasangiz, avval oʻzingizda mujassam qiling.

Rost soʻzlang. Soʻzingizda turing. Zero, sizga nisbatan ishonchsizlik, yolgʻon soʻzlash tuygʻusini his etmasin.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bizga sinovlar ularni yengish va saboq olish uchun beriladi, yuzimizni yopib yig'lash uchun emas!

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
❤️ “SIZ BIZGA KERAKSIZ, JUFTI HALOLIM!” ❤️

Erkak kishi o‘z oilasida sokinlik, xotirjamlik topishni istaydi. Uni hamisha tanqid qilish emas, shunchaki borligi uchun sevish, qadrlash darkor. Sevilganini, oilasiga kerakligini his qilgan erkak esa ayoli uchun tog‘ni talqon qilishga ham tayyor bo‘ladi.

Sevib, sevilib baxtli yashashga nima yetsin!

🌷 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muammolar bilan to'qnashish shart emas, ular bilan parallel yashasa ham bo'ladi!

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
«Men ham kitob o'qiyman» kitobining taqdimotiga marhabo!

«Kitobxonlik maktabi»
loyihamizning 99-sonida Gʻiyosiddin Yusuf qalamlariga mansub «Men ham kitob o'qiyman» kitobining taqdimoti boʻlib oʻtadi.

Suhbatga kitob muallifi Gʻiyosiddin Yusuf bilan bevosita muloqot qilib, kitob yuzasidan va boshqa savollarga javob olishingiz mumkin.

Marhamat, suhbatga tashrif buyuring! 😊

📆 16-yanvar, 14:00

📍 «Hilol Nashr» nashriyoti

#maʼlumot #kitobxonlik_maktabi

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​#Savol: Ayol kishining eri ishlashiga va ishga borishiga ruxsat bermasligiga qaramasdan, ishga borsa va ishlasa, u ayolning topgan puli halolmi yoki harommi?

Javob:

Bu ayolning topgani halol. Ammo erga itoatsiz-noshiza ayolga aylanadi. Bu bilan u qattiq gunohkor bo‘ladi.

Yana Alloh bilguvchiroq.

Mubashshir Ahmad

✍️
@Hubbuna – oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
📌 QISQA SATRLARDA

🌺 Juftingizni ranjitmoq uning qalb gulzoriga tikan ekmoqdir. Bu tikanlar qancha ko‘paysa, u yerda “yurishga” shuncha qiynalasiz.

🌺 Er-xotin bir-biridan kutuvlarini ochiq aytishi, istaklarini aniq bildirishi yaxshi, ayniqsa, erkaklarga bu yoqadi. Lekin rashk qilish, mehr-e’tibor berish tabiiy ravishda bo‘lishi kerak, bu narsalar so‘rab olinmaydi.

🌺 Bir-biringizning kiyim-boshingiz, tashqi ko‘rinishingizda e’tiborli bo‘lib, zarur tavsiyalar berib turing.

🌺 Farzand tarbiyasida birgalikda harakat qilinglar. Avvalo o‘rnak bo‘ling, oilada go‘zal muhit hozirlang. Farzandlaringizning atrofida yaxshi bolalar bo‘lishiga intiling. Ularni turli foydali mashg‘ulotlar bilan band qiling. Ularga namuna bo‘lish, mehr berish ila ixloslarini qozoning, shunda so‘zingizga itoat qilishadi, amalingizga ergashishadi.

🌺 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/10/02 06:34:23
Back to Top
HTML Embed Code: