Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sendan menga bo'lgan kichik bir e'tibor ham meni behad quvontiradi.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Shubha muhabbat daraxtiga tushgan qurtdir. Xiyonat esa bu daraxtni yoqib yuboruvchi olov. Rashk esa shubhadan xoli, muhabbat doirasida bo'lishi kerak.

#Muhabbat #rashk

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ota-onaning vazifalaridan biri bolalar uchun baxtli bolalik xotiralarini ta’minlashdir.

«Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

👉 Kitobni xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Biroz e’tiborsiz qoldirsang, oddiy issiq qahva sovib qoladi-yu, sevgan insoning sovib qolmasmidi?!

Qahva jonsiz narsa bo‘la turib, biroz ichmay qoldirsangiz, sovib qoladi. Ayol kishining esa joni, ruhi bor.

Gohida ayol kishi hayotda ko‘p narsalarga chidashi mumkin. Biroq unga nisbatan e’tiborsizlikka chiday olmaydi.

Ayol kishi puli bor, kelishgan insonni yoqtiradi deyishadi. Aslida, ayol kishi puldor, kelishgan bo‘lmasa ham uni qadrlaydigan, kamsitmaydigan, qizg‘onadigan, suyanch bo‘la oladigan, zulm qilmaydigan, dardlariga sherik bo‘lib, so‘zlarini tinglaydigan, xo‘rlamaydigan, nochor holda qoldirmaydigan erkakni sevadi.

Ayol kishi vazir bo‘lsa ham eridan hadya olsa, quvonadi.

Boshida eri bor ayollarning baxtiga ko‘z tegmasin!

Boshida eri bo‘lmasa-da iffatini saqlab, farzandlariga ham ota, ham ona bo‘layotgan ayollarga salomlar bo‘lsin!

Yaratgan Egam jufti halollarimizga biz bilan qo‘sha qarishlarini nasib etsin, oila qurish istagidagi ayollarga o‘zlari kutgandan ziyoda baxt bersin!

Nozimjon Hoshimjon

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblaringizni tarjima holatida qachon oʻqiymiz?

#kitob

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men yillarga bergim kelmas izn
o'tib ketmasin shoshib, yelib.
Axir sening yoningda er bo'lib
qancha qoldim,
shoshib ketdim, shoshib kelib...

Soat miliga osing bolg'alar
qonib olay yoningda baxtdan.
Mayli, ulg'aysin-u boshqalar
biz tashqari qolaylik vaqtdan.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Uchinchisi: har kuni badantarbiya qilish.
Har kungi badantarbiya nafsimizga judayam og‘ir keladigan, lekin o‘zimiz uchun foydali bo‘lgan mashg‘ulotlardan biri hisoblanadi. Farzandimiz bilan har kuni 5-10 daqiqa badantarbiya mashqlarini bajarishimiz, sog‘lom bo‘lishimizga, kuni bilan tetik yurishimizga yordam beradi.

Farzandimiz o‘zi xohlab badantar biya qilmaydi, biz ota-onalar ularga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Xohlaymizmi-yo‘qmi, farzandimiz bizga o‘xsha­gan bo‘ladi. Farzandimiz qanday bo‘lishini istasak, avval o‘zimiz o‘shanday bo‘lishimiz lozim.

Sog‘ tanda – sog‘lom aql!

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Juftingiz va farzandlaringiz haqida hech qachon hech kimga shikoyat qilmang.
Siz ularni kechirib yuborasiz, lekin insonlar nazdida ular doimo hurmatga noloyiq va xatokor bo’lib qolaveradi.

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar bu kitobni oʻqishi zarur

Farzandingiz sizga mehribon, itoatli va sodiq boʻlishini xohlaysiz.

Sizning haqingiz farzandingiz zimmasida boʻlgani kabi ularning ham sizda haqlari bor.

👉 Kitobni xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol o'zi ishlab pul topganda u pulni qanday ishlatish ixtiyori o'zida bo'ladi, albatta. Ammo u turmush o'rtog'iga ba'zi xaridlari uchun: "O'z pulimga oldim", — deya sening ishing bo'lmasin degandek gapirishi noto'g'ri. Bu erkakning g'ururiga tegadi.

Erkaklar ham o'z navbatida ayol o'z puliga nimadir xarid qilgan bo'lsa, bu yomon narsa bo'lmasa, ayolining xaridi uchun koyimasin. Yaxshi xaridlar uchun maqtov, o'rniga qarab rahmat ham aytsin.

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
BEFARQ BO‘LMANG 🎁

Ayollar, jufti halolingiz sizdan biror mavzuda maslahat so‘rasa, o‘z bilim va tajribangiz, fikringizdan kelib chiqqan holda javob bering. Xato qilib qo‘yishdan qo‘rqsangiz, “Bu mening fikrim” deb eslatib qo‘ying, ammo “O‘zingiz bilasiz” deya javob qilmang. Agar u o‘zi bilganda sizga maslahat solmagan bo‘lardi.

Juftingiz biror narsasini topa olmay qolganda “Falon narsa qayerda?” desa, “Qayerga qo‘ygan edingiz?” demang. U qayerga qo‘yganini bilganida sizdan so‘ramas edi yoki qo‘ygan joyidan topa olmay, keyin sizdan so‘ragan bo‘lishi ham mumkin.

🎁 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Erkaklar, tong chog'ida ayolingiz uyqudan uyg'onishiga yaqin qolganda uni tomosha qilib, sochlaridan silab, erkalab turing. Bu ayolga juda katta quvonch, energiya beradi. Yangi kunni ko'tarinki kayfiyat bilan qarshi oladi, oilangiz farovonligiga ham hissa qo'shadi.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡To‘rtinchisi: shirinliklarni haftada 1 kun yeyish.
Shokolad yeb o‘rgangan bolalarni birdaniga shokolad yemaslikka o‘rgatib bo‘lmaydi. Buni sekin-asta, lekin qat’iylik bilan bajaramiz. Farzandimiz bilan bu haqida, uning sog‘lig‘iga yetadigan zarar haqida xotirjam gaplashamiz, tushuntiramiz. So‘ng shokoladni haftada bir kun yeyishga kelishamiz va o‘zimiz ham shunga amal qilamiz.

Haftaning bir kunini faqatgina 1 dona shokolad yeyishga tayin qilamiz va o‘sha kun kelganda farzandimizga, albatta, beramiz, chunki o‘rtada sulh tuzilgan, uni buzishga esa haqqimiz yo‘q!

Yig‘lasa ham, baqirsa ham xotirjam va qat’iy ohangda unga kelishuvni eslatamiz. Aytgan gapimizda qat’iy va davomli turmasak, natija bo‘lmaydi. Shu yo‘l bilan farzandimizni ham nafs tarbiyasiga, ham va’daga vafo qilishga o‘rgatgan bo‘lamiz, inshaalloh.

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oshiq "Seni sevaman!" deganida "Men ham!" degan javobni olmasligidan ortiqroq tahqir yo'qdir!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xato qilishiga ham qoʻyib bering

Siz ham ota-ona boʻlguningizgacha qancha yoʻlni bosib oʻtdingiz-u, qancha xatolar qilmadingiz-a!

Oʻsha xatolar esa hozirgi quvonchli kunlaringizga bir narvon misoli yordamchi boʻlyapti.

Farzandingiz uchun ham oʻz narvonini bosib oʻtish vaqti kelgandir?

Farzandingizdagi xatolar uchun qanday yoʻl tutish toʻgʻri ekanligini yuqoridagi lavha orqali bilib olgan holda yaqinlaringizga ham ulashishingiz mumkin.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hubbuna
Oshiq "Seni sevaman!" deganida "Men ham!" degan javobni olmasligidan ortiqroq tahqir yo'qdir! #Muhabbat @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
@v_turakulov_stories do'stimdan to'ldirish:

— Oshiq nafaqat "Men ham" degan so'zdan tahqirlanadi, balki "Men ham seni sevaman" degan so'z o'rniga "Men ham" jumlasigina ishlatilishidan ham qalbi bezovtalanadi! 🙂
Inson sevganini eshitishi emas, his qilishi kerak. Siz radioni ham eshitingiz mumkin!

#tarjima #muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
YAXSHI KO‘RGAN OVQATINI QILING 🥞

Ayollar, oilada er bilan maslahatlashib, ruxsat so‘rab qilinadigan ishlar bor, o‘zingiz hal qiladigan ishlar bor. Bir-birining o‘rnini almashtirib yuborsangiz, erkak kishiga yoqmaydi. Masalan, farzandingizning o‘qishi borasida maslahat qilasiz, lekin nima ovqat qilish haqida hadeb so‘rayverishingiz to‘g‘ri emas.

Siz juftingiz nima ovqatlarni yaxshi ko‘rishini bilib oling, imkon bo‘lsa, o‘sha ovqatlarni qilasiz, bo‘lmasa, masalliqqa qarab qilaverasiz. Shuningdek, u yoqtirmagan ovqatni qilmaslik imkoni bo‘lsa, qilmang.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Seni senga ko'zgudan tikilgan biridan ham qizg'anaman!

#rashk

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/11/19 23:02:41
Back to Top
HTML Embed Code: