Telegram Web Link
Menga ayta oladigan gaplaringdan emas, ayta olmaydigan gaping bo'lishidan qo'rqaman.

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hech qachon juftingiz bilan qasdma-qasdiga harakat qilmang. Ya'ni sizga ovozini ko'tarsa, siz ham ko'tarmang, rashkingizni qo'zg'asa, siz ham rashkini qo'zg'amang va hokazo.

Axir "Biringiz olov bo'lsa, biringiz suv bo'lsin" deyilgan!

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
ROMANTIKA

O‘ylaymanki, eng yaxshi so‘zlar er-xotinning o‘rtasida bo‘lishi kerak. “Ha, yaxshimisan?”, “O‘tiribsilarmi?” deyish bilan ish bitmaydi. To‘g‘ri, bunday so‘zlar ham yaxshi, ammo bular shunchaki hol-ahvol so‘rash jumlalari xolos. Buni ko‘chadagi begonaga ham aytamiz. Er-xotinning o‘rtasida esa munosib ravishda romantika bo‘lsa, oradagi muhabbat ziyodalashadi.

😎 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Menda D vitaminga ehtiyoj yo'q, axir sen mening quyoshimsan!

#Romantika

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzand avrati

#Savol: Assalomu alaykum! Oilaliman, 2 nafar qiz farzandim bor. Ko‘pchilikda uchrashi mumkin bo‘lgan vaziyat xususida savollarim bor edi:

1. Farzand tarbiyasida onaning o‘g‘il farzandi avratiga nazari tushishida qandaydir chegara bormi? Ya’ni farzandi qandaydir yoshga yetgandan keyin bu mumkin bo‘lmaydimi? Farzandini cho‘miltirish jarayonida bo‘lishi mumkin bo‘lgan holat.

2. Otaning qiz farzandi avratiga nazari tushishida bu holat bo‘yicha chegara qanday? Chaqaloq farzand xususida berilgan javoblarni o‘qidim, ammo yoshi chegarasi xususida aniq ma’lumot topa olmadim.

«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:

– Va alaykum assalom! Balog‘atga yoshiga yaqinlashguncha ota-ona farzandlarini avratiga qarashligida hech qanday zarara yo‘q. Xususan, 1-2 yoshli bo‘lsa. Vallohu a’lam!

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ularning duosini olib kam boʻlmadim

Ota-onalar baʼzan farzand bilan bir qarorga kela olishmay qolishadi.

Farzand ota-onam tushunmayapti desa, ota-ona farzandini hali yosh deya xavotirlanadi.

Aslida bunday vaziyatda nima qilish kerak?

Yuqoridagi lavha orqali batafsil savolingizga javob olishingiz va yaqinlaringiz ulashishingiz mumkin.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbat bu boshingizni uning yelkasiga qo'yganingizda aql bovar qilmas xotirjamlikni his qilishdir.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hubbuna
Siz uchun qaysi mavzu(lar) ko'proq muhim?
Nihoyat 45% kishi ovoz bergan er-xotin orasidagi muhabbatni ziyoda qilish omillari haqida alohida qo'llanma tayyor bo'lmoqda! Bu kitobdan yoki ushbu kanaldan olingan ma'lumotlar emas, amal qilsangiz, juftingizni ipsiz bog'lab olishingiz mumkin bo'lgan tavsiyalar!

Sizlardan reaksiya! ) 🔥
Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Beshinchisi: shokolad, konfet va tortlar o‘rniga asal, mayiz va yong‘oqni tanlash.
Nafaqat bolalar, balki kattalarning ham sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lgan narsalar o‘rnini shifo deb ta’riflangan asal bilan to‘ldirish judayam muhimdir!

Tarixga nazar solsak, ajdodlarimizning sog‘lom, baquvvat, zehni o‘tkir, ilm darajasi ham yuqori buyuk insonlar bo‘lishganini ko‘ramiz. Sababi esa oddiy, tabiiy mahsulotlar bilan taomlanib, nafs jilovini qo‘lga olgan holda vaqtdan unumli foydalanishgan.

Hozirda shirinliklarning turi judayam ko‘p, ularga qanday sun’iy narsalar qo‘shilayotganidan esa bizning xabarimiz yo‘q. Albatta, shubhali bo‘lgan narsalarni yeyishdan tiyilish lozim.

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hammaning samimiyatiga ishonmang. Ayrimlar yuzingizni ko‘rmaslik uchun bag‘ringizga bosh qo‘yadi...

Umida Aziz

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uydagilar sevganimga emas, boshqaga turmushga berishyapti

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Shogirdingiz bilan oila qurish bir muxlisangizdan ayrilish demakdir!

#Tabassum #oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Er kishi xato qilsa, buni tan olmasa, ayol qalbida darz paydo bo'lishi mumkin. Er xato qilsa, buni o'z vaqtida tan olishi va o'z juftidan uzr so'ray bilishi ham mardlikdir. Bu o'zaro muhabbatni ziyoda qiladi.

Akrom Malik

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
— Bu dunyoda ikkita yaxshi ayol bo'lsa, biri sen, ikkinchisi...
😳
— Seni dunyoga keltirgan ayol!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
SOKINLIK VA SAKINAT 💡

Oiladagi oltin qoidalardan biri bu sokin so‘zlashdir. Juftingizga ham, farzandlaringizga ham ovoz ko‘tarmang. Ayniqsa, erkak kishi ayoli unga baqirib gapirishidan og‘rinadi. Janjal yuzaga kelib qolganda ham ovozni nazorat qilishga harakat qiling.

Mabodo juftingiz bunga rioya qila olmasa, siz rioya qiling. Ikki tomon ham baqirib ketishidan janjal yanada kattalashadi xolos. Vaqtida sukut saqlashni bilmagan qanchadan qancha juftliklar oilasini saqlab qola olmagan. Siz ular kabi bo‘lmang.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telefonim senga o'xshaydi: yonimda bo'lsa, xotirjam bo'laman!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🧕 — Men sizni esgan shamoldan ham qizg'anaman!
🧔‍♂️ — Men esa tingan shamoldan ham qizg'anaman!

#Rashk

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol kishi jufti ishdan yoki ko‘chadan kelishida kutilmagan bir joyda dil izhor yozib qo‘yishi ham romantikadir. Masalan, muzlatgichning ichida «Azizim, siz menga keraksiz!» deb yozilgan qog‘ozni qo‘ying va juftingiz muzlatkichni ochishini kuting, agar ochmaydigan bo‘lsa, nimanidir olib berishini iltimos qiling. Yoxud tangalardan yoki toshlardan dil so‘zlar, turli shakllar yasab, syupriz qiling. Konvertda shirin so‘zlar yozib, bolishning ostiga qo‘yish ham kutilmagan sovg‘a bo‘ladi. Umuman olganda, romantika qilish uchun ko‘p xarajat talab qilinmaydi, o‘ylab ko‘rsak, oddiy narsalar bilan ham ko‘ngil ko‘tarish mumkin.

"Quloqqa aytiladigan gaplar" kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Menga nima deyishing emas, qalbingda nima borligi muhim!

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/11/19 19:49:49
Back to Top
HTML Embed Code: