Telegram Web Link
TELEFONDA GO‘ZAL MUOMALA 💡

Er bilan telefon yoki internet orqali xabarlashish ham haqiqiy hayotdagi kabidir. Har qancha xabar kelgan bo‘lsa ham, avvalo uning xabarini ochasiz. U bilan yozishganda boshqalarga chalg‘imaysiz. Yuzma-yuz gaplashganda hurmatini qilganingizdek xabar yozganda ham hurmat saqlagan holda yozasiz.

Unga yozganda o‘rtog‘ingizga yozgan kabi “Ok”, “Bo‘pti” kabi so‘zlarni ishlatmay, “Yaxshi”, “Xo‘p bo‘ladi” deb yozing.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
TALOQ BOʻLIB QOLMAYDIMI?

#SAVOL: Ustoz, odatiy suhbatlashish vaqtida ayol eriga qarata shunchaki ozgʻinrogʻiga uylaning yoki topib oling, desa lekin er bu soʻzlarga javoban hech qanday soʻz aytmasa taloqqa oid boʻlib qolmaydimi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Yoʻq ushbu holatda er-xotinlar oʻrtasiga taloq tushmaydi. Taloq asosan erning soʻziga bogʻliq narsa. Ayolning aytgan soʻzi sababli taloq tushmaydi. Vallohu aʼlam.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-ona bilan farzand oʻrtasida koʻrinmas toʻsiq bormi?

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbat bu boshqa insonning baxti senikidan muhimroq bo'lishidir!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Ikkinchisi: ovqat, suv, choy va shirinliklarni aralashtirib yubormaslik.
Bir-biriga nomutanosib mahsulotlarning baravar yeyilishi orqali, ko‘pgina muammolarga duch kelishimiz mumkin. Shulardan biri oshqozon va o‘t xaltasining qiynalishi bo‘lsa, yana biri nafsning hakalak otishi, yana biri esa terimizda har xil toshmalar toshishiga sabab bo‘ladi.

Masalan, mevalarni ovqatdan 1 soat oldin yeyishimiz, suvni esa ovqatdan yarim soat oldin ichishimiz oshqozonimizni ovqat tushishiga tayyorlab turadi. Ularni ovqatdan keyin yoki ovqat orasida yeyish va ichish to‘g‘ri emas!

Ko‘pincha yoshi kattalarning «Biz o‘rganib qol ganmiz, hech narsa qilmaydi...» deya ovqat orasida choynak-choynak choy ichishganiga guvoh bo‘lamiz. Ammo ulardagi qon bosimining oshishi, bo‘g‘in og‘riqlari, ovqat hazmidagi qiyinchiliklarni hisobga olganda, hammasiga yoshlikdan qo‘llab kelingan noto‘g‘ri ovqatlanish ekanligini bilib olamiz!

Alloh taolo bizni sog‘lom va go‘zal suratda yaratgan, to‘g‘ri tanlov qilishimiz uchun esa aql bergan! Hammasi o‘zimizga bog‘liq!

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

👉 Kitobni xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamma ketganni ayblaydi, ketkazganning hech aybi yo'qdek...

#Hijron

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzandingizning kitobxon boʻlishini istasangiz, bu ishlardan boshlang

Xonadonda hamma oʻz ishi bilan band, ammo koʻpchilik farzandini kitobxon boʻlishini xohlashadi.

Berilgan tavsiyalarga amal qilinsa, nur ustiga nur boʻladi.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar ayol erkak kishining rost gapini qabul qila olmagani sababli er oila tinchligini saqlab qolish uchun majburlikdan yolg'on gapirsa va Qiyomatda bu yolg'oni sababli do'zaxga tashlansa, qasamki, yolg'iz tashlanmaydi! Alloh adolatli Zot!

Turmush o'rtog'ingizga mulk sifatida qaramang, ayollar! Nafsingizga yoqmagan, ammo shariatga muvofiq bo'lgan ishi uchun sizga yolg'on gapirishga majbur qilmang.

Masalan, er silayi rahm yuzasidan yaqinlariga moddiy ko'mak berdi, sizga buni aytsa, og'rinasiz yoki "Mening ham yaqinlarimga yordam qiling" deysiz. Vaholanki, unda bunga imkon yo'q, majbur ham emas. Shunday vaziyatda janjal bo'lmasin, oramiz buzilmasin deb er yolg'on gapirsa, bunda sizning ham hissangiz bor!

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sendan menga bo'lgan kichik bir e'tibor ham meni behad quvontiradi.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Shubha muhabbat daraxtiga tushgan qurtdir. Xiyonat esa bu daraxtni yoqib yuboruvchi olov. Rashk esa shubhadan xoli, muhabbat doirasida bo'lishi kerak.

#Muhabbat #rashk

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ota-onaning vazifalaridan biri bolalar uchun baxtli bolalik xotiralarini ta’minlashdir.

«Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

👉 Kitobni xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Biroz e’tiborsiz qoldirsang, oddiy issiq qahva sovib qoladi-yu, sevgan insoning sovib qolmasmidi?!

Qahva jonsiz narsa bo‘la turib, biroz ichmay qoldirsangiz, sovib qoladi. Ayol kishining esa joni, ruhi bor.

Gohida ayol kishi hayotda ko‘p narsalarga chidashi mumkin. Biroq unga nisbatan e’tiborsizlikka chiday olmaydi.

Ayol kishi puli bor, kelishgan insonni yoqtiradi deyishadi. Aslida, ayol kishi puldor, kelishgan bo‘lmasa ham uni qadrlaydigan, kamsitmaydigan, qizg‘onadigan, suyanch bo‘la oladigan, zulm qilmaydigan, dardlariga sherik bo‘lib, so‘zlarini tinglaydigan, xo‘rlamaydigan, nochor holda qoldirmaydigan erkakni sevadi.

Ayol kishi vazir bo‘lsa ham eridan hadya olsa, quvonadi.

Boshida eri bor ayollarning baxtiga ko‘z tegmasin!

Boshida eri bo‘lmasa-da iffatini saqlab, farzandlariga ham ota, ham ona bo‘layotgan ayollarga salomlar bo‘lsin!

Yaratgan Egam jufti halollarimizga biz bilan qo‘sha qarishlarini nasib etsin, oila qurish istagidagi ayollarga o‘zlari kutgandan ziyoda baxt bersin!

Nozimjon Hoshimjon

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kitoblaringizni tarjima holatida qachon oʻqiymiz?

#kitob

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men yillarga bergim kelmas izn
o'tib ketmasin shoshib, yelib.
Axir sening yoningda er bo'lib
qancha qoldim,
shoshib ketdim, shoshib kelib...

Soat miliga osing bolg'alar
qonib olay yoningda baxtdan.
Mayli, ulg'aysin-u boshqalar
biz tashqari qolaylik vaqtdan.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Uchinchisi: har kuni badantarbiya qilish.
Har kungi badantarbiya nafsimizga judayam og‘ir keladigan, lekin o‘zimiz uchun foydali bo‘lgan mashg‘ulotlardan biri hisoblanadi. Farzandimiz bilan har kuni 5-10 daqiqa badantarbiya mashqlarini bajarishimiz, sog‘lom bo‘lishimizga, kuni bilan tetik yurishimizga yordam beradi.

Farzandimiz o‘zi xohlab badantar biya qilmaydi, biz ota-onalar ularga o‘rnak bo‘lishimiz kerak. Xohlaymizmi-yo‘qmi, farzandimiz bizga o‘xsha­gan bo‘ladi. Farzandimiz qanday bo‘lishini istasak, avval o‘zimiz o‘shanday bo‘lishimiz lozim.

Sog‘ tanda – sog‘lom aql!

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Juftingiz va farzandlaringiz haqida hech qachon hech kimga shikoyat qilmang.
Siz ularni kechirib yuborasiz, lekin insonlar nazdida ular doimo hurmatga noloyiq va xatokor bo’lib qolaveradi.

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar bu kitobni oʻqishi zarur

Farzandingiz sizga mehribon, itoatli va sodiq boʻlishini xohlaysiz.

Sizning haqingiz farzandingiz zimmasida boʻlgani kabi ularning ham sizda haqlari bor.

👉 Kitobni xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayol o'zi ishlab pul topganda u pulni qanday ishlatish ixtiyori o'zida bo'ladi, albatta. Ammo u turmush o'rtog'iga ba'zi xaridlari uchun: "O'z pulimga oldim", — deya sening ishing bo'lmasin degandek gapirishi noto'g'ri. Bu erkakning g'ururiga tegadi.

Erkaklar ham o'z navbatida ayol o'z puliga nimadir xarid qilgan bo'lsa, bu yomon narsa bo'lmasa, ayolining xaridi uchun koyimasin. Yaxshi xaridlar uchun maqtov, o'rniga qarab rahmat ham aytsin.

#Ayollar #erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
BEFARQ BO‘LMANG 🎁

Ayollar, jufti halolingiz sizdan biror mavzuda maslahat so‘rasa, o‘z bilim va tajribangiz, fikringizdan kelib chiqqan holda javob bering. Xato qilib qo‘yishdan qo‘rqsangiz, “Bu mening fikrim” deb eslatib qo‘ying, ammo “O‘zingiz bilasiz” deya javob qilmang. Agar u o‘zi bilganda sizga maslahat solmagan bo‘lardi.

Juftingiz biror narsasini topa olmay qolganda “Falon narsa qayerda?” desa, “Qayerga qo‘ygan edingiz?” demang. U qayerga qo‘yganini bilganida sizdan so‘ramas edi yoki qo‘ygan joyidan topa olmay, keyin sizdan so‘ragan bo‘lishi ham mumkin.

🎁 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 02:19:33
Back to Top
HTML Embed Code: