Telegram Web Link
#Erkaklar, tong chog'ida ayolingiz uyqudan uyg'onishiga yaqin qolganda uni tomosha qilib, sochlaridan silab, erkalab turing. Bu ayolga juda katta quvonch, energiya beradi. Yangi kunni ko'tarinki kayfiyat bilan qarshi oladi, oilangiz farovonligiga ham hissa qo'shadi.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡To‘rtinchisi: shirinliklarni haftada 1 kun yeyish.
Shokolad yeb o‘rgangan bolalarni birdaniga shokolad yemaslikka o‘rgatib bo‘lmaydi. Buni sekin-asta, lekin qat’iylik bilan bajaramiz. Farzandimiz bilan bu haqida, uning sog‘lig‘iga yetadigan zarar haqida xotirjam gaplashamiz, tushuntiramiz. So‘ng shokoladni haftada bir kun yeyishga kelishamiz va o‘zimiz ham shunga amal qilamiz.

Haftaning bir kunini faqatgina 1 dona shokolad yeyishga tayin qilamiz va o‘sha kun kelganda farzandimizga, albatta, beramiz, chunki o‘rtada sulh tuzilgan, uni buzishga esa haqqimiz yo‘q!

Yig‘lasa ham, baqirsa ham xotirjam va qat’iy ohangda unga kelishuvni eslatamiz. Aytgan gapimizda qat’iy va davomli turmasak, natija bo‘lmaydi. Shu yo‘l bilan farzandimizni ham nafs tarbiyasiga, ham va’daga vafo qilishga o‘rgatgan bo‘lamiz, inshaalloh.

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oshiq "Seni sevaman!" deganida "Men ham!" degan javobni olmasligidan ortiqroq tahqir yo'qdir!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xato qilishiga ham qoʻyib bering

Siz ham ota-ona boʻlguningizgacha qancha yoʻlni bosib oʻtdingiz-u, qancha xatolar qilmadingiz-a!

Oʻsha xatolar esa hozirgi quvonchli kunlaringizga bir narvon misoli yordamchi boʻlyapti.

Farzandingiz uchun ham oʻz narvonini bosib oʻtish vaqti kelgandir?

Farzandingizdagi xatolar uchun qanday yoʻl tutish toʻgʻri ekanligini yuqoridagi lavha orqali bilib olgan holda yaqinlaringizga ham ulashishingiz mumkin.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hubbuna
Oshiq "Seni sevaman!" deganida "Men ham!" degan javobni olmasligidan ortiqroq tahqir yo'qdir! #Muhabbat @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
@v_turakulov_stories do'stimdan to'ldirish:

— Oshiq nafaqat "Men ham" degan so'zdan tahqirlanadi, balki "Men ham seni sevaman" degan so'z o'rniga "Men ham" jumlasigina ishlatilishidan ham qalbi bezovtalanadi! 🙂
Inson sevganini eshitishi emas, his qilishi kerak. Siz radioni ham eshitingiz mumkin!

#tarjima #muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
YAXSHI KO‘RGAN OVQATINI QILING 🥞

Ayollar, oilada er bilan maslahatlashib, ruxsat so‘rab qilinadigan ishlar bor, o‘zingiz hal qiladigan ishlar bor. Bir-birining o‘rnini almashtirib yuborsangiz, erkak kishiga yoqmaydi. Masalan, farzandingizning o‘qishi borasida maslahat qilasiz, lekin nima ovqat qilish haqida hadeb so‘rayverishingiz to‘g‘ri emas.

Siz juftingiz nima ovqatlarni yaxshi ko‘rishini bilib oling, imkon bo‘lsa, o‘sha ovqatlarni qilasiz, bo‘lmasa, masalliqqa qarab qilaverasiz. Shuningdek, u yoqtirmagan ovqatni qilmaslik imkoni bo‘lsa, qilmang.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Seni senga ko'zgudan tikilgan biridan ham qizg'anaman!

#rashk

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Ayollar, erkaklarning gap-so'zlari, harakatlarini murakkablashtirmang. Ular uchun hammasi shunchaki oddiy. Ular nimani xohlasalar qiladilar, xohlamagan ishini umuman qilmaydilar.

Shuningdek, nimadir demoqchi bo'lsa, o'sha gapning o'zini aytadi, siz bir gap gapirganda "Bu bilan bunday demoqchimisiz?" deb gap tagidan gap izlamang!

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
UCH TOIFA AYOLLAR 📝

Juftiga munosabatidan kelib chiqib, ayollarni uch toifaga ajratish mumkin:

1⃣ Eshitmaydigan ayollar. Bunday ayolga juftining gapi ahamiyatsiz, uni eshitmaydi, itoat qilmaydi, qisqasi, uning bir tiyinlik qadri yo‘q. Tamomila erining boshiga chiqib olgan. Albatta, bunday ayol bilan yashash azob.

2⃣ Eshitadigan ayollar. Bunday ayol eriga itoat qiladi, uni eshitadi, undan maslahat so‘raydi, ruxsat so‘rab ish qiladi. Tashqaridan qaraganda hammasi risoladagidek, o‘zi ham o‘zidan qoniqadi, eng yaxshi ayolman deb biladi, ammo bunday ayol bilan yashash qiyin. Sababi unga aytmasang, o‘zidan bilib qilishi qiyin. Undan “Ko‘ylagim qayerda?” deb so‘rasang, “Qayerda yechgan edingiz?” deb so‘raydi. Qayerda yechganingni bilsang, undan so‘rashga ne hojat?! Bu vaqtda u qayerdan bo‘lmasin shimni topishga oshiqishi lozim edi.

3⃣ His qiladigan ayollar. Bunday ayol ko‘zlaringdan qalbingni o‘qib oladi. Unga bir og‘iz so‘z ila butun bir voqeani anglatish mumkin. Uning farosati kuchli bo‘ladi. Uning yoniga intilasan, suhbatlashib to‘ymaysan. U senga nima kerakligini har dam anglab, muhayyo qilib turadi. Shuning uchun bunday ayol bilan yashash rohat. Uni sevmoq, unga fido bo‘lmoq sharaf!

🤎 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Payg‘ambar alayhissalom suyukli qizlari Fotimai Zahroni turmushga bergach, uni hazrati Ali xonadoniga kuzatayotganlarida qilgan nasihatlari.


Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Ijtimoiy odoblar” kitobidan #iqtibos


✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar hayotingizda o'tmishingizni unuttiradigan inson paydo bo'lsa, bu sizning kelajagingizdir!

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qobiliyatidan kelib chiqib kasb tanlasin

Farzandingiz sizning davomchingiz boʻlishi uchun aynan sizning kasbingizda boʻlishi shart emas.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yomg'ir seni xursand qilar ekan, bir umr yomg'irpo'sh ko'tarishga tayyorman!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/30 04:40:25
Back to Top
HTML Embed Code: