Telegram Web Link
Hissiy zo‘ravonlik nima? 🌵

💭 Hissiy zo‘ravonlik bu ota-ona o‘z farzandiga «Men endi sening onang/dadang bo‘lmayman» deyi­shidir.

❗️ Ba’zi ota-onalar farzandlarini hech qachon ur­maganliklari bilan maqtanadilar. Biroq o‘sha ota-onalar ko‘pincha o‘z farzandlariga nisbatan hissiy zo‘ravonlik qo‘llashlarini tushunmaydi­lar...

🟤Bolani urish – bu jismoniy zo‘ravonlik, ammo ta’siri hissiy...
Barcha jismoniy zo‘ravonlik ham hissiy zo‘ravonlikdir.

🟤Tarsaki urilgan bola... Qo‘lidan ushlab tashqariga uloqtirilgan bola... Jahli chiqqanida tepilgan bola... Jismoniy zo‘ravonlik azobidan emas, xo‘rlik azobidan yig‘laydi...

🟡Zo‘ravonlik haqiqatan ham tuyg‘ularni xafa qiladi.
Bolaga shapaloq urish va jismoniy zo‘ravonlik qilish va «Men sening onang/otang bo‘lmayman» deyish o‘rtasida unchalik farq yo‘q…

📙 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

👉 Kitobni xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bir ayol yozyapti: "Meni har kuni atrofimdagi 95 % ayol ranjitadi. Shular bilan birga yashayotgan eriga barakalla!"

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bilmadingizmi? Soʻrab oʻrganing

Hech kim barchasini bilib tugʻilmaydi. Endi oila qurgansiz, farzandingizga to'g'ri tarbiya berishingiz kerak.

Sizdan avval bu yo'lni bosib oʻtgan va manfaatli ilm qoldirgan insonlar bor. Ular bilan yuzlashing, muammolaringizga doir kitoblar mutolaa qiling.

Bularning bari, sizga ijobiy ta'sirini o'tkazmay qolmaydi.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Minnatdorchilik kishilar qalbidan joy egallashda muhim ahamiyatga ega. Er ham, xotin ham o'zaro munosabatlaridagi har qanday yaxshilik uchun minnatdorchilik bildirib, haqqiga duo qilaverishi kerak – eshittirib.

Deylik, er bunga odatlanmagan bo'lsa, ayol boshlasa, bir, ikki, uchun takrorlangandan keyin uning qalbi eriydi. "Shoshma" deydi o'ziga-o'zi, "uyga ikkita non olib kelsam ham rahmat aytyapti-ya!" deydi. Vaholanki, undan ayol yeydigani bir bo'lak bo'lishi mumkin. Shuni mulohaza qilgan er unga nisbatan muhabbati ziyoda bo'ladi, o'zi ham bunga odatlanadi.

Mabodo buning aksi bo'lishi ham mumkin: er birinchi boshlab bersa ham bir joyi kamayib qolmaydi. Ayolga rahmat aytish mumkin bo'lgan ishlar uyda juda ko'p!

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
JUFTINGIZ SIZNI DEYISHI UCHUN 📍

Ayollar, sizda quyidagi sifatlar bo‘lsa, juftingiz albatta sizni deydi:

☁️ shirinso‘zlik;
☁️ rostgo‘ylik;
☁️ pazandalik;
☁️ mehribonlik;
☁️ ozodalik;
☁️ farosat;
☁️ itoat;
☁️ ehtiros.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hamma "Kechira olish kerak" deb og'iz yirtadi-yu, hech kim "Xafa qilmaslik kerak!" deb pichirlab ham qo'ymaydi-ya!

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand tarbiyasidagi eng muhim dastlabki 3 qadam

Oilada ota-onalar farzandini tarbiyalashda eng muhim nimaga eʼtibor berishlari kerak?

Videoni farzand tarbiyalayotgan ota-onalarga joʻnatib qoʻying!

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Munosabatlar o'z-o'zidan sovuqlashmaydi. Siz tomondan qandaydir kamchilik o'tgani sababli juftingiz sizdan uzoqlashadi, sovuq muomala qiladi. Buni ko'rib siz ham munosib javob qaytarasiz. Hatto sizdagi kamchilik sababli bo'lganini sezsangiz ham o'sha kamchilik yuzaga kelishi uchun juftingizdan sodir bo'lgan bir harakatni vaj qilib o'zingizni oqlaysiz.

Shu tartibda bir-biringizga kichik ozorlar beraverasizlar, keyin sekin kattalashadi, oxiri munosabatlaringiz ikkingizga ham qiziq bo'lmay qolishi mumkin. Hammasi shunchaki bo'ladi: biri xotin, biri er bo'lgani uchun birga yotib-turib yashab yuradi. Aksar hollarda bolalar ham bu sovuq munosabatdan jabr ko'radi. Ammo ayni shu bolalarni deb er-xotin bir-biriga chidaydi. Har qancha ozor bermasin, eng yuqori cho'qqiga chiqib ketmaydi, undan ayrilishdan qo'rqqani uchun emas, kimdir oilasi buzilibdi degan gapdan qo'rqadi, ko'pchilik bolalarim tirik yetim bo'lib qolmasin deydi...

Mana shu kabi holat yuzaga kelmasligi uchun oila qurishdan oldin oila qurish ilmini o'rganish kerak, oila qurgandan keyin juftingizning kichik kamchiliklariga ko'z yumung, kattaroqlarini kechirib, isloh qilishga yordam bering. Orada tushunmovchilik yuzaga kelganda darhol ochiq, samimiy gaplashib oling. Bir-biringizning xatolaringizni kechiring.

Oila ilmini kitoblardan, ustozlardan, bizniki kabi foydali kanallardan, ishonchli kurslardan o'rganing. Oilangiz farovonligi uchun pul sarflashdan qizg'anmang. Jiddiy muammolarni yechish uchun oila maslahatchilaridan maslahat oling.

Yozayotganlarimiz foydali bo'lsa, bizni kuzatishda davom eting, ularni yaqinlaringizga ulashib, kanalga taklif eting!

#Muammo

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Agar senga xotirjamlik, halovat bo'lishiga ko'zing yetgan birini uchratsang, albatta, u bilan oila qur!

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Soliha qizga sovchi qoʻydim, ammo rozi boʻlmayapti?

Yaxshi niyatda xayrli oila qurishni maqsad qilib, soliha qizga sovchi qoʻydingiz.

Ammo ikkinchi tomon rozi boʻlmayapti, qanday yoʻl tutishga ikkilanyapsiz.

Hechqisi yoʻq, videoda aytilgan tavsiyalarni amalda qoʻllab koʻring, xayrlisi boʻladi.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Nega uni tanlading?
– Chunki u meni tushundi.
– Aytsang, men ham tushunar edim.
– Aytsam, hamma tushunadi...

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘smirlarning eng sezgir nuqtalari 🎄

😀Bolaning ko‘zi bilan qarash:
Agar o‘smirga bolaning ko‘zi bilan qaralsa, u bu xatti-harakatdan ham sezgir, ham xafa bo‘lishi mum­kin. Ko‘pgina pedagoglar, ota-onalarning o‘smir­larga shunday munosabatda bo‘lishini inkor etib bo‘lmaydi.

😘Qiyoslash:
O‘smirlar boshqalar bilan, jumladan, o‘z aka-ukalari yoki tengdoshlari bilan solishtirishni yomon ko‘radilar.

😘Kamsitish:
O‘smir va uning aka-ukalari o‘rtasidagi kam­si­tilish eng nozik masalalardan biridir.

😀Ishonchsizlik:
O‘smir boshqa odamning unga to‘liq ishonishini xohlaydi. Ota-ona va tarbiyachining ko‘plab sa­vol­lari yoki istehzosi, uning o‘ziga ishonchsizligi yoki ta’sirchan ekanligini ko‘rsatadi.

🎄 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

👉 Kitobni xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Unutmang, farzandingiz sizdan oʻrnak oladi

Oilada baʼzan er-xotin oʻrtasida tushunmovchiliklar boʻlishi mumkin.

Bunday holatda farzandingiz oldida masalani hal qilishga shoshilmang.

Qanday chiroyli yechim qilish mumkinligi toʻgʻrisida batafsil video orqali bilib oling.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sholg'om ko'zni ravshanlashtiradi deyishadi, mening ko'zlarim esa senga qarab ravshanlashadi.

#Romantika

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalar uchun nafs tarbiyasi 📝

🟡Birinchisi: to‘g‘ri va tartibli ovqatlanish.
Hazrati Ali o‘g‘illari Hazrati Hasanga shun day nasihat qilganlar: «O‘g‘lim! Men senga nasihat qilaman, agar shu nasihatlarimga amal qilsang, senga tabibning hojati yo‘q. Birinchi: qorning ochmaguncha taomga o‘tirma. Ikkinchi: qorning to‘ymasidan taomdan to‘xta. Uchinchi: ovqatingni yaxshilab chayna. To‘rtinchi: uyqudan oldin hojat ga borib kel».

Ko‘p oilalarda bolaning qorni to‘q bo‘lsa ham yana yegulik beraverish odat tusiga aylangan bo‘ lib, yegisi kelsa-kelmasa ovqat yoki shirinlik berilaveradi. Bu judayam katta xato! To‘g‘ri va tartibli ovqatlanmasak, hayvondan nima farqimiz qoladi?! Nima yeb, nima ichib turganimizga ahamiyat bersak, sog‘lom yuramiz. Bu ham sog‘liq, ham nafs tarbiyasi uchun muhim omillardan biri hisoblanadi.

📚 «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

👉 Kitobni xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Juftlikni saqlab qololsangizgina bir butun boʻla olasiz.

Erix From

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar uchun muhim tavsiya

Baʼzan farzandlar yoshlik qilib, yoshlari ulgʻaygani sari ota-onasini tushunmaslikda ayblab qolishadi.

Ota-onalar bilan farzandi oʻrtasida shu oʻrinda ozgina tushunmovchiliklar boʻlishi mumkin.

Bunday holatlarda ota-ona qanday yoʻl tutgani afzalroq, batafsil bilish uchun yuqoridagi videoni tomosha qiling.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Seni go'yo asrlardan beri sevadigandekman – ruhlarimiz "Al-Miysoq"da ko'rishgan bo'lsa kerak...

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar oilaning baxtini boylik belgilaganida edi, bironta boy xonadonda oilaviy janjal koʻtarilmas edi.

Tohir Malik

#Baxt

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/30 04:36:39
Back to Top
HTML Embed Code: