Telegram Web Link
Menga kitob o'qib berasan deb kitob yig'averib javonim to'ldi! Kelmasang, kelma, o'zim ham o'qishni bilaman! 😁

#Tabassum #бўйдоқлар

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Masofa saqlash arazlash emas, shunchaki bundan buyon ranjita oladigan hududingga kirmaysan degani!

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
HUSNI XULQ ❤️

Hurmatli ayollar, turmush o‘rtog‘ingizning e’tibori doim sizda bo‘lishi uchun chiroyli bo‘lishingiz muhim. Lekin ko‘ngil go‘zalligini ham unutmang. Go‘zal axloqli, xushmuomala bo‘ling. Juftingizning qiziqishlari haqida o‘ylang. U qiziqadigan mavzuda so‘zlashingiz unga bo‘lgan e’tiboringizni bildiradi. E’tibor esa muhabbatni jalb qiladi.

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
KOʻNGIL UYI

Kirib chiqavermang, sovib ketdi uy,
Ochib, yopavermang eshik oʻlgurni.
Kiritishgan boʻlsa, bulgʻash kerakmi,
Ollohning dargohi boʻlgan koʻngilni.

Chiqing!
Boraqoling, bayram tugadi,
Muzlab qolmasidan yuragim butkul.
Mening qalb uyimda mehmonlar emas,
Uning egalari qolgani maʼqul.

Rizolik soʻrayman!
Sogʻ-omon boring,
Chiqiboq chalasiz yana bir kuyni.
Bilaman, bugunoq taqillatasiz
Eshigi koʻringan boshqa bir uyni.

Nachora, uyi yoʻq musofirsiz siz,
Karvonsaroylarda oʻtadi umr.
Eshiklar mayli-ku, siz hatlab oʻtgan
Ostonalarga ham tilayman sabr!

Tezroq ketaqoling, boʻling, shoshiling,
Vaqt kerak, supurib olishim uchun.
Bilib boʻlmaydi-da, bugun uyimning
Chinakam egasi kelishi mumkin!

Malika Salimova

#Шеър

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Har bir ishda niyatingizga boqing

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ona ota va bola o'rtasidagi munosabatlar mustahkamlanishi uchun ular birga o'tkazadigan vaqtlarini tashkillashtirib turishi foydalidir. Masalan, birgalikda qayergadir borib kelish, birga dars qilish, birga yugurishga chiqish yoki uxlayotganida kichik bolalarga qarab turish kabi.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
KO‘ZLAR HAM SEVSIN ❤️

Hurmatli ayollar, uyga kiyishga kiyim olayotganingizda ham chiroylisidan oling. “Uyga bo‘laveradi” deb olib ketavermang. Uyda eringizning ko‘ziga chiroyli ko‘rinib yurishdan hech ham malollanmang. Erkakning ko‘ziga chiroyli manzara yoqadi, baribir. Shuning uchun eringizning ko‘ziga yoqadigan darajada chiroyli bo‘lib yuring!

📘 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

👉 Xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Uning yonida xotirjamlik, halovatni sezib, dunyoni unutasizmi? Muhabbat mana shu!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​“AHLLARI XIZMATIDA EDILAR!”

Bir kuni Oisha roziyallohu anhodan so‘rashdi:
– Nabiy sallollohu alayhi va sallam uyda nima qilar edilar?
Oisha roziyollohu anho shunday dedilar:
– Ahllari xizmatida edilar. Namoz vaqti bo‘lsa, namozga chiqar edilar!

Ayolingiz bilan ozroq muddat oshxonada bo‘lsangiz, erkakligingiz kamayib qolmaydi.

Idishlarni yuvishda unga yordam berib yuborsangiz, ayb ish qilgan bo‘lmaysiz.

Ayolingiz boshqa yumushlar bilan band bo‘lib turganida dordan yuvilgan kiyimlarni yig‘ishtirib kelsangiz, qiyomat qoim bo‘lib qolmaydi.

Kiyimingizni o‘zingiz dazmollashingiz-da yoki ularni o‘zingiz taxlab javonga qo‘yishingiz-da qanaqa xorlik bor?!

Nabiy sallollohu alayhi va sallam kovushlarini o‘zlari yamar edilar, kiyimlariga o‘zlari yamoq solar edilar, qo‘ylarni sog‘ar edilar, uy ishlarida ayollarga yordam berar edilar.

Biz esa uyda hokimdek o‘tirib olamiz. Hatto bir stakan suvni ham olib kelib ichishga yaramaymiz.

Dunyo o‘zi shundoq ham shafqatsizlikka to‘la. Ozroq yuqoridan pastga tushaylik, hech narsa qilmaydi!

Abdulqodir Polvonov

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
DILINGIZDAGI TILINGIZDA BO‘LSIN 🌷

Ayollar, juftingizga shirin so‘zlar aytib, hamisha sizga kerakligini his qildiring! Sizni tanlaganidan hech qachon afsuslanmasin, aksincha, sizga uylanganidan faxrlansin!

Sizni boshida ko‘tarib yurishini istasangiz, “Begim, sultonim, hayotim mazmuni...” deb erkalang. Yoningizda bo‘lganida ko‘nglingiz yorishishini, o‘zingizni baxtli his etishingizni aytib eringizni xushnud eting.

🌷 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

👉 Xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Guldan ko'ra kitob hadya qilganingizda ko'proq xursand bo'ladigan qizga uylaning!

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hoziringizni oʻylab, keyingizni barbod qilmang!

#Ibrat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ovqat qilishni bilmaydigan xotindan yomoni yo‘q... lekin undan ham yomoni ovqat qilishni bilmaydigan o‘sha xotinning yo‘qligidir…

Janob Kamina

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ruchkali_kitob

Ingliz tilini qanday oson o'rgatsam ekan? - kabi savollarga mana shunday kitob to'plamlarini tavsiya qilamiz😍
Eng yaxshi investitsiya-ilmga sarflangan investitsiya!
🇰🇷 Koreyada ishlab chiqarilgan, sifati 👍👍👍

To'plamda:

📚30 ta kitob (level1, 2, 3)
📀Animatsion disklar 1,2,3 darajali
💽Pink Pong diski
💿Audio CD disklar-1,2,3 darajali
📝Devor posterlari - 6ta
🎤Mikrofon
🎟️Stikerlar
🎤Kitob o'qish uchun ovozli ruchka
🚂Train song book

📍Dars qilish uchun stol(taxlanadi)
📚Kitoblar ro'yxati (30ta)
📍Stol, kitob, plakatlardagi barcha rasm va yozuvlarni ovozli ruchka orqali eshitish mumkin

🚖 O'zbekistonning barcha hududlariga yetkazib berish bepul

📲@booknook_admin

@booknookkkk- 4 oylik chaqaloqlardan boshlab 16 yoshgacha sifatli online kitoblar do'koni

Instagram | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oilaviy totuvlik uchun faqat muammolarni emas, er-xotin birgalikda kitoblarni ham muhokama qilib turing!

Ya'ni ilm o'rganing!

#Erkaklar #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suratidan emas, siyratidan sezing

Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom bilan Oisha onamiz bir-birlariga shunday muomala qilganlarki, hatto Oisha onamizning soʻzlaridan barchasini bilganlar.

Biz haqiqiy oʻrnak va namunani Paygʻambarimiz alayhissalomdan olishimiz kerak, albatta.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Baland poshnali tufli bo'yingizni baland ko'rsatadi, ammo aqlingizni faqat ilm o'rganish bilan o'stira olasiz!

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Alloh hikmati bilan bandaga bir eshikni yopsa, rahmati bilan ikki eshikni ochadi", – deydilar Ibn Qayyim rahimahulloh. Bugun shunga yana bir bor guvoh bo'ldim.

Xalq orasida qiroatxonlik va nashida aytib tanilgan Nilufar bint Ulug'bek asli madrasa, ma'hadda dinshunoslik, islomshunoslik bo'yicha o'qigan bo'lib, ko'proq o'zni isloh qilish – shaxsiy rivojlanish haqida so'z yurita boshlabdi.

Bugun sahifalariga kirib, maashaalloh deb qoldim. Ayol-qizlar uchun ko'p foydali ma'lumotlar, shaxsiy rivojlanish bo'yicha, ilm va odobga targ'ib qiluvchi ko'rsatmalar berilayotgan, suhbatlar bo'layotgan ekan. Obunachilarimiz orasida ayol-qizlar ko'roq bo'lgani uchun tavsiya qilyapman.

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Uni nega bunchalar sevasan?
– Kulgim ortidagi mahzunlikni ham sezadigan darajada meni his qilgani uchun!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/30 06:17:42
Back to Top
HTML Embed Code: