Telegram Web Link
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
* * *

Men ertadan kutaman najot,
Men bugunning jabrdiydasi.
Ikkimizni qiynadi hayot,
Uzrning ham yoʻqdir foydasi.

Men ertadan umid qilaman,
Siz ertaga aniq kelasiz.
Siz hammadan yaxshi, bilaman,
Men hammadan yomon, bilasiz.

Oʻrtanaman, yuragim xira,
Nima qilay sogʻingan boʻlsam?
Ogʻrinmasmi koʻnglingiz sira
Ertagacha bexosdan oʻlsam.

Bilmam qancha asrlar kerak
Yana bir bor quyosh chiqquncha.
Koʻrguligin qoʻymaydi falak
Birimizni yerga tiqquncha.

Men oʻlimdan qoʻrqmayman, axir,
Har qadamim tahlika, urush.
Biroq mingta oʻlimdan ogʻir
Sizni boshqa birovga berish.


Joʻrabek Ramazon

#Шеър

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sening hayotimdagi o'rning yuragimning tanamdagi o'rni kabi muhimdir!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Parijning minoralari-yu Misrning obidalaridan ko'ra senga termulmoq maroqli menga!

#Romantika

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ota-onalar farzandlarini tushunmaydimi?

— Nega mening fikrimni eshitmaysizlar?
— Nega qolganlarning ota-onasi bunga ruxsat beradi?
— Nega meni tergayverasizlar? kabi savollarni ota-onangizga berganmisiz?

O'zi ota-onalar va farzandlar o'rtasida nega tushunmovchiliklar kelib chiqadi?

Bugun "Alohida mavzu"ning navbatdagi sonida yuqoridagi mavzularda spikerlarimizdan javob olishingiz mumkin.

Premyerani bugun 19:30 da quyidagi havola orqali tomosha qiling!

👉 https://youtu.be/FbrbgEc3-pk

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Agar xato erkak kishidan o'tsa, uzr so'rashdan bosh tortmasligi kerak. Bu bilan ayolining oldida obro'si, qadri tushib qolmaydi, qaytaga ortadi.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
E'tibor garchi kichik bo'lsa-da, qalbda katta joy egallaydi!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sening lablaring go'zal – yolg'on gapirmaydigan, shirinsuxan lablaring!

Sening qoshlaring go'zal – begonaga qoqilmagan qoshlaring!

Qo'llaringga xina qo'ymoqqa ne hojat, nomahram tutmagan bu qo'llar shundoq ham go'zal!

#izhor

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolning suyagi bor har qanday a'zosi og'rishi mumkin, illo tili emas. Chunki unda suyak yo'q-da!

#tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Uchrashuvga chiqishda nimalarga e'tibor qilish kerak?

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erta tongda qahva ichib tetiklashmoqchi bo'lishadi, vaholanki, Robbimizning kalomi undan ko'ra tetiklashtiruvchi-ku!

#Eslatma

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
UY ISHLARI 🏡

O‘zingizni oilaga, ro‘zg‘or ishlariga butunlay qurbon qildingizmi, endi minnat qilmang! Hech kim sizga 24 soat oila uchun qul bo‘l demaydi. Albatta, ayol kishi uchun birinchi navbatda oila. Lekin bu dam olmang, kitob o‘qimang, o‘zingiz yoqtirgan mashg‘ulotlardan butunlay voz keching, sog‘lig‘ingizga e’tibor bermang, faqatgina uy ishlarini qiling degani emas. Bu qurbonlikdan bora-bora jazavaga tushishni boshlaysiz. Natijada o‘zingizni qafasda qolgan qushdek his qilasiz. So‘ng o‘zingizni ham tushuna olmay qolasiz.

Oilaviy sayrga, o‘zingiz yoqtirgan mashg‘ulotga, ilm o‘rganishga ham vaqt ajrating. Kun tartibingizni rejalashtirib oling, shunda barchasiga ulgurasiz.

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

👉 Xarid qilish

📚 Barcha kitoblarim haqida

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Erkaklar, ayolingizga gul olib bormasangiz ham hech bo'lmasa, gulning rasmini yuborib qo'yib xursand qilish mumkin!

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Keyin attang qilmang

Farzandingiz siz istagan yoʻl-yoʻriqda yurishi uchun avval unga yaxshi muomalada boʼling.

Doʻsti bo'ling, mehringizni ulashing, uni tinglang. Siz yaqinlashmas, tinglamas ekansiz, sizni o'rningizni bosuvchilarni topishga harakat qiladi. Bunga yoʻl qoʻymang.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ijtimoiy tarmoqlarda kitoblarning rasmini qo'yadigan, kitoblardan iqtibos qo'yadigan har bir qiz (ayol) kitobxon degani emas. Shuningdek, yigitlar ham, albatta.

Ko'zbo'yamachilik avj olgan bugungi kunimizda qiz-yigitlar o'zlarini yaxshi ko'rsatish uchun shu usuldan ham foydalanishyapti, afsuski. Bularning qaramog'iga tushgan qarshi taraf oila qurib qo'ygandan keyin qarasaki, umuman kitob o'qimaydi. Faqat kitoblarni rasmga olishga qiziqadigan, qayerdandir iqtiboslardan nusxa olib, sahifasiga joylaydigan kishi ekan...

Shuning uchun ko'ringan har narsaga ham ishonib ketavermang! Haqiqatda kitobxon, ilmli ekanini tekshirib ko'ring.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Tartib 🏡

💡 Tartib – jazo emas. Jazo – tartib buzilganda qo‘l­laniluvchi chora, xolos. Tartib – xohish-istak­lar­ni nazorat qila olish va muayyan holatda ko‘ngilga kelganini emas, kerakli ishni qilishdir. Mehr bi­lan yo‘g‘rilgan tartib bolaga o‘z xulq-atvorini ja­miyat talablariga moslashtirishga yordam beradi.

📚«Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hayotda shunday insonlar bo'ladiki, seniki, meniki deb o'tirmay hamma narsasiga qo'l cho'zishga hadding sig'adi. Hatto "Meniki" deb qolsa, "O'sha narsang bilan menikisan!" deysan!

👉 Shunday kishingizga yuboring!

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Boshqalarning baxtiga sababchi boʻling

Hayotingizda har doim ham siz kutgan ishlar boʻlmaydi.

Sizga kelayotgan qiyinchiliklar hozir sizga yoqmaydi, ammo vaqt oʻtib, tinmay shukr qilasiz.

#ibrat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/09/30 08:37:57
Back to Top
HTML Embed Code: