Telegram Web Link
Muhabbat faqat "Sevaman" deb qo'l ushlashib yurishdan iborat emas. Sevgan kishi yaxshi-yomon kuningizda yoningizda turib, sizni tushunib, halovat bo'la oladigan kishidir.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
252-savol: Ota-onamni qanday ko‘ndirish mumkin?

Assalomu alaykum. Bir taqvoli bola menga sovchi qo‘ydi va u menga yoqadi. Iloji boricha halol bo‘lishi uchun uydagilarni ko‘ndirishga harakat qilyapmiz. Ammo u boshqa viloyatdanligi tufayli onam rozi emaslar. Otam esa seni ishlatmoqchi emas, uyga qo‘yib qo‘ymoqchi deb o‘ylayaptilar. Lekin u bola haqiqatdan Allohni taniydigan bola, ammo otasi yo‘q, o‘zi gaplashadi uydagilarim bilan. Menga boyligi va mansabi emas, taqvosi kerak insondan. Qanday qilib ularni ko‘ndirsak bo‘ladi? Iltimos, shu muammo qiynayapti, javob bersangiz.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ota-onangiz bilan gaplashib, nima muammo bo'lsa, shunga yechim berishga harakat qilsin. Masofa haqida videoda aytdik.

#oila_qurish

Yanada ko'proq savol-javoblar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farzand injiqligi sabablari

🪟 Ko'pchilik ota-onalar farzandining o'zini tutishidagi o'zgarishlarga atrofdagi odamlarni ayblashadi. Ammo ulardan oldin o’zlarining ham munosabatlarini ko’rib chiqishlari kerak.

Ota-ona doimo farzandi bilan kattalardek suhbat qurmog'i, do'st bo'lmog'i zarur. Bola hech ikkilanishsiz ota-onaga ishonishi, har qanday muammo yoki qarorni ular bilan bemalol muhokama qila olishi zarur.

📌 Ana shunda “ichimdagini top” qabilidagi injiqlik, qaysarlikka hojat qolmaydi. Hatto ota-onaning o’zaro munosabatlari bolaning injiqligiga sabab bo’lishi mumkin.

#tarbiya

Yanada ko‘proq videolar
Oila qurishdan oldin kim bilan oila qurish mumkin, kim bilan oila qurish mumkin emasligini bilib olish lozim. Ba'zilar amma-xola, amaki-tog'aning farzandiga uylanish mumkinmi yo'qmi deb so'rab qoladi.

Uylanish mumkin, lekin uzoqroq qarindosh yoki qarindosh bo'lmagan kishilarning oila qurishi afzaldir. Agar kuyov (kelin) bo'lmish har jihatdan munosib bo'lib, lekin amma-xola kabi yaqin qarindoshning farzandi bo'lsa, tavakkal qilib oila qurish ixtiyoringiz.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
135-savol: Qanday yo‘l tutay?

Assalomu alaykum. Xo‘jayinim chetda.  Qaynona oyijonimlar ham. Hozir ikkita yonma-yon uyda qaynota, qaynsinglim, qaynim yashaymiz. Uyimiz ikkita bo‘lgani bilan yuvinish va hojatxona, osh-ovqat bitta. Onasining uyiga boraman desam qaynonamlarning jahli chiqyabdi va xafa bo‘lganlar. Xo‘jayinimlar ham ulardan o‘tib ruxsat bermadi.
Qanday yo‘l tutishim kerak bunday vaziyatda?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bunday vaziyatda siz onangizning uyida yashab turganingiz yaxshiroq. Buni yotig'i bilan turmush o'rtog'ingizga tushuntiring, u ham onasiga shunday tushuntirsin. Bu murosa, yuzxotir qiladigan vaziyat emas.

#Muammo
Hubbuna
135-savol: Qanday yo‘l tutay? Assalomu alaykum. Xo‘jayinim chetda.  Qaynona oyijonimlar ham. Hozir ikkita yonma-yon uyda qaynota, qaynsinglim, qaynim yashaymiz. Uyimiz ikkita bo‘lgani bilan yuvinish va hojatxona, osh-ovqat bitta. Onasining uyiga boraman desam…
Azizlar, sizlardan kelayotgan savollarga javobni @Yechimhubbuna kanalida berib boryapmiz. Bu kanalga ba'zisini chiqaryapmiz, xolos.

Chunki juda ko'p savol beriladi, hammasini bu yerda chiqarsak, kanal yo'nalishi o'zgarib ketadi.
Ota-onangizning ziyoratiga vaqt topmaysiz, hatto qo'ng'iroq qilishga yaramaysiz, lekin, Alloh asrasin, o'tib qolishsa, kunlab ta'ziyaxonada turishga vaqt topasiz!

Yaqinlaringizni borida qadrlang!

#Eslatma

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qarindoshlik aloqalari

Qarindoshlik aloqalari oilamiz bilan doim amal qiladigan ishlardan bo'lishi lozim. Afsuski, hozir aka-uka, opa-singillar, hatto ota-ona bilan hol so'rashish, ko'rishish juda cho'zilib ketmoqda. Bayramlarda tabriklab qo'yishimizni aytmasa, internet orqali xabarlashishga ham vaqt topmaymiz. Ikkita non ko'tarib ko'rgani boradigan ahil aka-ukalar, farzandlar noyob bo'lib bormoqda.

📚Gʻiyosiddin Yusufning «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

Yanada ko'proq iqtiboslar
Farzand tarbiyasida qat'iyat muhimdir. Ya'ni bolaga bir narsani bugun ruxsat berib, ertaga taqiqlash to'g'ri emas.

Taqiqlasangiz, asosli ravishda taqiqlang va keyin shu so'zizda qat'iy turing. Bolaning yig'isi, xafaligiga ko'nglingiz bo'lmay, qaroringizni o'zgartirmang. Albatta, taqiqlar bolaning yoshi, holatini hisobga olgan holda bo'lishi kerak buning uchun.

Shuningdek, hamisha ruxsat beraverish, bola nima desa, muhayyo qilaverish ham noto'g'ri. Bunda bolani irodasiz qilib, taltaytirib yuborishingiz mumkin. Oltin o'rtalikni ushlashga harakat qiling.

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qaynotaning munosabatlari

Assalomu alaykum. Qaynotam begona ayol bilan gaplashib yuradi, buni farzandlari bilishmaydi. Qaynonam hayot bo’lsa-da, qaynotam gaplashayotgan ayolning xulqi buzuq va u turmush qurmagan ayol. Bu holatni erimga aytsam bo’ladimi? Maslahat bering.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bo'ladi, bu haqida turmush o'rtog'ingiz bilan ochiq, samimiy suhbatlashishga harakat qiling. Ammo nima qilsa ham baribir otasi haqida gapirayotganingizni unutmay hurmatini saqlashga, imkon qadar yaxshi so'zlar bilan yetkazishga harakat qiling.

#Muammo

Yanada ko'proq savol-javoblar
Ayol gulga o'xshaydi: u e'tibordan gullaydi, befarqlikdan so'lib qoladi!

#Erkaklar

@Hubbunaoila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻydan keyin tarbiyalab olgan yaxshimi yoki toʻydan oldin?

Yuqoridagi video orqali aniq yechimni bilib oling, boʻlmasa tarbiyalash bilan umringiz oʻtib ketadi. )

#erkaklar #oila_qurish

Yanada koʻproq videolar
Alloh taolo erkakni shunday yaratganki, u ayolda zaiflikni koʻrgan sari unga pushti panoh boʻladi. Ayolda quvvatni koʻrgan sari undan qoʻlini tortadi.

Ustoz Hasan al-Muqriy

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Xotinlarning odobiga kiruvchi muhim vazifalar

Ovozini erinikidan balandlatib, behayolik va badaxloqlik koʻrsatmaydi, soʻzidan yoki xulqidan unga aziyat yetkazib, jonidan toʻydirmaydi.

Eri borligida ham, yoʻqligida ham uni duo qiladi, Allohdan taqvo va insof, ikkovlariga totuvlik va saodat tilaydi.

Faqat eri uchun bezanib, kiyinadi, iffat va nomusini oʻzgalardan asraydi, nomahram kishilarga roʻpara boʻlmaslik choralarini koʻradi, eri va xonadoni shaʼni va obroʻsini pok tutadi.

📚 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning "Ijtimoiy odoblar" kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📖 Arabiy kitoblarni bemalol o'qishni o'rganing!

Arabcha kitoblarni o'qish uchun har bir o'quvchi harflarning chiqadigan o'rni, ularning sifatlari va muhim mashqlarni bilishi juda zarurdir. Yaxshi poydevorni qurmasdan arab tilidagi kitoblarini fahmlab o'qish amrimaholdir.

🎙 Agarda arab tili darajangizni boshlang'ichdan yuqori darajagacha olib chiqmoqchi bo'lsangiz sizni 28-29 noyabr kunlari "Arab tilini 0dan o'rganamiz" nomli mutlaqo bepul darsga taklif qilamiz.

👇 Quyidagi havola orqali telegram kanalimizga obuna bo'ling va yangiliklardan habardor bo'lib turing!

💬 https://www.tg-me.com/+CwOfc1u5Vy5jMDIy

Reklama
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Oshiq bo‘lish — vaqtincha aqldan ozish. U zilzilaga o‘xshab bir zumda vayron bo‘ladi va keyin asta-sekin tinchlanadi. Va bu vaqtda siz ildizlaringiz bir-biri bilan qanchalik chambarchas bog‘langanligini tushunishasiz... demak, ayrilish shunchaki imkonsizmi... demak, bu sevgi. Har bir inson oshiqlikni boshdan kechirishi mumkin. Sevgi bu — oshiqlik yonib tugagandan so‘ng qoladigan tuyg‘udir.

©️Ashiqul Kutub

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘yin orqali bolani kitob o‘qishga odatlantirish mumkin. 🌺

🔹Bolaning miyasi o‘yin paytida juda faol ishlaydi. Shuning uchun o‘yinlar orqali uni kitob o‘qishga osonlikcha va yoqimli tarzda o‘rgatishingiz mumkin.

🔸Masalan, dialoglari bor biror hikoya yoki ertak topib, farzandlaringizni chaqiring: «Kelinglar, birga o‘yin o‘ynaymiz!» Bolalaringiz kelganda ertakdagi muallif so‘zlarini o‘zingiz o‘qing, dialoglarni ularga o‘qiting. Ularga obrazlarni bo‘lib bering: «Sen ayiq bo‘lasan, sen bo‘ri bo‘lasan, sen quyon bo‘lasan», – kabi.

⭐️Ular rollarga qiziqib kitobni o‘qib qo‘yganlarini bilmay qoladilar. Shu tarzda o‘zlari ham o‘yin o‘ynab kitob o‘qishga odatlanib olishlariga o‘zingiz guvoh bo‘lasiz.

G'iyosiddin Yusufning «Bolamni yaxshi koʻraman» kitobidan #iqtibos

Yanada ko'proq iqtiboslar
Har qanday oilada janjal, muammolar bo'lishi tayin. Kuchlilargina muammolarga yechim topib, yo'lida davom etadi, zaiflar esa tashlab ketadi.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sakinat istaganlar uchun ♡

👉 Kanalga obuna boʻlish 🤍

Reklama
2024/11/20 02:28:55
Back to Top
HTML Embed Code: