Telegram Web Link
Har qanday holatda ham qo'lingizni qo'yib yubormaydigan yagona qo'l ikkinchi qo'lingiz ekan...

#Hayotiy

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Ayollar nega tepakal bo'lmaydi?
– Chunki ularning xotini yo'q!

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qo'lingdan kelsa, sevdir. Keyin sen uchun uning qo'lidan hamma narsa keladi!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Aytishlaricha, otaning bolasi ustida o’nta haqqi bordir. Farzand mana shu o’nta haqni chiroyli ado qilmog’i lozim:

1. Ota-onasiga taom berish.
2. Xizmatlarini qilish.
3. Chaqirganlarida “labbay” deb javob berish.
4. Gunoh bo’lmagan bir ish buyurganda itoat etish.
5. Otasi bilan yumshoq, ohista gaplashish.
6. Unga kiyim olib berish.
7. Yurganda orqasidan yurish.
8. O’ziga ravo ko’rmagan narsalarni otasiga ham ravo ko’rmaslik.
9. O’ziga ravo ko’rgan narsalarni otasiga ham ravo ko’rish.
10. Duo qilganda otasini ham qo’shib mag’rifat tilash.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Kim bilan yozishyapsiz?
– Hech kim bilan.
– Hech kim bilan qanday yozishish mumkin?
– Siz hech kim bilan ham yozishmang!

#Rashk

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandlarimizni pulni toʻgʻri sarflashga qanday oʻrgatishimiz kerak?

Toʻrtinchi hikoya:
"Har kuni maktabda tushlik qilishi uchun oʻgʻlimga pul beraman. Baʼzi kunlari pul berayotib: “Agar bugun maktabda pul ishlatmasang, ertaga kunlik pulingni ikki barobar qilib beraman”, deb qiziqtiraman. Keyin oʻgʻlim ochlikka sabr qilib yoki roʻza tutib, pulini ishlatmasdan keladi. Ertasi kuni vaʼdamga muvofiq pulni ikki barobar qilib beraman. U ortgan puliga maktabda shirinlik, muzqaymoq yoki oʻziga kerakli oʻquv qurollaridan birortasini oladi.
Bola yoshligidan yoʻqchilikka oʻrganib, qiyinchilikni boshidan oʻtkazib, katta boʻlishi kerak deb oʻylaganim uchun shunday yoʻl tutaman. Hayotda har xil vaziyat boʻladi. Baʼzida kishining yonida bir tiyin ham puli qolmaydigan vaziyatlar boʻladi. Shunda oʻzini yoʻqotib qoʻymasdan, birovga yaltoqlanmasdan, oʻzini tutib, sabr qila olishi, ayniqsa, erkak kishi uchun oʻta zarur xislat hisoblanadi. Shuning uchun oʻgʻlimni ertasiga ikki barobar qilib berish bahonasida pul ishlatmay, kunni oʻtkazishga hozirdan oʻrgatishga harakat qilganman".

Doktor Abdulloh Muhammad Abdulmuʼtining "Farzand tarbiyasidan 700 ta saboq" kitobidan #iqtibos

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Allohning suygan bandasisiz-da!
– Ha, shuning uchun ham seni menga bergan!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🗣 Abdulloh ibn Muborak: "O'ttiz yil odob o'rgandim, yigirma yil ilm o'rgandim, bizdan oldingilar ham avval odob, keyin ilm o'rganar edi", – deydilar.

Biz ham ulug'larimizga ergashgan holda farzandlarimizga yoshligidan odob-axloq, tarbiya berib borishimiz lozim. Shuning uchun kamina bolalar uchun "Kundalik odoblar" nomli kitob yozdim. Bu kitob hozirgi kunda maktab yoshidagi bolalar uchun odob-axloqqa doir eng zarur kitoblardan biri bo'lib ulgurdi. Shuning uchun kitobni yanada kengaytrib, yangi ma'lumotlar qo'shdim. Hali to'ldirilgan shakli nashr qilingani yo'q, ammo ovozli shaklini farzandlaringizga eshittirib, odob-axloqi, tarbiyasi go'zal bo'lishiga harakat qilishingiz mumkin.

🔗 Batafsil ma'lumot

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Boʻydoqlarga maslahat:

Uylanmoqchi boʻlsangiz yaxshi ayollarni axtarmang, balki yaxshi erkaklarni axtaring. Yaxshi erkaklarning uylarida yaxshi ayollar boʻladi. Bu so'zning maʼnosini ozchilikkina tushunadilar.

Qizlaringizni nazorat qiling, zero, arslonlar qo'riqlagan daraxtga maymunlar osilmaydilar.

Imom Shaʼroviy

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O‘zbekning «erkaklar»i qachon bunchalik pastlashib ketdi, bilmadim, lekin shunaqa holatlarga tez-tez yo‘liqqanimda jahlim chiqadi.

Hozir bir yoshroq ayol (kelin)ga protez yasash uchun stomatolog qolip olibdi. Aytishicha, pulni ayolning o‘z onasi to‘layapti ekan, er jonivor va, menimcha, yaqinlari ham: «Tishingiz qachon bitadi, muncha sekin qildiryapsiz?» — deb so‘rashyapti ekan.

Voy polvon-ye deb qo‘yaman shularga, juft topib tug‘dirish hayvon ham eplay oladigan ish, mas’uliyat, erlik vazifalari insonga yuklatilgan. Insoniylikdan tashqaridagi, erkaklik fitratiga to‘g‘ri kelmaydigan ishga qanday rozi bo‘lishar ekan, aqlim tan olgisi kelmaydi hecham.

Muhammad Akbar Azim

#hayotiy

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingizni xursand qiladigan hech bir imkonni qo'ldan boy bermang! Hatto unga surat yuborib bo'lsa ham.

#Tavsiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolga hasad qilmaydigan yagona ayol uning onasidir!

Farangis Isomiddin

#ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farzandingiz bilan ko‘proq muloqotda bo‘ling 👩‍👧

👩‍👧Bolangiz aynan sizning ovozingizni juda yaxshi ko‘radi. Shuning uchun u bilan tez-tez gaplashing, kitoblar mutolaa qilib bering, ko‘proq Qur’on o‘qib bering. Uning hayotining ilk oylaridanoq u bilan vaqtingizni birgalikda samimiy o‘tkazing.

👩‍👧Chaqaloqning har bir shirin tabassumi va tovushiga o‘z munosabatingizni bildiring. Ular nima qilayotganlari, o‘ynayotganlari haqida va o‘zingiz haqingizda tez-tez gapirib berishga odatlaning.

🧕Bolaga berayotgan, o‘zingiz birga o‘ynayotgan o‘yinchoq yoki boshqa tanish narsa nomlarini unga to‘g‘ri talaffuz bilan eshittiring.

📖 «Bolamni yaxshi ko'raman» kitobidan #iqtibos #tarbiya

✍️
@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BIROVNING SUHBATINI TINGLASH

#Savol: Assalomu alaykum! Baʼzi bir erkaklar turmush oʻrtogʻining telefon qoʻngʻiroqlarini yozib olib, uning oila a'zolari, opa-singillari oʻrtasidagi suhbatini eshitishmoqda ekan. Buning oqibatida oilada kelishmovchiliklar kelib chiqmoqda. Erkaklarning shu qilgan ishlari qanchalik toʻgʻri? Telefonda shunday dasturlar bor ekan, suhbatlarni eshitsa boʻladigan.

«Zikr ahlidan soʻrang» hayʼati:

– Va alaykum assalom! Bu ish erkak degan gapga ham, musulmon degan gapga ham toʻgʻri kelmaydi. Ayol ham ularni orasida muhokama va janjallarga sabab boʻladigan gaplarni gapirmasin yoki telefonda gaplashmasin. Vallohu aʼlam!

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Muhabbat

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan Oisha onamiz roziyallohu anhoning oʻrtalaridagi oʻzaro muhabbat ajoyib bir holatda edi. Oʻsha paytni vasf qilgan kitoblardagi rivoyatlarni oʻqir ekanmiz, bu nafis holatdan zavqlanmay ilojimiz yoʻq.

Oxirgi zamon paygʻambari boʻlmish Muhammad sollallohu alayhi vasallam bilan u zotning mahbubalari, zavjai mutohharalari Oisha onamiz roziyallohu anhoning oralaridagi oʻzaro muhabbat keng maʼnodagi boʻlib, uni atroflicha mulohaza qilish va oʻrnak olish lozim. Albatta, bu maʼnolarni toʻliq anglashimiz uchun rivoyatlarga murojaat qilamiz.

 Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: 
"Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: 
''Albatta, sen mendan qachon rozi boʻlsang ham bilaman. Mendan qachon achchiqlangan boʻlsang ham bilaman'', dedilar. 
''Uni qayerdan bilasiz?'' dedim. 
''Qachon mendan rozi boʻlsang, "Muhammadning Robbi ila qasamki, undoq emas!'' deysan. Qachon achchiqlangan boʻlsang, "Ibrohimning Robbi ila qasamki, undoq emas!'' deysan'', dedilar. 
''Toʻgʻri! Allohga qasamki, ey Allohning Rasuli, ismingizdan boshqani hijron etmayman'', dedim''.

Muslim rivoyat qilgan. 

Siz ham juftingiz sizdan rozi bo'lgani-yu qachon achchiqlanganini bilasizmi?

#Erkaklar #ayollar #Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Bolalarni to’g’ri tarbiya qilamiz

Qo’ling sinsin, bunaqa medovik qilgandan. Narsalarni uvol qilding. Shuyam medovikmi? (Haqorat)

Ko’mir buning oldida xijolat-ku. Bizgayam o’rgat, shunaqa pishirishni, qaydan o’rgangansan? (Uyaltirish)

Hech kim onasining qornidan bilib tug’ilmaydi. Asta-asta o’rganasan. Bugun qilgan xatoyingni keyingi safar takrorlama. (Nasihat)

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Seni sevaman" deyishga bir bora qiynalasiz, agar davomiy bo'lsangiz, bu juda oson bo'lib qoladi.

Ammo bu degani muhabbatingiz qadrsiz bo'lib qoldi degani emas. Dil izhorlar muhabbatni yanada ziyoda qilishga sabab bo'ladi, inshaalloh.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Juftingizga so'zlaganda "Jonim", "Asalim", "Hayotim" kabi so'zlarni ishlatishingiz ovqatning tuzi kabi muhimdir!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Aziz ayollar, ishga mukkasidan ketmang, meʼyorni biling, koʻproq eringiz va bolalaringizni birinchi oʻringa qoʻying. Ular bilan birga suhbatlashing,  oʻtirib, hol-ahvol soʻrang. Farzandlaringizni toʻyib hidlang, quchoqlang, oʻping va  ularga: “Seni qanchalar sogʻinibman”, deb koʻngligini koʻtaring. Unga: “Xudo haqqi, sen judayam shirin bolasan, seni judayam yaxshi koʻraman. Yaxshiyamki, Alloh seni bizning oilaga nasib qildi”, deng...

Oilada sevgini paydo qilish usuli

Soliha Erdim
Tarjimon: Abdulloh Rahim

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Haddan ortiq rashk qilish tovuq avval paydo bo'lganmi tuxum avval paydo bo'lganmi degan masalaga yechim izlashga o'xshaydi. Chuqurlashganingiz sari chuqurlashaverasiz, oxiri borib nafas olishini ham qizg'anib qolish mumkin. Ha, muhabbat – bu telbalik! 😊

#Rashk

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 17:27:21
Back to Top
HTML Embed Code: