Telegram Web Link
Chaqaloqlar burnini tozalash

Bolajoningizning burni bitib, emolmay qiynalyaptimi? Buni uy sharoitida o’zingiz tozalashingiz mumkin.

Sizga физраствор (0,9%) ya’ni natriy xlorid eritmasi va aspirator kerak bo’ladi.(Dorixonalardan so’rang)

Burunchasiga ikki-uch tomchi natriy xlorid tomizing. U burundagi qatqaloqni ivitadi. Keyin ehtiyotkorlik bilan aspirator yordamida qoldiqni tortib oling.

O’zingiz ham, bolajoningiz ham qiynalmaydi.

(Uy sharoitida NaCl tayyorlash:

1 litr qaynab, sovutilgan suvga 2 oshqoshiq osh tuzi solasiz)

#Ayollar #tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Tishingning oqini mendan o'zgaga ko'rsatsang, qo'lingga olib beraman!

#rashk

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Allohga qaysi amalim ma'qul kelgan bilmadim, menga seni uchratdi!

#izhor

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Men uchun sendan afzali yo'qdir, sendan afzal bo'lmaganiga qanday ham qiyo boqay?!

#Sadoqat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
– Uylangan erkaklar uylanmagan erkaklardan ko'proq yashar ekan.
– Nahotki, qanday qilib?
Javobi👆

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Agar har bir narsa allaqachon Lavhul mahfuzda yozib qo'yilgan bo'lsa, endi nega orzu qilishim kerak?
– Balki uning ba'zi sahifalarida Alloh "Orzu qilganidek" deb yozgandir...

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
💙 Muhabbat ham qahvaga o'xshaydi, ba'zan ortidan achchiq hijronlar-u mashaqqatlar chiqsa, ba'zan shirin damlar tortiq qiladi.

😊 Bugun xalqaro qahva kuni ekan, qahvani yaxshi ko'radiganlar albatta muhabbatli kishilar deb o'ylayman.

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BITTA O‘PAY

Topmadim hech sendek dilbar,
Quchgim kelar ko‘rsam har gal.
Izhori dil bo‘lsin tugal,
Kel, yuzingdan bitta o‘pay.

Sog‘inaman bir kun o‘tmay,
Visolni men nechun kutmay?!
Uchrashganda qanday o‘pmay,
Kel, yuzingdan bitta o‘pay.

O‘ngini yo so‘lini tut,
Ranjitganim bo‘lsa unut.
Rozi bo‘lsang saqla sukut,
Kel, yuzingdan bitta o‘pay.

Oshiqman men senga juda,
Chorlamadim hech behuda.
Xumorimdir xo‘p avjida,
Kel, yuzingdan bitta o‘pay.

Quyoshimsan, sen – oftobim,
Ko‘kda oysan, sen – mohtobim.
Suyukligim, ey kitobim,
Kel, yuzingdan bitta o‘pay.

© Gʻiyosiddin Yusuf
2017-yil 1-avgust

#шеър

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hayot velosiped minishga o'xshaydi. Muvozanatingizni saqlab qolish uchun, faqat harakat qilishingiz kerak.

Albert Enshteyn

#tarjima

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Farosatli ayol bilan yashash yoqimli, shu bilan birga, sizdan diqqat-e'tibor, ziyraklik talab qiladi. Yo'qsa, qovun tushirib qo'yasiz.

Ilmni o'rgatish mumkin, lekin ixlos, farosat o'rgatib bo'lmaydigan ne'matlardandir. Unga Allohdan so'rab yetishiladi. Shuning uchun oila qurishda farosatli, ixlosli juft tanlashga harakat qiling. Garchi ilmi o'rtacha bo'lsa ham.

#oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar kutilmagan sovg'alar, iltifotlarni yaxshi ko'radi. Shuning uchun ba'zi-ba'zida u sevgan narsalar bilan uni xursand qilib turing.

Bu gul bo'lishi ham mumkin yoki uning uchun qadrli bo'lgan boshqa narsa. Muhimi, berayotgan narsangizning katta-kichikligida emas, muhimi, uni xursand qiladigan narsa bo'lsin.

Bu bilan uni bilishingizni, e'tiborli ekaningizni ko'rsatasiz va ayol bundan xursand bo'ladi. Meni sevadiki biladi, e'tibor qiladi deb quvonadi.

Jumladan, virtual sovg'alardan ham unumli foydalaning. Masalan, turli rasm, gif, video-audiolar ham uni xursand qilishi mumkin.

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bolalarni virtual o'yinlardan tiyishning yo'llaridan biri ular bilan o'zingiz jismoniy o'yinlar o'ynashingizdir.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🧕 – Yo meni, yo telefonni tanlash kerak bo‘lsa, qanaqa telefon ishlatar edingiz? 😁

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​JANNATDA ERKAKGA HURLAR, AYOLLARGACHI?

#Savol: Asslomu alaykum, Shayx hazratlari. Maʼlumki, jannatda erkaklar uchun hurlar vaʼda qilingan. Endi savolim shuki, ayollarga hukm qanday, erkak va ayol er-xotin boʻlmaydimi?

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahulloh:

– Va alaykum assalom! Bu dunyoning ayollari jannati boʻlsalar, hurlardan afzal boʻladilar va oʻz erlari jannati boʻlsalar ular bilan birga boʻladilar.

#ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yonimda bo'lsang, barcha g'amlarimni unutaman!

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ey yigit! Oila qurganingdan so'ng erishgan yutug'ing jufting senga turmushga chiqqani uchun pushaymon bo'lmay yashashidir!

U shunchaki ortga qaytish sha'niga nomunosib deb bilgani uchun yoki farzandlar borligi uchun sen bilan yashamasin, mamnun bo'lib, sening hayotida borliging uchun shukrona qilib yashasin!

#oila_qurish #nikoh

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Xotiningizni yerga urmang. Zero, unga qaratilgan har qanday haqorat uning qalbi va aqlida o'rnashib qoladi. Xotiningiz tili bilan kechirsa-da, qalbi bilan hech qachon kechirmaydigan eng xatarli tahqirlash bu uni urish, so'kish, otasi yoki onasini la'natlash va sha'niga nisbatan yomon gaplarni aytishdir".

Doktor Hasson Shamsiyning "Baxt ulashing" kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ulug'larimiz hayotini kuzatar ekanmiz hatto duoga duo bilan javob qaytarganlarini ko'ramiz. Ya'ni hech bir yaxshilikni javobsiz qoldirmay, o'zlariga ajr-savob jamg'arar edilar. Shu bilan birga, bu orqali birovdan xijolatli joylari bo'lmagan. Ayniqsa, ahli ilm kishilarning boshqalar oldida tili qisiq bo'lishi – "yegan og'iz uyalar" deganlaridek uyalishi yoki erning ayoli oldida shunday holga tushishi yaxshi emas. Shuning uchun ham oilaning ta'minoti erning zimmasida.

Imkon boricha hadyaga hadya, yaxshilikka yaxshilik, duoga duo bilan javob qilishga odatlaning.

Ikki narsaga qodir bo'lsangiz, qiling: birovdan tilingiz qisiq bo'lmasin, birov ustingizdan Allohga shikoyat qiladigan ish qilmang!

#Nasihat #yoshlar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Tirikchilik tashvishi olov purkayotgan ajdarho kabidir. Erkaklar har kuni u bilan kurashib, Alloh muvaffaq qilgan rizqni uyiga olib keladi...

#Erkaklar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Oilaviy masalada maslahatingiz kerak edi.
– Maslahatmi yoki konsultatsiya?
– Nima farqi bor?
– Maslahat bepul, konsultatsiya pulli.
– Unda maslahat bering.
– Maslahatim konsultatsiya oling!

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 19:31:50
Back to Top
HTML Embed Code: