Telegram Web Link
🔍Ikki narsadan to'xtay olmayman, alhamdullilah: sevishdan va yozishdan.

📖 Safardaman, shuning uchun daftarda yozyapman. Yana bir foydali kitob bo'ladi, inshaalloh.

#Muhabbat #kitob

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Erning oiladagi siyosati uch narsaga bogʻliq:

1️⃣Oʻta viqorli boʻlish (haybat).
2️⃣Toʻliq ikromli boʻlish (karomat).
3️⃣ Oilaning muhim ishlari bilan mashgʻul boʻlish.

Bu uch narsani sen aslo tark etmagin!

Abu Ali ibn Sino. “Siyosat” kitobidan #iqtibos

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Menga qanchalar kerak ekaningni bilmasang kerak.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Bilasizmi?

Madinayi munavvaradagi Masjidun-nabaviyda imom namoz o'qiydigan joy shu yer.

⬆️Bu Payg'ambarimiz alayhissalom yotgan Ravzayi muborakda. Masjidun-nabaviyning ilk qurilishida shu joylar bo'lgan ekan, xolos. Keyinchalik masjid kengaytirilgan.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Katta muhabbatdan kichik baxt tug'iladi!

#Muhabbat #baxt #tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ko'ngilga yaqin kishilar bo'lmasa, jamoat orasida ham yolg'iz bo'lasan!

#Shunchaki

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nafsim emas, nafasimsan!

#Izhor

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Boringizga shukr!
– Borim sensan!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​🤯 Gilamda sochilib yotgan legolar, pechenye ushoqlari, oynada, eshiklarda qolgan mitti qo'lchalarning izlari, labi uchgan piyolalar, sochilgan kiyimlar, bir yoqda tagiga olaman deyotgan ovqating, bir yoqda senga kleyday yopishib olgan bolang, yana bir yoqda hozirgina bolang shokolad qilgan oppoq gilam...

🥺 Bilaman, oson emas ona bo'lmoq. Lekin bularning bari o'tib ketadi, farzanding bir dumalab ulg'ayib qoladi-da, orqangdan "dum"day ergashib yurishlarini sog'inib qolasan, qo'msaysan. Shuning uchun uning hoziridan zavqlanib qol.

🙃 Ovqatini hammayoqqa sochib, kamlik qilganday "oboy"gayam yedirgan o'g'limga baqirmaslik uchun yana qanday gaplar bilan o'zimni ovutsam bo'ladi? Variantlar bormi, yaxshilar???

#Tabassum #hayotiy

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Sukut saqlashga haqqingiz bor. Aytgan gaplaringiz o‘zingizga qarshi ishlatiladi.
– Bilaman, uylanganman.

Mavlon Marasulov

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
To'ydan keyin tarbiyalab olaman deb uylanish qanchalik to'g'ri?

♻️ Bo'ydoqlarga yuborib qo'yamiz.

#oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
🌷Ota-onaga yaxshilik qilish haqida

🟠Аnas ibn Molikdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kimki ota-onasini norozi qilgan bo‘lsa, shahodat kalimasini aytolmay o‘ladi va qabridan peshonasiga «Bu ota-onasiga oq bo‘lgan kimsaning jazosidir», deb yozilgan holatda turadi», dedilar.

🟠Boshqa bir hadisda: «Kimga Alloh taolo mol ato qilsa-yu, u ota-onasining haqqini ado qilmasa, uning amali habata bo‘ladi va u qattiq azoblanadi», deganlar.

🟠Imom Termiziy Abdulloh ibn Umardan rivoyat qiladilar: Nabiy sollallohu alayhi va sallam dedilar: «Allohning roziligi ota-onaning roziligida, g‘azabi ota-onaning g‘azabidadir», deganlar.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​Ajrashsam bo'ladimi?

#Savol: Assalomu alaykum, Turmush qurganimizga 10 oy bóldi, xójaynim boshida 4 oy ishladila, lekin pulidan u bu narsaga sórasam, pulim yóq, kunlik óqishimga 25 mingni ham minnat bilan berardilar, rózg‘orga qarashmasdilar. Bundan qaynotam jahli chiqib ishdan bushattirib ham oldilar, keyin hech qayoqqa ishlashga qóymadila, o‘zim óglimni boqaman deydilar, repetetorga qatnayman desam qaynonam stependiyamdan qatnashimni aytdi, qaynotam taksida yurish ularni obrusiga tógri kelmasligi uchun kóchaga chiqishimni taqiqlagan. Bu orada erim qarzini uzish uchun onasini pulidan tillasidan va meni ham tilla uzugimdan óg‘irlaganligi janjalga sabab buldi. Yana erim puli borida umuman mensimay, og‘ir kunida yaxshi bólib qoladi. Undan tashqari, begona qizlar bn gaplashadi tóydan oldin ham begona ayollar bn yurgan ekan, juda ko‘p marotaba o‘zaro gaplashdim foydasi bólmadi, aksincha kaltaklashga ótyabdi, o‘rtada bola yo'q. Erimdan kónglim sovigan ajrashishni xohlayman, siz bu borada nima maslahat berardingiz?

Javob: Va alaykum assalom. Bu kabi holatlar yuzasidan avvalo yuzma-yuz gaplashib, ikki tomon bilan suhbatlashib, keyin maslahat bergan maqsadga muvofiq bo'lardi. Buning uchun konsultatsiya olishingiz mumkin.

Agar buning imkoni bo'lmasa va holat haqiqatda siz aytgandek bo'lsa, ikkinchi tomon bilan suhbatlashgan bilan biror narsa o'zgarmasa, unda ajrashish ixtiyori o'zingizda. Biz holatni aniq bilmay ajrashishni maslahat bera olmaymiz, uzr.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​"Hozirgi zamon psixologlarining maslahat berishicha..."

🎀 Erning ishdan kelishini bayramdek kutib olish kerak. Ayollar, Xudoyim ikki qo'lingizni ishlatgin deb bergan axir, o'shalarni ishga solib, sochingizni hafsala bilan turmak qiling. Eng chiroyli, eng sevimli ko'ylagingizni kiying. Anchadan beri kiymaganingizga chang ham bosib ketgandir. Bir vaqtlar olgan kosmetikalaringiz xizmatingizda bo'lsin. Chiroyli qilib pardoz qiling, xushbo'ylaning.

😍 Shunday qilingki, eringiz sizni yana qaytadan sevib qolsin. Kayfiyatingizni a'lo qilib, o'zingizning borligingizga shukr ayting: "Biram alomat ayolman-da, yaxshiyam borman-e, buncha chiroyli bo'lmasam, Xudo beraman desa hech gap emas". Oynaga qarab, "Turmush o'rtog'imning peshonasi o'n qarich-da, menday go'zalga uylangan" deb qo'ying.
Uyingizda bayramona muhit tashkillashtiring. Restorandagiday ovqat qilolmaysizmi? Albatta, undan ham zo'r qilasiz. Mehmonga ishlatiladigan idishlaringizni chiqaring!

😉 Bor mahoratingizni ko'rsatish vaqti keldi. Sizning qanday go'zal, oqila, kreativ ayoll ekanligingizni bir ko'rib qo'ysin. Ha, aytgancha, bayramni qanday tugatishni bilarsiz?! 😉🙈

Sevib, sevilib yashang!

#Baxt #Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Borligingni ham his qila olmaydigan qilib ketish eng yaxshi jazo bo'ladi, lekin ba'zilar jazolashga ham munosib emas.

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Umid bo'lmasa, hech narsa qolmaydi!..

#Umid

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Hanafiy mazhabining eng yirik ulamolaridan bo‘lgan Ibn Obidin rahimahulloh aytadilar: «Odam
alayhissalomdan to qiyomatgacha ibodat qilib belgilangan hamda oxiratda ham, jannatda ham davom etadigan amal ikkitadir: iymon va nikoh».

📚 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rahimahullohning "Baxtiyor oila" kitobidan #iqtibos

#nikoh

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buncha lallayasan, odamlarning bollariga qara pishiqligini, sen yuribsan biring ikking bo’lmay…

Palonchining qizi sendan kichkina bo’lsayam katta tikuvchi ekan, tikkan ko’ylaklarini bir ko’r-da sen.
Sen tikish tugul, yo’lingda eplab yurolmaysan.

Odamlarning bolasi buncha baloyey, uchta to’rtta tilni biladi, gap bilan shunday odamlarning ko’nglini oladi, sen sakkizta odamning ichida tilingni yutib yuborasan, gapirolmay…

Bularning keti uzilmaydi. To’g’ri, ota-onalarimiz bizga yomonlikni ravo ko’rishmaydi, yaxshi bo’lsin deb shu ishni qilishadi. Lekin hamma har xil, o’ziga xos individual-ku. Hattoki kaftimizdagi chiziqlar turlicha bo’lsa. Hadeb solishtiraverish odamning menini o’ldirib qo’yadi.

Hammadayam kamchilik bor. Shu qatori sizda ham. Farzandingizning esa kamchiliklariga emas, qobiliyatlariga ko’proq e’tibor qaratsangiz uning porloq kelajagiga hissa qo’shgan bo’lasiz.

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Sahihul Buxoriy"da kelishicha, Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan: «Qaysi amal Allohga ma’qulroq?» deb so‘radim. «Ota-onaga yaxshilik qilish», dedilar. Men: «Yana qaysi amal?» deb so‘radim. Rasululloh: «Alloh yo‘lida g‘azot qilish», dedilar. Shu asnoda bir kishi kelib, g‘azotga chiqish uchun Rasululloh sollallohu alayhi va sallamdan ruxsat so‘radi. Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Ota-onangning xizmatini qilsang, g‘azot qilgan bo‘lasan», dedilar.

Ansorlardan bir kishi kelib: «Yo Rasululloh! Ota-onam o‘lib ketgandan keyin ham ularga yaxshilik qilishim kerakmi?» deb so‘radi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi va sallam: «Ha, to‘rt narsa bilan xizmat qilishing kerak: ularning haqqiga duo qilish va istig‘for aytish, ularning ahd va va’dalarini bajarish, ularning do‘stlarini hurmat qilish», dedilar.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
O'lsak boshimizda yig'laydiganlar hayotligimizda nega xafa qilisharkin...

Yo tiriklik aybmi?

Farangis Isomiddin

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 19:24:21
Back to Top
HTML Embed Code: