Telegram Web Link
Ko'hinur — ilm nurini taratish bilan dunyo va oxiratingizga manfaat berishni maqsad qilgan sahifa!

Kanalga o'tish 👉 Ko'hinur
Kitоblarni saqlash mukоfоti 🎁

Hоfiz Saxоviy rahimahullоh o‘zining “Fathul mug‘is bi sharhi alfiyyatul hadis” kitоbida quyidagi ma’lumоtlarni keltiradi: “Abu Ayyub Sulaymоn ibn Dоvud Shоzakuniy (234/849-yilda Asbahоnda vafоt etgan) buyuk hоfizlardan bo‘lgan.

Ul zоt vafоt etganidan keyin bir kishining tushiga kiradi. Ul zоtdan: “Allоh taоlо sizga nimani nasib qildi?” – deb so‘rashganda: “Allоh taоlо gunоhlarimni mag‘firat qildi”, – deb javоb beradi.

Buning sababi haqida so‘ralganda esa: “Men Asbahоn tоmоn ketayotgan edim. Birdan yomg‘ir yog‘ib qоldi. Yonimda kitоblarim ham bоr edi. Оchiq jоyda bo‘lganim uchun o‘zimni kitоblar ustiga tashladim. Tоng оtguncha shu hоlatda kitоblarni saqladim. Nihоyat, yomg‘ir to‘xtadi. Shu sababli Allоh taоlо gunоhlarimni mag‘firat qildi”, – deb javоb beradi”.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Muloqotdagi eng katta xatomiz shuki, tushunish uchun quloq solmaymiz, javob berish uchun tinglaymiz.

#tarjima

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Turmush qurganimizga 10 yil bo'ldi, to'rtta farzandimiz bor! Xo'jaynim juda ko'p uxlaydilar. Moliyaviy tomondan qiynalaman. "Ishlang, bolalar kotta bo'lyapti, o'qitishimiz kerak..." deb gap boshlasam, borim shu, shuncha chidading, buyog'igayam chidaysan deb uyquda davom etadilar. Nima qilsam, bo'ladi? Chidashim kerakmi? Onalari ham har doim xo'jaynim taraflar. Tegmang uxlayversen, boridan amallang deb!

G'iyosiddin Yusuf:

— Xo'jayiningiz ham, onasi ham xato qilyapti. Oilani yetarli darajada ta'minlash erning zimmasida. Tushuntirishda davom eting, boshqa birortaning gapi o'tsa, gapirsin. Atrofidagi kishilarga e'tiborli bo'linglar.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Erkak kishi orzusidagi ayolni topganda ham bir muammo bo‘ladi: u haqida ayoliga aytish!

#tarjima #tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yosh oila rahbariga!

Muhtaram erkak, oila boshi! Endi siz ikki jon uchun javobgarsiz! Bo'ydoqlikda qilgan xatongiz uchun bir o'zingiz jabr chekkan bo'lsangiz, endi oilangiz ham bundan nasibador bo'ladi!

Shuning uchun har bir harakatingizga yanada e'tiborli bo'ling. Xususan, zimmangizdagi ta'minotga yengil qaramang. Avval ota-onangiz topganidan ham kun ko'raverishingiz malol kelmagan, ammo endi ayolingiz ularni og'rintirib qo'yishi mumkin.

Uning kiyim-kechagi, dori-darmoni va boshqa ehtiyojlariga ham siz e'tiborli bo'ling.

Qo'lingizda tayinli ishingiz bo'lsin. Yangi ishga o'tmoqchi bo'lsangiz, avvalgi ish joyingiz bilan aloqani uzib yubormasdan, yangi ishni topib, keyin harakat qiling. Yo'qsa, qo'l ostingizdagilarni mashaqqatga qo'yishingiz mumkin.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuh! Savolim shuki, men o'qituvchiman, maktabda ishlayman. Xo'jayinim ham davlat ishida ishlaydilar. Meni oyligim, ya'ni plastik kartochkam qaynona-qaynotamda turadi. Erimdan 5-6 oyda bir pul so'rasam, meni pul so'raganimni uydagilarga aytib, keyin ancha vaqt o'tgandan so'ng beradilar. Aytsalar qarshiligim yo'q, lekin bu ko'p xafagarchiliklarga sabab bo'ladi. Savolim shuki, er xotiniga ota-onasidan yaxshirib pul bersa bo'lmaydimi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh. Bo'ladi, aslida, o'z oyligingizga o'zingiz haqlisiz, xo'jayingiz insof yuzasidan ham bunday qilmasligi kerak. Oila rahbari degan nomga munosib ish qilsin!

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Turmush órtog'im mening va farzandlarimizning ta'limiga e'tiborli bólishi uchun nima qilsam bóladi? Ilm olishning ahamiyatini tushunishi uchun qanday yól tutsam bóladi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ilm o'rganish erkag-u ayol — barchaga buyurilganligi e'tiboridan turmush o'rtog'ingiz o'zi ham ilm o'rganishi kerak va sizlarning ham ilm o'rganishingiz uchun sharoit qilib berishi kerak.

Ilm o'rganadigan erkak oilasi ham ilmli bo'lishini istaydi. Sizning gapingizdan turmush o'rtog'ingiz ilmdan uzilib qolganga o'xshaydi. Shuning uchun o'zingiz bor imkoniyatdan foydalanib harakat qilishingiz kerak bo'ladi. Masalan, kitob o'qishingiz, onlayn ma'lumotlardan foydalanish va hokazo.

Shu bilan birga, turmush o'rtog'ingizni ilm o'rganishga chaqirib, sizlarga ham sharoit qilib berishini so'rang. O'rganotganlaringizga amal qilish bilan unga ilm o'rganishning ahamiyatini osonroq tushuntira olasiz.

Ilm o'rganish va uning fazilati haqida "Hayot va hayot" kitobining uchinchi juzini o'qishni tavsiya qilaman.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Oilaviy munosabatlarda tilning ahamiyati juda katta. U sababli oila farovon bo'lishi ham, parchalanib ketishi ham mumkin.

Shirinso'z bo'lsangiz, vaqtida sukut qilishni bilsangiz, ozor beruvchi so'zlarni aytishdan tiyilsangiz, oila saodatiga erishasiz.

Qo'pol so'zlovchi, o'ylamay gapiradigan, o'rni kelganda tilni tiya bilmaydigan kishi bo'lsangiz, oila barbod bo'ladi.

#Erkaklar #ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Bir kam dunyo" deganlari rost ekan, hatto iPhone'ning ortidagi olma tishlangan!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
HAMIYATLI BO‘LAYLIK!

Do‘stimiz uyimizga mehmon bo‘lib kelsa, ayolimiz unga ko‘rinmasligi kerak. Afsuski, ba’zi xonadonlarda ayol erining do‘sti bilan “Mullaka, yaxshi keldingizmi? Uy ichilar, farzandlar omonmi? Ularni ham birga olib kelmabsiz-da?!” degan ma’noda ko‘rishish holati yuz beradi.

Yoki er jonivorning o‘zi: “Bu kelining bo‘ladi. Tanish, onasi, bu og‘aynim – falonchi”, – deganga o‘xshash tanishtiruvlar kuzatilib turadi.

Ikkala tanishish, gaplashish holatiga ham mutlaqo yo‘l qo‘ymasligimiz kerak. Chunki biz hamiyatli, rashkli erkaklarmiz!

📚 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Albatta, "Men seni sevaman" degan gapni eshitish yoqimli, lekin bankomat pul bergandagi ovoz boshqacha eshitiladi!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Mening yoshim 23 da, xo'jayinim o'zimdan 8 yosh katta. Ikkalimizning dunyoqarashimiz bir-birimizga to'g'ri kelmaydi, kundan kunga xo'jayinimdan sovib borayabman. Men xohlagan narsalarni berolmaydi, men bilan qiziqmaydi, biron mavzuda gap boshlasam, gaplashmaydi. Bunday holatda nima qilishni maslahat berasiz, ajrashish to'g'ri yechim bo'loladimi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Bu holatda ajrashish yechim deb bilmayman. Orani isloh qilishga ikki tomondan harakat bo'lishi kerak. Umumiy qiziqishlar, o'zaro hurmat bo'lishi kerak. Istasangiz, ikkalangiz bilan onlayn gaplashib, ikki tomondan muammoni batafsil eshitib, yechim va tavsiyalar beraman.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kutubxоnalarga ko‘prоq bоring 🎁

🏠 Ko‘prоq kitоb o‘qishga оdatlanish uchun kutubxоnalarga ko‘prоq bоring. Biz futbоl tоmоsha qilish uchun kinоteatrga bоrmaymiz, stadiоnga bоramiz, shunga o‘xshab ko‘prоq kitоb o‘qiydigan kishilarni ko‘rish uchun kutubxоna va kitоb do‘kоnlariga bоrishimiz kerak. Ulardan o‘zimizga ruhlanish оlamiz.

📖 Kutubxоnada o‘tirib kitоb o‘qishni yo‘lga qo‘yish ham juda fоydalidir. Tinch-оsuda jоyda, hamma kitоb o‘qib turganda kitоb o‘qish sizga kuch bag‘ishlaydi, zeriktirmaydi, chalg‘itmaydi. Shu bilan birga, kitоb xarid qilish uchun pul sarflashingiz ham shart emas.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayol kishi halovat bo'lishi kerak...

#Ayollar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Savolim bor edi: oila qurishda juftimizning tashqi koʻrinishi qay darajada muhim? Unashtirilgan yigitim unchalik chiroyli emas, baʼzan undan koʻnglim toʻlmaydi, hayotimni xuddi yomondek his qila boshlayman, unga nisbatan baʼzan hech narsa his qilmayman, bunday holatda nimani maslahat berasiz?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Xulqi go'zal va boshqa sifatlari bo'lsa, chiroyi uncha bo'lmasa ham yashasangiz bo'ladi. Kishi o'ziga yaxshi qarasa, chiroyli kiyinsa, chiroyli bo'lib qoladi — yuzi qiyshiq, buzuq bo'lmasa.

Bu haqida oldinroq — unashtiruvdan oldin o'ylash kerak edi. O'shanda ko'nglingiz jiz etsa, rozilik berish kerak edi. Endi shu sababni deb unashtiruvni bekor qilmang.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alekum bir yigit bilan unashilganman lekin unda koʻnglim yoʻq nima qilsam ham unga nisbatan iliqlik bolmayapti unashuvni bekor qilaylik xoxlamayman desam ota onam odamlar nima deydi degan gaplar bilan qoyishmayapti majburiy nikoh harom deb eshitganman buni ota onamga va u yigitga qanday tushuntirsam boladi?javob uchun olindan raxmat! Alloh rozi bolsin!

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Ko'nglingiz bo'lmasa, boshidan rozilik bermaslik kerak edi-da. Endi ota-onangizga odamlarning gapi sizning hayotingizdan aziz emasligini, ular gapirsa, 3-4 kun gapirishini, odamlarni hech qachon rozi qilib bo'lmasligini, kishi odamlarning gapiga qarab ish qilishi xato ekanini ayting. Keyin hayotingiz o'xshamay ajrashib kelishingiz mumkinligini ayting.

Eslatma: men savolingizga ko'ra javob berdim. Ya'ni unashtiruvni bekor qilishga qaror qilib bo'libsiz, mendan bekor qilaymi deb maslahat so'ramadingiz.

Men yigit-qizlarga unashtiruvdan oldin aniq bir qarorga kelishlarini tavsiya qilaman. Mabodo, unashtiruvdan keyin jiddiy sabab chiqsa, uni bekor qilish mumkin, lekin jiddiy sababsiz bekor qilmagan ma'qul.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bo‘sh vaqtdan unumli fоydalaning 📖

⏩️ Bo‘sh vaqt bo‘ldi deguncha kitоb mutоlaa qilishga оshiqing. Turli vaziyatlardan unumli fоydalaning. Masalan, yaqinda mashinani yuvdirish uchun bоrganimda yonimga kitоb sоlib оldim, bir sоatdan birоz оshiq vaqtda u yerda bemalоl mutоlaa uchun imkоn bo‘ldi.

🎙️ Agar kitоb o‘qimaganimda ijtimоiy tarmоqlarda behuda kezgan yoki kim bilandir telefоnda gap sоtgan, qisqasi, vaqtimni behuda sarflagan bo‘lar edim.

📖 Bo‘sh vaqtdan unumli fоydalanish uchun o‘qiyotgan kitоbingiz dоimо yoningizda bo‘lsin. Uyda bo‘lganingizda ko‘zga ko‘rinarli jоyda bo‘lsin, o‘qish kerakligini eslatib tursin.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum. Siz bir savolim bor: men turmushga chiqmoqchiman. Lekin uning ammalari yurgan ekan. Onamlar sening ham bolalaringga oʻtishi mumkin deyaptilar. Bu qanchalik toʻgri?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Juda to'g'ri emas, ko'p narsa tarbiyaga bog'liq. Birinchi navbatda kuyov bo'lmishning xulqi rozi bo'ladigan darajada bo'lishiga e'tibor qilinglar. Hammasi yaxshi bo'lib, faqat shu muammo bo'lsa, turmushga chiqsangiz bo'ladi, biroq uning o'zi ham haminqadar bo'lsa, tavsiya qilmayman. Albatta, bu yerda o'zingizga qay darajada munosib ekaniga ham qarash kerak.

#Oila_qurish

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Men qizimni unashtirdim, lekin u xohlamayapti. Unashtiruvni bekor qilsam, qizimga isnod bo'ladi deb o'ylayapman.

G'iyosiddin Yusuf:

— Bu kabi savollar juda ko'p berilyapti. Iltimos, unashtiruvdan oldin aniq bir qarorga kelib, keyin harakat qilinglar. Ota-onalar, farzandlaringizning ko'ngliga qarang, iltimos. Yoshlar, ota-onangizning roziligi deb ruxsat berib qo'yib, keyin unashtiruvni bekor qilsam deb yurmanglar. Oila qurasizmi — quring, qurmaysizmi — unashtiruvga ham rozilik bermang! Ota-onangizga uzr aytib, rozilik bermang ular aytgan kishi bilan oila qurmoqchi bo'lmasangiz.

Savolga qaytsak, unashtiruvni bekor qilish qizingiz uchun isnod emas. Bir umr baxtsiz bo'lib o'tganidan ko'ra, bir-ikkita og'ziga kuchi yetmaganlar gapirsa, hech narsa emas. Ular gapi e'tiborga olinmaydigan, sharafsiz kishilardir!

#Oila_qurish

Izoh: unashtiruvni bekor qilish haqida boshqa savol bermaylik endi, uzr. Ko'p yozdik bu haqida.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 13:40:33
Back to Top
HTML Embed Code: