Telegram Web Link
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qizlar qanday yigitga turmushga chiqishi kerak?

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Men bir qizni ikki yildan beri institutda ko'z ostimga olib yuraman. Lekin u qiz haqida ma'lumotga ega emasman, hattoki ismini ham bilmayman. Alloh taqdir qilgan bo'lsa, yo'llarimizni birlashtirib qo'yadi deb hech narsa qilmadim. U qiz taqvoli, aqlli qiz. Qizlar bilan gaplashmaganman men, u qiz bilan gaplashaymi? Nima deyishim kerak shunda? Yoki taqdirga qo'yib beraymi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Avvalo ismini bilib, surishtiring. Ko'rinishi yurish-turishiga qarab yaxshi ekan deb baho berish to'g'ri emas. Yaxshilab surishtirib, bir umr birga yashashingizga, farzandlaringizga ona bo'lishiga munosib ekaniga amin bo'ling, undan keyin sovchi qo'ying. Uydagilari uchrashib ko'ringlar deganda muvofiq holatda uchrashasizlar.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Jismoniy zo‘ravonlik aqliy rivojlanishni sustlatib qo‘yadi 🥊

⭕️ Bir-ikki tarsakining tarbiyaviy ahamiyati siz uchun juda yuqori: bola bundan keyin bu ishni qilmaydi degan qattiq ishonch bor sizda. To‘g‘ri-da, u shunga munosib! Asablar taranglashganda, erka, injiq, yaramas bolaning ta’zirini berish uchun ko‘tarilgan qo‘lni to‘xtatish qanchalar qiyin!

📝 kki yuz mingga yaqin bola ishtirokida xorijda o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, muntazam ravishda berilgan «arzimas» kaltaklar (mushtlar emas) bola tarbiyasiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmaydi.

▫️Jismoniy zo‘ravonlik bolaning qaysidir harakatini qisqa bir vaqtga to‘xtatadi, xolos. Ammo ota-ona va bola o‘rtasidagi munosabatlarga uzoq muddatli sovuq izini qoldiradi. Bola ruhiyatining emotsional qismiga ta’sir ko‘rsatibgina qolmay, aqliy rivojlanishini ham qotirib qo‘yadi.

📍 Uy vazifasini bajarishni istamagan bolaning «yengilgina» kaltakdan keyin misollarni yaxshi ishlab ketishiga, inshoni chiroyli yozishiga ishonasizmi? Ham tanasiga, ham qalbiga yetgan og‘riq, qo‘l ko‘targan insonga nisbatan qo‘rquv, nafrat hislari bilan bola biror ishni mehr bilan qilishiga ko‘zingiz yetadimi?

✖️ Jismoniy jazo aslida hech narsani to‘g‘rilamasligi, balki vaziyatni usti silliq, ichi bo‘rtiq bir holga olib kelishini endi tushungandirsiz.

📖 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
— Nima qilyapsiz?
— Sen har gal shu savolni bersang, senga kerakligimni his qilaman!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Ko'cha-ko'yda ko'zga va qalbga iliq ko'ringan qizga borib, to'g'ri, chiroyli muomalada tushuntirib sovchi qo'yish uchun uydagilarining raqamini so'rash normal holatmi yoki uyigacha kuzatib borish kerakmi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Avvalo, ko'cha-ko'yda iliq ko'ringan qizga sovchi qo'yib ketavermaydi, uni yaxshilab surishtirib, bilish kerak. Ikkinchidan, bu shaxsan men uchun normal holat emas. Kimdir mening singlimga yoki qizimga shunday qilsa, rozi bo'lmas edim — hatto chiroyli muomala bilan so'rasa ham!

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum, ustoz. Er va ayol deyarli suhbatlasha olmasa, suhbat qurish uchun mavzu topolmasa, nima qilishni maslahat berasiz? Er tadbirkor, ayol esa lingvist, lekin suhbat qurgani tayinli mavzu topilmaydi, dildan suhbat qurilmagan. O'zi er va xotin orasida suhbatlashish qanchalar muhim? Va shunga oid tavsiyalar bersangiz. Alloh rozi bo'lsin.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Orada suhbat bo'lsa, juda yaxshi bo'ladi, suhbatlasha olmasa, birgalikda boshqa mashg'ulot bilan vaqt o'tkazishsin. Masalan, kino ko'rish, sayrga chiqish va hokazo.

Suhbatlashish uchun bir-birining qiziqishlarini bilish kerak, umumiy qiziqishlar bo'lishi kerak. Hech bo'lmasa, o'tmish va kelajak haqida gaplashish mumkin-ku. Masalan, bolalik xotiralarini eslashsin, oila qurgan yillarini, farzandlari tug'ilganda qanday hayajonli lahzalar bo'lgan, o'tgan oyda erishgan muvaffaqiyatlari, bugungi kunlarini qanday o'tkazgani. Kelajak ham shu kabi: ertangi rejalar, bir yillar maqsadlar, nabiralari maktabga boradigan bo'lganda nimalar qilishadi — gap ko'p! Xohish, istak, bir-biriga ochilish bo'lishi kerak.

Orada ko'p ko'ngilsizliklar bo'lib, bir-birini eshitishni istamaydigan bo'lib qolganda ham gapirishga gap topilmaydi. Bunday vaziyatda avvalo bir-birini kechirishga harakat qilib, bundan buyog'iga yaxshi hayot kechirishga juftlik birgalikda harakat qilishi kerak.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kitob o‘qishga qiziqtirish ❤️

📍Uyda bolalar kutubxonasi bo‘lishi kerak. Bola avval kitoblarga mehr qo‘ysin, keyin mutolaaga qiziqishi uyg‘onadi.

📍Bunda ota-onaning o‘rni muhim. Imkoni boricha ki­tobingizni farzandingizning yonida o‘qing. Ki­toblaringiz haqida ularga aytib bering va ularni kitobingiz bilan tanishtiring.

📍Bolalarni kitobni o‘qishga ilhomlantiradigan mav­zularni tanlang. Dinozavrlar yoki kosmik sayohat­lar haqida.

📍Rasmlarga ham e’tibor bering.

📍Farzandingiz bilan birgalikda mutolaa qiling. Navbatma-navbat o‘qing.

📍Ular bilan o‘yinlar o‘ynab turing. Topishmoqlar va boshqotirmalar.

📍Bolalarning qobiliyatini va ishonchini oshirish uchun iloji boricha ovoz chiqarib o‘qishga undang.

📍Farzandingiz uxlashidan oldin yotoqning yoniga ertak kitob qo‘ying. U qiziqib albatta kitobni ochib ko‘radi.

📍Bolalarga katta asarlar emas, balki qisqa hi­koyalarni xarid qiling.

🎙 Farzandingizdan u o‘qigan kitoblar haqida tez-tez so‘rab turing. Masalan, voqealar rivoji, qaysi qahramon yoqqanini, o‘rnida bo‘lganida u qanday yo‘l tutgan bo‘lar edi va hokazo.

📖 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalamu alaykum. Men bir qiz bilan yaxshi ko'rishdim, 3 yil bo'ldi munosabatimizga. Onasi bilardi, lekin hozirga kelib boshqa oilaga bermoqchi. Butun oilasi o'sha oilaga berish harakatida. Qiz esa bunga qarshi turyapdi, lekin majburlab berishlaridan qo'rqiyapdi. Nima maslahat berasiz? O'zimiz nikohdan o'tvolsak xato bo'masmikan?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Juda xato bo'ladi-da! Ota-onaning roziligi kerak, ota-onani norozi qilib baxtli bo'lib bo'lar ekanmi?!

Avvalo gaplashib yurib noto'g'ri qilgansizlar. Onasi bilishi sizga bu ishga yo'l ochmaydi. Endi shu qizga uylanmoqchi bo'lsangiz, ota-onasini rozi qilgan holda uylaning. Sovchilaringiz borsin, zarur bo'lsa, o'zingiz borib erkaklar bilan gaplashing: nimaga sizga bermoqchi emasligini biling, muammoni aniqlab, hal qiling.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
So'zsiz ham qalbni egallash mumkin — xulq bilan!

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Turmush o'rtog'i bilan eng yaxshi til topishadigan ayol aniq gapiradigan ayoldir!

Erkaklar aniqlikni yaxshi ko'radi, ichimdagini top qabilidagi jumboqlarga e'tibor qilmasligi mumkin. Chunki uningsiz ham boshida minglab tashvishi bor!

Turmush o'rtog'ingizdan nima istayotgan bo'lsangiz, aniq ayting: "Menga ko'proq vaqt ajratsangiz, iltimos", "Men siz bilan suhbatlashib o'tirishni istayman" va hokazo.

"Sizga faqat shu ishingiz kerak!", "O'zi meni sevmaysiz!" kabi gaplar yuqoridagi ma'nolarni yetkazib bera olmaydi.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Bir yigit qizga sovchi qòysa-yu, lekin qizning ota-onasi yigitning otasini tanishsa va yigitning taqvodor, ilmli ekanligiga qaramay, otasining o'tmishdagi xatolari sababli nikohga rozi bo'lishmasliklari to'g'rimi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Dinidan va xulqidan rozi bo'lingan yigitdan sovchi kelsa, qizni berish buyurilgan. Shunga ko'ra, to'g'ri emas. Ammo kuyov bo'lmishning otasi o'tmishda qilgan xato shu darajada katta bo'lganmi-yo'qmi — bilmayman.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sizdan yordam so‘ramasa, aralashmang ⭐️

⭐️ Agar farzandingiz darslari yoki o‘zining mash­g‘ulotlari bilan band bo‘lsa va sizdan yordam so‘­ramasa, ishlariga aralashmang. Aks holda sodda darslarda, hatto biladigan mavzularida ham yor­damga chaqirishga o‘rganib qoladi. Shunchaki o‘zini ortiqcha qiynashni, izlanishni xohlamay qoladi.

⭐️ Agar farzandingiz dars jarayonida yoki boshqa mashg‘ulotlarida qiyinchilikka duch kelsa, o‘zi sizdan yordam so‘raydi. Va bunda, albatta, unga yordam bering.

📚 «Tarbiya-chi?» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum, ustoz.
Oila qurishda ikki inson o'rtasidagi yosh farqi qancha bo‘lishi kerak va u qanday ahamiyatga ega?
Meni yoshim 20 da hozir, o‘zimdan 9 yosh katta insonga berishmoqchi.
Men bu vaziyatda qanday yo‘l tutay?

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Yosh juda katta ahamiyatga ega emas, asosiysi, tushunchalar, maqsadlar, aqliy salohiyat yaqin bo'lishi.

Shunday bo'lsa-da, yosh jihatdan er-xotin ota-bola kabi katta farq qilmagani afzal. Shuning uchun erkak ayoldan o'n yoshgacha katta bo'lsa, muammo emas deb o'ylayman. Yana bir bor ta'kidlayman: shunda ham ikkisida ham aqliy kamolot bo'lsa, yosh deyarli ta'sir qilmaydi.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Yoshim 26 da, doktoranturada o'qiyman. Hech kimni yaxshi ko'rolmayapman, qizlar bilan sevgi haqida gaplashib yurmaganimga uylanishga kelganda boshim qotgan.

G'iyosiddin Yusuf:

— Kishi o'zini majburlab birovni yaxshi ko'rib qola olmaydi. Muhabbat kutilmaganda keladi. Kelmasa ham aql bilan munosib juft tanlab uylanavering. Yaxshi rafiqa bo'lsa, to'ydan keyin muhabbat paydo bo'ladi.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ramazoni sharif muborak bo'lsin, azizlar!

Bu oyda oilangizdagi baxt, muhabbat yanada ziyoda bo'lsin! Juftingizni tabriklash yoddan chiqmasin! 😉

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayollar, oilangiz buzilishida hech qachon faqat eringizni ayblamang, haqiqatga yuz tutishni o'rganing, ikkalasi ham aybdor: er va qaynona!

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mutolaaning foydasi ⬇️

➡️ Kitоbdan оlinadigan axbоrоtlar bоsh miyaning qisqa va uzоq muddatli xоtiraga mas’ul qismlari o‘rtasida yangi alоqani shakllantiradi, miyani chiniqtiradi.

➡️ Mutоlaa uchun kitоbni bilib tanlasangiz, chinakam hayot maktabidan sabоq оlgandek o‘z-o‘zingizni yanada yaxshirоq anglay bоshlaysiz.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Birozgina bee'tiborlik bilan harakat qilish natijasida munosabatlarga darz ketishi mumkim, ammo uni qayta tiklash juda mashaqqatli yoki imkonsiz.

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ayolidan kutgan, talab qilgan narsasiga o'zi amal qiladigan erkak juftining yonida salobatli, hurmatli bo'ladi.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 11:19:45
Back to Top
HTML Embed Code: