Telegram Web Link
YOQIMLI MASOFA

Erkak kishi ayoli kanadek yopishib olishini ham, butunlay befarq bo‘lishini ham xohlamaydi. Oltin o‘rtalikni topa bilish kerak. Sevishingizni, u sizga kerakligini bilsin, lekin oyog‘iga zanjir bo‘lmang. Ba’zan o‘z holiga qo‘ying, o‘zi uchun, do‘stlari uchun bemalol vaqt sarflay olsin.

Uni birzum yoningizdan qo‘yib yuborgingiz kelmasligi mumkin, lekin bu to‘g‘ri emas. Siz ham jiddiy biror mashg‘ulot bilan band bo‘ling. Ilm o‘rganing, o‘rgating va hokazo. Shunda biroz chalg‘iysiz. Maqsadni katta qo‘ying!

😀 «Asal oyi emas, asal hayot» kitobidan #iqtibos

Xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Senga birinchi tavsiyam shuki, jufting haqida yaxshi gumonda bo'l!

#Muammo

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Xo'jayinim ko'p holatlarda pul masalasida menga nisbatan kamxarjroqlar. Yetarli mablag'lari bo'lsa ham, yo'q deyishga odatlanmoqdalar, boshqa yaqinlariga ancha saxiylik qiladilar. Buni bilgan holda u kishidan xafa bo'lishga haqqim bormi yoki indamay rozi bo'laverishim kerakmi?

G'iyosiddin Yusuf:

— Yetarli ta'minotingizni qilib berayotgan bo'lsa, xafa bo'lmang. Kamchilik bo'lsa, so'rashga haqlisiz.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalamu alaykum va rahmatulloh.

Turmush qurishda qiz bola uchun o'zidan bilimsiz odamni xohlamaslik tabiiy holatmi? Men ilm yo'lidan ketgim keladi va shu yo'lda harakatdaman, sovchilarni ilm jihatdan mos bo'lmagani uchun qaytarib kelyapman hozirgacha, lekin uydagilarim buni noto'g'ri tushunishyapti. Maslahat bering, iltimos.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatulloh. Kuyov bola eng kamida o'zi uchun zaruriy ilmlarni bilishi kerak. Ilm yo'lida bo'lmasa ham ilmga muhabbatli, ilm o'rganishingiz uchun sizga sharoit qilib beradigan bo'lsin.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Moddiy tarafi nol bo'lgan, lekin uylanishi kerak bo'lgan bo'ydoqlarga maslahatingiz.

G'iyosiddin Yusuf:

— Nafsini tiyish uchun barcha imkonni ishga solish bilan birga moddiy holatini yaxshilashga harakat qilsin.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Qоg‘оz kitоblarni o‘qing ✔️

📍Bu ham kamrоq chalg‘ish va irоda kuchini bekоrga sarflamaslikka yordam beradi. Chunki ko‘pincha elektrоn qurilmalarda kitоb o‘qiyotganimizda internetga kirib ketamiz va mutоlaani tashlab qo‘yamiz. Qоg‘оzli kitоbni qo‘lda ushlashning o‘zi ham yoqimli.

📍Ko‘pincha qo‘ng‘irоq qilish yoki qandaydir ma’lumоtni ko‘rish uchun telefоnni qo‘lga оlganimizda ijtimоiy tarmоqqa bir kirib chiqay degan o‘y ancha vaqtimizni оlib qo‘yadi. Kitоb o‘qiyotganda ham nimadir esga tushib, internetga kirib chalg‘ib qоlishimiz mumkin.

📚 «Men ham kitob o‘qiyman» kitobidan #iqtibos

Kitobni xarid qilish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Erim menga xiyonat qildi, men kechirdim, hozir birgamiz, lekin qalbida o'sha ayolga nisbatan hali ham hislari bor. O'zimni bilmaganga olaman, lekin qalbim og'riydi. Namozlarimda o'zimga sabr va taskin so'rayman, lekn erimga ishonchim so'ngan.

G'iyosiddin Yusuf:

— O'sha ayolga nisbatan hali ham hislari bo'ladigan bo'lsa, ishonish qiyin, albatta. Turmush o'rtog'ingiz qilgan ishiga chindan pushaymon bo'lib, qattiq harakat qilish bilan yana ishonchingizni qozonishi mumkin. Siz esa duolaringizda shuni ham so'rang.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​​ — Men sizday qurumsoq odam bilan yashamayman. Mana, bergan uzugingiz...
— Qutichasi qani?

#Tabassum

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum. Ayol kishini qadrsizlik qiynaydi. Erkak kishiga qanday qilib buni anglashiga koʻmak berish mumkin? Ayol tushungan taqdirda ham u ham banda – mehr berib, unga vaqt ajratilishini, tuygʻulari ostin-ustun qilinmasligini xohlaydi. Bunday holatda qanday maslahat va yechim berasiz? Javob va eʼtibor uchun tashakkur!

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Erkak qadrlamayotgan bo'lsa, ayolning nimasidir unga yoqmayotgan bo'lishi ham bir sababdir. Shuning uchun ayol o'zi va jufti o'rtasidagi munosabatlarni ko'rib chiqib, xatolari ustida ishlashini, o'zgarishini tavsiya qilaman. Shunday o'zgarsinki, eri qadrlay boshlasin.

Albatta, bu yerda erda ham kamchilik, qilishi kerak bo'lgan ishlar bor. Shuning uchun bu kabi masalalarni ikki tomonni ham eshitib, keyin tavsiya berish bilan hal qilish mumkin.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Savol: Assalomu alaykum. Bir yigitni juda qattiq sevaman. U inson bilan oramizda hamma narsa boʻlgan (yaqinlikdan tashqari). Har qanaqa gap-soʻzlar, haqoratlar ham boʻlgan! Shunga qaramasdan ham u insonni hali ham sevaman. Qilgan ishlarimiz xatoligini tushunib, kelajagimiz uchun oʻqishimiz, ilm olishimiz uchun toʻgʻri yoʻlda yurishga qaror qildik va shu ishni qilyapmiz ham. Lekin oxirgi marta hol-ahvol soʻrab gaplashganimizda oʻtib ketgan voqealarni eslab, sen ham men uchun bir variantsan degan gaplariga rosa oʻylanib qoldim. «Seni sevaman, sensiz men uchun hayot hayot emas» gaplari qayerda qoldi, bergan vaʼdalari qayerda qoldi deb tushkunlikka tushib qoldim. Bolalarga nisbatan nafrat uygʻongandek his qildim oʻzimda. Ularni doim qanday boʻlsalar shunday qabul qilganman. «Sen variantsan» deganlaridan keyin ham "senga uylanaman, uy olaman, mashina olaman deb chet elga ketishdan yoki boshqa orzularingizdan voz kechmang, men sizni doim boringizcha qabul qilganman, meni tushunsangiz boʻldi, rizq Allohdan, hammasi oʻz vaqti bilan boʻladi deb yozsam «oʻlgim kelyapti, hech nima kerak emas», «orzularim yoʻq, xayr» deb yozdilar. Bu gaplaridan keyin qanday qarorga kelishni bilmayapman. Voz kechib boshqa insonni yuziga qanday qarayman deb oʻylanyapman. Voz kechib boshqa inson bilan birga boʻlsam ham uni qoʻmsab qolsam-chi deb oʻylab qolyapman. (mehribonliklarini, gʻamxoʻrliklarini, tabassumlarini). Agar uylansa, Allohga tavakkul qilib shu inson bilan oila quraymi deb oʻylab qolyapman. (Lekin opam shu insonga turmushga chiqsang, sen bilan begona boʻlamiz deganlar) Bunday vaziyatda menga nima maslahat berasiz? Nima qilishim kerak? Qanday qaror qabul qilishni bilmayapman.

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom. Afsuski, qadringizni, sha'ningizni poymol qilib bo'libsiz. Endi uni o'ylamang, qilgan ishlarizga pushaymon bo'ling, takrorlamang. Taqdirizga yozilgani bo'ladi, u bilan aloqa qilmang.

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
— Sizga bir ish bor.
— Ha, labbay?
— Foydali ish.
— Ha, maashaalloh.
— Bir umr meni sevish!
— Men shu bilan bandman.

#Muhabbat

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Er — oilaning rahbari. Lekin bu rahbarlik ishxonadagi rahbarlikdan farq qiladi. Ishxonada bir xodim xato qilsa, uni almashtirsangiz bo'ladi, ammo xotinni almashtirish uchun kichik xatolar sabab bo'lolmaydi. Shuning uchun oila rahbari kechirimli, marhamatli bo'lishi kerak. Bunday erni ayol ham sevadi, hurmat qiladi.

#Erkaklar

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Kechirishni biling. Bu avvalo o'zingiz uchun kerak, sizni xafa qilganlar uchun emas. Kechirish orqali siz ruhiy halovat, xotirjamlikni topasiz.

#Muammo
#psixologiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum, ustoz!

Bir qizga sovchi qoʻymoqchi boʻlgandim. Qiz qoriya, yaxshi joyda oʻqiydi, lekin ota-onasi uydagilarga yoqmabdi. Qiz haqida hech kim birorta yomon gap aytmadi, shu holatda nima qilinadi, ustoz?

Javob:

— Va alaykum assalom. Ota-onasi nima sababdan yoqmaganiga bog'liq. Jiddiy sabab bo'lsa, boshqa qiz ko'ring, bo'lmasa, ya'ni qiziga uncha ta'sir qilmaydigan kamchiliklari bo'lsa, shu qizga uylansangiz bo'ladi. Buning uchun ota-onangizga yotig'i bilan tushuntirish kerak. Buni ularga gapirishga haddi sig'adigan kattalar yoki "erkatoylari" gapirishi mumkin. Saodat asrida ba'zi masalalarda Payg'ambarimiz alayhissalomning suyuklilari bo'lmish Usoma roziyallohu anhuni oraga qo'shar edilar.

#Oila_qurish

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Yigit uylanmoqchi bo'lgan, gaplashib yurgan, keyin aynib qolgan...

Azizlar, sizlardan juda ko'p savol kelyapti. Shuning uchun matn va video shaklda javob berib turmoqchiman.

Kanalda savol-javoblar ko'proq berib borilsa, sizga malol kelmaydimi?

Qarshi bo'lmasangiz, 🔥 bilan munosabatingizni bildirsangiz, iltimos.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
#Savol: Assalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuh.

Uchrashuvga chiqadigan yoki birinchi marta chiqayotgan qizlarga maslahat bering:
• Qanday savollar berish va qanday savollarni kutish kerak?
• Qanday insonni tanlashimiz lozim?
• Nimalarga eʼtibor berishimiz kerak?
• O'zimizni qanday holda tutishimiz kerak?
• Uchrashuv qancha vaqt davom etishi kerak?
• Uchrashuvga qanday holatda chiqishimiz kerak? Oʻzimizga qarab chiroyli boʻlib chiqish kerakmi yoki yoʻq?

Balogʻat yoshidagi qizlarga tushuntirib oʻtsangiz. Javob uchun oldindan rahmat!

G'iyosiddin Yusuf:

— Va alaykum assalom va rahmatullohi va barakotuh.

Bu ancha keng mavzu, batafsil ma'lumotni biror kurs yoki kitobda keltiraman, inshaalloh. Ammo ba'zi savollaringizga hozir javob yozaman:

• Dini va xulqidan rozi bo'ladiganizni tanlang.
• Har bir gap-so'ziga, harakatiga e'tiborli bo'ling.
• O'zingizni boringizcha tuting, nomahram erkak bilan muloqot qilayotganingizni unutmang.
• Uchrashuv vaqti bir piyola choy ichib bo'lguncha deb tavsiya qilingan ekan, ammo men buni kam deb o'ylayman. Ortiqcha gapga o'tmagan holda zarur savollarga javob olguncha bo'lgan muddatda suhbatlashishni tavsiya qilaman. Albatta, bunda yolg'iz qolinmaydi.
• Odatda ko'chaga qanday chiqsangiz, shunday chiqasiz. O'zingizga qarang, lekin e'tiborni tortadigan darajada chiroyli bo'lib chiqilmaydi. Xususan, oshiqcha bezanishlarsiz.

#Oila_qurish #ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Xonadonlarimizda amal qilinishi tavsiya qilinadigan 10 qoida:

1. Har bir xonaga kirishda ruxsat so'rang.
2. Ko'chaga chiqish uchun ayol eridan, bolalar ota-onasidan ruxsat so'rasin.
3. Har kun kamida ikki marta tishlarimizni yuvaylik.
4. Haftada kamida bir-ikki marta cho'milish lozim. Yoz kunlarida esa har kun.
5. Barcha yaxshi ishlarda ayol eriga, bolalar ota-onaga itoat qiladi.
6. Xonadon a'zolari o'z oralarida va qo'shnilar bilan salomni keng yoysin.
7. Qo'shnilarga kamida haftada bir marta ovqat uzatib turing.
8. Kamida haftada bir marta qarindosh-urug'lardan hol so'rang.
9. Xonadondagi uy ishlariga qizlar onaga, o'g'il bolalar erkak kishi qiladigan ishlar, xususan, axlat to'kishda yordam beradi.
10. Uy hayvonlari, uy atrofidagi hayvonlarga muruvvat ko'rsating. Shuningdek, hovli va ko'chadagi daraxtlar, ko'chatlar, o'simliklar parvarishiga e'tibor qiling.

#tavsiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 11:32:18
Back to Top
HTML Embed Code: