Telegram Web Link
MAHRNI YIGITNING SHAXSAN OʻZI SOTIB OLIB BERISHI KERAKMI?

#SAVOL: Qiz mahrga biror narsa soʻrasa, shu narsani yigitning oʻzi tomonidan olinishi kerakmi yoki yigitning oila aʼzolari tomonidan olingan boʻlsa ham boʻladimi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Aslida, ayolga beriladigan mahr uni nikohiga olayotgan erning zimmasiga vojib boʻladi. Ammo erning nomidan uning yaqinlari nikoh aqdida aytilgan mahrni ado qilsalar ham mahr oʻrniga oʻtadi. Vallohu aʼlam.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
– Men yoningda ekanman hech narsadan qo'rqma: biror narsa bo'lsa, birga qochamiz!

#Tabassum

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
AYOLIMDAN QURʼONNI OʻRGANSAM BOʻLADIMI?

#SAVOL: Ayolim Qurʼonni yaxshi biladi. Undan Qurʼon oʻqishni oʻrgansam boʻladimi?

JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim.
Zaruriy bilimlarni oʻrganishda katta-kichik, aka-uka, er-xotin kabilar ahamiyatli emas. Balki, Qurʼoni karimni oʻrganishga oʻxshash ibodatda zarur boʻluvchi ilmlarni imkon qadar tezroq oʻrganish lozim. Hatto oʻz ayolidan, farzandidan, nabirasidan ham kishi oʻrganishi joiz. Vallohu aʼlam.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi


✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
AYOL MAHRINI OLMAY TURIB VAFOT ETSA NIMA BOʻLADI?

#SAVOL: Men ayolimni mahrini bermagan edim. Yaqinda ayolim vafot etdi. Men nima qilishim kerak?

JAVOB: Bismillahir rohmanir rohiym.
Agar mahri berilmagan xotin vafot etsa, uning mahri erining zimmasidan soqit boʻlmaydi va erga uni ado etish lozim boʻladi. Lekin oʻlgan odamning haqqi boʻlgani uchun mahr merosga aylanadi va marhumaning merosxoʻrlari oʻrtasida shariat koʻrsatmasiga muvofiq taqsim qilinadi. Mazkur holatda merosxoʻrlar orasida uning eri ham boʻlgani uchun erga ham shariat koʻrsatmasiga binoan merosdan ulush beriladi. Vallohu aʼlam.

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi


✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
"Erim falon (gunoh) ishga buyuryapti, gunohi mening bo'ynimda deyapti. Nima qilay?" deb yozibdi birov. "Eringiz bizning ham ba'zi gunohlarimizni bo'yniga olmasmikan?" dedim! Bunaqa "xotamtoylik"ka jasorat qayerdan-a?! 🙄

#Shunchaki

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Yolg'iz ona yolg'iz emas, chunki u ona!

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Uyingiz hashamatli, jimjimador qandillari bor bo'lmasa ham mo'jazgina kitob javoni bo'lsa, fayzli bo'laveradi.

Yana unda bir joynamoz yoziladigan, Qur'on tilovat qilinadigan bir burchagi bo'lishi naqadar go'zal! Ba'zi xonadonlarda qibla qayerda ekanini bilishmaydi, Alloh asrasin.

Uylarni tutib turadigan ustunlar emas, unda qilingan duo-yu iltijolar, ezgu amallardir!

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Mehr-muhabbat borasida ayol erkakka nisbatan peshqadamdir

Odam Ato bilan Momo Havo yaratilgach, Odamdan: “Havoni sevasanmi?” deb soʻralibdi. Shunda u darrov: “Ha”, deb javob beribdi. Momo Havodan soʻralgan ekan, u: “Yoʻq”, debdi. Ammo yuragidagi muhabbat Odam Atonikiga qaraganda bir necha barobar ortiq ekan.

Alloh taoloning irodasi va hikmati ila ikkovlari yer yuziga indirilib, bir necha kun bir-birlarini qidirib topishishgach, Odam Havoga: “Qayerlarda eding? Men seni kunduzlari qidirdim”, debdi. Shunda Havo: “Men esa sizni kunduzlari ham, kechalari ham qidirdim”, degan ekan.

Shundan xulosa qilib aytamizki, mehr-muhabbat borasida ayol erkakka nisbatan peshqadamdir. Bu esa ayolga xos xususiyat va shu bilan birga, mislsiz fazilatdir.

Suʼad Fotih ayollarga nasihat qila turib: “Azizalarim, jufti halollaringizni seving, sevishdan malollanmang, sevishdan uyalmang, sevishingizni yashirmang! Juftingizning xizmatini muhabbat bilan bajaring, ularga mehr bilan taom hozirlang, usti-boshlarini mehr bilan yuving. Har bir soʻzingizu har bir amalingizdan muhabbatingiz koʻrinib tursin. Seving, seving va sevishdan charchamang”, degan edi.
Ha, ayollar, siz mehr-muhabbat manbayisiz!  Alloh taolo sizga inʼom etgan koʻksingizdagi bebaho javharni taraddudsiz ishga soling, behisob ajrga ega boʻlursiz, inshaalloh.

Odinaxon Muhammad Sodiq

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Eng barakali nikoh

Hazrati Mavlono Zulfiqor Ahmad Naqshbandiy hafizahulloh aytadilar:

"Bugungi kunda nikoh va toʻy ishlarini ancha kattalashtirib yubordilar. Buni bizga dinimiz buyurmagan. Balki bularning barchasi dindan uzoqlik natijasidir.

Islomda oddiy va kam xarajat toʻy xush koʻrilgandir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Eng barakali nikoh (mahr va xarajatlari) yengil boʻlganidir", – deganlar.

Imom Ahmad rivoyati

Yaʼni qaysi nikohda qancha mashaqqat kam boʻlsa, osonlik boʻlsa, xarajatlar kam boʻlsa, ana oʻsha nikoh eng koʻp barakali nikoh boʻladi. Bunday nikoh barakasidan er-xotin hayotida ham quvonchlar va xayr-barakalar boʻladi.
Buning aksicha, qaysi nikohda turli xil rasm-rusumlar va urf-odatlar boʻlsa, shariʼatga xilof ishlar boʻlsa, mol-mulklar zoye boʻlsa, u Alloh taʼoloning noroziligiga sabab boʻladi va uning bebarakaligi yangi qurilgan oila hayotiga ham taʼsir qiladi.

Ayni shu sababli odamlar minglab pul sarflab qizlarini turmushga uzatadilar. Afsuski, qizlari bir ikki kunda yigʻlab uylariga qaytib keladilar. Goʻyoki nikohning asli boʻlgan ruh chiqib ketib boʻlganu, murda boqiy qolgandekdir".

"Azdvaaji zindagi ke sunehri usul" kitobidan #iqtibos

Abdulqayyum Komil tarjimasi

#Nikoh

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Xotinlarning odobiga kiruvchi muhim vazifalar

Erining osh-nonini pishiradi, dasturxonini tuzaydi, mehmonini kutadi.

Erining chirogʻi va oʻchogʻini yoqadi, toʻshagini yoyadi. Erining gʻusl va tahoratiga suv tayyorlab beradi, agar u istasa, gʻusl va tahorat qilishiga yordamlashadi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh. "Ijtimoiy odoblar" kitobidan #iqtibos

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Siz bilan turmush qurib, nima koʻrdim?

Oilaviy munosabatlarda qars doim ikki qoʻldan chiqadi.

Baʼzan ayol kishining koʻngli nozik, sal narsaga xafa boʻlishadi, ular uchun birgina nojoʻya soʻzingiz ham qattiq taʼsir qiladi deymiz.

Ammo erkaklar-chi? Har bir soʻzingizga ehtiyot boʻling, aziz #ayollar.

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Bir kun kelib barchamiz xotiraga aylanamiz. Farzandimiz uchun qoldira oladigan eng katta narsamiz, ehtimol, yaxshi xotiralardir. Ertadan kechga qadar bolalarimiz uchun ishlashimiz, ularga dabdabali uylar qurib berish uchun ularning bolaligini tortib olar ekanmiz, biz mana shu yerda tuzatib bo'lmas xatoni qilayotgan bo'lamiz.
O'zlarimizni, jonlarimizni ming yoqqa urmaylik-da, go'daklarimiz uchun ertaga eng yaxshi xotiralar bo'lib qolishga intilaylik.

Gulchiroy Ibrohimova

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Xotinlarning odobiga kiruvchi muhim vazifalar

Erining ijozatisiz biror joyga, hatto ota-onasini koʻrgani ham bormaydi.

Xotin erining kiyimlarini yuvib-tozalaydi, yirtigʻini tikadi, buyum va ashyolarini avaylab, asraydi.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh. "Ijtimoiy odoblar" kitobidan #iqtibos

#Ayollar

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Nomahram bilan namoz oʻqisa boʻladimi?

#Savol: Men kelinoyim bilan birga namoz oʻqidim, namozim qabul boʻladimi? Oʻzi nomahram bilan namoz oʻqisa boʻladimi?

Javob: Bismillahir rohmanir rohim. Erkak kishi uyda nomahram ayollarga imom boʻlib birga namoz oʻqishi makruh boʻladi. Agar u ayol bilan birga imomning mahramlari boʻlsa, yoki unga iqtido qilganlarning ichida erkak kishi boʻlsa, makruhlikdan chiqadi ("Al-Muxtasar fil-fiqhil hanafiy" kitobi). Vallohu aʼlam!

Oʻzbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toʻydan keyin ham muhabbat boʻlsin

Erkaklar tabiatidan kelib chiqqan holda ahli ayoliga koʻp dil izhori qilishmaydi.

Aslida, dil izhori qilish kerakmi, aytmasangiz ham oʻzi bilmaydimi?

Foydali tavsiyalar bilan video orqali batafsil tanishing.

#Erkaklar #Muhabbat #izhor

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Sevgi eng nozik va buyuk tuygʻudir. Ayol yoqimli soʻzlari, iliq munosabatlari bilan bu rishtani mustahkamlashi darkor. Erining muhabbatini qozonmoqchi boʻlgan har bir ayol bu tuygʻuni bardavom qilishga koʻproq ahamiyat bersin.
Erining oldingi xatolarini eslatavermasin, eriga doim koʻz-quloq boʻlsin. Eriga xuddi yangi dunyoga kelgan goʻdakdek gʻamxoʻrlik qilsin. Eng katta yaxshilik birovning ayblaridan koʻz yumish, uni kechirib yuborishdir. Bu narsa juftining qalbida muhabbat paydo qiladi, unda bor muhabbatni esa ziyoda qiladi.

Muslimaat.uz

#Muhabbat

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
​​Oilada hurmat bo‘lsin 😀

😘 Ota-ona bir-birini hurmat qilsin, bolalarini hurmat qilsin. Ota-onaman deya bolasiga istagancha muomala qilmasin. Shuningdek, bolalar yonida bir-biriga hurmatsizlik qilmasin. Yo‘qsa, bolalar oldida hurmatlarini yo‘qotishadi.

😀 Yana bir e’tibor qilish kerak bo‘lgan narsa shuki, ota yoki ona bir narsaga ruxsat bersa, boshqasi man qilib turmasin. Bu ham bolalar oldida juftining obro‘si tushishiga sabab bo‘ladi.

"Tarbiya-chi?" kitobidan #iqtibos

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
Ona madrasadir!

Er vafot etdi. Uning shkafda osiliq turgan kiyiminig choʻntagiga ayoli sakkiz yilgacha pul solib qoʻyardi. Farzandlari har gal undan pul soʻrashganida ularga: "Otangning choʻntagidan olaqol!", der edi.

Ayol buni uydan otaning xotirasi koʻtarilib ketmasligi uchun qilardi.

Ikrom Sharif

#tarbiya

✍️ @Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ota-ona tanlashda adashmang

Farzand tarbiyasida qilinishi kerak bo'lgan 3 ta asosiy narsani bilasizmi?

Bu muhim jarayonning birinchi bosqichi «Ota-onani toʻgʻri tanlashdir». Qolgan bosqichlar ham har bir ayol va erkak bilishi kerak bo'lgan muhim jarayonlar hisoblanadi.

Videoni oxirigacha koʻring va yaqinlaringizga ulashishni unutmang!

#tarbiya

@Hubbuna — oila qurish, oilaviy muhabbat, baxt va farzand tarbiyasi haqida
2024/10/01 17:34:53
Back to Top
HTML Embed Code: