Telegram Web Link
#Live Uchinchi "Ustozlar milliy forumi"ning Dehqonobod tuman bosqichi oʻtkazilmoqda

Milliy forum "Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi" shiori ostida Dehqonobod tuman hokimligi faollar zalida boʻlib oʻtmoqda. Ushbu tadbir yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat hamda yangicha metodlar bilan boshlashda dasturul amal bo‘lib xizmat qilishi maqsadida tashkil etildi.

Forumni tuman hokimi Sherzod Shokirov va tuman prokurori Otabek Usanov tabrik so’zi bilan ochib berdi, oʻz soʻzida mamlakatimiz rahbarining ta’limga qaratayotgan yuksak e’tiborlari natijasida yuz berayotgan ulkan oʻzgarishlarni ta’kidlab, barcha soha mas’ullariga yangi o‘quv yilida yuqori natijalarga erishishda omad tilashdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Foto: Dehqonobodda uchinchi "Ustozlar milliy forumi"ning tuman bosqichi oʻtkazildi

Ushbu tadbir yangi o‘quv yilini ko‘tarinki kayfiyat hamda yangicha metodlar bilan boshlashda dasturul amal bo‘lib xizmat qilishi maqsadida tashkil etildi.

Tadbir yakunida o’zining fidoyiligi va o'quvchilari yuqori natijalarga erishgan o'qituvchi hamda soha xodimlari forumda alohida e’tirof etilib, ularga tashakkurnoma va estalik sovg'alari topshirildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Video: Otqamar va yangiobodliklar ham bayramni munosib bayram sovgʻasi bilan qarshi olishmoqda

Yurtimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida Muhtaram yurtboshimizning Qashqadaryo viloyatida tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratgan e’tiborlarining yana bir na’munasi sifatida tumanning “Otqamar” mahallasidagi oilaviy shifokorlik punkiti davlat dasturi asosida to’liq kapital ta’mirlangan boʻlsa, “Yangiobod” mahallasida esa tashabbusli budjet mablagʻlari asosida Chuchuquduq oilaviy shifokorlik punkitining filiali binosi yangidan qurilib, jihozlandi.

Bugun mazkur binolardagi barcha ishlar yakunlanib, mahalla faollari, nuroniylar ishtirokida ochilish marosimlari tashkil etildi hamda zamonaviy tibbiyot maskanlari aholi ixtiyorga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Sherzod Shokirov va tuman prokurori Otabek Usanov ham ishtirok etib, Otqamar va yangiobodliklarni yurtimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda yangi tibbiyot maskanlari bilan tabriklashdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Aziz yurtdoshlar, hurmatli tumandoshlar...

⚜️ Dehqonobod 24 ✔️ kanali barchangizni xalqimizning g'ururi-iftixori bo'lgan eng aziz bayram - Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan muborakbod etadi.

🔸Yurtimiz ravnaqi yo'lida harakat qilishdan, uning rivojiga hissa qo'shishdan charchamang!

🔸 Ilohim, yurtimiz tinch, xalqimiz sog‘-salomat, dasturxonlarimiz to‘kin bo‘lsin.

🇺🇿 O‘zbekistonimiz doimo gullab-yashnasin. Mustaqilligimiz abadiy bo'lsin!

Kanalimiz: Dehqonobod 24 ✔️
2024/09/30 08:15:57
Back to Top
HTML Embed Code: