Telegram Web Link
​​DEHQONOBOD TUMANI HOKIMI SHERZOD SHOKIROVNING MUSTAQILLIGIMIZNING 33 YILLIGI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Assalomu alaykum, aziz yurtdoshlar, qadrli tumandoshlar!

Avvalo, sizlarning
barchangizni Oʻzbekiston
Res­publikasi davlat mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.


Bugungi kunda jahon miqyosida yurtimiz haqida soʻz ketganda “Yangi Oʻzbekiston” iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qoʻyganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning eʼtirofidir. Darhaqiqat, oʻtgan qisqa davr ichida jonajon Oʻzbekis­tonimiz mashaqqatli va sharafli mustaqil rivojlanish yoʻlini bosib oʻtdi.

Mustaqil taraqqiyot yoʻlidagi keng koʻlamli islohotlarimizni izchil davom ettirish, barcha soha va tarmoqlar rivojini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida bugungi kunda yurtimizda millati, tili va dinidan qatʼi nazar, har bir fuqaro erkin va farovon yashaydigan yangi jamiyat va davlat barpo etilmoqda.

Shu oʻrinda muhtaram yurtboshimiz rahnamoligida tinchlikni mustahkamlash, xalqimiz farovonligini yuksaltirish, keksalarni eʼzozlash, ertamiz egalari boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazish boʻyicha olib borilayotgan islohotlar bizning koʻp millatli tumanimiz aholisiga ham ezgu maqsadlarga erishishga ishonch va koʻtarinki kayfiyat kasb etmoqda.

Bu yil yurtimizda Vatanimiz mustaqilligining 33 yilligi «Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!» shiori ostida nishonlanmoqda.

Siz azizlarni Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 33 yillik bayrami bilan yana bir bor chin qalbimdan tabriklayman hamda barcha pok niyatlarimiz ijobat boʻlishini, yaratganning oʻzi yurtimizni turli balo-qazolardan asrashini, birdamlik, doʻstlik va ahillik tuygʻulari yanada ziyoda boʻlishini soʻrab qolaman.
Siz azizlarga sihat-salomatlik, yangidan-yangi muvaffaqiyatlar, oilaviy xotirjamlik, farzand­lar, nabiralarning baxt-u kamolini koʻrish nasib etishini tilab qolaman!

Hurmat bilan, Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TEZKOR #MILLION #PREMYERA

«MILLION» JAMOASINING YANGI KONSERT DASTURI

Dam olish kunida badiiy chekinish...!

Tomosha qiling va dam oling!


Tanishlarga yuboramiz...🔃

Kanalimiz: Dehqonobod 24 ✔️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Live Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov tumandagi 23-umumiy oʻrta ta’lim maktabida bo’lib oʻtayotgan birinchi qoʻngʻiroq tadbirida keng jamoatchilik vakillari bilan ishtirok etmoqda

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
Foto: Dehqonobod tumanidagi maktablarda ham birinchi qoʻngʻiroq tadbirlari bo’lib o’tdi

Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov hamda tuman maktabgacha va maktab ta’limi mudirasi Risolat Eshqobilova tumandagi 23-umumiy oʻrta ta’lim maktabida boʻlib oʻtgan birinchi qoʻngʻiroq tadbirida ishtirok etib, barcha o’quvchi yoshlarning, maktab ostonasiga qadam qoʻyayotgan bolajonlarning oʻqishlariga omad tilashdi hamda 1-sinf oʻquvchilariga Prezident sovgʻalarini topshirishdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo MTRK: Dehqonobod tumanida Mustaqilligimizning 33 yilligiga bagʻishlangan «Bir bo'lsak - yagona xalqmiz, birlashsak - vatanmiz!» shiori ostida oʻtkazilgan bayram dasturi

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
Dehqonobodda 5 ta loyiha "Openbudget"da g‘olib deb topildi

Bugun "Tashabbusli byudjet"ning 2024-yil ikkinchi mavsumi g‘oliblari aniqlandi.  Doimgidek, dehqonobodliklar faol bo‘lib, 5 ta loyihada g‘olib bo‘lishdi.

G‘oliblar ro‘yxati yuqoridagi suratlarda keltirilgan.

Barcha g‘oliblarni tabriklaymiz!

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
2024/09/30 10:21:36
Back to Top
HTML Embed Code: