Telegram Web Link
⚑️Otqamar va yangiobodliklar ham bayramni munosib bayram sovgʻasi bilan qarshi olishmoqda

Yurtimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami arafasida Muhtaram yurtboshimizning Qashqadaryo viloyatida tibbiyot sohasini rivojlantirishga qaratgan e’tiborlarining yana bir na’munasi sifatida tumanning β€œOtqamar” mahallasidagi oilaviy shifokorlik punkiti davlat dasturi asosida to’liq kapital ta’mirlangan boΚ»lsa, β€œYangiobod” mahallasida esa tashabbusli budjet mablagΚ»lari asosida Chuchuquduq oilaviy shifokorlik punkitining filiali binosi yangidan qurilib, jihozlandi.

Bugun mazkur binolardagi barcha ishlar yakunlanib, mahalla faollari, nuroniylar ishtirokida ochilish marosimlari tashkil etildi hamda zamonaviy tibbiyot maskanlari aholi ixtiyorga topshirildi.

Ochilish marosimida tuman hokimi Sherzod Shokirov va tuman prokurori Otabek Usanov ham ishtirok etib, Otqamar va yangiobodliklarni yurtimiz mustaqilligining 33 yillik bayrami hamda yangi tibbiyot maskanlari bilan tabriklashdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24βœ”οΈ
2024/09/29 22:19:15
Back to Top
HTML Embed Code: