Telegram Web Link
​​❗️#xayriya
#yordam_zarur

Oila boshi jigar sirrozidan aziyat chekmoqda: Murg‘ak qalb egalari — farzandlari otasining sog‘ayishidan umidvor


Asli Dehqonobodlik bo'lgan 1993-yilda tugʻilgan Shohimardon Karimov ancha vaqtdan buyon jigar sirrozi bilan kurashib kelmoqda. O‘tgan yillar davomida oila boridan ayrildi. Davolanishi uchun millionlab mablag‘ sarf bo‘lmoqda. Ayni kunda oila juda qiyin ahvolda. Ko‘mak zarur. Ushbu yigit 3 norasida farzandlarning otasi…

Yigitning tuzalishi uchun Operatsiya Hindistonda amalga oshirildi, bor mablagʻ sarflab boʻlindi… Shohimardon Karimovning navbatdagi tibbiy ko‘rigi, dori-darmonlar uchun katta mablag‘ zarur.

Savobtalab yurtdoshlar, murg‘ak qalb egalarining quvonchi va yetim boʻlib qolmasligi uchun yordamingizni ayamang. Qo‘ldan kelgancha ko‘mak bering.

Savobtalab yurtdoshlarimiz ushbu yigitga qo'ldan kelgancha 5-10 ming so'm bo'lsa ham yordam beraylik, zero ushbu yigitning yosh farzandlari yetim bo'lib qolishmasin.

Ushbu 3 bolaning otasiga Yordam berishni istagan saxovatpesha insonlar 👇
+998-99-661-35-82
👆 Ushbu telifon raqam orqali bemorning yaqinlariga bog'lanishlari mumkin.

Plastik kartochka raqami: ⬇️

💳 UZCARD
8600 0604 5428 2782
Muhammad Karimov

❗️Azizlar savob uchun ushbu xabarni qo'limizdan kelgancha boshqa kanallar hamda guruhlarga tarqataylik hech bo'lmasa shu yo'l bilan ozgina bo'lsada o'z hissamizni qo'shaylik.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Video: Muhtaram yurtboshimizning qaror va topshiriqlarining ijrosi sifatida Dehqonobod tuman elektr ta’minoti boʻlimi xodimlari tomonidan tumanning “Otqamar” mahallasida aholiga qulaylik yaratib, elektr energiyasi sifatini yaxshilash, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan ko’ngilsiz holatlarni oldini olish maqsadida hududdagi 150 ga yaqin eski simyogʻochlar yangisiga almashtirilib, yangi transformatorlar oʻrnatilmoqda

Ma’lumot o’rnida mazkur mahallada 5,1 km elektr liniyasi davlat dasturi asosida yangi simyogʻoch va kabellar bilan tortilayotgan boʻlsa, 2,4 km liniya eski ammo foydalanishga yaroqli boʻlgan simyogʻochlar yordamida hashar yoʻli orqali tortilmoqda.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
❗️Prezident tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi

Qonunga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara va mulk huquqi asosida) qonuniy o‘tkazib olishi mumkin:

2018-yil 1-may kunigacha yakka tartibdagi uy-joy qurib o‘zboshimchalik bilan egallagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

2018-yil 1-may kunigacha fuqarolar va tashkilotlar tomonidan hujjatda ko‘rsatilgan maydondan ortiqcha egallangan yer hamda undagi bino va inshootlar;

“bir martalik aksiya” doirasida huquqlarni eʼtirof etish oxiriga yetmagan yer hamda undagi bino va inshootlar;

2021-yil 8-iyunga (hokimlarning vakolati bekor qilinguniga) qadar tuman (shahar) hokimlari qarori bilan ajratilgan, lekin viloyat hokimi yoki xalq deputatlari Kengashi tomonidan tasdiqlanmagan yer;

bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududidagi turar joylar hamda ular egallagan yer;

kichik sanoat zonalari hududiga 2020-yil 9-martgacha joylashtirilgan tadbirkorlarning yeri;

davlat orderi bilan xususiylashtirilgan binolar va uylar egallagan yer;

hokim qarori bilan mulk huquqi eʼtirof etilgan binolar va uylar egallagan yer uchastkasi.

Ko‘chmas mulkni qonuniylashtirish uchun ular quyidagi talablarga javob berishi lozim:

• yer boshqa shaxsga ajratilmagan yoki auksionga chiqarilmagan bo‘lishi;
• yer uchastkasidan foydalanishda nizo mavjud emasligi;
• yer va mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi;
• muhofaza zonasida, sug‘oriladigan yerda joylashmaganligi;
bosh reja talablariga zid emasligi (mavjud bo‘lsa);
• har bir kategoriyaga xos boshqa shartlar (investitsiya majburiyati bajarilganligi, shirkat aʼzosi hisoblanishi va boshqalar).

📌Qonun 3 oydan so‘ng kuchga kiradi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️
❗️Prezident tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun imzolandi Qonunga ko‘ra, fuqarolar quyidagi ko‘chmas mulklarni o‘z nomiga (ijara…
Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi:

🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha;

🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari hamda viloyat markazlarida 0,06 gektar, qolgan hududlarda 0,12 gektardan oshmagan hajmda.

❗️Ushbu hajmdan ortiqcha yerlar, agar nizo bo‘lmasa, dehqon xo‘jaligi yoki tomorqa xo‘jaligi yuritish uchun rasmiylashtirib beriladi.

🗂 Huquqlarni eʼtirof etish hududlar bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshiriladi, buning uchun Kadastr agentligi har yili reja-jadval tasdiqlaydi, unga asosan:

🔸Kadastr agentligi Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratib, unga barcha yerlar bo‘yicha 6 xil turdagi birlamchi maʼlumotlarni kiritadi;

🔸10 ta vakolatli organ (hokimlik, qurilish, ekologiya, soliq, “O‘zbekkosmos” agentligi va boshqalar) har bir yer uchastkasi bo‘yicha o‘z vakolatidagi maʼlumotlarni tizimga kiritadi;

🔸tizimda shakllantirilgan elektron yig‘majild mahalla binolarida, Kadastr agentligi saytida hamda boshqa manbalarda eʼlon qilinadi.

🗞 To‘plangan hujjatlarning to‘liqligi va qonuniyligi adliya organlari tomonidan o‘rganib chiqiladi.

📝 Ijobiy xulosa qabul qilingan fuqarolarga Kadastr agentligi tomonidan xabarnoma yuboriladi.

✔️ Xabarnoma asosida bir martalik to‘lovni amalga oshirganlarga har chorakda xalq deputatlari viloyat Kengashi qarori bilan huquqlar eʼtirof etiladi (yerga – ijara huquqi, bino-inshootga – mulk huquqi).

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
𝐃𝐞𝐡𝐪𝐨𝐧𝐨𝐛𝐨𝐝 24 ️
Qonunga ko‘ra, yakka tartibdagi uy-joylar egallagan yerlarga ijara huquqi quyidagi hajmgacha beriladi: 🔹1998-yil 1-iyulgacha egallangan bo‘lsa – 0,24 gektargacha; 🔹1998-yil 1-iyuldan 2018-yil 1-may kuniga qadar egallangan bo‘lsa – Toshkent, Nukus shaharlari…
Qonunga ko‘ra, yer va binolarni qonuniylashtirish uchun quyidagi miqdorlarda bir martalik to‘lov undiriladi:

🔹Toshkent shahrida – BHMning 5 baravari (1,7 mln so‘m);

🔹Nukus shahri va viloyat markazlarida – BHMning 3 baravari (1,02 mln so‘m);

🔹viloyatlar bo‘ysunuvidagi boshqa shaharlarda – BHMning 2 baravari (680 ming so‘m);

🔹boshqa aholi punktlarida – BHMning 1 baravari (340 ming so‘m);

🔹qolgan hollarda bir martalik to‘lov tegishli hududdagi o‘rtacha auksion bahosi miqdorida to‘lanadi.

Shuningdek, I va II guruh nogironlari, oldingi “aksiya” vaqtida yig‘im to‘lagan shaxslar to‘lovdan ozod qilinadi, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan shaxslarga 50 foiz chegirma beriladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Tuman hokimi sugʻorish tarmog’larini qurilish ishlari bilan tanishdi

Oʻzbekiston Respublikasi vazilar mahkamasining 2023-yil 16-iyundagi 49/9 – sonli yigʻilish bayoniga asosan tumanning “Beshbuloq”, “Yangiobod” va “Chuchuquduq” mahallalarida 3,5 km uzunlikdagi sugʻorish tarmoqlarini yaxshilash maqsadida davlat dasturi asosida qurilish ishlari rejalashtirilgan boʻlib, hozirda mazkur ishlar qizgʻin davom etmoqda.

Tuman hokimi Sherzod Shokirov hududda boʻlib, sugʻorish tarmoqlarining qurilish ishlari bilan tanishdi hamda qurilish ishlarini amalga oshirayotgan pudratchi firma mas’ullari bilan suhbatlashib, qilinishi lozim boʻlgan ishlarga mas’uliyat bilan yondashish va boshqa bir qator masalalar yuzasidan topshiriqlar berdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
🏪“Azizbek” savdo markazi tumandoshlarimiz uchun “ishonchli toʻlov” tizimini yoʻlga qoʻydi

☑️ Endi tumandoshlarimiz bizning savdo markazimizdan;
Muzlatgich,
Gaz plita,
Konditsioner,
Barcha turdagi telefonlar,
Televizorlar,
Xar xil turdagi gilamlar
Marazenliklar va boshqa barcha turdagi maishiy texnikalarni muddatli toʻlov asosida xarid qilishlari mumkin.

🗒Kredit uchun kerakli hujjatlar:

📰1. Pasport
🧾2. UzCard yoki HUMO bank kartasi (oxirgi 3 oy davomida doimiy pul aylanmasi va sms xabarnoma klik boʻlishi shart)


🔖Kredit va rasrochka bosh toʻlov 0%  boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan xarid qilishingiz mumkin.

📅  6 oydan 24 oygacha boʻlib toʻlashga Tez va oson xaridlarni amalga oshirish imkoni mavjud.

☎️Murojaat uchun:
📞+998-94-333-54-74
📞+998-99-015-29-39
Dehqonobod tumanining 3 ta togʻli mahallasida 3 ta yangi ko’prik quriladi

Muhtaram yurtboshimizning xalq roziligiga qaratilgan islohotlarining yana bir misoli sifatida Dehqonobod tumanining tuman markazidan olis, togʻli “Oqqishloq”, “Oybek” va “Guliston” mahallalarida hozirgi kunda eng kerakli manzillarni bogʻlab turuvchi 3 ta joyda yangi ko’priklar barpo etilishi rejalashtirilgan.

Shu loyiha doirasidagi ishlar boshlanishi arafasida tuman hokimi oʻrinbosari Sherdil Ergashov va Tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi Husniddin Azizov mazkur hududlarda boʻlib, ko’prik qurilishi ko’zda tutilgan joylarni koʻzdan kechirdi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
⚡️Dehqonobod tumanining ayrim mahallalarida vaqtinchalik elektr energiyasi o'chiriladi

Tuman hududidan o‘tuvchi M-39 avtomagistral yo‘lidan og‘ir va yirik gabaritli yuklarni xavfsiz olib o‘tilishini ta'minlash maqsadida bugun, 8-avgust kuni tumanning "Gumbuloq", "Bibiqorasoch", "Paxtachi", "Zavqiy", "Aerodrom", "Ayredevol", "Dehqonobod" mahallalarida elektr taminoti soat 08:00 dan 19:00 gacha o'chiriladi.

(Boshqa bazi mahallalarda ham uzilishlar kuzatilishi mumkin).

❗️Yuzaga kelgan noqulaylik uchun Tuman elektr taminoti bo'limi tumandoshlarimizdan uzur so'raydi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Video: “Tabiiy gaz va elektr energiyasi, ichimlik suvi barchamizning boyligimizdir! Ushbu boyliklarni farzandlarimiz va kelajak avlod uchun ham tejab ishlatishimiz kerak.” - deya ta’kidlashmoqda dehqonobodlik fuqarolar.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
TA'MIRLASH ISHLARI TUFAYLI BUGUN DEHQONOBOD TUMANINING AYRIM MAHALLALARIDA TABIIY GAZ TA'MINOTI VAQTINCHA TO'XTATILADI

Dehqonobod tumanidan o'tuvchi M-39 avtomagistral yoʻlidan og'ir va yirik gabaritli yuklarning xavfsiz o'tib
ketishini ta'minlash maqsadida tabiiy gazni o'chirib demantaj va montaj ishlarini amalga oshirilishi sababli joriy yilning 9-avgust kuni soat 07:00 dan 19:00 ga qadar tumandagi “Beshbuloq”, “Paxtachi”, “Zavqiy”, “Dehqonobod”, “Aeradrom”, “Ayridevol”,
“O'zbekiston”, “Istiqlol”, “Do'stlik”, “Nodira” va “Bo'ston” mahallalaridagi 4917 ta aholi va 45 ta ulgurji iste'molchilarga tabiiy gaz berilishi vaqincha toʻxtatiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangandan so‘ng, ta'minot qayta tiklanadi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun shahar gaz ta'minoti bo‘limi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/11/06 01:29:16
Back to Top
HTML Embed Code: