Telegram Web Link
Foto: Tumandagi istirohat bog’ida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Dehqonobod tumani Xalq qabulxonasi mutasaddilari, hokim o’rinbosarlari va tegishli soha mas’ullari tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabul o’tkazildi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
#Live Dehqonobod shaharchasidagi bozorchani obod qilish, tuman markazini va M-39 xalqaro avtomobil yoʻli yoqasini zamonaviy shaharsozlik normalari asosida rivojlantirishga qaratilgan ishlar qizgʻin davom etmoqda

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
#Tayinlov

  Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirining buyrugʻi bilan Eshqobilova Risolat Xolmamatovna Dehqonobod tuman maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi etib tayinlandi.

Eshqobilova Risolat Xolmamatovna 1970-yil Gʻuzor tumanida tugʻilgan.

Risolat Eshqobilova tayinlovga qadar Gʻuzor tumani maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi boʻlib ishlab kelayotgan edi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Obodlik tadbirkor baliqchilik faoliyatini yo’lga qo’ydi

Dehqonobod tumanining “Obod” mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Bahrom Chorshanbiyev bo’sh turgan yer maydoniga suniy ko’l hosil qilib, baliqchilik faoliyatini boshladi.

Tadbirkor sazan va talstolob baliqlarining uvildiriqlari iyun oyida ko’lga tashlangani, noyabr oyida baliqlar tayyor boʻlib, sotuvga chiqarilishini ta’kidladi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Foto: Dehqonobod tumani hokimi Sherzod Shokirov tumandagi kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgan 77-92-sonli umumiy oʻrta ta’lim maktablari hamda 5-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida boʻlib, olib borilayotgan ta’mirlash va qurilish ishlari bilan tanishdi

Tuman hokimi qurilish ishlarini amalga oshirayotgan pudratchi firma mas’ullari bilan suhbatlashib, qilinishi lozim boʻlgan ishlarga mas’uliyat bilan yondashish hamda boshqa bir qator masalalar yuzasidan taklif va topshiriqlar berdi.

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#mol_mulk_va_yer_soligi

O‘zbekiston xalq baxshisi Qahhor baxshi Rahimov mol-mulk va yer soliqlarini to‘ladim, deya mamnuniyat bilan kuylamoqda.
🔹Sizchi, soliqlarni to‘ladingizmi?
🔸Soliqlarni Soliq mobil ilovasi orqali uydan chiqmasdan to‘lashingiz mumkin.

Manba: Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
2024/09/30 22:14:20
Back to Top
HTML Embed Code: