Telegram Web Link
Dehqonobod tumanining ayrim mahallalarida vaqtinchalik elektr energiyasi o'chiriladi

Tuman hududidan o‘tuvchi M-39 avtomagistral yo‘lidan  og‘ir va yirik gabaritli yuklarni xavfsiz olib o‘tilishini ta'minlash maqsadida bugun, 9-avgust kuni tumanning "Gumbuloq", "Bibiqorasoch", "Paxtachi", "Zavqiy", "Aerodrom", "Ayredevol", "Dehqonobod",Istiqlol,Nodira,Boston,Dostlik,Ozbekiston,Oydinyoli, Yashnabod, Oqrabot, mahallalarida elektr taminoti  soat 08:00 dan 19:00 gacha o'chiriladi.
(Boshqa bazi mahallalarda ham uzilishlar kuzatilishi mumkin).

❗️Yuzaga kelgan noqulaylik uchun Tuman elektr taminoti bo'limi tumandoshlarimizdan uzur so'raydi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Sektor rahbarlari va mas’ullarning fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabuli boʻlib oʻtdi

Tumandagi istirohat bog’ida tuman hokimi Sherzod Shokirov boshchiligidagi sektor rahbarlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Dehqonobod tumani Xalq qabulxonasi mutasaddilari, tegishli soha mas’ullari tomonidan fuqarolar uchun navbatdagi ommaviy qabul o’tkazildi.

Sherzod Shokirov tomonidan ommaviy qabulga kelgan fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanib, murojaatlar yechimi yuzasidan mas'ullarga topshiriq va murojaatchilarga tegishlicha yo'naltirishlar berildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
⚡️Beliboyliliklarning azaliy orzusi ro’yobga chiqdi

Muhtaram yurtboshimizning Qashqadaryo viloyatida tibbiyotni rivojlantirishga qaratgan e’tiborlarining yana bir mevasi sifatida yurtimiz mustaqilligining 33 yillik tantanalari arafasida Dehqonobod tumanining “Beliboyli” mahallasida joylashgan, ushbu hududdagi 3 ta mahallada istiqomat qiluvchi 11 mingdan ortiq aholi vakillariga xizmat ko’rsatuvchi tuman markaziy shifoxonasining Beliboyli filiali binosi davlat dasturi asosida qayta ta’mirlanib, qoʻshimcha bino qurilib, zamonaviy ko’rinishga keltirildi.

Bir guruh mahalla faollari, nuroniylar ishtirokida tuman markaziy shifoxonasi filiali yangi binosining ochilish marosimi o’tkazilib, zamonaviy tibbiyot maskani aholi ixtiyoriga topshirildi.

Tadbir yakunida yig’ilgan mehmonlar tomonidan maskan faoliyati xayrli bo’lishi niyat qilindi hamda dasturxon yozilib, qur’on tilovat qilindi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Video: Beliboyliliklarning azaliy orzusi ro’yobga chiqdi

Muhtaram yurtboshimizning Qashqadaryo viloyatida tibbiyotni rivojlantirishga qaratgan e’tiborlarining yana bir mevasi sifatida yurtimiz mustaqilligining 33 yillik tantanalari arafasida Dehqonobod tumanining “Beliboyli” mahallasida joylashgan, ushbu hududdagi 3 ta mahallada istiqomat qiluvchi 11 mingdan ortiq aholi vakillariga xizmat ko’rsatuvchi tuman markaziy shifoxonasining Beliboyli filiali binosi davlat dasturi asosida qayta ta’mirlanib, qoʻshimcha bino qurilib, zamonaviy ko’rinishga keltirildi.

Bir guruh mahalla faollari, nuroniylar ishtirokida tuman markaziy shifoxonasi filiali yangi binosining ochilish marosimi o’tkazilib, zamonaviy tibbiyot maskani aholi ixtiyoriga topshirildi.

Kanalimiz: Dehqonobod 24✔️
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Video: Dehqonobod tumani togʻli Oybek qishlogʻining goʻzal manzaralari

Kanalimiz:
Dehqonobod 24✔️
2024/09/30 22:18:40
Back to Top
HTML Embed Code: