Telegram Web Link
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Qanday belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi?

Quyidagi belgilar tovar kelib chiqqan joy nomi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmaydi:

🔹tovar kelib chiqqan joy xususida iste’molchini chalg‘itib qo‘yadigan geografik nom bo‘lgan belgilar;
🔹tovar kelib chiqqan haqiqiy joyni rasman ko‘rsatuvchi, lekin tovar boshqa hududda chiqarilayotganligi haqida yanglish tasavvur beruvchi belgilar;
🔹tovar tayyorlangan joy nomi bilan bog‘liq bo‘lmagan geografik nomni anglatuvchi va O‘zbekiston Respublikasida muayyan turdagi tovar belgisi sifatida umumiy foydalanishda bo‘lgan belgilar;
🔹shu turdagi tovarga nisbatan tovar kelib chiqqan joy nomi yoki geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan belgilar.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi qonuni.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

📝 "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Noshirlik faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish mumkin.

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

🖥Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📄Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan ma’lumotlar👈

💠Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

👉Ma'lumot uchun: Ushbu talablar davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sudlar, prokuratura organlari tomonidan rasmiy materiallar, normativ-huquqiy hujjatlar to‘plamlari va boshqa hujjatlarni nashr etishga, respublika ahamiyatiga ega bo‘lgan nodavlat va notijorat tashkilotlari, shuningdek, korxonalar, tashkilotlar, o‘quv va ilmiy muassasalar tomonidan o‘z faoliyati uchun zarur bo‘lgan va qo‘lyozma huquqlari bilan ommaviy ravishda tarqatish yoki ko‘paytirish uchun mo‘ljallanmagan materiallarni nashr etishga nisbatan tatbiq etilmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olishning tartibidan xabardormisiz?

Bunda haydovchi avvalo Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali masofadan yoki Davlat soliq inspeksiyasi hududiy boʻlimiga borgan holda oʻzini oʻzi band boʻlgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtishi lozim. Roʻyxatdan oʻtish va guvohnoma olish bepul.

📑Soʻngra haydovchi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali yoki Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda, yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish litsenziya varaqasini olish uchun 1 yilga 300 ming soʻm davlat boji toʻlab, litsenziya varaqasi oladi.

🔅Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali murojaat qilinganda 10 foiz chegirma qoʻllaniladi, yaʼni 270 000 soʻm toʻlashning oʻzi yetarli.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan haydovchi rasmiy ish stajiga ega boʻlishni istasa, ixtiyoriy ravishda 1 yil uchun 300 ming soʻm ijtimoiy soliq toʻlashi mumkin. Takrorlab oʻtamiz, ijtimoiy soliq toʻlash oʻzini oʻzi band qilganlar uchun ixtiyoriy sanaladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent viloyatining Bekobod shahar va Bo'ka tumani adliya bo‘limlari faoliyati o‘rganildi

Ishchi guruh vakillari tomonidan avvalo Davlat xizmatlari markazi binosida yaratilgan sharoitlar, mavjud moddiy- texnik baza ko'zdan kechirildi.

Muloqot mobaynida, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirishdan  tashqari,  markaz binosida kuz-qishga tayyorgarlik ko'rish borasida muhim topshiriqlar berish bilan bir qatorda, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, Adliya vaziri o'rinbosari tomonidan Bo'ka tumanida Davlat xizmatlari markazining yangi binosi qurilish jarayoni bilan tanishdi.

Markaz binosi davlat-xususiy sheriklik asosida barpo etilmoqda. Yangi bino zamonaviy IT va aloqa uskunalari, fuqarolar uchun qulay kutish maydoni, sovutish tizimi bilan jihozlangan, shuningdek, Markaz nogironlar aravachalari hamda qo‘shimcha infratuzilma va Brayl shriftidagi ma’lumotlar bilan jihozlanadi.

Xususan, Markaz elektron navbat uskunalarida (Q-matic) xizmatlardan foydalanishda toifalarga ajratgan holda navbat olish imkoniyati, infokiosk, elektron xizmatlardan mustaqil foydalanish zonasi, bolalar o‘yin maydonchasi, ovqatlanish joyi, mini-kutubxona va bepul Wi-Fi bilan ta’minlanadi.

Qurilish ishlari bilan tanishish jarayonida Xudoyor Meliyev Markaz binosining zamonaviy va sifatli bo‘lishi yuzasidan tavsiyalar berdi. Jumladan, Markaz birinchi navbatda, xalq uchun qulay bo‘lishi, buning uchun, avvalambor, eng zarur sharoitlar yaratilishi zarurligi ta’kidlandi. Xizmat olishga kelgan fuqaro binoning hashamati, pardoz va bezaklariga emas, balki xizmat olish uchun yaratilgan sharoitlariga ahamiyat qaratishi, qishda issiq, yozda salqin, yorug‘ va shinam maskan bo‘lsagina odamlar ko‘ngli to‘lishi qayd etildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan Toshkent viloyatida o'rganish jarayoni davom etmoqda.

Joriy yilning 5-oktabr kuni Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan Bekobod tumani Guliston MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida 32 nafar fuqarolar qabul qilinib, uy-joy va kommunal xizmatlarga oid murojaatlar bilan bir qatorda, notarius, meros, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bank munosabatlari singari bir qator masalalar tegishli tartibda ko'rib chiqildi.

Sayyor qabul davomida nogironligi mavjud 2 nafar fuqarolarga nogironlik (1 tasi yoshlar uchun mo‘ljallangan) aravachalari, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan 2 nafar ayolga tikuv mashinalari, hamda 4 nafar fuqarolarga eshitish moslamalari topshirildi.

Shu bilan birga, qabul mobaynida fuqarolarning turli sohalarga oid ayrim murojaatlariga joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma nimalarni o‘z ichiga oladi?

📝Talabnoma quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

🔹tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza;
🔹talabnomada ko‘rsatilgan belgining tasviri;
🔹belgilarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tovarlar va xizmatlarning xalqaro tasnifiga muvofiq guruhlangan tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish so‘ralayotgan tovarlarning ro‘yxati.

📝Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

— O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi.

🔸Murojaatlar:

– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida.

💸 Litsenziya berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

I toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
II toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 7 ish kuni.

🗓 Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Radiotexnik inshootlarni oʻrnatish va ulardan foydalanish uchun sanitariya pasportini SESga borish shart emas

📝Buning uchun:
Jismoniy
yoki yuridik shaxs Davlat xizmatlari markazlariga yoki onlayn - my.gov.uz orqali murojaat qilishi lozim.

🔸Shu o'rinda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun BHMning 2 baravarida (600 ming soʻm) yigʻim undiriladi.

🗓Soʻrovnoma kelib tushgach, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi va uning hududiy boshqarmalari 14 kun muddatda radiotexnik inshootlarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiqligini joyiga chiqqan holda koʻrib chiqadi.

🖥Belgilangan muddat mobaynida, Qoʻmita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan, sanitariya pasportini DXMga yoki ariza beruvchiga YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.

📌Bunda radiotexnik inshootning sanitariya pasporti aholi yashash joylari istiqbolli rivojlantirilishi hamda sanitariya muhofaza zonasi oʻzgarishi inobatga olingan holda 3 yil muddatga beriladi.

👉Ushbu qulaylik haqida do'stlaringiz bilan ulashishni unutmang!

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganish davom etmoqda

Bugun, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining Angren shahri adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘lami bilan tanishdi.

O'rganishlar davomida, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta'kidlandi.

Ishchi guruh tumanlarning Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda DXMga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aholining davlat xizmatlarini olishda duch kelayotgan muammolar bo'yicha murojaatlari tinglandi va ayrim masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/25 18:20:38
Back to Top
HTML Embed Code: