Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganish davom etmoqda

Bugun, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Toshkent viloyatining Chirchiq shahar hamda Qibray tumanlari adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, Yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘lami bilan tanishdi.

O'rganishlar davomida, ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta'kidlandi.

Ishchi guruh tumanlarning Davlat xizmatlari markazida fuqarolarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda DXMga tashrif buyurgan fuqarolar bilan ham muloqot tashkil etildi. Muloqot davomida aholining davlat xizmatlarini olishda duch kelayotgan muammolar bo'yicha murojaatlari tinglandi va ayrim masalalar yuzasidan joyida huquqiy tushuntirishlar berilgan bo‘lsa, o‘rganib chiqish muddat talab etadigan murojaatlar ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma topshirish uchun patent boji to‘lovi qancha muddatda amalga oshiriladi?

📝Tovar belgisini ro‘yxatdan o‘tkazishga doir talabnoma topshirish uchun patent boji to‘lovi 3 oy davomida amalga oshiriladi.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 19-sentabrdagi 480-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash" mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

💸Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 660 000 so'm (BHMning 2 baravari)

💸Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori: 3 300 000 so'm BHMning 10 baravari

Arizani ko‘rib chiqish muddatlari: 15 ish kunida (oliy ta’lim turi bo‘yicha 30 ish kunida)

🔅Litsenziyaning amal qilish muddati: cheklanmagan

❗️Muhim ma’lumot: Nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxslarga ta’limning har bir turi uchun alohida litsenziya beriladi. Litsenziyada faoliyatning litsenziyalanayotgan turi, ta’lim faoliyati yo‘nalishlari ro‘yxati va ta’lim shakllari aniq ko‘rsatiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

⚡️Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani DXM yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali olishingiz mumkin

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
– Davlat xizmatlari markazi;
– YIDXP
my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

👨‍💼Jismoniy shaxslar

💠Davlat
xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 6 600 so'm (BHMning 2,0 foizi)

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🧾Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun belgilangan yig‘imning 50 foizi miqdorida chegirma qo‘llaniladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati –real vaqt rejimida.

❗️Eslatma: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6191-son Farmoni bilan 2021-yil 1-iyundan boshlab davlat organlari, xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat tashkilotlari va muassasalari tomonidan aholidan, shu jumladan tadbirkorlik subyektlari tomonidan Narkologiya dispanseri hisobida turish yoki turmaslik to‘g'risidagi ma'lumotnoma talab qilinmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh tomonidan navbatdagi o'rganish Toshkent viloyti Yangiyoʻl tumani adliya bo'limida bo'ldi.

Ishchi guruh vakillari tomonidan avvalo Davlat xizmatlari markazi binosida yaratilgan sharoitlar, mavjud moddiy- texnik baza ko'zdan kechirildi.

Muloqot mobaynida, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirishdan  tashqari,  markaz binosida kuz-qishga tayyorgarlik ko'rish borasida muhim topshiriqlar  belgilab berildi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari tomonidan yuridik xizmat ko‘rsatish markazi, FHDY organi faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Biometrik pasportni ID kartaga qayerda almashtirish mumkin?

💡Bugungi kunda biometrik pasportlaringizni ID-kartaga almashtirish uchun istalgan Ichki ishlar organlari yoki tegishli Davlat xizmatlari markazlariga murojaat qilishingiz mumkin.

👉Batafsil yuqoridagi videoda

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev yoshlar bilan uchrashdi

Joriy yilning 4-oktabr kuni adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Toshkent viloyati Zangiota tumani Oʻrta, Oʻratepa va Harakat mahalla fuqarolar yigʻinlari yoshlari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Mahalla fuqarolar yig‘ini binosida hamda yoshlarni uyiga tashrif buyurgan holda tashkil etilgan uchrashuvlarda, har bir yosh bilan yuzma-yuz (tet-a-tet) shaklida suhbatlashildi.

Uchrashuvlar davomida, bugungi kunda yoshlarga berilayotgan eʼtibor hamda ularga yaratilayotgan keng imkoniyatlar haqida to‘xtalib, yoshlarni qiynab turgan muammolar, ular duch kelayotgan qiyinchiliklar tinglandi hamda har bir yoshga tegishli taklif, tavsiya va maslahatlarni bergan holda vazirlik vakolati doirasida amaliy yo‘rdam ko‘rsatilishi borasida kelishib olindi.
 
Shu bilan birga, yoshlarning ikki nafariga qiziqish va intilishlaridan kelib chiqqan holda, ularni kelgusidagi ish faoliyatini samarali tashkil etishda ko‘maklashish maqsadida, adliya vazirligi tomonidan zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari (IT – biznes, SMM) bo‘yicha o‘quv kurslariga yo‘llanma bilan bir qatorda noutbuklar topshirildi.

@adliyangiliklari
2024/09/25 20:25:34
Back to Top
HTML Embed Code: