Telegram Web Link
#Davlat_xizmatlari_sohasida_yana_bir_yangilik

⚡️Davlat xizmatlarini joylarga chiqqan holda ko‘rsatish yo'lga qo'yildi

📝 Endilikda, Davlat xizmatlari markazi operatori, xohlang uyingizda xohlang ish joyingiz chiqqan holda xizmat ko'rsatishi mumkin.

Qanday deysizmi?

❗️Buning uchun Siz, Adliya vazirligining Aloqa markaziga (1148) yoki uning rasmiy veb-saytiga murojaat qilishishingiz kifoya.

🗓 “Call-markaz” orqali so‘rovnomalar soat 09:00 dan 18:00 gacha ish vaqti davomida qabul qilinadi.

🌐Rasmiy veb-sayt orqali sutkaning istalgan vaqtida murojaat qoldirilishi mumkin.

📌Davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqti Davlat xizmatlari markazlari (vakolatli organ)ning ish vaqti doirasida belgilanadi.

➡️ “Call-markaz” masʼul xodimi ariza beruvchi nomidan so‘rovnomani to‘ldiradi va so‘rovnomadagi maʼlumotlar tasdiqlangandan so‘ng ariza beruvchiga to‘lov invoysini yuboradi.

🗓 So‘ng masʼul xodim ariza beruvchi bilan telefon orqali bog‘lanib, so‘rovnomada ko‘rsatilgan joyga chiqadi hamda maxsus texnik qurilmalar yordamida (planshet yoki kompyuterga o‘rnatilgan daktiloskopiya, printer va boshqalar) davlat xizmatini ko‘rsatadi yoki davlat xizmatlaridan foydalanish uchun ariza yuboradi (so‘rovnomada belgilangan muddatlarda).

📝Davlat xizmatlarini joyiga chiqqan holda ko‘rsatish yoki davlat xizmatlaridan foydalanishga ariza yuborish uchun Toshkent shahrida BHMning 50 foizi, viloyat markazlarida BHMning 40 foizi, tuman (shahar)larda BHMning 30 foizi miqdorida bir martalik to‘lov undiriladi.

✔️ O‘zgalar yordamiga muhtoj qariyalar, mustaqil harakatlanish imkoniyati cheklangan hamda I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi uchun to‘lov undirilmaydi.

Shuningdek, ushbu xizmat quyidagi davlat xizmatlariga nisbatan tatbiq etilmaydi:

🔸milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirishga;

🔸ID-kartasini hamda xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirishga;

🔸JSHSHIR berish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishga.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

💼Yakka tartibdagi tadbirkorlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan faoliyat turi bo‘yicha 5 nafargacha xodim yollash huquqiga ega

📌Bolalikdan nogironligi bo‘lgan shaxslar, shuningdek I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar MHTEKMning 3 baravari miqdorida JShODSdan ozod qilinadi.

📄Shuningdek, I va II guruh nogironlari uchun ijtimoiy soliq miqdori uning belgilangan eng kam miqdorining kamida 50 foizini tashkil etishi kerak.

📝Ushbu imtiyozlar pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi.

🖥YTT faoliyatini boshlamoqchi bo'lsangiz "New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali buni onlayn amalga oshirishingiz mumkin.

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

🟣Tadbirkorlik subyektlari (yuridik shaxs)ni qayta ro'yxatdan o'tkazish tartibini bilasizmi?
🟣Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Hovlida turaman, uyimning kadastr pasporti yoʻqolib qolgan. Ariza berganimdan soʻng kadastr organlari qancha muddatda yangi kadastr pasporti berishadi?

📄“Koʻchmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning” maʼmuriy reglamenti 16-bandiga asosan, kadastr (yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda (yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shakldagi yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori.


Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

📝 "Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik haqida xabarnoma" yuborish mumkin.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

🖥Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📄Xabarnomani yuborish uchun talab etiladigan ma’lumotlar👈

💠Xabarnomani yuborish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi)

📎Xabardor qilish tartibida amalga oshiriladigan faoliyatning talablari va shartlari👈

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
# Muhim_faktlar

❗️Elektron raqamli imzo kalitining paroli yo‘qolib qolgan taqdirda, uni tiklash uchun e-imzo.uz sayti orqali parolni tiklash mumkin.

Bunda, murojaat qilinganidan so‘ng belgilangan telefon raqamiga elektron raqamli imzo kalitining paroli qayta yuboriladi.

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

🟣Elektron raqamli imzoni olish tartibidan xabardormisiz?

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"New.birdarcha.uz" avtomatlashtirilgan tizimi orqali "Firma nomini zaxiraga olish va yuridik shaxsni davlat ro’yxatidan o’tkazish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat🤫
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziya_axborot_tizimi

🖥“Litsenziya” axborot tizimi haqida bilasizmi?

📄Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📱Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

👉Batafsil videorolikda 👆👆👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Patent vakilligiga nomzodlarni attestatsiyadan va ro‘yxatdan o‘tkazish hamda patent vakillarini attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi.

🤔Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxslar

🖥Murojaatlar qabul qilinadiYIDXPmy.gov.uz;

📝Faoliyatni amalga oshirish istagini bildirgan jismoniy shaxsning patent vakiliga qo‘yiladigan malaka talablariga muvofiqligini aniqlash maqsadida attestatsiyadan o‘tkaziladi.

🗓Patent vakillari attestatsiyasi har 5 yilda kamida bir marta o‘tkaziladi.

📌Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tuzilgan savollar asosida malaka imtihonini suhbat shaklida o‘tkazish:

🔹intellektual mulk huquqiga oid umumiy qoidalar;

🔹sanoat mulkiga oid O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi;

🔹sanoat mulki sohasidagi O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari.

📄Malaka imtihoni o‘tkazilgan kunning o‘zida suhbat natijasi e'lon qilinadi

📎 Patent vakilini Patent vakillari davlat reyestriga kiritish va patent vakili sifatida ro‘yxatdan o‘tganlik to‘g‘risida QR-kod qo‘yilgan guvohnomani malaka imtihoni o‘tkazilgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida yuboriladi

🟣To‘lanadigan yig‘im miqdori:

💳 Ariza topshirish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 1 320 000 so'm (BHMning 4 baravari);

❗️Ma'lumot uchun: Patent vakili guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar qayta attestatsiyadan o‘tmagan taqdirda belgilangan tartibda sudning qarori asosida reyestrdan o‘chiriladi

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Oʻzim Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosiman, hozirgi kunda Qozogʻiston Respublikasidaman. Turmush oʻrtogʻim va farzandilarim Oʻzbekistonda, ular men uchun sudlanganligim toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma olish huquqiga egami?

📝Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, Oʻzbekiston hududida doimiy yashovchi jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsion raqami mavjud boʻlgan chet el fuqarolari (shu jumladan MDH davlatlari fuqarolari) hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslar Davlat xizmatlari markazlari orqali muqaddam sudlanganligi, jinoiy javobgarlikka tortilganligi, reabilitatsiya qilinmaydigan asoslarga koʻra javobgarlikdan ozod etilganligi holatiga oid maʼlumotnoma olishi mumkin.

📄Shuningdek, ariza beruvchining nomidan uning yaqin qarindoshlari (ota-onasi, eri yoki xotini va bolalari) yuqoridagi maʼlumotnoma olish yuzasidan murojaat qilishlari mumkin.

💳Shu bilan birga, ariza beruvchilar oʻzlarining elektron raqamli imzolari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mazkur xizmatdan mustaqil foydalanishlari mumkin.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktyabragi 797-son qarori.


😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#So'ragan_edingiz
#Xizmatlardan_onlayn_foydalanamiz
#Mutaxassisga_so'z_beramiz

📌"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Zargarlik buyumlarini hamda qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan boshqa buyumlarni sotish faoliyatini boshlaganlik yoki tugatganlik to‘g‘risida xabarnoma" yuborish tartibini bilasizmi?

✍️Mutaxassis Sizga mustaqil ravishda xizmatdan foydalanishga yordam beradi.

📹VIDEOQOʻLLANMA

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

📄Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomalarini qanday davlat roʻyxatidan oʻtkazish mumkin?

📝Yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan bir yildan ortiq muddatga tuzilgan koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomasi davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi.

🖥Koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomasini davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun ariza beruvchilar Davlat xizmatlari markazlariga oʻzi kelib murojaat etadi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida davlat xizmatidan elektron shaklda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtadi va soʻrovnomani toʻldiradi.

💳Soʻrovnomaga koʻchmas mulk obyektlarini ijaraga berish shartnomasi ilova qilinadi.

🗓Vakolatli organ soʻrovnoma kelib tushgandan soʻng bir ish kuni mobaynida shartnomani davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

"Litsenziya" axborot tizimi orqali Tog‘-kon ishlarini yuritish huquqini beruvchi ruxsatnoma olish mumkin.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs

🖥Talabgor ruxsatnoma olish uchun arizani “Litsenziya” AT yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali elektron yuboradi.

📝Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari)

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun — 660 000 so'm (BHMning ikki baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 20 kun;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil;

Ma'lumot uchun:
Vakolatli organ arizani ko‘rib chiqish muddati davomida amalga oshiriladigan o‘rganishlarni o‘tkazish uchun xarajatlar (xizmat safarida va yo‘lda bo‘lgan vaqt uchun kundalik xarajatlar, mehmonxonalarda yashash xarajatlari, transport, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari) talabgor (ariza beruvchi) tomonidan yozma shartnomaga ko‘ra amalga oshirilishi mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand viloyatiga yetib keldi.

Ishchi guruh bir necha kun davomida viloyatdagi adliya organlari faoliyatini o‘rganadi.

Masʼullar dastlab Samarqand shahar adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazida bo‘ldi. Xususan, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslar uchun yaratilgan qulayliklar, shart-sharoitlar, ularning davlat xizmatlaridan yana-da qulay, oson va tez foydalanishlariga zamin yaratuvchi mavjud imkoniyatlarni, muammo va kamchiliklarni o‘rgandi. Xizmat ko‘rsatish jarayoni, uning sifatini ko‘zdan kechirdi. Jumladan, fuqarolar, xodimlar bilan muloqotda bo‘lib, ham xizmat ko‘rsatuvchilarni, ham xizmatdan foydalanuvchilarni fikr-mulohazalariga quloq tutdi.

Shu o‘rinda taʼkidlash kerakki, hozirgi paytda Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazida xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish, ID-karta berish, milliy namunadagi eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmatlaridan viloyatimiz ahli va fuqarolar foydalanib kelishmoqda. Asosiysi, xizmatlar “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalar orqali taqdim qilinmoqda.

Birgina joriy yilning o‘tgan davrida markaz tomonidan 203 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilgan. Mazkur xizmatlardan aholi yuqorida qayd etganimizdek, uch qadam tizimi orqali foydalanmoqda.

Shundan:

💠Xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha — 8 574;

💠ID-karta berish bo‘yicha — 7 783;

💠 Milliy namunadagi eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish bo‘yicha — 7 400 dan ziyod xizmatlar ko‘rsatilgan.

Ishchi guruhning o‘rganish ishlari barcha tuman (shahar) larda davom etmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/25 20:19:04
Back to Top
HTML Embed Code: