Telegram Web Link
#Bilasizmi

🔅Mavzuli soʻrovlarni ijro etish davlat xizmati haqida bilasizmi?

❗️Siz biror hujjatingizni yoʻqotib qoʻydingiz yoki maʼlum davrdagi maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar talab etilganda qayerga murojaat etishni bilmasangiz, unda ushbu davlat xizmati ayni muddaо bo'ladi.

⚡️"Mavzuli soʻrovlarni ijro etish xizmati" yordamida siz alohida faktlar, maʼlumotlarni aniqlash (tasdiqlash), mulk huquqini aniqlash, turar joy boʻyicha maʼlumotlarni olish kabi koʻplab soʻrovlarni yuborishingiz mumkin.

📌Soʻrovnomada shaxsiy maʼlumotlarni aniq kiritish, qaysi organ tomonidan qabul qilinganligini, imkon qadar sanasi va raqamini kiritishingiz kerak boʻladi.

💠Davlat xizmatidan DXM orqali yoki YIDXP (my.gov.uz) yordamida foydalanishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etilishi haqida bilasizmi?

✔️Hukumatning 535-son qarori bilan tasdiqlangan Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasportini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

🗓belgilangan muddatda tegishli to‘lov miqdori to‘lanmasligi;

📝so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

📄ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

📍ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

📌vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

📄Javob: Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish davlat xizmatini ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yig‘im undiriladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️ “Litsenziya” axborot tizimi orqali “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarini asrashga doir faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya”ni olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:

— O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi.

🔸Murojaatlar:

– “Litsenziya” AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali qabul qilinadi;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs.

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:
Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida.

💸 Litsenziya berilganligi uchun uchun undiriladigan yig‘im miqdori:

I toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
II toifadagi litsenziya uchun bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari.

Arizani ko‘rib chiqish muddati — 7 ish kuni.

🗓 Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
DIQQAT! FOTOTANLOV

Adliya vazirligi, Yevropa Ittifoqi va BMT Taraqqiyot dasturining “O‘zbekistonning qishloq joylarida davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish va boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi doirasida:

"Davlat xizmatlari hamma uchun" mavzusida fototanlov e'lon qilamiz!

📸Nominatsiyalarga mos keladigan suratlaringizni ijtimoiy tarmoqdagi sahifangizda joylashtiring va qimmatli sovg'alarni yutib o'ling!

💡Tanlov haqidagi barcha ma'lumotni https://ipsd.uz/reports/26 havolasi orqali bilib olishingiz mumkin

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Davlat xizmatlari markazi orqali sudlanmaganlik (sudlanganlik) haqidagi ma’lumotnoma qanday olinadi?

Aynan shu haqida bizning infografikamiz orqali zarur ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
# Muhim_faktlar

❗️Elektron raqamli imzo kalitining paroli yo‘qolib qolgan taqdirda, uni tiklash uchun e-imzo.uz sayti orqali parolni tiklash mumkin.

Bunda, murojaat qilinganidan so‘ng belgilangan telefon raqamiga elektron raqamli imzo kalitining paroli qayta yuboriladi.

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

🟣Elektron raqamli imzoni olish tartibidan xabardormisiz?

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Chet eldan g'aroyib yovvoyi o'simlik olib kelish uchun nima qilish kerak?

🌿Ba'zan chet elda g'aroyib yovvoyi o'simlik sotib olishni va uni uyga olib kelishni yoki aksincha, mamlakatdan olib chiqishni xohlaysiz. Biroq ushbu harakatingiz kontrabandaga aylanmasligi uchun nima qilish kerak?

👮Qonuniy usullardan biri olib chiqish yoki olib kirish ruxsatnomasini olishdir. Ushbu ruxsatnomalar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi tomonidan beriladi.

📄Qanday qilib ruxsatnoma olish mumkin:

💠Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz orqali murojaat qiling va quyidagi hujjatlarni taqdim eting

🔸 Ariza beruvchining ma'lumotlari;

🔸Turlar bo'yicha chetga olib chiqiladigan yoki olib kiriladigan o'simliklarning, ularning qismlari, mevalari, urug'lari va botanika kolleksiyalari miqdori va soni. Botanika kolleksiyalarini chetga olib chiqishda eksponatlar har bir nusxasining soni ko'rsatiladi;

🔸Chetga olib chiqish (mamlakat, shahar) yoki olib kirish joyi;

🔸 Olib chiqish uchun asos — yovvoyi o'simlikning qonuniy sotib olinganligini tasdiqlovchi hujjat (yovvoyi o'simliklarni qonuniy g'amlash (to'plash) olishga ruxsatnomaning tartib raqami)

Xizmat ko’rsatish muddati: 15 ish kuni

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Avtotransport boshqaruvi uchun jismoniy shaxslarga elektron ishonchnoma qancha muddatga beriladi va buning uchun qancha miqdorda yig‘im undiriladi?

👉Javob: Elektron ishonchnoma rasmiylashtirganlik uchun davlat boji miqdori va uning amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda quyidagicha etib belgilangan:

🔹bir oygacha bo‘lgan muddatga — 10 foiz;
🔹olti oygacha bo‘lgan muddatga — 50 foiz;
🔹uch yilgacha bo‘lgan muddatga — 100 foiz.

✔️Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyuldagi “Avtotransport vositalarini boshqarishda va yo‘nalishsiz taksi faoliyatini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish to‘g‘risida” PQ-311-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Xavfli yuklarni tashish uchun sig‘imlarning yaroqliligi to‘g‘risida xulosa" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Jismoniy shaxs va yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

💸660 000 so'm (BHMning 2 baravari);

📑Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun yig‘im miqdori:

💸660 000 so'm (BHMning 2 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: 1 yil

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (330 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📄Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun nima qilish kerak?

🖥Yoʻqolgan kadastr pasportini qayta tiklash uchun ariza beruvchi DXMga oʻzi kelgan holda murojaat etishi yoki YIDXPda davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun roʻyxatdan oʻtishi kerak.

📎Agar siz o’zingiz kelib murojaat etgan taqdiringizda, DXM xodimlari sizning nomingizdan, YIDXP orqali murojaat etadilar va belgilangan shakldagi soʻrovnomani elektron shaklda mustaqil toʻldiradilar.

📌Uchinchi shaxslar manfaati uchun harakat qilayotganda, soʻrovnomaga belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan ishonchnoma hamda soʻrovnomaga koʻchmas mulkka boʻlgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjat taqdim qilinadi.

📝Kadastr(yigʻmajildi) pasporti yoʻqolganda(yaroqsiz holga kelganda), qogʻoz yoki plastik shaklda yangi kadastr pasporti ikki ish kuni mobaynida beriladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Ko‘p yillik dov-daraxtlarga kadastr pasportini olish va ularga bo‘lgan huquqlaringizni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibidan xabardormisiz?

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalari

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:
-
Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

📎Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼
Jismoniy va yuridik shaxslar.

🔸Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: BHMning 1 barobari va har bir gektar uchun BHMning 7 foizi.

🔸Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 2 ish kuni.

📄 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha reyestrdan ko‘chirma taqdim etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Mening korxonam tizimda harakatsiz holatga o‘tkazilibdi. Harakatsiz holat nima va qanday asoslarga ko‘ra korxona harakatsiz holatga o‘tkaziladi.

✔️Hukumatning 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga asosan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish choralari ko‘rilmaganda, ularni davlat reyestridan chiqarishga qadar korxonani harakatsiz holatga o‘tkazish chorasi qo‘llaniladi.

📝Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyatini harakatsiz holatga o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushmaganligi;
🔹to‘qqiz oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Geodeziya va kartografiya ishlarini ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qarorni" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 66 000 so'm (BHMning 20 foizi);

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im miqdori bilan ushbu 👉ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Arizani ko‘rib chiqish muddati:

Geodeziya va kartografiya ishlarini amalga oshirishga texnik loyiha (dasturlar)ni ishlarning smeta bahosidan kelib chiqib muddatlar belgilanadi;

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim
#Davlat_xizmatlaridan_qulaylik

📱“Litsenziya” axborot tizimining mobil ilovalasi haqida bilasizmi?

Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan takomillashtirish hamda byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etish orqali tadbirkorlik subyektlari faoliyati uchun yanada keng shart-sharoitlarni yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentinig PF-6044-sonli Farmoniga asosan “Litsenziya” axborot tizimi ishga tushirilgan.

📌Tizim foydalanuvchilariga yanada qulaylik yaratish maqsadida iOS va Android mobil ilovalari orqali xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

📲Ushbu mobil ilova orqali litsenziyalash va ruxsat berish hujjatlarini olish uchun ariza berish, kabinet orqali tashkilotga tegishli boʻlgan litsenziya va ruxsat berish hujjatlari boʻyicha maʼlumotlarni olish, litsenziyalar reyestridan maʼlumotlar izlash va yana boshqa imkoniyatlardan foydalanish mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Chet el fuqarolarini O'zbekistonga taklif qilish bo'yicha davlat xizmati ko'rsatiladi

Hukumat qarori (589-son, 06.11.2023-y.) bilan Chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarni O'zbekistonga taklif qilish bo'yicha davlat xizmatini ko'rsatishning ma'muriy reglamenti tasdiqlandi

🔰Qarorga ko'ra, davlat xizmati ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo'limlariga (vakolatli organ) bevosita murojaat etish yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali vakolatli organ tomonidan ko'rsatiladi.

✍️ Buning uchun ariza beruvchi o'z xohishiga ko'ra doimiy yoki vaqtincha ro'yxatdan o'tgan manzilidan qat'i nazar, istalgan vakolatli organga o'zi kelib yoki YIDXP orqali murojaat etadi.

📋 So'rovnoma to'ldirilib, tegishli hujjatlar ilova qilinadi.

🗓 Vakolatli organ tomonidan so'rovnomaga kiritilgan ma'lumotlarning haqqoniyligi 2 ish kuni ichida tekshiriladi.

💰 Ariza beruvchi davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun BHMning 5 foizi miqdorida davlat boji to'laydi.

So'rovnomasi qaytarilgan ariza beruvchi tegishli kamchiliklarni bartaraf etgandan so'ng vakolatli organga 5 ish kunidan ko'p bo'lmagan muddatda qayta murojaat qilishga haqli.

Bunda undan qo'shimcha yig'im undirilmaydi.

🏢 Ma'lumotlar tekshirilgach, so'rovnoma Davlat xavfsizlik xizmati hududiy boshqarmasiga (maxsus vakolatli organ) yuboriladi.

➡️ Maxsus vakolatli organ 7 ish kuni ichida chet el fuqarosi yoki fuqaroligi bo'lmagan shaxsni O'zbekistonga taklif qilinishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to'g'risida fikrini bildiradi.

🧾 Shunga ko'ra, vakolatli organ tomonidan 1 ish kunida QR-kod (martik shtrixli kod) qo'yilgan taklifnoma rasmiylashtiriladi hamda ariza beruvchiga taqdim etiladi.

📌 Taklifnoma berilgan kundan boshlab 3 oy davomida amal qiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔅FHDY organlari xodimlari o'zi va qarindoshlarining dalolatnoma yozuvlarini qayd etishi mumkin emas

🔰 FHDY organlari xodimlari hamda konsul o'zi, eri yoki xotini o'zining va uning qarindoshlari (ota-onalari, bolalari, nevaralari, bobolari, buvilari, tug'ishgan aka-uka, opa-singillari) to'g'risida dalolatnoma yozuvlarini qayd etishga yoki ularga tegishli o'zgartirish, tuzatish va qo'shimchalar kiritishga haqli emaslar.

⚠️ Bunday holatlarda dalolatnoma yozuvlarini qayd etish yoki ularga o'zgartirishlar, tuzatishlar va qo'shimchalar kiritish bo'ysunish tartibida yuqori organning yozma ko'rsatmasi asosida boshqa xodim tomonidan yoki boshqa FHDY organida amalga oshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/24 20:36:10
Back to Top
HTML Embed Code: