Telegram Web Link
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarorda nimalar ko‘rsatiladi?

📝Javob: Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:

🔹tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar (to‘liq va qisqartirilgan nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
🔹tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
🔹tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
🔹tadbirkorlik subyektini tugatish sababi va mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ionlashtiruvchi nurlanish manbalari muomalasi sohasida faoliyat uchun litsenziya" olish mumkin.

🖥Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT - license.gov.uz;
– YIDXP – my.gov.uz orqali;

📎Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxs;

📝Litsenziya olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar:

📄Yuridik shaxsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan joyi (pochta manzili), to‘lov topshiriqnomasi raqami va sanasi, litsenziyalanayotgan faoliyatning (uning bir qismining) amalga oshirilishi mo‘ljallanayotgan turi ko‘rsatilgan litsenziya berish to‘g‘risida ariza.

🔹Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: 1 320 000 so'm (BHMning 4baravari)

🔹Litsenziya berilganligi uchun davlat boji miqdori:

💸3 300 000 so'm (BHMning 10 baravari);

🗓Arizani ko‘rib chiqish muddati: 15 kun

📌Litsenziyaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi #FHDY_xizmatlari
#Mutaxassisga_sharhi

📌Ismni yoki familiyani o‘zgartirish tartibi qanday?

🔅Yaqinlaringiz bilan foydali ma'lumotlarni bo'lishishni unutmang!

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🏠Kadastr pasporti bo‘lsa, ko‘chmas mulkka doir ma’lumotlar bir joyda, ya’ni yagona ma’lumotlar bazasida saqlanadi.

📝Uy-joy bilan bog‘liq barcha kadastr ishlari doimiy ravishda qayd etib boriladi va shu tariqa elektron kadastr tarixi shakllanadi.

Xo`sh, kadastr pasportini qanday olish mumkin

📈Aynan shu haqida bizning infografikamiz orqali zaruru ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin

📎Mavzuga doir qo'shimcha ma'lumotlar:

🟣Kadastr pasportini tayyorlash muddatlari haqida ma'lumotga egamisiz?
🟣Kadastr pasportini shakllantirish qaysi holatlarda rad etilishi haqida bilasizmi?
🟣Bino va inshootlar ijara shartnomasini davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibidan xabardormisiz?

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Sport sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatish yanada takomillashtiriladi

“Sport sohasida davlat xizmatlarini ko'rsatishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Hukumat qarori (583-son, 03.11.2023-y.) qabul qilindi

🔰 Qaror bilan davlat sport ta'lim muassasalariga hamda O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi futbol akademiyalariga o'quvchilarning hujjatlarini qabul qilish, ularning o'qishini ko'chirish bo'yicha davlat xizmatlarini ko'rsatishning ma'muriy reglamentlari taqdiqlandi:

📋 Reglamentga ko'ra, davlat sport ta'lim muassasalariga o'quvchilarning hujjatlarini qabul qilish uchun ariza beruvchilar har yili quyidagi muddatlarda Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qiladi:

🔹Olimpia va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari uchun 20-iyundan 20-iyulgacha (shu kuni ham);

🔹Sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpia va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1-avgustdan 21-avgustgacha (shu kuni ham).

✍️ So'rovnoma to'ldirilib, 3 ish kunida ko'rib chiqiladi.

☑️ Ariza beruvchi murojaati bo'yicha yuborilgan sport ta'lim muassasasiga onlayn navbat bo'yicha boradi va tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Qabul komissiyasi 1 ish kunida hujjatlarni imtihon topshirish uchun qabul qilish yoki sababini aniq ko'rsatgan holda uni rad etish to'g'risida qaror qabul qiladi.

⚠️ Murojaat rad etilganda, 5 ish kunida avvalgi ariza raqamini ko'rsatib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.

Davlat xizmati ko'rsatilganligi uchun ariza beruvchidan yig'im undirilmaydi.

🗓 Mazkur davlat xizmati 2023-yil 1-dekabrdan boshlab ko'rsatilishi belgilangan.

➡️ Yoshlar siyosati va sport vazirligi tomonidan har yili 1-yanvargacha davlat xizmati ko'rsatiladigan hududlar ro'yxati, qabul muddatlari tasdiqlanib, o'z rasmiy saytida e'lon qilinadi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Tanqidiy tahlil va ustuvor vazifalar faoliyat samaradorligiga xizmat qiladi

O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruhning Andijon viloyatiga xizmat safari davomida sohada amalga oshirilayotgan ishlar, davlat xizmatlari ko‘rsatish jarayonidagi muammolar va ularni bartaraf qilish choralari shuningdek, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va kelgusida takrorlanishini oldini olish masalalarida seminar o‘tkazildi.

Seminarda 30 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli idoralarning viloyat va tuman (shahar) tuzilmalaridan jami 300 ga yaqin rahbar va mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Ma’lumot uchun: 2023-yil davomida Andijon viloyatida 750 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko’rsatilgan.

Shu o‘rinda, Adliya vazirligi tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatish axborot tizimi orqali monitoring qilinganda vakolatli tashkilotlar tomonidan ushbu davrda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish sohasida jami 5 734 ta qonun buzilish holatlari aniqlangan. Shundan, 4 500 tasi muddat buzish holatlari hisoblanadi.

Aniqlangan qonun buzilishi holatlari yuzasidan vakolatli idoralarga 9 ta taqdimnoma kiritilgan hamda 232 nafar mansabdor shaxsga nisbatan ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Tadbir davomida bu kabi salbiy holatlar aholiga sifatsiz xizmat ko‘rsatilishiga, sohada korrupsiya holatlari ortishiga, tashkilotlar tomonidan arizalarni asossiz rad qilinishi oqibatida fuqarolarning DXMlarga takroran murojaat qilishlari natijada DXM xodimlarining vaqti ortiqcha sarflanishiga hamda navbatlarning ortishiga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

Uchrashuvda, davlat xizmatlarini ko‘rsatishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar sabablari bo‘yicha rahbarlarning izohi eshitilishi bilan birga shu kabi qonun buzilishi holatlarini oldini olish, mavjud muammolarni bartaraf etish borasida aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Mening korxonam tizimda harakatsiz holatga o‘tkazilibdi. Harakatsiz holat nima va qanday asoslarga ko‘ra korxona harakatsiz holatga o‘tkaziladi.

✔️Hukumatning 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qaroriga asosan moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish choralari ko‘rilmaganda, ularni davlat reyestridan chiqarishga qadar korxonani harakatsiz holatga o‘tkazish chorasi qo‘llaniladi.

📝Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tijorat tashkilotlari faoliyatini harakatsiz holatga o‘tkazish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:

🔹to‘qqiz oy mobaynida moliya-xo‘jalik faoliyati bo‘yicha bank hisobvaraqlariga pul mablag‘lari tushmaganligi;
🔹to‘qqiz oy mobaynida soliq hisobotlari taqdim etilmaganligi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Ommaviy axborot vositasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma" olish mumkin.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik va jismoniy shaxslar

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: Bepul

💸Ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat berilganligi uchun undiriladigan yig‘im:

🔸Davriy bosma nashrlar — 4 125 000 so'm (BHMning 12,5 baravari);

🔸tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar, Axborot agentliklari — 4 950 000 so'm (BHMning 15 baravari);

🔸mahsulotlari Internet global axborot tarmog‘i orqali tarqatiladigan ommaviy axborot vositalari (gazeta, jurnal, axborotnoma, byulleten, almanax, tele, radio, video, kinoxronikal dasturlar va boshqalar) — 165 000 so'm (BHMning 50 foizi);

🔸 asosan bolalar, o‘smirlar, nogironlar uchun mo‘ljallangan, shuningdek, ta’lim va madaniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ommaviy axborot vositalari —825 000 so'm (BHMning 2,5 baravari);

🔸reklama xususiyatiga ega bo‘lgan ommaviy axborot vositalari — 8 250 000 so'm (BHMning 25 baravari).

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 10 kun

🗓Ruxsatnomaning amal qilish muddati: Cheklanmagan

❗️Ma'lumot uchun: Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan ommaviy axborot vositalar ro'yxati.👈

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Farg‘ona viloyatining yana 10 ta davlat xizmatlari markazlarida xorijga chiqish pasportini berish xizmati yo‘lga qo‘yildi
. Bular:

1. Uchko‘prik tuman DXM;
2. Bag‘dod tuman DXM;
3. Rishton tuman DXM;
4. Furqat tuman DXM;
5. Beshariq tuman DXM;
6. Buvayda tuman DXM;
7. Farg‘ona tuman DXM;
8. Quva tuman DXM;
9. Marg‘ilon shahar DXM;
10. Toshloq tuman DXM.

Endilikda, viloyatdagi jami 12 ta davlat xizmatlari markazida (Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida mavjud edi) xorijga chiqish pasportini berish xizmati ko‘rsatilmoqda.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Bilasizmi

🚘O'zbekiston hududida avtomobil transportida yuk tashish uchun litsenziya talab etilmaydi

✔️Tadbirkorlik subyektlari tomonidan yuklarni avtomobil transportida shaharda, shahar atrofida hamda shaharlararo tashish faoliyati bilan shug'ullanish uchun litsenziya olish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-6044-son Farmoniga asosan bekor qilingan.

📌Bu muhim: Tadbirkorlik subyektlari tomonidan avtomobil transportida yuklarni xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashish faoliyati bilan shug‘ullanish uchun litsenziya olinishi lozim. Bunda, talabgor Hukumatning 636-son qaroriga asosan Davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali murojaat qilish lozim.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi?

Ko‘chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olishingiz kerakmi?

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
- Viloyat qurilish bosh boshqarmalari.

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:
- Davlat xizmatlari markazi;
- Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) - my.gov.uz orqali.

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:
👨‍💼Jismoniy va yuridik shaxslar.

💠Davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori: bazaviy hisoblash miqdorining 5 foizi.

💠Davlat xizmati ko‘rsatilishi uchun YIDXP orqali murojaat etilganda yig‘im summasining 90 foizi undiriladi.

Arizani ko‘rib chiqish muddati - 3 ish kuni.

📩 Arizani ko‘rib chiqish natijasi bo‘yicha ma'lumotnoma taqdim etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🤔Rieltorlarning malaka imtihonini o‘tkazish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

📈Aynan shu haqida bizning infografikamiz orqali zarur ma'lumotlar bilan tanishishingiz mumkin.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Xorijiy davlatlarda taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha undiriladigan toʻlovlar qancha?

Javob
:

Hukumatning 620-son qaroriga asosan Xorijiy davlatlarda umumiy oʻrta va oʻrta taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish bepul amalga oshiriladi.

📌Xorijiy davlatlarda oʻrta maxsus, kasb-hunar, oliy taʼlim, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish taʼlimi olganlik toʻgʻrisidagi hujjatlarni tan olish boʻyicha davlat xizmatini koʻrsatganlik uchun 990 000 so'm (BHMning 3 baravari) miqdorida yigʻim undiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
2024/09/24 22:17:48
Back to Top
HTML Embed Code: