Telegram Web Link
#Adliya_xabari

Avval xabar berganimizdek, ayni kunlarda adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Adliya vazirligining eng quyi tizimlari faoliyatini o‘rganishmoqda.

Xususan, o'tgan hafta davomida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Toshkent shahridagi barcha tumanlar adliya bo‘limlari, Davlat xizmatlari markazlari hamda FHDY organlari faoliyati o‘rganildi.

Masʼullar, o'rganish jarayonini dastlab binoda fuqarolar va xodimlar uchun yaratilgan shart- sharoitlar, moddiy- texnik baza, mavjud qulayliklar bilan tanishishdan boshlashdi.

Shu o‘rinda, Poytaxt Davlat xizmatlari markazlaridada joriy qilingan xorijga chiqish pasportini rasmiylashtirish, ID-karta berish, milliy namunadagi eski haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish xizmatlarini ko’rsatish jarayonlarini ko‘zdan kechirish bilan bir qatorda, fuqarolarga tez, oson va sifatli xizmat ko'rsatish maqsadida joriy qilingan “oson”, “o‘rta” hamda “murakkab” toifalar orqali xizmat ko’rsatish tizimi faoliyati o’rganildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etishdan tashqari, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarni oshirish kerakligi ta’kitlandi.

Ishchi guruh vakillari tomonidan, FHDY organi, FHDY arxivi hamda notarial arxiv faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, FHDY tantanalar uyi holati, mavjud sharoitlar ko‘zdan kechirishdi, aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha aniq ko‘rsatmalar berildi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomada qanday ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur?

Javob
: Bolaning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi tibbiy ma’lumotnomada:

-onaning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, tug‘ilgan sanasi, millati, fuqaroligi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti;
-bolaning tug‘ilgan vaqti, sanasi va joyi, jinsi, vazni, bo‘yi;
-homiladorlik muddati, hisob bo‘yicha nechanchi homiladorlik;
-bolaning tirik tug‘ilganligi mezonlari (nafas olishi, yurak urishi, kindik pulsatsiyasi, muskullarning beixtiyoriy qisqarishi);
-tibbiy ma’lumotnomaning berilgan vaqti, tartib raqami va tibbiyot muassasasining nomi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilishi zarur.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 20-oktabrdagi 550-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Avtomototransport vositalarini qayta jihozlash uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

✔️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
– O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi.

🔹Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

📝Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

📎To‘lanadigan yig‘im miqdori:

– Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – BHMning 30 foizi;

Xizmat ko‘rsatish muddati – 15 ish kuni.

📌Avtomototransport vositasi qayta jihozlangan deb tan olinadigan o‘zgarishlar ro‘yxati 👈👈👈

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bu_muhim

Xorijga chiqish biometrik pasportini qayerdan olish mumkin?


📕Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xorijga chiqish biometrik pasportini istalgan Ichki ishlar organlari yoki 135ta Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan holda olishlari mumkin.

❗️Eng asosiysi ushbu xizmatdan eksterritorial tamoyil asosida foydalanish imkoni mavjud.

👉Yaʼni, Siz xizmat safari yoki biror yumush bilan Toshkentga yoki respublikamizning boshqa hududiga tashrif buyurdingiz va u yerda Sizga xorijga chiqish biometrik pasportiga zarurat tug‘ildi. Avvalgidek, ro‘yxatdan o‘tgan joyingizdagi ichki ishlar bo‘limiga qaytib borib, vaqt va naqdingizni sarflamay, hozir bo‘lib turgan joyingizdagi Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilgan holda xizmatlardan foydalanishingiz mumkin.

📌Xorijga chiqish biometrik pasportini olish mumkin bo'lgan Davlat xizmatlari markazlari ro'yxati👈

📄Maʼlumot uchun: O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori BHMning 1 baravari (330 000 so‘m) tashkil etadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

🔰Aktuariy malaka sertifikatini berish boʻyicha davlat xizmati haqida bilasizmi?

💠 Aktuariy malaka sertifikatini berish Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshiriladi.

📃 Daʼvogar Davlat xizmatlari markaziga bevosita oʻzi yoki ishonchli vakili orqali murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi daʼvogar nomidan, YAIDXP orqali murojaat qilgan hollarda esa belgilangan shakldagi anketani elektron shaklda toʻldiradi.

📌 Anketani ERI bilan tasdiqlash imkoniyati boʻlmagan hollarda, tegishli maʼlumot identifikatsiya qilishning boshqa vositalari (daktiloskopiya, elektron imzo va boshqalar) bilan ham tasdiqlanishi mumkin.

💸 Daʼvogarning aktuariy malaka sertifikatini berish toʻgʻrisidagi murojaatini koʻrib chiqish boʻyicha davlat xizmati koʻrsatilganligi uchun BHMning bir baravari miqdorida yigʻim undiriladi.

🔸 Daʼvogar davlat xizmati koʻrsatilishi uchun YAIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, yigʻim summasining 90 foizi miqdorida undiriladi.

🔰 Malaka imtihoni kamida uch kishidan iborat guruhning shakllanishiga koʻra, lekin uch oyda kamida bir marta oʻtkaziladi. Malaka imtihonini oʻtkazish sanasi vakolatli organ tomonidan belgilanadi.

📎 Vakolatli organ imtihon komissiyasining bayonnomalari qabul qilib olgandan soʻng uch ish kuni mobaynida belgilangan tartibda QR-kod qoʻyilgan aktuariy malaka sertifikatini rasmiylashtiradi va uni oʻz ERIsi bilan tasdiqlab, tegishli Davlat xizmatlari markaziga (oʻzi murojaat etganda) yoki daʼvogarga YAIDXP orqali (elektron tarzda murojaat etganda) elektron shaklda yuboradi.

💻 Agar aktuariy malaka sertifikati vakolatli organ tomonidan daʼvogarga YAIDXP orqali elektron shaklda yuborilsa, u avtomatik ravishda daʼvogarning elektron kabinetida namoyon boʻladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Qulaylik

To‘lovlarni tez va oson amalga oshiring

Davlat xizmatlari markazlari yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovni amalga oshirishda invoysdagi raqamlarni bittalab terib o‘tirish yoki “kassa”da navbat kutishga hojat yo‘q.

📲 Buning uchun ommabop to‘lov tizimlarida invoysdagi “QR-code”ni skaner qilib, to‘lovni osongina amalga oshiring.

💳 Mazkur imkoniyatdan hozircha “Payme”, “Click”, “U-pay” to‘lov tizimlari orqali foydalanishingiz mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarorda nimalar ko‘rsatiladi?

📝Javob: Tijorat tashkilotini ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:

🔹tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti to‘g‘risidagi ma’lumotlar (to‘liq va qisqartirilgan nomi, soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami, pochta manzili);
🔹tugatuvchi haqidagi ma’lumotlar (pasport ma’lumotlari, telefon raqami va elektron pochta manzili);
🔹tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti bo‘yicha murojaatlarni qabul qilish joyi va muddati;
🔹tadbirkorlik subyektini tugatish sababi va mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Foydali

📊Agar siz doim orzuyingizdagi uyda yashashni istagan boʻlsangiz va buning uchun qanday hujjatlar va bosqichlarni bosib oʻtish haqida oʻylab yurgan boʻlsangiz, bizning infografika sizga yordam beradi

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun qayerga murojaat qilish lozim?

👉Javob: Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun arizachi davlat xizmatlari markaziga o‘zi kelib murojaat etadi, davlat xizmatidan elektron tarzda foydalanish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yoki O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining davreestr.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tadi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 535-son qarori bilan tasdiqlangan “Ko‘chmas mulk tarixi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning” ma’muriy reglamenti.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Qimmatli qog‘ozlar bozoridagi professional faoliyat uchun litsenziya" olish mumkin.

🔅Litsenziyalanadigan faoliyatning kichik turlari:

🔸 Investitsiya vositachisining faoliyati;
🔸Investitsiya aktivlarining ishonchli boshqaruvchisi faoliyati.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

💠Murojaatlar qabul qilinadi:

"Litsenziya" AT - license.gov.uz;
YIDXPmy.gov.uz orqali;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar: Yuridik shaxslar;

💠Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori:

🔸 1 320 000 so'm (BHMning 4 baravari);

Arizani ko‘rib chiqish muddati: 20 ish kuni

🗓Litsenziyaning amal qilish muddati: Сheklanmagan

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

📝Аpostil qanday hujjatlarga qoʼyilmaydi?

✔️Hukumatning 732-son qarori bilan tasdiqlangan “Rasmiy hujjatlarga apostil qoʼyish boʼyicha davlat xizmati koʼrsatishning” maʼmuriy reglamenti 5-bandiga asosan, apostil:

📎Chet elda Oʼzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari yoki konsullik muassasalari tomonidan sodir etilgan rasmiy hujjatlarga;

📄Tijorat yoki bojxona operatsiyalariga toʼgʼridan toʼgʼri aloqador boʼlgan rasmiy hujjatlarga;

📌Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga, identifikatsiya ID-kartasiga, harbiy biletga qoʼyilmaydi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/24 22:25:28
Back to Top
HTML Embed Code: