Telegram Web Link
#Bilasizmi

💠Elektron raqamli imzoni olish tartibidan xabardormisiz?

❗️Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi davlat organi: Yangi texnologiyalar ilmiy-axborot markazi.

📝Davlat xizmatidan foydalanish tartibi:

🔹 DXMga kelgan holda yoki YIDXP (my.gov.uz) orqali so‘rovnoma yuboriladi.

🔹Onlayn tarzda murojaat etilganda:
pasporti yoki ID-kartaning nusxasi va asosiy sahifasi bilan “selfie” usulida olingan fotosurat.

📌ERIning paroli mobil telefon raqamga “SMS” xabar shaklida yuboriladi.

🔹Yig‘im miqdori:
– yuridik shaxslar va tadbirkorlik subyektlaridan – BHMning 10 foizi;
– jismoniy shaxslardan – BHMning 7 foizi;

“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” ATda ro‘yxatga olingan va I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foizi miqdorida chegirma mavjud

🔹Xizmat ko‘rsatish muddati – real vaqt rejimida.

🔹ERIning amal qilish muddati – 2 yil.

❗️Ma'lumot uchun: Elektron imzo kalitingiz, login va parollaringizni hech qachon birovga bermang. Sizning nomingizdan boshqalar ish koʻrishlarga yoʻl qoʻymang. Oʻzingiz bilmagan holda noqonuniy harakatlarning ishtirokchisiga aylanmang!

⚡️Unutmang! Elektron kalitingiz orqali barcha mol-mulkingiz oʻzlashtirilishi mumkin.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Adliya_xabari

Kunning ikkinchi yarimida, adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Samarqand shahridagi FHDY bo‘limlari va viloyat FHDY arxivida bo‘lib, ularning ish faoliyati o‘rgandi.

Jumladan, ishchi guruh FHDYlarda ishni to‘g‘ri tashkil qilinganligi, hujjatlarni yuritish, fuqarolarga qonunchilik talablari asosida to‘g‘ri va shaffof xizmat ko‘rsatish yo‘lga qo‘yilganligi, xodimlarning bilim malakasi, sohadagi islohotlardan, ayniqsa, qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlardan boxabarligini o‘rgandi. Bu borada aniqlangan xato va kamchiliklar, mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq taklif va vazifalar berdi.

Shuningdek, sohani yana-da takomillashtirish, xizmat ko‘rsatish sifatini yangi bosqichga olib chiqish borasida xodimlar va fuqarolarning takliflari, fikrlarini tingladi.

Taʼkidlash kerakki, Samarqand shahrida fuqarolik holati bilan bog‘liq xizmatlarga bo‘lgan talab yuqori. Bugungi kunda 5 ta FHDY bo‘limi ana shu taklif va talablardan kelib chiqib, xalq xizmatida.

Maʼlumot uchun: Ishchi guruh ertaga Samarqand viloyatining Bulung‘ur, Jomboy, Toyloqva Urgut tumanlarida o‘z ishini davom ettiradi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yo’nalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Arxitektura-rejalashtirish topshirig‘ini ishlab chiqish uchun qanday hujjatlar ilova qilinadi?

❗️Javob:

🔹Tegishli ravishda tuman (shahar) qurilish bo‘limining bino va inshootni rekonstruksiya qilish hamda o‘z hududida qo‘shimcha bino va inshootni qurishga ruxsatnomasi;

🔹“E-auksion” yagona elektron savdo maydonchasida o‘tkazilgan elektron auksion natijalari haqidagi bayonnoma;

🔹Yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Vazirlar Mahkamasining qarori.

📌Obyektda tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga (ehtiyojga ko‘ra elektr, gaz, suv ta’minoti va oqova suv tarmoqlari) ulanish nuqtalari va ularga obyektdan ulanish trassalari o‘tkazilishi zarurati mavjud bo‘lsa, texnik shartlar so‘rovnomaga ilova qilinadi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-apreldagi 200-son qarori.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh kunni Toyloq va Urgut tumanlari adliya bo‘limlari faoliyatini o‘rganishdan boshladi.

Ishchi guruh dastavval Toyloq tumani adliya bo‘limlari faoliyatini o‘rganish davomida, xodimlarning davlat xizmatlarini belgilangan talablar bo‘yicha ko‘rsatishi, fuqarolar uchun yaratilgan mavjud imkoniyatlar va aholi duch kelayotgan muammolar o‘rganildi.

Aniqlangan har bir masala, muammo va kamchilik yuzasidan aniq takliflar, ularni bartaraf etish bo‘yicha topshiriq va vazifalarni belgilab berdi.

Ma’lumot uchun: Toyloq hududi jihatidan Samarqand viloyatidagi eng kichik tumanlardan biri bo‘lsa-da, aholi soni bo‘yicha oldingi o‘rinlardan birida turadi. Ayni paytda tumanda 28 millatga mansub 205 mingdan ko‘proq aholi istiqomat qiladi. O‘zbeklar bilan bir qatorda tojik, rus, koreys, tatar, turk va boshqa millatga mansub aholi ahil-inoq, bir maqsad yo‘lida farovon yashamoqda. Eng muhimi, ularni adliya idoralariga davlat xizmatlari yuzasidan talabi yuqori.

Ishchi guruhning navbatdagi manzili Urgut tumani bo‘ldi. Bugungi kunda tumanda 551 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladi. Ularning davlat xizmatlariga bo‘lgan talablaridan kelib chiqib tuman markazida barcha qulayliklarga ega Davlat xizmatlari markazi xizmat ko‘rsatadi.

Tashrif davomida ana shu imkoniyatlar ko‘lami va ularning sifatini ko‘zdan kechirdi. Tizim xodimlari bilan bilan muloqotda bo‘lib, ularni qiynayotgan, qiziqtirgan masalalarni o‘rgandi. Shu asnoda bu yerga tashrif buyurayotgan fuqarolar bilan ham muloqotda bo‘ldi.

O‘rganish ishlari faqat shu bilan chegaralangani yo‘q. Asosiy eʼtibor, ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifat jihatidan yana-da yaxshilash, fuqarolarga xushmuomalada bo‘lish, o‘z ustida ishlash, bilim va malakalarini oshirish zarurligi taʼkidlandi. Bu masalada barcha zarur imkoniyatlarni ishga solish, mavjudlarini takomillashtirish yuzasidan o‘z vazifalarni o‘rtaga tashladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#litsenziyalash_xizmati

⚡️"Litsenziya" axborot tizimi orqali "Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni kesish uchun ruxsatnoma" olish mumkin.

Davlat xizmatini ko‘rsatuvchi subyekt:
— O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining hududiy organlari;

🔸Murojaatlar qabul qilinadi:

– "Litsenziya" AT -
license.gov.uz orqali;
YIDXPmy.gov.uz;

🔰Xizmatdan foydalanuvchilar:

Yuridik va jismoniy shaxslar

💠To‘lanadigan yig‘im miqdori:

— Arizani ko‘rib chiqish uchun to‘lanadigan yig‘im miqdori – 99 000 so'm (BHMning 30 foizi);

Arizani ko‘rib chiqish muddati – 5 ish kuni.

📌Amal qilish muddati — Ruxsatnomada ko‘rsatilgan muddatda beriladi. Bunda ruxsatnomalarning amal qilish muddati 31-dekabrdan kech bo‘lmagan muddatda tugaydi.

❗️Eslatma:
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 30 dekabrdagi PF-46-son Farmoni bilan Davlat oʼrmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriyning amal qilishi muddatsiz davrga uzaytirilgan.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xizmatlar_raqamlarda

💍 Joriy yilning 9 oy davomida nechta nikoh qayd etildi?

📎2023 yilning 9 oyi davomida FHDY organlari tomonidan respublika boʼyicha 184 469 ta nikohlar qayd etilgan.

🗓Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 12 730 taga kam.

📝Shular jumlasidan:

🔸er va xotin 30 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida - 155 072 ta

🔸er va xotin 50 yoshdan oshganlar o'rtasida - 1 104 ta

📝Hududlar kesimida:

🔹30 yoshgacha bo'lganlar o'rtasida Samarqand viloyati eng yuqori koʼrsatkichni qayd etdi.

🔹 50 yoshdan oshganlar o'rtasida Toshkent shahar eng yuqori koʼrsatkichni qayd etdi.

📈Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Infografika
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq

🚼2023-yilning 9 oyi davomida 3 384 nafar erkaklar 20 yoshgacha farzandli bo‘lgan.

📌Shu jumladan:

🔹3 600 nafar erkaklar – 50 yoshdan keyin;

🔹661 nafar erkaklar – 60 yoshdan keyin;

🔹58 nafar erkaklar – 70 yoshdan keyin farzandli bo‘lishgan.

📈Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Top_5 #Statistika

🔊Joriy yilning 9 oyi davomida Davlat xizmatlari markazlari orqali ko‘rsatilgan eng ko‘p davlat xizmatlari qaysi yo'nalishlarda kuzatildi?

📊 Infografikada 2023-yilning 9 oyi mobaynida aholi tomonidan eng ko'p foydalanilgan davlat xizmatlari top-5 ligi aks etgan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
#Infografika
#FHDY_xizmatlari
#Bu_qiziq

🚼FHDY organlari tomonidan 2023-yilning 9 oyi davomida qayd etilgan tug’ilishlar o‘zaro nisbati haqidagi ma’lumotlar

🗓2023-yilning 9 oyi davomida FHDY organlari tomonidan respublika boʼyicha 721 026 ta bolalarning tug’ilish qayd etildi.

🤔Bu koʼrsatkich oʼtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 33 599 taga ko’p.

📈Batafsil, yuqoridagi infografikada👆

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#1148_ishonch_telefoni #Murojatlar #Soʻragan_edingiz

🔰Davlat xizmatlari yonalishida “1148” ishonch telefoniga kelib tushgan qiziqarli va aktual savollarga javob beramiz!

Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga qanday hujjatlar taqdim etiladi?

👉Javob: Farzandlikka olishni rasmiylashtirishda FHDY organiga:

🔹sudning qonuniy kuchga kirgan farzandlikka olish haqidagi qaroridan ko‘chirma;

🔹farzandlikka olinayotgan bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi;

🔹farzandlikka oluvchi(lar)ning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi.

✔️Asos: Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori.

Kanalga
ulanish👇👇👇
https://www.tg-me.com/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/09/25 18:12:24
Back to Top
HTML Embed Code: