Telegram Web Link
XATOSIZ_YOZAMIZ
SAVOL: Qaysi so'z to'g'ri yozilgan?
Anonymous Quiz
29%
Xoynahoy
45%
Hoynahoy
26%
Hoynaxoy
#seminar

Bugun, 5-iyun kuni Andijon davlat universitetida Oʻzbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Andijon viloyati tashkiloti hamkorligida talabalar o'rtasida ezgulik, mehr-muruvvat, xayriya va saxovat kabi g'oyalarni mustahkamlash maqsadida "Xalqaro inson huquqlarini himoya qilish" mavzusida seminar mashg'uloti o'tkazildi.

Seminarda soha mutaxassislari tomonidan aholini favqulodda vaziyatlarda harakat qilish va birinchi yordam ko'rsatish asoslariga tayyorlash, aholining tibbiy-ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamlarini qo'llab-quvvatlash, xayriya, muruvvat va saxovat yordamlarini ko'rsatish, xalqaro insonparvarlik huquqlarini targ'ib qilish va oilalarni birlashtirish bo'yicha amaliy va nazariy tushunchalar berildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#amaliyot

Talabalar nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlashmoqda

Bugun, 5-iyun kuni Andijon davlat universiteti talabalarini auditoriyada olgan nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda o‘quv rejada ko‘rsatilgan amaliyotni bajarish maqsadida Tabiiy fanlar fakulteti o'qituvchilari Azizbek Mamajonov va Begali Dehqonovlar boshchiligida geografiya yo‘nalishi birinchi bosqich talabalari Xonobod shahrida bo'ldilar.

Amaliyotda talaba-yoshlar Andijon-Xonobod yo'nalishidagi gipsometrik xususiyatlarni, Xonobod suv tozalash korxonasinining xo'jalik ahamiyati, suvni tozalashning laboratoriya orqali zamonaviy usullari va viloyatimizning diqqatga sazovor hududlarini geografik planda o'rgandilar.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from OTFIV ǀ RASMIY
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

📆Bugun 6-iyun, payshanba.

🇺🇳 BMT — 
Rus tili kuni.
🇧🇴 Boliviya - 
O‘qituvchilar kuni.
🇰🇿 Qozog‘iston -
Moliya politsiyasi kuni.
🇱🇹 Litva -
Otalar kuni.

Tarixiy voqealar:

🏞1912-yil
- O'n ming tutun vodiysi yuzaga keldi.
🎮1984-yil - Tetris o'yini yaratildi.
🗺2002-yil - O'rtayer dengizida asteroid portladi.
🏙1664-yil - Yangi Amsterdam Nyu-York deb o'zgartirildi.

🎊 Tavallud sanalar:

👨🏻‍🏫1850-yil 6-iyun - nemis fizigi, Nobel mukofoti laureati Ferdinand Braun.
👩🏻‍💼1929-yil 6-iyun - ozarbayjonlik haykaltarosh, Ozarbayjon Respublikasida xizmat ko'rsatgan rassom Munavvar Rizayeva.
🤵🏻‍♂️1960-yil 6-iyun - o'zbek-qirg'iz-rus yozuvchisi, shoir, publitsist, tarjimon, kinossenarist Rahim Karimov.
🤵‍♂️1992-yil 6-iyun - O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoir, Shuhrat medali sohibi (Bek Ali) Begali Eshonqulov.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#imtihon_jarayonlari

🎓Universitetimizda bitiruvchilarga yakuniy davlat imtihonlari davom etmoqda

Joriy o‘quv yilida Andijon davlat universitetini 7540 nafar talabalar bitirishi kutilmoqda. Universitet rektorining tegishli buyrug‘iga asosan, 2023/2024-o‘quv yili bitiruvchi bosqich talabalarining yakuniy davlat attestatsiya sinovlari 14-maydan 10-iyulga qadar o'tkazilishi belgilangan.

Bugun, 6-iyun kuni Tarix fakultetining bakalavriat ta'lim yo'nalishining 210 nafar bitiruvchilari uchun majburiy fanlardan yozma shaklda yakuniy davlat attestatsiya sinovlari bo'lib o'tmoqda.

Imtihon jarayonlarini tartibli va xolisona o‘tishida komissiya a'zolari hamda universitet Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti “Qalqon” guruhi nazorat qilib bormoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/24 11:20:53
Back to Top
HTML Embed Code: