Telegram Web Link
#kuzatish_marosimi

Oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichi joriy yilning 5-7-iyun kunlari Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida o'tkazilishi belgilandi.

Mazkur tanlovning respublika bosqichida 11 ta oliy ta'lim muassasalari talabalar teatr jamoalari qatorida Andijon davlat universitetining ''Humo" talabalar teatr studiyasi jamoasi ham ishtirok etadi.

Bugun, 4-iyun kuni O'quv ishlari bo'yicha prorektor Rustamjon Mullajonov hamda mas'ullar universitetimiz ''Humo" talabalar teatr studiyasi jamoasiga omad tilab, tanlovning final bosqichida oliygohimiz sha'nini munosib himoya qilishiga ishonch bildirgan holda ko'hna Samarqandga tantanali kuzatdi.

Universitetimiz "Humo" talabalar teatr jamoasiga final bosqichi bellashuvida omad va zafarlar tilab qolamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_tarixi

📆 Bugun 5-iyun, chorshanba.

🇺🇳 BMT - Xalqaro atrof-muhitni muhofaza qilish kuni.
🇦🇿 Ozarbayjon - Melioratorlar kuni.
🇮🇪 Irlandiya - Iyun bayrami.

Tarixiy voqealar:

🪂1783-yil - Jozef Mishel va Jak Etten Mongolfelar birinchi havo sharlarini uchirishdi.
🕵🏻‍♂️1909-yil - Aleksandr lll haykali o'rnatildi.
🤵‍♂️1947-yil - AQSh davlat kotibi George Marshall Yevropaga yordam berish rejasini taklif qildi.
1967-yil - Yaqin Sharqda Olti kunlik arab-isroil urushi boshlandi.

🎊 Tavallud sanalar:

👩‍💼1921-yil 5-iyun - O'zbekiston xalq artisti, qoraqalpoq aktrisasi To'xta Rahmonova.
👨‍💻1933-yil 5-iyun - kanadalik matematik va kompyuter olimi, Turing mukofoti sohibi William Morton Kahan.
🤵‍♂️1949-yil 5-iyun - Taniqli rejissyor, teatr va kino aktyor Hamid Muhammadiyevich Shamsutdinov.
🕵️‍♂️1957-yil 5-iyun - o'zbek va rus kinorejissori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi Yusuf Sulaymonovich Roziqov.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ochilish_marosimi

“Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichining ochilish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun, 5-iyun kuni Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida oliy taʼlim muassasalari talaba-yoshlari oʻrtasida “Talabalar teatr studiyalari” ko‘rik-tanlovining respublika bosqichining tantanali ochilish marosimi o'tkazildi.

Mazkur tanlovning ochilishida respublikamizning 11 ta oliy ta'lim muassasalarining iqtidorli jamoalari qatorida Andijon davlat universiteti birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev boshchiligida universitetimiz jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/24 09:10:49
Back to Top
HTML Embed Code: