Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#abituriyent

Qaysi xalqaro olimpiada g‘oliblari OTMga imtihonsiz
qabul qilinadi?

2019-yil 3-maydagi PQ-4306-sonli Prezident qaroriga binoan, quyidagi 5 ta xalqaro olimpiada g‘oliblariga davlat OTMlariga test sinovisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish imtiyozi beriladi:

🔸 Xalqaro matematika olimpiadasi – International Mathematical Olympiad (IMO)
🔸Xalqaro fizika olimpiadasi - International Physics Olympiad (IPhO)
🔸 Xalqaro kimyo olimpiadasi - International Chemistry Olympiad (IChO)
🔸 Xalqaro biologiya olimpiadasi - International Biology Olympiad (IBO)
🔸 Xalqaro informatika olimpiadasi - International Olympiad in Informatics (IOI)

Boshqa olimpiadalar-chi?

Yuqorida sanalgan 5 ta xalqaro olimpiadadan boshqa barchasida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga test sinovisiz o‘qishga kirish huquqi berilmaydi.

Masalan, asosiy fan olimpiadalarining respublika bosqichida 1, 2 va 3-o‘rinlarni egallagan ishtirokchilarga davlat OTMlariga kirish imtihonlarida mutaxassislik fani bo‘yicha maksimal ball olish huquqini beruvchi va uch yil muddat davomida amal qiluvchi sertifikat taqdim qilinadi.

Boshqacha aytganda, respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lganlarga o’sha fandan maksimal ball beriladi xolos. Masalan, kimyo fanidan respublikada kuchli uchlikka kirsa, kimyo fanidan maksimal beriladi. Agar kimyo 1-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 93 ball, agar 2-mutaxassislik fani bo’lsa, unda 63 ball beriladi. Boshqa fanlarini o’zi ishlashi kerak bo’ladi.

Informatika va axborot texnologiyalari fanidan respublika fan olimpiadasida sovrindor bo’lgan o’quvchilarga mutaxassislik fani sifatida matematikadan maksimall ball beriladi.

‼️XULOSA: joriy yildan boshlab, davlat granti faqat 1 yilga berilishi, undan keyin o’zlashtirishiga qarab taqsimlanishi, imtiyoz bilan kirganlarga esa 4 yil davomida (ya’ni to’liq o’qish davrida) grant saqlanib qolishi e’lon qilingandi.

Bunday holda faqat 5 ta xalqaro fan olimpiadasi sovrindorlariga to’liq grant beriladi. Respublika va boshqa xalqaro fan olimpiadalari sovrindorlariga esa, agar yetarli ball to’plab grantga kira olsa, unda 1 yillik grant beriladi. Qolgan yillarda o’zlashtirishiga qaraladi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#XATOSIZ_YOZAMIZ

SAVOL: Qaysi biri to‘g‘ri yozilgan?
Anonymous Quiz
19%
Meyor
81%
Me'yor
Forwarded from ADU ILMIY BO'LIM YANGILIKLARI (Akrom ASU_Scopus)
Assalomu alaykum hurmatli ustozlar va tadqiqotchilar!

Sizlarni iyul oyida bo'lib o'tadigan premium-offline kursimizga taklif etamiz!

🖥 Iyul oyidagi "Scopus&Web_of_Science" nomli premium kursimizga qabul boshlandi!

🌟Kursdan olinadigan eng asosiy natijalar:

✔️ O'zingiz mustaqil ravishda Scopus ma'lumotlar bazasidagi jurnallarda bepul maqolalar chop qilishni o'rganasiz;
✔️ Scopus va Web of Science ma'lumotlar bazasida ishlash texnologiyalarini o'zlashtirib, sohangizga mos jurnallarni topishni o'rganasiz;
✔️ Ilmiy maqolalar tayyorlash standartlari va dasturlarni o'rganasiz;
✔️Yevropa nashriyotlarida o'zbek tilidagi kitob va monografiyalaringizni mutlaqo bepul chop qilishni o'rganasiz.
Premium kurs 15 ta asosiy dars va qo‘shimcha modullardan tashkil topgan.

Ushbu kursda talabalar, magistrantlar, doktorantlar va professor-o'qituvchilar ishtirok etishlari mumkin.

🌐🔝Ilmiy faoliyatingizni dunyo miqyosida kengaytiring!

📨 Mazkur postni o'zingizga tanish guruhlarga va yaqinlaringizga maksimal ulashing!

Ma'lumot: @aduilmiy
Murojaat uchun:
@tadqiqotchi_PhD_DSc
@Shokhjakhonbek_Abdugofurov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#teatr

Universitetimiz "Humo" jamoasi tanlovning respublika bosqichida “Ufqqa intilib” nomli spektaklni ijro etdi


🎭Bugun, 6-iyun kuni Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida oliy ta’lim muassasalarining talabalar teatr studiyalari oʻrtasida anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Eng faol talabalar teatr studiyasi” respublika koʻrik-tanlovining ikkinchi kuni bo'lib o'tmoqda.

Mazkur tanlovda Andijon davlat universiteti “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi yozuvchi Said Ahmadning “Ufq” romani asosida sahnalashtirilgan “Ufqqa intilib” nomli spektakli bilan ishtirok etdi.

Universitetimizning “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi respublikada g'alaba qozonishiga ishonch bildiramiz va ularga tanlovda omad tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#teatr

🎭Bugun, 6-iyun kuni Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida Andijon davlat universiteti “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi yozuvchi Said Ahmadning “Ufq” romani asosida sahnalashtirilgan “Ufqqa intilib” nomli spektakli bilan ishtirok etdi.

Universitetimizning “Humo” talabalar teatr studiyasi jamoasi respublikada g'alaba qozonishiga ishonch bildiramiz va ularga tanlovda omad tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#teatr

Samarqand shahridagi musiqali drama teatrida Andijon davlat universitetining "Humo" talabalar teatr studiyasi jamoasi “Eng faol talabalar teatr studiyasi” tanlovning respublika bosqichida “Ufqqa intilib” nomli spektaklni ijro etdi.

Tanlov jarayonlaridan fotolavhalar

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/24 09:11:31
Back to Top
HTML Embed Code: