Telegram Web Link
#Maʼrifat_ulashib
#kitoblar_korgazmasi

📚 Kitob - bilimlar xazinasi

Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi Andijon davlat universitetida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida oliygoh talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini yanada yuksaltirish, yosh avlodni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Kitoblar ko‘rgazmasi” tashkil etildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Maʼrifat_ulashib
#uchrashuv

"Ijodkor va Yoshlar uchrashuvi": ochiq muloqot dildan suhbat


Bugun, 3-may kuni Andijon davlat universitetida talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali, O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyat raisi Xurshida Vahobjon qizi ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2895

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#fakultet_yangliklari

Universitetda bitiruvchi talabalarni bandligini ta’minlash masalalariga bag'ishlangan uchrashuv o'tkazildi

Bugun, 3-may kuni Andijon davlat universitetida Tarix fakulteti rahbariyati hamda bitiruvchi bosqich talabalari o‘rtasida talabalar bandligini ta'minlash, yakuniy davlat attestatsiyasi sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda to‘lov shartnomalarini o‘z vaqtida to‘lash yuzasidan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda fakultet dekani va kafedra mudirlari tomonidan talabalarni ishga kirish va shu borada yuzaga kelayotgan ayrim muammolar muhokama qilinib, davlat attestatsiyasi sinovlariga puxta tayyorgarlik koʻrish, fandan qarzdor talabalar oʻz vaqtida bartaraf etish va shartnoma asosida tahsil olayotgan talabalar to'lov jadvaliga muvofiq qarzni o'z vaqtida to'lash masalasi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Maʼrifat_ulashib
#uchrashuv

“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida ijodkorlar bilan uchrashuvlar davom etmoqda

Bugun, 3-may kuni Qo'rg'ontepa tumanidagi 50-sonli umumiy o'rta ta'lim hamda 43-sonli umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida ijodkor, adabiyotshunos olim Humoyun Akbarov ishtirokida maktabning iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchilari o'rtasida ijodiy uchrashuv bo'lib o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 09:29:41
Back to Top
HTML Embed Code: