Telegram Web Link
#Maʼrifat_ulashib

"Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida adiblar bilan uchrashuvlar umumta'lim maktablaridan boshlandi

Ayni paytda Andijon shahridagi 43-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali hamda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Andijon viloyat raisi Xurshida Vahobjon qizi ishtirokida maktabning iqtidorli va isteʼdodli oʻquvchilari o'rtasida ochiq muloqot bo'lib o'tmoqda.

Uchrashuvda ijodkor va shoirlar oʻz hayot yoʻllaridan misollar keltirgan holda yoshlarimizni ilmi-maʼrifatli va ona Vatanimizga muhabbatli insonlar boʻlishga chorlab, ular bilan samimiy suhbat o'tkazmoqda.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Maʼrifat_ulashib
#Kochat_ekish_marosimi

🌳Adiblar ishtirokida ko'chat ekish marosimi bo'lib o'tdi

Bugun, 3-may kuni Andijon davlat universitetida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida shoir yozuvchilar, adiblar ta'lim muassasasining iqtidorli talaba-yoshlari ishtirokida ko'chat ekish marosimi bo'lib o'tdi.

Jarayon davomida shoir, yozuvchi Muhammad Ali bu nihollar hayot daraxtlari, do‘stlik va o‘zaro ishonch, ma’naviyat va kelajak bog‘lari bo‘lib qad rostlashini ta’kidlab o'tdi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Hokim_kubogi_2024

Joriy yilning 2-may kuni "Hokim kubogi-2024" saralash bahslarining "B" guruhi o'yinlarida Andijon davlat universiteti talabalar terma jamoasi "Oq oltin" jamoasi ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi.

"ADU" 5️⃣1️⃣ "OQ OLTIN"

Universitetimizning futbol bo'yicha "ADU" terma jamoasini ushbu gʻalaba bilan qutlab, keyingi o'yinlarida omad tilaymiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 03:39:02
Back to Top
HTML Embed Code: