Telegram Web Link
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qutlov

🎓 Ismailov Sarvarbek Anvarbekovich dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi

Bugun, 3-may kuni O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2020.yu.74.01 raqamli Ilmiy kengash qoshidagi bir martalik ilmiy kengash yig'ilishida Ismailov Sarvarbek Anvarbekovich “Ta’lim jarayonida huquqiy ong va huquqiy madinayatni oshirishda ijtimoiy sheriklik prinsiplari mavzusidagi 13.00.02 – pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi o'tkazildi.

Tadqiqotchi rasmiy opponentlarning ishga taqrizlari hamda aʼzolarning ushbu dissertatsiya ishi boʻyicha savollariga ham javob berdi.

Kengash aʼzolarining bergan ovozlar natijasiga koʻra, dissertatsiya ishi 100% maʼqullandi va Sarvarbek Ismailov pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi uchun loyiq deb topildi.

🎗Jamoamiz nomidan Ismailov Sarvarbek Anvarbekovichni ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sog’lik, ilm yo'lida muvaffaqiyat tilaymiz!

💐Universitetimiz olimlarining safi kengayaversin!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#xalqaro_hamkorlik

Andijon davlat universiteti bilan Polotsk davlat universiteti o'rtasida hamkorlik yanada mustahkamlandi


Joriy yilning 2-may kuni Andijon davlat universitetiga ikki oliygoh o'rtasida hamkorlik aloqalarini mustahkamlash maqsadida Belorussiyaning Polotsk davlat universiteti professorlari Aleksey Leonidovich Radyuk hamda Natalya Viktorovna Dovgyalolar tashrif buyurdi.

Batafsil:https://adu.uz/uz/news/article/2896

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#Maʼrifat_ulashib
#gulxan_atrofida_uchrashuv

Ijodkor va Yoshlar uchrashuvi gulxan atrofida davom etmoqda

Andijon davlat universitetining talabalar turar joyida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida talabalarni kitob mutolaasiga jalb qilish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali hamda ijodkor, adabiyotshunos olim Humoyun Akbarovlar ishtirokida gulxan atrofida ochiq muloqot bo'lib o'tdi.

Oqshomning go'zal pallasida tashkil etilgan gulxan atrofidagi ochiq muloqotda ijodkorning ibratli, shu bilan birga mashaqqatli va mazmunli hayot yo‘li, ijodi, she’riy to’plamlari, tarjimalari haqida batafsil so‘z bordi.

Adabiy kechaga iqtidorli talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan shoirlar qalamiga mansub she’rlar va musiqiy dastur yakun yasadi.

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
#live

Ayni paytda Doha shahridagi “Jassim Bin Hamad” stadionida U-23 Osiyo kubogi finalida O’zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi maydonda top surmoqda. Mazkur uchrashuv to'g'ridan-to'g'ri Sport TV orqali efirga uzatilmoqda.

Ushbu o'yinni Andijon davlat universiteti birinchi prorektori Xurshidbek Xodjamberdiyev boshchiligida universitet jamoasi, qolaversa, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali Ahmedov hamda adabiyotshunos olim Humoyun Akbarovlar ham tomosha qilib, milliy terma jamoamizni qo'llab-quvvatlamoqda.

⚽️ Olg'a O'zbekiston, olg'a yigitlar! Biz sizlarga ishonamiz!

Andijon davlat universitetining rasmiy sahifalari👇🏻
Veb-sayt |Telegram |Facebook |Instagram |YouTube
2024/09/22 07:31:30
Back to Top
HTML Embed Code: