Telegram Web Link
Nevus nima

MELANOTSITLAR - neyrogen hujayralar bo'lib, ular asosan teri epidermisining bazal qavatida, ko'z rangli pardasida joylashgan va barcha ichki a'zolarda ham uchrashi mumkin.

❗️Nevus - melanotsitlardan o'sgan xavfsiz o'sma hisoblanadi.
Ko'pincha yuz terisida, tana terisida to'q rangli bo'rtmachalar ko'rinishida uchraydi.

🔺Nevusning shakllari:
•epidermis va derma chegarasi nevusi;
•derma ichi nevusi;
•aralash nevus;
•epitelioid hujayrali nevus;
•havorang nevus.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🔍Organizmga antibiotiklarning siz bilmagan ta'sirlari💊

📌Antibiotiklar qabuli boshqa infeksiyani qo'zg'atishi mumkin. Gap shundaki, antibiotik Sizdagi bakterial kasallikka davo bo'lishi bilan bir qatorda Sizning organizmingizdagi mikroflorani ham o'ldiradi, natijada bemor kasallikka chalinuvchan bo'lib qoladi. Antibiotiklar qabulidan so'ng, ko'pincha bemorlarda zamburug'li kasallik (og'izda, terida, tirnoqlar ostida) avj oladi.

📌Antibiotiklar xavfli allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin. Ular turli ko'rinishda namoyon bo'ladi: toshma, nafas qisishi, qizarish, lab shishi va h.k.

📌Antibiotiklar shuningdek, kuchli lekin uzoq davom etmaydigan bosh og'rig'iga sabab bo'lishi mumkin.


P.S. SIZ HAM ANTIBIOTIKLARDAN AZIYAT CHEKKANMISIZ?


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
♻️Baliq tanovuli haqida🐟

📌Baliq o'z tarkibida Omega-3 yog'li kislotalar saqlaydi, bu esa yallig'lanish jarayonini pasaytiradi. Bunday xususiyat dengiz baliqlarida daryo baliqlaridan ko'ra kuchliroq bo'ladi. Bundan tashqari u o'zida vitamin D ham saqlaydi. Karp va okun baliqlarida B guruh vitaminlari va foliy kislotasi ko'p miqdorda bo'ladi. Shuningdek, daryo baliqlarida xolesterin miqdorini nazorat qiluvchi va tromb hosil bo'lish xavfini kamaytiruvchi vitaminlar guruhi mavjud.

Baliq mahsulotlari vitamin E ga boy, shuning uchun baliq yoshartirish va uzoq umr ko'rishni ta'minlay oladi.

🛑Haftada davomida kamida 2 marta dengiz baliqlarida iste'mol qilish infarkt xavfini 2 martagacha kamaytiradi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🔅Qaysi mahsulotlarni och nahorga yeyish mumkin emas?

Yangi meva va sabzavotlar. Gastritdan qiynaluvchi kishilarga yangi uzilgan meva va sabzavotlardan tayyorlangan tonggi nonushta mumkin emas. Chunki, ular tarkibidagi agressiv kislotalar oshqozon devorini zararlashi mumkin.

Sitrus mevalar. Sitrus mevalar tarkibidagi kislotalar jig'ildon qaynashini chaqiradi. Shuning uchun apelsin sharbatini och qoringa ichish mutlaqo yaramaydi.

Yaqindagina tayyorlangan qandolat mahsulotlari. Ular tarkibidagi achitqi oshqozonni yaralashi hamda gazlar hosil bo'lishini oshirishi mumkin. Agarda nonushtaga qandolat mahsulotlari yeyishga odatlangan bo'lsangiz, uni bir kun oldin kechki vaqtda tayyorlab qo'ying.

Shirinliklar. Oshqozon osti bezi inson uyqudan uyg'ongan zahoti shirinlik hazmiga yetarli darajada insulin ishlab chiqarishga moslashmagan.

Unda nimalar tanovvul qilish lozim
Kashalar, boshoqli o'simliklardan tayyorlangan yormalar, tuxum, yog'siz pishloq, yarim donadan meva va sabzavot, sut va sut mahsulotlari, don mahsulotlaridan tayyorlangan non.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Hayot faoliyatining to'xtashi (o'lim).

Organizm o'limi quyidagi bosqichlarni o'z ichiga oladi:
⭕️Preagonal;
⭕️Terminal pauza;
⭕️Agonal;
⭕️Klinik o'lim
⭕️Biologik o'lim.


Yuqoridagi to'rttala bosqichda tibbiy chora-tadbirlar orqali bemorni hayotga qaytarish mumkin (qaytar jarayon hisoblanadi).


Biologik o'lim holatida esa hech qanday yo'l orqali bemor hayotini tiklab bo'lmaydi.


❗️Lekin biologik o'lim holatidagi bemorning ayrim organlari ishini qayta tiklash mumkin(masalan, yurak, buyrak, jigar va boshq).


Safimizga qo'shiling⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
❗️Pankreatit❗️

Pankreatit - oshqozon osti bezining yallig'lanish kasalligi. O'tkir va surunkali turlari ajratiladi.

🔍Simptomlari:
1. Epigastral sohada intensiv og'riq.
2. Ko'p marta qayt qilish.
3. Mexanik kelib chiquvchi sariqlik.

🩺Surunkali pankreatitni davolash:
1. Dieta!!!
2. Oshqozon osti bezi funksional faolligini oshirish;
3. O'rinbosar terapiya;
4. Xalq tabobati vositalari yordamida davolash.

Surunkali pankreatitni davolashda xalq tabobati vositalari:
2 dona kartoshka va 1 dona sabzini po'sti archilmagan holda, sharbat chiqargich yordamida sharbat holiga keltirib, har ovqat oldidan 1 stakan miqdorda 1 hafta davomida (keyingi hafta tanaffus bilan) qabul qilinadi. Umumiy kurs 6 haftani tashkil etadi. (bunda 1hafta qabul/1hafta tanaffus tartibida)


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
"Dorixona" kanali - dorilar haqidagi takrorlanmas ma'lumotlar berib boriladigan kanal

💊Yo‘talga qarshi dorilar
💊Qorin dam bo‘lishiga qarshi dorilar
💊Qabziyatda qo‘llaniladigan dorilar
💊Grippga qarshi dorilar
💊Qazg‘oqqa qarshi dorilar
💊Chekishga qarshi dorilar
💊Terlashga qarshi dorilar
💊Alkogolizmga qarshi dorilar
💊Tomoq og‘riganda qo‘llaniladigan dorilar
💊Bo‘y o‘stiruvchi dorilar
💊Gijjaga qarshi dorilar
💊Ich ketishiga qarshi dorilar
💊Anemiyaga qarshi dorilar

Bularning hammasi quyidagi manzilda👇:
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEusBn87sQ9dkQQ88A
♻️ASPIRIN QABULI TO'G'RISIDA...

◾️Ilgari shifokorlar yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari profilaktikasi va insult xavfini kamaytirish maqsadida bemorlarga har kuni qabul qilishni tez-tez tavsiya qilishgan.

❗️Lekin, tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, aspirinni har kuni qabul qilish oshqozon yarasi, o'tkir kolit, ichaklar surunkali kasalliklari kabi xavfli holatlarga olib kelishi, shuningdek ichki qon ketishiga sabab bo'lishi mumkin ekan.

P.S.: aspirinning foydasidan zarari ko'p ekan...

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
❗️Energetik va gazlangan ichimliklar, sharbatlar rakka olib kelishi mumkin...

Amerikalik olimlar sog'lom odamda 14yil davomida tadqiqot o'tkazish natijasida shuni aniqlashdiki, energetik va gazlangan ichimliklar, sharbatlar yo'g'on ichak raki rivojlanishiga olib keldi.

Tadqiqot olib borilgan insonning ratsionida muntazam ravishda limonadlar, energetik ichimliklar, sutli kokteyllar va sharbatlar mavjud bo'lgan. Ushbu barcha ichimlik o'z tarkibida yuqori miqdorda shakar saqlashini eslatib o'tish lozim.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
❗️Pankreatit❗️

Pankreatit - oshqozon osti bezining yallig'lanish kasalligi. O'tkir va surunkali turlari ajratiladi.

🔍Simptomlari:
1. Epigastral sohada intensiv og'riq.
2. Ko'p marta qayt qilish.
3. Mexanik kelib chiquvchi sariqlik.

🩺Surunkali pankreatitni davolash:
1. Dieta!!!
2. Oshqozon osti bezi funksional faolligini oshirish;
3. O'rinbosar terapiya;
4. Xalq tabobati vositalari yordamida davolash.

Surunkali pankreatitni davolashda xalq tabobati vositalari:
2 dona kartoshka va 1 dona sabzini po'sti archilmagan holda, sharbat chiqargich yordamida sharbat holiga keltirib, har ovqat oldidan 1 stakan miqdorda 1 hafta davomida (keyingi hafta tanaffus bilan) qabul qilinadi. Umumiy kurs 6 haftani tashkil etadi. (bunda 1hafta qabul/1hafta tanaffus tartibida)


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Organizmga infeksiyalar qanday yo'llar orqali yuqishi mumkin?

🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠

1) Havo-tomchi va havo-chang yo'li orqali (ko'kyo'tal, qizamiq, gripp, sil va h.k.)
2) Me'da-ichak yo'li - kasallik qo'zg'atuvchi og'iz orqali tushadi (qorin tifi, A va B paratiflar, vabo, ichburug' va h.k)
3) Muloqot yo'li :
a) bevosita aloqa yo'li (jinsiy yo'l): zaxm, so'zak (gonoreya), OITS) misol bo'ladi;
b) bilvosita yo'l - bunda suv, havo, tuproq, oziq-ovqat, bemorning idish-tovoqlari, sochig'i, kiyimlari va boshqalar muhim ahamiyatga ega.
4) Transmissiv yo'l - kasallik qo'zg'atuvchisining turli hasharotlar orqali kasal odamdan sog' odamga yuqishi (bezgak, leyshmanioz, toshmali va qaytalama terlama va h.k.)
5) Parenteral yo'l - to'liq sterillanmagan tibbiyot asboblaridan yuqishi (OITS, B va S gepatitlar, zaxm va h.k)
6) Vertikal yo'l - onadan bolaga o'tuvchi kasalliklar (OITS, zaxm, so'zak, B va S gepatitlari)


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
KO'P TERLASH SABABLARI😥

Organizmdan norma (sutkasiga 500ml suyuqlik) dan ortiqcha suyuqlik ajralishi (teri orqali) natijasida ko'p terlash vujudga keladi.

TERLASH - organizmni qizib ketishdan asrovchi, sovituvchi jarayon hisoblanadi.

Uning miqdori oshishi:
Fiziologik:
-atrof-muhit harorati yuqori bo'lganda:
-ayollarda homiladorlik va klimaks holatlarida.

Patologik:
-isitma bilan kechuvchi kasalliklarda
-semizlikda
-gipertireoz
-limfa tizimi o'smalari
-tuberkulyoz
-qandli diabet
-me'da osti bezi saratonida
-markaziy asab tizimi buzilishlari
-parkinson kasalligi
-akromegaliya
-infarkt

TER HIDIGA QARAB QAYSI ORGANDA PATOLOGIYALIGINI BILSA BO'LADIMI?
Aniq bo'lmasada, yuqori foizlarda taxminiy tashxislash mumkin!

Siydik hidli 👉 buyrak yetishmovchiligi;
Yangi jigar hidli 👉 jigar yetishmovchiligi;
Sichqon hidli 👉 fenilketonuriya;
Eskirgan pivo hidli 👉 tuberkulyoz;
Achigan meva hidli 👉 qandli diabet;
Yangi non hidli 👉 qorin tifi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
❗️Itsenko-Kushing sindromi

Erkaklarga nisbatan ayollarda 3-4marta ko'proq uchrab, 80-90% hollarda xavfli arterial gipertenziya bilan kechadi. Bemorlarning 1/3qismida kasallik buyrak usti bezi po'stloq qismining birlamchi adenomasi (yoki karsinomasi) bilan bog'liq. Ba'zan esa uzoq middat glyukokortikoidlar qabul qilgan bemorlarda kuzatiladi.

Klinik belgilari:
◾️Arterial gipertenziya;
◾️Semirish va giperglikemiyaning bir vaqtda rivojlanishi;
◾️Steroidli qandli diabet;
◾️yuzning qizil rangda va oysimon bo'lishi;
◾️oyoqlar ingichka bo'lgan holda ko'krak, bo'yin, qorinning kattalashishi;
◾️qorinda, sonlarda, yelka kamari sohasida to'q qizil-binafsha rangli hoshiyalar - teri ostida qon quyilishlarining paydo bo'lishi;
◾️teleangioektaziyalar (asosan bilakning yoziluvchi yuzasida);
◾️jinsiy faoliyatning buzilishi;
◾️soch qoplami buzilishi;
◾️patologik shishlar;
◾️terining quruqligi, huznbuzarliligi, tirnoqlar distrofiyasi;
◾️diffuz osteoporoz


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
📖Blokada (ing. qurshamoq, qamal)

Tibbiy jihatdan - biror a'zo yoki tizimning faoliyatini vaqtincha to'xtatish, masalan yurak blokadasi - yurakning impuls o'tkazuvchi sistemasini bo'ylab impuls o'tishini to'xtatish.


🧏‍♂Novokainli blokada - novokain yuborib qilinadigan muoloja, bunda novokain yuborilgan yerdagi sezuvchi nervlarni bloklab, sezuvchanlikni yo'qotadi, og'riq sezilmaydi.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🚰Kun davomida ko'proq suv iching. Suv organizmda moddalar almashinuvi, qon aylanishini, nerv hujayralari yaxshi ishlashini ta'minlab beradi.

Sutkada kamida 1,5-2l suv qabul qilish lozim. Bu miqdordan ortig'i ham zarar emas.

❗️Lekin kunlik suv miqdori kamaysa organizmda qanday o'zgarish yuz beradi:
📌puls sekinlashadi, arterial bosim o'zgaradi;
📌qonning yopishqoqligi oshadi;
📌buyraklar faoliyati buziladi;
📌teri quruqlashadi;
📌bosh og'rig'i sizni bezovta qiladi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
Spina bifida nomi umurtqaning tug'ma bitmay qolishi bilan bir vaqtda orqa miya va uning pardalari rivojlanishidagi nuqsonlarni bildiradi.

Anatomik shakllari:
🔹spina bifida occulta (yashirin) - bu shaklda umurtqa tanasida uncha katta bo'lmagan tirqish paydo bo'ladi
🔹spina bifida aperta (ochiq) - umurtqa pog'onasi rivojlanishining "ochiq" anomaliyasi.

Ochiq turining shakllari:
a) meningotsele - umurtqa ravoqlari orasidagi nuqson orqali orqa miyaning pardalari teri ostiga chiqib qoladi, kista rivojlanadi
b) meningomiyelotsele - spina bifidaning ancha og'ir shakli, bunda orqa miyaning churra ko'rinishida chiqishi kuzatiladi.

❗️Operatsiyaning mohiyati - churra xaltasini olib tashlash va umurtqa yoylaridagi nuqsonni plastika qilishdan iborat bo'ladi.


KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
“Shifobaxsh ne’matlar” kitobidan

🌿ZIRA🌿

Zira tarkibida:
– 7 % dan ko‘proq efir moylari;
– 22 % yog‘;
– 23 % oqsil;
– serob vitaminlar, shifobaxsh moddalar bor.
Xalq tabobatida zira urug‘ining qaynatmasi kamqonlikda, me’da og‘riganda, dizenteriya, surunkali jigar kasalliklarida foydali deb hisoblangan. Qora zira ona suti kanligida hamda qabziyatda iste’mol qilinadi.
Abu Ali ibn Sino ham qora ziraning mevasini yurak bezovtalanishini to‘xtatuvchi, hiqichoq qoldiruvchi, yel va gijja haydovchi, ovqatning hazm bo‘lishiga yordam beruvchi, terlatuvchi omil sifatida tavsiya etadi.
Ziraning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ham katta. Jumladan beda bilan zira qo‘shib ekilgan dalalarda boqilgan qoramol va biyalar qanchalik to‘ymasin, bo‘kib qolmaydi, balki vazni ortib, suti ko‘payadi.
Juda “mana bu kolxoz uchun, mana bu rais uchun” deb solib tashlamasangiz ham, taomlarga xushxo‘rgina qilib zira qo‘shavering. Balki uni iste’mol qilganimiz uchun qancha dardimiz ariyotgandir, biz bilmay yurgandirmiz.
Ma'lumotlar "Shifobaxsh ne'matlar" kitobidan olingan. Undagi tavsiyalar asosida biror muolaja qilishdan avval shifokor bilan albatta maslahatlashing.

Do‘stlarga ham ulashing!
https://www.tg-me.com/joinchat-CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
🪱Askaridoz - to'garak chuvalchanglar tipiga mansub askaridalar keltirib chiqaradigan gijja kasalligi bo'lib, odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ko'proq bolalarda uchraydi.
Bemor kasallik tarqatuvchi manba hisoblanadi.

Yuqishi: tuxumlar bilan ifloslangan sabzavotlar, qaynatilmagan suv, kir qo'llar.

Ilk davri asosan, umumiy alomatlar bilan kechadi:
Darmonsizlik
Yo'tal
Harorat ko'tarilishi

Keyinchalik:
🔼Bosh aylanishi
🔼Bosh og'rig'i
🔼Me'da-ichak faoliyatining buzilishi(ko'ngil aynishi, qusish, ko'p so'lak ajralishi)
🔼O'ta toliquvchanlik.

🪱Askaridani o't yoki me'da-ichak yo'llariga kirishi natijasida yiringli xoletsistit, jigar abssessi, perifonit, sepsis, o'tkir pankreatit, appenditsit kabi a'zolarning yallig'lanish kasalliklari kuzatiladi.

🩺Davolash:
Shifokor nazorati ostida davo qilinadi.

📈Profilaktikasi: shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish. Ovqatdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish (asosan, bolalarda buni nazorat qilish) lozim.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/22 13:34:35
Back to Top
HTML Embed Code: