Telegram Web Link
Forwarded from Doctor Muxtorov
Shu kungacha Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan Xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida 10 nafar bemorga jigar ko‘chirib o‘tkazildi.

«Bunday noyob operatsiya uchun Hindistonda o‘rtacha 45 ming dollar mablag‘ talab qilinadi. Rossiyada esa yanayam qimmatroq — 70 ming dollar atrofida. Belarusda jigar transplantatsiyasini o‘tkazmoqchi bo‘lganlar esa qariyb 165 ming dollar to‘lashi kerak. Eng yuqori narx AQShda — taxminan 200 ming dollar.

Bizda esa bu turdagi operatsiyani o‘tkazishga sarflanadigan sarf-xarajatlar donor va bemor uchun o‘rta hisobda 18-20 ming dollarga to‘g‘ri kelishi o‘rganilgan. Ammo buni yanglish tushunmaslik kerak. Gap shundaki, mamlakatimizda jigar sirrozi bilan kasallangan yurtdoshlarimizni order tizimi asosida davolash yo‘lga qo‘yilgan. Bu holatda faqat donor operatsiyasi, ya'ni jigarning bir bo‘lagini olish uchun bemorning oilasi tomonidan ma'lum miqdorda mablag‘ to‘lanadi, xolos», deydi markaz direktori Saidmurod Ismoilov.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
❗️Energetik va gazlangan ichimliklar, sharbatlar rakka olib kelishi mumkin...

Amerikalik olimlar sog'lom odamda 14yil davomida tadqiqot o'tkazish natijasida shuni aniqlashdiki, energetik va gazlangan ichimliklar, sharbatlar yo'g'on ichak raki rivojlanishiga olib keldi.

Tadqiqot olib borilgan insonning ratsionida muntazam ravishda limonadlar, energetik ichimliklar, sutli kokteyllar va sharbatlar mavjud bo'lgan. Ushbu barcha ichimlik o'z tarkibida yuqori miqdorda shakar saqlashini eslatib o'tish lozim.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
❗️Pankreatit❗️

Pankreatit - oshqozon osti bezining yallig'lanish kasalligi. O'tkir va surunkali turlari ajratiladi.

🔍Simptomlari:
1. Epigastral sohada intensiv og'riq.
2. Ko'p marta qayt qilish.
3. Mexanik kelib chiquvchi sariqlik.

🩺Surunkali pankreatitni davolash:
1. Dieta!!!
2. Oshqozon osti bezi funksional faolligini oshirish;
3. O'rinbosar terapiya;
4. Xalq tabobati vositalari yordamida davolash.

Surunkali pankreatitni davolashda xalq tabobati vositalari:
2 dona kartoshka va 1 dona sabzini po'sti archilmagan holda, sharbat chiqargich yordamida sharbat holiga keltirib, har ovqat oldidan 1 stakan miqdorda 1 hafta davomida (keyingi hafta tanaffus bilan) qabul qilinadi. Umumiy kurs 6 haftani tashkil etadi. (bunda 1hafta qabul/1hafta tanaffus tartibida)


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Forwarded from Evomed | Bolalar klinikasi kanal
Shu mahalda qayerga olib boramiz?

👶 Farzandingiz sog'lig'ida o'zgarishlar, burun oqishi, yo‘tal, ishtahasizlik, qayt qilish, ich ketishi, isitma, allergik holatlar, holsizlik kabi alomatlar kuzatilsa, kimdan maslahat olishni bilmay qolamiz. Bunday holatlarda mutaxassis maslahati juda zarur.

Shu kabi muammolarni o'rgangan holda Evomed klinikasi:
- Pediatr Pulmonolog
- Pediatr Gastrentolog
- Pediatr Infektionist
- Muolajalar (kapelnitsa, klizma, ingolyatsiya)
kabi xizmatlarni tun-u kun, 24/7 ish rejimida taklif etadi.

🏥 Istalgan vaqtda klinikamizga tashrif buyuring. Kichkintoy salomatligi uchun tajribali mutaxassislar doim xizmatingizda.

💉Grippga qarshi ishonchli himoya bu - vaksina! 👉Vaksina olish uchun

Qabulga online yozilish uchun: @evomeduz_bot

📍 Manzil: Yunusobod tumani, Ahmad Donish ko'chasi, 47а

📞 +998555003200

Kanalga ulanish:👉 @Evomed_Clinica

Instagram | Facebook | TikTok
❗️Antiseptika maqsadida qachon yod, qachon brilliant yashili (зеленка) ?

Bilamizki, yod va brilliant yashili turli maqsadlarda, o'z ta'sir mexanizmiga ko'ra qo'llaniladi. Bugun ularning farqi to'g'risida biroz to'xtalamiz.

♻️YOD.
Ushbu mahsulot to'qimaga juda yaxshi "ishlov beradi". Lekin, yod bilan ishlashda juda ehtiyotkotlik bilan ishlash lozim (agar miqdor oshirib yuborilsa, u terini qizdirishi mumkin). Bunda, teridagi yaraga ishlatmoqchi bo'lsangiz, dezinfeksiya maqsadida qo'llaysiz. Yodni yaraga tushishidan saqlaning, aksincha uni yara atrofiga ishlov berishda foydalaning. Bundan tashqari yoddan to'qimaga qon quyilishida ham foydalansa bo'ladi, masalan lat yeganda, to'qima shikastlanganda "yodli setka" ko'rinishida.

♻️BRILLIANT YASHILI.
Ushbu mahsulot ham foydali antiseptik hisoblanib, yoddan farqli o'laroq yumshoq to'qimalar uchun ham foydalanish mumkin. Aynan yara o'chog'iga ishlatsa bo'ladi. Uning ko'p miqdori terini qizdirmaydi. Bundan tashqari brilliant yashilini o'ta sezuvchan to'qimalar uchun ham foydalanish mumkin.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Forwarded from PHARMAKON
💊Grippga qarshi dorilar!

Hozirgi kunda gripp kattalar orasida ham, bolalar orasida ham keng tarqalgan. Gripp oddiy kasallik emas. Befarq bo‘lmang. Og‘ir kechganda hatto o‘limga ham sabab bo‘lishi mumkin. Yashirin davri 2 soatdan 72 soatgacha davom etadi.

📌Quyidagi belgilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi:

• tana harorati 38-40 darajaga ko‘tarilishi,
• bosh va tomoq og‘rishi,
• burun bitishi,
• burundan suyuqlik ajralishi,
• yo‘tal,
• mushaklarda og‘riq,
• holsizlik,
• ishtahaning buzilishi,
• ba’zi hollarda qusish holatlari kuzatiladi.

📌Grippga qarshi preparatlar:

💊Umifenovir(Arbidol)
💊Inozin (Groprinosin)
💊Interferon(Ergoferon)
💊Tamiflyu
💊Relenza
💊Remantadin
💊Tilaron

👨‍⚕ Doctor Muxtorov tavsiyasi

1⃣Ko‘proq suyuqlik iching.
2⃣Xonalarni tez-tez shamollating.
3⃣To‘yib uxlang.

Yuqoridagi tavsiyalar tezroq tuzalishingizga yordam beradi.

Dorixona kanaliga obuna bo‘lish:
https://www.tg-me.com/joinchat-AAAAAEusBn87sQ9dkQQ88A
Organizmga infeksiyalar qanday yo'llar orqali yuqishi mumkin?

🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠🦠

1) Havo-tomchi va havo-chang yo'li orqali (ko'kyo'tal, qizamiq, gripp, sil va h.k.)
2) Me'da-ichak yo'li - kasallik qo'zg'atuvchi og'iz orqali tushadi (qorin tifi, A va B paratiflar, vabo, ichburug' va h.k)
3) Muloqot yo'li :
a) bevosita aloqa yo'li (jinsiy yo'l): zaxm, so'zak (gonoreya), OITS) misol bo'ladi;
b) bilvosita yo'l - bunda suv, havo, tuproq, oziq-ovqat, bemorning idish-tovoqlari, sochig'i, kiyimlari va boshqalar muhim ahamiyatga ega.
4) Transmissiv yo'l - kasallik qo'zg'atuvchisining turli hasharotlar orqali kasal odamdan sog' odamga yuqishi (bezgak, leyshmanioz, toshmali va qaytalama terlama va h.k.)
5) Parenteral yo'l - to'liq sterillanmagan tibbiyot asboblaridan yuqishi (OITS, B va S gepatitlar, zaxm va h.k)
6) Vertikal yo'l - onadan bolaga o'tuvchi kasalliklar (OITS, zaxm, so'zak, B va S gepatitlari)


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
♻️ASPIRIN QABULI TO'G'RISIDA...

◾️Ilgari shifokorlar yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari profilaktikasi va insult xavfini kamaytirish maqsadida bemorlarga har kuni qabul qilishni tez-tez tavsiya qilishgan.

❗️Lekin, tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, aspirinni har kuni qabul qilish oshqozon yarasi, o'tkir kolit, ichaklar surunkali kasalliklari kabi xavfli holatlarga olib kelishi, shuningdek ichki qon ketishiga sabab bo'lishi mumkin ekan.

P.S.: aspirinning foydasidan zarari ko'p ekan...

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
Disfagiya (dis -buzilish va phageo - yutmoq) - ovqat yoki suv yutishning buzilishi.

SABABLARI:
•halqum, hiqildoq, qizilo'ngach devorlarining shikastlanishi;
•hazm yo'llariga yot jism tiqilishi;
•yallig'lanish;
•ushbu a'zolar spazmi;
•ba'zi yuqumli kasalliklar (qoqshol, quturish).

❗️Qizilo'ngach raki ham disfagiyaga sabab bo'ladi.

BELGILARI:
✓ovqat yutish vaqtida og'riq
✓burun, hiqildoq, kekirdak, ko'ks oralig'iga ovqat ketib qoladi.

DAVOLASH:
Disfagiyaga sabab bo'lgan omillar aniqlanib, zaruriy dori-darmonlar qabul qilinadi.

KANALGA ULANISH:@TIBBIYOT_OLAMI
Forwarded from Doctor Muxtorov
Nima uchun shamollagan paytda ko‘proq suyuqlik ichish kerak?

Virusli infeksiyada organizmda intoksikatsiya(zaharlanish) bo‘ladi. Virusning eleminatsiyasini tezlashtirish va qondagi titrini kamaytirish uchun ko‘proq suyuqlik(qaynoq suv) ichish kerak bo‘ladi. Shunday ekan qancha ko‘p suv ichsak, virus organizmdan shunchalik tez chiqib ketadi.

Kasal bo‘lgan paytda kuniga eng kamida 3 litrgacha suyuqlik ichish kerak.

Suyuqlik sifatida nimalar ichish mumkin?

📌Quruq mevalardan qilingan kompot
📌Limonli choy
📌Zanjabilli choy
📌Na’matak nastoykasi
📌Malina murabbosi qo‘shilgan choy
📌Moychechak damlamasi
📌Klyukva damlamasi

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
Forwarded from Doctor Muxtorov
Nima uchun ovqatlanishlar oralig‘i 4-4,5 soatdan ko‘p ham, kam ham bo‘lishi kerak emas?

Oshqozonda ovqatning hazm jarayoni 3-4 soatdan keyin o‘z nihoyasiga yetadi, hosil bo‘lgan ximus oshqozondan o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tadi va oshqozon bo‘shaydi. Oshqozonda ovqat bo‘lmagan paytda hazm shirasi va fermentlar oshqozon to‘qimasini hazm qilishni boshlaydi. Xlorid kislotani helicobacterium pilori bilan ittifoq tuzishi natijasida gastrit va yara kasalliklari rivojlanishi mumkin.

Kanalga ulanish:👉@Dr_Mukhtorov
🔍Organizmga antibiotiklarning siz bilmagan ta'sirlari💊

📌Antibiotiklar qabuli boshqa infeksiyani qo'zg'atishi mumkin. Gap shundaki, antibiotik Sizdagi bakterial kasallikka davo bo'lishi bilan bir qatorda Sizning organizmingizdagi mikroflorani ham o'ldiradi, natijada bemor kasallikka chalinuvchan bo'lib qoladi. Antibiotiklar qabulidan so'ng, ko'pincha bemorlarda zamburug'li kasallik (og'izda, terida, tirnoqlar ostida) avj oladi.

📌Antibiotiklar xavfli allergik reaksiyalar chaqirishi mumkin. Ular turli ko'rinishda namoyon bo'ladi: toshma, nafas qisishi, qizarish, lab shishi va h.k.

📌Antibiotiklar shuningdek, kuchli lekin uzoq davom etmaydigan bosh og'rig'iga sabab bo'lishi mumkin.


P.S. SIZ HAM ANTIBIOTIKLARDAN AZIYAT CHEKKANMISIZ?


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
💡Yostiqsiz uxlash umurtqa pog'onasidagi og'riqlarni kamaytirib, uni mustahkamlaydi.

❗️O'ta yumshoq yostiqdan foydalanish bo'yin mushaklari zo'riqishiga va hattoki boshga qon oqib kelishini sekinlashtiradi.

Yaxshisi, yostiqsiz uxlang. Agar yostiqsiz uxlay olmasangiz, qattiqroq yostiqda uxlashga odatlaning.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
“Shifobaxsh ne’matlar” kitobidan

🌿ZIRA🌿

Zira tarkibida:
– 7 % dan ko‘proq efir moylari;
– 22 % yog‘;
– 23 % oqsil;
– serob vitaminlar, shifobaxsh moddalar bor.
Xalq tabobatida zira urug‘ining qaynatmasi kamqonlikda, me’da og‘riganda, dizenteriya, surunkali jigar kasalliklarida foydali deb hisoblangan. Qora zira ona suti kanligida hamda qabziyatda iste’mol qilinadi.
Abu Ali ibn Sino ham qora ziraning mevasini yurak bezovtalanishini to‘xtatuvchi, hiqichoq qoldiruvchi, yel va gijja haydovchi, ovqatning hazm bo‘lishiga yordam beruvchi, terlatuvchi omil sifatida tavsiya etadi.
Ziraning qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati ham katta. Jumladan beda bilan zira qo‘shib ekilgan dalalarda boqilgan qoramol va biyalar qanchalik to‘ymasin, bo‘kib qolmaydi, balki vazni ortib, suti ko‘payadi.
Juda “mana bu kolxoz uchun, mana bu rais uchun” deb solib tashlamasangiz ham, taomlarga xushxo‘rgina qilib zira qo‘shavering. Balki uni iste’mol qilganimiz uchun qancha dardimiz ariyotgandir, biz bilmay yurgandirmiz.
Ma'lumotlar "Shifobaxsh ne'matlar" kitobidan olingan. Undagi tavsiyalar asosida biror muolaja qilishdan avval shifokor bilan albatta maslahatlashing.

Do‘stlarga ham ulashing!
https://www.tg-me.com/joinchat-CqKXDkEMgIu4JjznATHSfQ
Ichaklar kasalliklaridagi belgilar qanday?

Tezda vazn tashlash ichaklar ishlarining buzilishidan darakchi bo'lishi mumkin.

Zararliligi yuqori bo'lgan ovqatlarni xohlash ham ichaklardagi mikroflora disbalansidan ogohlantiradi.

Yomon kayfiyat va uyqu bilan bog'liq muammolar. Ichaklarda serotonin ("yaxshi kayfiyat gormoni") ning asosiy qismi ishlab chiqariladi. Asabiylik, qo'rquvning balandligi, hech narsadan mamnun bo'lmaslik, uyqusizlik kabi holatlar sizda ichaklarni tekshirish g'oyasini uyg'otishi lozim bo'ladi.

Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🎼Musiqa eshtib, uyquga ketuvchilarning bunday odatlari to'g'rimi?😴

🎧Quloqchinlarda musiqa tinglab, uyquga ketish uzoq vaqtgacha tinch uyquning "buzg'unchisi"dir!
Odamlarda uyqu jarayonini o'rganish mobaynida shu ma'lum bo'ldiki, bunday odatga ega shaxslar tinch holatda uyquga ketuvchilarga nisbatan 6 karra uyquning normal holati buzilishiga duch kelishar ekan. Shu sababdan, olimlar bunday odati bor shaxslarga, sekin-asta ushbu odatdan voz kechishlarini maslahat beradilar.


Safimizga qo'shiling ⤵️
@TIBBIYOT_OLAMI
🍓Qulupnay organizmga foydalimi?

Qulupnay yurak faoliyatini yaxshilaydi;
Terini mayinlashtiradi;
Ajinlarni yo'qotadi.


🅰Tarkibidagi Vitamin A (retinol) yallig'lanishga qarshi kurashadi.
Ko'rish o'tkirligini yaxshilaydi.

🅱9⃣Tarkibidagi vitamin B⁹ esa ayollar reproduktiv salomatligida muhim ahamiyatga ega. Bundan tashqari, agar siz homiladorlikni rejalashtirayotgan bo'lsangiz qulupnayni ko'proq iste'mol qiling. Chunki vitamin B⁹ homila asab tizimi shakllanishida ishtirok etadi.

💊Askorbin kislota (vitamin C) esa qulupnayda limondan ko'ra ko'proqligi isbotlangan. Ushbu vitamin immunitetni oshiradi, kayfiyatni ko'taradi, ortiqcha vazn muammosida yordam beradi.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
🪱Askaridoz - to'garak chuvalchanglar tipiga mansub askaridalar keltirib chiqaradigan gijja kasalligi bo'lib, odamning ingichka ichagida parazitlik qiladi. Ko'proq bolalarda uchraydi.
Bemor kasallik tarqatuvchi manba hisoblanadi.

Yuqishi: tuxumlar bilan ifloslangan sabzavotlar, qaynatilmagan suv, kir qo'llar.

Ilk davri asosan, umumiy alomatlar bilan kechadi:
Darmonsizlik
Yo'tal
Harorat ko'tarilishi

Keyinchalik:
🔼Bosh aylanishi
🔼Bosh og'rig'i
🔼Me'da-ichak faoliyatining buzilishi(ko'ngil aynishi, qusish, ko'p so'lak ajralishi)
🔼O'ta toliquvchanlik.

🪱Askaridani o't yoki me'da-ichak yo'llariga kirishi natijasida yiringli xoletsistit, jigar abssessi, perifonit, sepsis, o'tkir pankreatit, appenditsit kabi a'zolarning yallig'lanish kasalliklari kuzatiladi.

🩺Davolash:
Shifokor nazorati ostida davo qilinadi.

📈Profilaktikasi: shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish. Ovqatdan oldin qo'llarni sovunlab yuvish (asosan, bolalarda buni nazorat qilish) lozim.

KANALGA ULANISH: @TIBBIYOT_OLAMI
Bilasizmi? Stress bizning yashashimizga doim halaqit qiladi.

Stress qanday kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

📌Yurak-qon tomir tizimi kasalliklari
📌Uyqu buzilishi
📌Ishtaha kuchayishi(Semizlik)
📌Hazm tizimidagi muammolar
📌Psixogen og‘riqlar
📌Shamollash va virusli kasalliklar bilan xastalanishning xavfi ortishi

KANALGA ULANISH:👉 @TIBBIYOT_OLAMI
2024/09/22 15:25:04
Back to Top
HTML Embed Code: